Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


‘AFROSIYOB – PALAS’ MEHMONXONASI XIZMATLARINI BKG MATRITSASI ORQALI TAHLIL QILISH


Download 3.18 Mb.
bet48/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

‘AFROSIYOB – PALAS’ MEHMONXONASI XIZMATLARINI BKG MATRITSASI ORQALI TAHLIL QILISH


‘Afrosiyob – Palas’ mehmonxonasining savdo hajmi va bozor ulushi to’g’risida ma‘lumotlar 6.1.jadvalda berilgan:
Jadval 6.1.



Xizmat turlari

Yillar bo„yicha sotish hajmi ming dollar

Bozor ulushi %

2004

2005

2006

2007

Afrosiyob
Palas” mehmonxonasi

Raqobatchilar

1.

Mehmonxona xizmatlari

2400

2900

2900

2500

34

17

2.

Eksport xizmatlari

510

550

590

649

33

21

3.

Turistlarni tashish xizmatlari

60

80

90

130

5

7

4.

Ovqatlantirish xizmatlari

1650

1700

1850

2405

11

9

5.

Valyuta ayriboshlash xizmatlari

200

240

280

448

15

10

6.

Sug’urtalash xizmatlari

20

50

60

100

1

7

7.

Telefon, internet, pochta xizmatlari

900

600

580

348

40

18

8.

Madaniy hordiq xizmatlari

1000

1000

980

686

16

16

9.

Ekskursiya, sayohat xizmatlari

1600

1200

900

400

2

4

BKG matritsasidan foydalanilgan holda ‘Afrosiyob – Palas’ mehmonxonasining xizmatlar strategiyasini aniqlash va shakllantirish masalasini qo’yamiz. Buning uchun oldindan xizmat turlari bo’yicha bozorning o’zgarish sur‘atini va bozorning nisbiy ulushini jadval ma‘lumotlariga asosan aniqlab olamiz.
Tarmoqning o’sish sur‘atini aniqlash uchun oxirgi 2007 yilgi savdo hajmi, undan oldingi 2006 yilgi savdo hajmiga bo’linadi.
Bozorning nisbiy ulushini aniqlash uchun mehmonxona bozori ulushi darajasi raqobatchining bozor ulushi darajasiga bo’linadi. Bu tadqiqotlar natijasida olingan ma‘lumotlarni 6.2.jadvalga qo’yamiz.

Jadval 6.2.

BKG matritsasini qurish uchun ma‟lumotlar



67
Koordinatalar tekisligida BKG matritsasini joylashtiramiz. Buning uchun absissalar o’qida mexmonxoaning nisbiy bozor ulushini, ordinatalar o’qiga esa tarmoqning o’sish sur‘atini joylashtiramiz.

BKG matritsasining umumiy ko„rinishi



Tarmoqning o„sish sur‟ati
1.25 –
1.0
0.75 –

0.6 1.2 1.8 2.4 Bozorning nisbiy ulushi
Past Yuqori

Tarmoqning o„sish sur‟ati
Afrosiyob-Palas” mehmonxonasi xizmatlarining BKG matritsasidagi ifodasi

0 0.3 0.6 0.9 1.2 1.5 1.8 2.1 2.4 Bozorning nisbiy ulushi
‘Afrosiyob-Palas’ mehmonxonasi xizmatlarining BKG matritsasini qurish uchun tarmoqning o’sish sur‘ati va bozorning nisbiy ulushi ko’rsatkichlarining o’rta arifmetigini aniqlaymiz:
n
i1 Б .ў.с
Т .ў.с    1 n 9 9
 1Б .н.с
Б .н.у i 1   1,2 n 9 9
Hisoblangan qiymatlarni tarmoqning o’sish sur‘ati va bozorning nisbiy ulushi o’qlariga qo’yib, koordinatalar tekisligining 4 kvadrantga bo’lamiz va BKG matritsasini quramiz. 1- jadvaldagi ma‘lumotlarni ‘Tarmoqning o’sish sur‘ati’ va ‘Bozorning nisbiy ulushi’ ning koordinatalari deb olib, bu koordinatalarga mos nuqtalarni o’z ichiga olgan aylaning diametri shu xizmatning umumiy realizatsiyadagi ulushini ko’rsatadi.
Bu BKG matritsada 2 va 5 nomerli xizmatlar, ya‘ni eksport va valyuta ayriboshlash xizmatlaridan tushgan foyda juda muhimdir. Lekin shu bilan birga keyingi o’sish uchun kata hajmdagi moliyaviy resurslar zarur bo’ladi. Demak, mehmonxona strategiyasini asosiy maqsadi – yetakchilikni saqlash va mustahkamlashdan iboratdir. Buning uchun xizmatlarni takomillashtirish, narxni pasaytirish, reklama tadbirlarini kuchaytirish keng taqsimot kabilar maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin. Biroq tarmoq rivojlanishining sekinlashishi bilan ‘Yulduz’ ‘Sog’in sigirlar’ ga aylandi.
Bu BKG matritsasidagi ‘Yulduz’ darajasidagi xizmatlarning strategiyasi realizatsiya hajmini oshirish, qo’shimcha investitsiyalar kiritish va ularni mustahkamlashdan iboratdir.
BKG matritsasida ‘Sog’in sigirlar’ bo’lib 7 va 1 nomerli xizmatlar, ya‘ni mehmonxona va telefon, Internet, pochta xizmatlari hisoblanadi.
Sog’iladigan sigirlar deb nisbatan yetuk, rivojlanishi barqarorlashgan va qisqaruvchi tarmoqda yetakchi o’rinni egallaydigan xizmatlar turlariga aytiladi. Xizmat ko’rsatish barqaror holatda ekanligi va asosiy harakatlar davridan o’tilgan bo’lsa, tabiiyki, sotishdan kelgan foyda ham, uning bozordagi ulushini saqlab turish uchun zarur bo’lmaganidan ortiq bo’ladi va boshqa xizmat guruhlari yoki alohida xizmat turlarini rivojlantirish va saqlab turish uchun ishlatiladi. Bunday sharoitlarga mehmonxona maksimal foyda olishga intiladi, erishish vositalari esa odatda xizmat ko’rsatish kanallarini ta‘minlab turish, narxdan chegirmalar, takroriy haridlarni rag’batlantirish hisoblanadi. Bu yerda 7- xizmat turini, ya‘ni pochta, Internet, telefon xizmatlaridagi savdo hajmini kengaytirish kerak. 1-nomerli xizmat turini, ya‘ni eksport xizmatlarini qo’llab-quvvatlash kerak.
Sog’in sigirlardan keladigan mablag’larni 2, 3, 4, 5 nomerli xizmatlarga, ya‘ni eksport, turistlarni tashish, ovqatlanish, valyuta ayriboshlash xizmatlarini qo’llabquvvatlashga yo’naltirish kerak.
BKG matritsasida qiyin bola bu tez rivojlanuvchi tarmoqda ishlab chiqaruvchilarning kuchli raqobati va iste‘molchilarning uncha ko’p bo’lmagan ko’magi sharoitlarida xizmat yoki xizmat guruhlaridir. Bozordagi ulushi katta emas. Mehmonxonaning vazifasi investitsiyalash manbalarini topish va tanlangan yo’nalish doirasida rivaojlanishni ta‘minlashdan iborat. Strategiyaning yangi kanallarini topish, xizmatlarni ko’paytirishga harajatlarning kengayishi, narxni pasaytirish kabi variantlari samarali bozordan chiqib ketish varianti ham bo’lishi mumkin. Bu BKG matritsasida 6, 3 va 4 nomerli xizmatlar, ya‘ni sug’urtalash, ovqatlantirish va turistlarni tashish xizmatlari ‘sog’in sigirlar’ bo’lib hisoblanadi.
Mehmonxonadagi sug’urtalash va turistlarni tashish xizmatlarining strategiyasi kiritilayotgan investitsiyalarni tadqiqot qilish va muhokama qilishdan iborat yoki xizmatlar to’plamidan sug’urtalash xizmatlarini olib tashlash yoki turistlarni tashish xizmatining bozordagi ulushni kengaytirishdan iboratdir.
4 nomerli xizmat, ya‘ni ovqatlantirish xizmatlarining strategiyasi bozordagi ulushni kengaytirishdan iborat.
‘It’lar - bu bozorda qisqarayotgan bozorda juda kichik ulushdagi xizmat yoki ximatlar guruhi hisoblanadi. ‘It’lar sifatida ko’pincha iste‘molchilar tomonidan tan olinmagan xizmatlar yoki raqobatchilar xizmatlaridan ancha orqada qolgan xizmatlar yoki ko’p harajat talab etuvchi va o’sish imkoniyatlari kam bo’lgan xizmatlar namoyon bo’ladi. Strategik qarorlarning variantlari: narxning pasayishi va xizmat ko’rsatish hajmining kamayishi, soddalashtirish yo’li bilan foyda olish, bozordan chiqib ketish.
‘Afrosiyob – Palas’ mehmonxonasining xizmatlarining BKG matritsasida
‘It’lar darajasidagi xizmatlar bo’lib, 8 va 9 nomerli xizmatlar, ya‘ni madaniy hordiq va ekskursiya, sayohat xizmatlari hisoblanadi.
Ekskursiya, sayohat xizmatlarini xizmatlar portfelidan olib tashlash strategiyasi bu ekskursiya, sayohat xizmatlarining strategiyasi hisoblanadi.
Madaniy hordiq olish xizmatlariga bu xizmatlarning realizatsiya hajmini kichraytirish strategiyasini ishlab chiqish kerak bo’ladi.

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling