Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


STRATEGIK MARKETINGNI ANIQLASHDA ‘GENERAL ELECTRIC’ KOMPANIYASI TAMONIDAN YARATILGAN ‘TARMOQ


Download 3.18 Mb.
bet51/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

STRATEGIK MARKETINGNI ANIQLASHDA ‘GENERAL ELECTRIC’ KOMPANIYASI TAMONIDAN YARATILGAN ‘TARMOQ

JOZIBADORLIGI /RAQOBATDAGI XOLAT’ MATRITSASINING AFZALLIGI.
Reja:

    1. ‘Tarmoq jozibodorligi / raqobatdagi xolat’ matritsasining afzalligi

    2. Jozibadorlikni barcha omillarini aniq baholash

    3. Kuchlar/raqobat o’rnini baholash omillari

    4. Jozibadorlik/raqobatdagi o’rni matritsasining tahlili

7.1. ‘Tarmoq jozibodorligi / raqobatdagi xolat’ matritsasining afzalligi.
Mazkur ‘Tarmoq jozibodorligi / raqobatdagi xolat’ matritsasida har bir xo’jalik bo’linmasi raqobatdagi bo’linmaning tutgan o’rni va kuchlari, hamda tarmoqni uzoq muddatli jozibadorligini miqdor jihatdan baholash asosida aniqlanadi. BKG ―o’sish/ulushi‖ matritsasi kamchiliklarining bir qismini bartaraf etuvchi muqobil yondashuv General Electric (GE) kompaniyasi tomonidan taklif etiladi. O’zining diversifikatsiya portfelini tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan (Mc Kensly and Company konsalting firmasi bilan hamkorlikda) mazkur to’qqiz katakli matritsa koordinatlarni ikki o’lchamli tizimida joylashgan, ya‘ni konkret biznes raqobatdagi o’rni / kuchlari va tarmoq jozibadorligi (1-chizma). Uning vertikal va gorizantal ikkala elementi ham yagona ko’rsatgichlarni aniqlamasdan, balki birliklar kompleksini tavsiyalaydi.
Uzoq muddatli tarmoq jozibadorligini aniqlash mezoni o’z ichiga:

  • bozor xajmini va uning o’sish sur‘ti, texnologik talablarni;

  • raqobat quvvatini;

  • kiruvchi va chiquvchi to’siqlarni, mavsumiy va davriy tebranishlarni; kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni;

  • rivojlanayotgan tarmoqlar imkoniyati va tahdidlarni;

  • sotsial, ekologik omillarni hamda davlat tomonidan tartibga solinishi ta‘sirlarini o’z ichiga oladi.

Tarmoqni uzoq muddatli jozibadorligini rasmiy, miqdor jihatdan baholash uchun, har bir ko’rsatkichga korparatsiya rahbariyati uning muhimligiga mos keluvchi vazn berish zarur, hamda shu ko’rsatkich diversifikatsiya strategiyasini tanlashda muhim rol o’ynashini hisobga olish zarur. Barcha vazin yig’indisi 1.0 ga teng bo’lish zarur.
Jozibadorlikni aniq baholash tarmoq jozibadorligini har bir ko’rsatkichning bahosini (baholashda 1 dan 5 gacha yoki 1 dan 10 gacha bo’lgan shkaladan foydalanish mumkin) mazkur ko’rsatkichni ulushga ko’paytirish yo’li bilan topiladi.
Masalan 0,25 vazin 8 ga ulush 2,0 ga teng bo’lgan aniq bahoni beradi.

7.2. Jozibadorlikni barcha omillarini aniq baholash.


Jozibadorlikni barcha omillarini aniq baholash so’mmasi tarmoqni uzoq muddatli jozibadorligini kursatadi. Mazkur jarayon quyida aks ettirilgan:

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling