Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/50
Sana08.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#234851
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

Birinchidan, O’zbekistonda avtomobil sanoati barpo etish uchun katta

investitsiya yuqori texnologiya va malakali kadrlar tayyorlashni talab qilinar edi;



Ikkinchidan, avtomobil ishlab chiqarish uchun iqtisodchilar ta’biri bilan

aytganda, doimo o’zaro o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqaruvchi holat mavjud

bo’lish lozim edi;

Uchinchidan, xom ashyo mahsulotlari, ehtiyot qismlar yetkazib

beruvchilarni, ya’ni ta’minlovchilarning avtomobil biznesiga ta’siri katta

bo’lganligi uchun ular ishonchini qozonmoq kerak edi.

O’zbekiston avtomobil industriyasi ana shu muhim masalalarni hal etishga

qodir ekanligini amalda ko’rsatdi.

Mamlakatda avtomobilsozlikning rivojlanishi milliy va mintaqaviy

iqtisodiyot tarkibida ishlab chiqarish geografiyasida tub o’zgarishlarga olib keldi.

Sababi avtomobil ishlab chiqarish uchun u bilan hamkor qiladigan

konperatsiyadagi turli xil asbob-uskunalar, detallar, avtomobil extiyot qismlari va

kompyuterlar yetkazib beruvchi turdosh korxonalar bunyod etilmoqda. Bundan

tashqari metall, rezina, texnika, plastmassa va lak buyoq mahsulotlari ishlab

chiqarishni tashkil qilish zarurati tug’ildi. Natijada nafaqat korxona iqtisodiy

rayonida balki butun O’zbekiston sanoati tarkibida va uning joylashishida jiddiy

o’zgarishlar yuzaga keldi. Bugungi kun avtomobilsozlik sanoati uchun xos bo’lgan




avtomobillarga xizmat ko’rsatuvchi servis xizmatlari, madanist-mashinist, yoqilg’i

va moylash  shahobchalari, sog’liqni saqlash, reklama marketing va menejmentlik

byurolari tashkil etilmoqda.

Birgina avtomobilsozlikning rivojlantirish natijasida mashinasozlikning

boshqa tarmoqlari metallurgiya, kimyo, elektronika, xizmat ko’rsatish sohalari,

ijtimoiy infrastruktura rivojlanishiga hamda mahalliy millat vakillari ichida yuksak

malakali kadrlarni orttirishga olib keladi. Bu o’z navbatida xalq xo’jaligining

boshqa tarmoqlari majmuasi rivojlanishiga katta turtki bo’ladi.

SHunga ko’ra avtomobilsozlik milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari:

neftni qayta ishlash, kimyo, energetika, mashinasozlik va metallga ishlov berish,

qurilish, transport tarmoqlari va rangli metallurgiya o’sishining samarali

harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi mumkin. Avtomobil sanoatining strategik

ahamiyati faqat to’g’ridan-to’g’ri samaradan iborat bo’lib qolmay, balki

iqtisodiyotning o’sishiga va tarkibiy qayta o’zgartirishlarni amalga oshirishga

ko’maklashadigan bilvosita multiplikativ samara berishdan iboratdir.

Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishiga avtomobil tarmog’ining

ta’siri xorijiy mamlakatlarda O’zbekistondagiga qaraganda ancha yuqori ekanligi

ham buning uchun tegishli salohiyat mavjudligidan dalolat beradi. Avtomobil

sanoatining hozirgi sur’atlardagi izchil rivojlanishi samarasida mashinasozlik

mahsulotlariga talab multiplikatori 10 baravardan ortiq, neftni qayta ishlashda – 5

baravar, kimyo tarmog’ida – 3 baravardan ortiq, transport xizmatlarida – 20-25

foizga ko’payishi mumkin. Takliflar multiplikatori neftni qayta ishlashda – 2,2

baravar, transport xizmatlarida – 2,5 baravar, kimyo tarmog’ida deyarli – 3 baravar

ko’payishi mumkin. Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari, kasb-hunar

ta’limi singari boshqa sohalarda ham talab va taklifning qiyosiy ko’payishi yuz

beradi.


Mana shular hisobga olingan holda sanoat siyosatining asosiy maqsadi –

ushbu salohiyatni ishga tushirishdan va avtomobil sanoatini ustuvor tarmoqlarning

va, tegishli ravishda butun O’zbekiston iqtisodiyoti o’sishining drayveriga

aylantirishdan iborat.




Ushbu maqsadga erishish yo’lida bugungi kunda O’zbekistonda

avtomobilsozlik klasteriga asos solindi.  Mazkur klasterda Farg’ona mintaqasi

alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi bosqichda avtomobil sanoati

avtomobilsozlik klasteri ichida korxonalar o’sishi drayveriga aylanishga muvaffaq

bo’ldi. Masalan, bugungi kunda avtomobil sanoati klasteri doirasida 200 dan ortiq

mahalliylashtiruvchi korxonalar ishlaydi, butlovchi detallarning 260 dan ortiq

yangi turlari o’zlashtirilgan, mahalliylashtirish darajasi esa yangi rusumlar

bo’yicha 50 foizdan va «Neksiya» va «Matiz» rusumlari bo’yicha 80 foizdan

ortiqdir. Barcha ustunliklariga qaramay, barcha samara avtomobil klasteri ichida

qolib ketayotganligi va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun turtki

bermayotganligi tarmoqning asosiy kamchiligi hisoblanadi.

Istiqbolda o’sish uchun avtomobil sanoati boshqa tarmoqlarga ta’sir

ko’rsatishga qodir bo’lgan va ta’sir ko’rsatayotgan samara qiziqish uyg’otadi.

Sanoat klasterining yanada o’sishi chegaralari kengaymoqda va klasterning o’zi

salmoqliroq rol o’ynamoqda.

Uning rivojlanishi sanoatning ustuvor tarmoqlariga va keyinchalik mamlakat

iqtisodiyotiga qudratli turki beradi. Malakaliroq mehnatga talab kuchayadi va bu

kasb-hunar ta’limidagi o’zgarishlarga olib keladi. Yarim tayyor sanoat

mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni mustaqil rivojlantirishga zamin

yaratildi.

Ayni paytda xorijiy investitsiyalar samarasida vujudga kelgan va bugungi

kunda tobora mukammal darajada namoyon bo’lib borayotgan milliy

avtomobilsozlik sanoati klasterini yanada rivojlantirish, mamlakat mintaqalari

o’rtasida koopertsion aloqalarni rivojlantirish, yagona xo’jalik tizimini

mukammallashtirish quyidagi chora-tadbirlarni ko’rish zarur:

1. Avtomobil klasteri ichida korxonalarning tegishli sonini va tegishlicha

ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish zarur. 2020 yilgacha mamlakat

iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli yo’nalishlaridan

kelib chiqib bunday tanqidiy massani shakllantirish uchun avtomobil klasteri

(avtosanoat va yo’ldosh korxonalar) ishlab chiqarish hajmini 2020 yilgacha




kamida 30 foizgacha ko’paytirish zarur. Bunda ishlab chiqarish quvvatlarini

kengaytirish ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini jiddiy ravishda oshirishga

yo’naltirilgan chora-tadbirlar bilan birgalikda olib borilishi kerak. Tarmoqda

raqobat amalda shakllantirilishiga yo’naltirilgan salmoqli institutsional o’zgarishlar

talab etiladi.

2. Ayni bir vaqtda avtomobil sanoatining boshqa ustuvor tarmoqlar bilan

tarmoqlararo kooperatsiyasini rivojlantirishga doir qo’shimcha sa’y-harakatlar

ko’rish lozim. Jumladan:

• Metallurgiya tarmog’ida cho’yan va alyuminiy quyish ishlab

chiqarishlarini rivojlantirish asosiy strategik yo’nalishlar hisoblanadi. Ulardan

dvigatellar, shassilar va istiqbolda – tormoz tizimi qismlarini ishlab chiqarish

uchun foydalanish mumkin bo’ladi;

• Mashinasozlik tarmog’ida mamlakat ichida yuqori texnologik uzellar va

butlovchi buyumlar, masalan, ABS, EBD tizimlari, uzatish qutisi, tormoz tizimi

qismlari, rul boshqaruvi ishlab chiqarishni o’zlashtirish zarur.

• SHisha sanoatidagi muhim yo’nalish – avtomobil sanoatida keng

foydalaniladigan yassi listli oyna ishlab chiqarish zavodini qurish;

• Kimyo tarmog’ida – avtomobil sanoatida keng qo’llaniladigan polipropilen

tayyorlash istiqbolli yo’nalish hisoblanadi. Rezinotexnika uchun shinalar ishlab

chiqarishni mahalliylashtirish maqsadga muvofiqdir.

Avtomobil sanoati uchun butlovchi buyumlar va materillar ishlab

chiqaruvchi korxonalar bilan kooperatsiyani chuqurlashtirish bilvosita samara va

multiplikator koeffitsienti uchun asos hisoblanadi.

3. Mavjud va kelgusidagi tahdidlarga munosib javob berish uchun

avtomobillar uchun butlovchi qismlar va yuqori texnologiyaga ega bo’g’inlarni

ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni tezlashtirish, transmilliy korporatsiyalar

qo’shilgan qiymatlari zanjirlarida ishtirok etishni diversifikatsiyalash va

eksportning ham geografik ko’lamini, ham eksport qilinayotgan mahsulot turlarini

sezilarli ko’paytirish zarur.



Bir tomondan, avtobillarni yig’ishga yo’naltirilgan investitsiyalar mazkur

yangi tarmoq mamlakatimiz korxonalari mahsulotlari uchun talab hosil qila

olsagina samara beradi. Boshqa tomondan esa, butlovchi va zahira qismlar,

agregatlarni ishlab chiqarishga alohida olingan bozorlardagi kon’yunktura

o’zgarishlari kam ta’sir qiladi.

4. O’z injiniringi va ilmiy-tadqiqot, tajribakonstruktorlik ishlarining

tarmoqlararo kooperatsiyasi salohiyatni namoyon qilishning zarur sharti

hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari sektorini rivojlantirishni

boshlang’ich bosqichda Turin politexnika institutining filiali laboratoriyasi

negizida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda nafaqat avtomobil klasteri

doirasida, balki boshqa o’zaro bog’liq tarmoqlarda ilmiy-tadqiqot, tajriba-

konstruktorlik ishlari salohiyatini amalga oshirishda Turin universitetini

rag’batlantirish zarur.

5. Avtomobilsozlik tarmog’ining bilvosita samarasini ko’paytirishga doir

maqsadlarga erishish tarmoqda boshqaruv tizimini isloh qilishni ham talab etadi.

Jumladan, avtomobil klasteri korxonalarining ko’pchiligi avtosanoatning «qiz

korxonalari» ekanligiga amal qilinadigan mavjud model innovatsiyalarni joriy

etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni kengaytirish va diversifikatsiyalash uchun

ushbu korxonalarga yetarlicha rag’bat bermaydi. O’zaro bog’liq tarmoqlarni

rivojlantirish uchun tegishli rag’batlar va, tegishlicha, qulay shart-sharoitlar

yaratish uchun ushbu korxonalar katta mustaqillika ega bo’lgan, avtosanoat esa

kontragentlarni tanlash imkoniyatiga ega bo’lgan (masalan, tender asosida) tizimni

yaratish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi:

• iqtisodiy o’sish yuqori suo’atlari barqarorligini kamida yiliga 8%

darajasida ta’minlashga ko’maklashadi;

• mahalliy xom ashyoni chuqurroq qayta ishlashga, turdosh korxonalar

mahsulotlariga talab shakllanishiga va tegishlicha rivojlanishiga ko’maklashadi

hamda asosiy tarmoqlar – drayverlarni tegishlicha rivojlantirish va kengaytirish

iqtisodiyot tarkibiy o’zgarishining muhim omiliga aylanadi;




• Avtomobil sanoatining rivojlanishi ko’proq teng darajada hududiy

rivojlanishga va mintaqaviy mutanosibsizliklarning qisqarishiga olib kelishi

mumkin, chunki mamlakatning turli qismlarida joylashgan ishlab chiqarishlarni

rivojlantirishni nazarda tutadi.;

• mahsuldor ish o’rinlari yaratilishiga, inson kapitalining sifati oshishiga va

asosiy tarmoqlar asosan qayta ishlash tarmog’iga tegishli ekanligini hisobga

olganda ijtimoiy transformatsiya jarayonlarining jadallashishiga ko’maklashadi;

• mamlakat iqtisodiyoti diversifikatsiyasiga ko’maklashadi, bu bilan uzoq

muddatli barqarorlik uchun asos yaratadi.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling