Udk: 37. 1 Dasturlash asoslarini o’rganishda interfaol usullardan foydalanish I. B. Aminov, A. I. Inatov


Download 0.92 Mb.
bet5/8
Sana14.12.2020
Hajmi0.92 Mb.
#167314
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
06 Педагогика 2020-2


Литература

  1. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Pedagogik texnologiya, Darslik. T.: «Tafakkur Bo`stoni», 2012. -208 b.

  2. Мусинов С. и др. Теоретические и практические особенности развития профессиональной компетентности будущего специалиста. Т. «Фан ва технология», 2014, - с. 230

  3. Сейитхалилов Э.А., Рахимов Б.Х., Маджидов И.Х. Педагогический словарь справочник. – Т.: «Согдиана», 2011, - с. 700

  4. Троянская С.Л. Основы компетентностного подхода в высшем образовании. Ижевск: «Издательский центр». Удмуртский университет. 2016, - с. 176

  5. Ўзбекистон Республикаси узлуксиз таълим тизимининг давлат таълим стандарти. Таълимнинг барча босқичлари битирувчиларининг чет тиллари бўйича тайёргарлик даражасига қўйиладиган талаблар. Вазирлар Маҳкамасининг 2013 йил 8 майдаги 124-сонли қарори.

  6. COMMON EUROPEAN FRAMEWORK OF REFERENCE FOR LANGUAGES: LEARNING, TEACHING, ASSESSMENT. Language Policy Unit, Strasbourg, pp. 26-30

  7. Education: the hidden treasure (Learning: The Treasure Within) “The main provisions of the Report of the International Commission on Education for the XXI century”, UNESCO Publishing House, 1996, p.20-21


UDK: 372.3.4

BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MULTIMEDIA VOSITALARINI YARATISH VA FOYDALANISH
A. M. Suyarov

Samarqand Davlat universiteti

a-suyarov@samdu.uz
Annotatsiya. Multimedia texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonini tashkil etishda hamda o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda keng imkoniyatlarni yaratadi. Pedagogik xodimlarning hamkorligi asosida ta’lim mazmuni, metodi va o‘qitish texnologiyalariga integratsion yondoshuvni aniqlaydigan yangi axborot ta’lim muxiti yaratiladi.

Kalit so’zlar: multimedia texnologiyalari, o‘quv jarayonining axborot bazasi,interfaol muloqot,vizual materiallarni namoyish qilish, multimedia vositalari, elektron o‘qitish tizimi.
Создание и использование мультимедийных при повышения эффективности системы начального образования

Аннотация: Использование мультимедийных технологий открывает новые воз­можности в организации учебного процесса, а также в развитии творческих способностей обучающихся. Совместными усилиями работников сферы образования создается новая информационная образовательная среда, в которой определяющим становится интеграция образовательных и информационных подходов к содержанию образования, методам и технологиям обучения.

Ключевые слова: мультимедийные технологии, информационная база учеб­ного процесса, интерактивный интерфейс, демонстра­ция визуальных материалов, мультимедийные средства, электронные системы обучения.
Creation and use of multimedia while increasing the effectiveness of primary education

Abstract. Using multimedia technologies opens new opportunities in educational process as well as in development of creative abilities of students. Educators, scientists, programmers, producers of multimedia teaching aids, teachers-practitioners all together open new informational educational environment where the determinant is integration of educational and informational approaches to educational content, methods and learning technologies.

Keywords: multimedia technologies, informational base of educational process, interactive interface, demonstration of visual materials, multimedia equipment, electronic learning systems.
Davlat ta’lim standarti va milliy kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, har bir bo‘lajak mutaxassis o‘z sohasini mukammal bilish bilan bir qatorda axborot kommunikatsion texnologiyalarini etarlicha o‘zlashtirganamda undan amaliyotda foydalanish malaka va ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Demak, hozirgi kun mutaxassisi axborot kommunikatsion texnologiyalarini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi, davrimizning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Shuning uchun xam, davlatimiz tomonidan ta’lim jarayonini axborotlashtirish uni moddiy bazasini boyitish, o‘quv jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalari samarali foydalanish uchun kerakli zamonaviy dasturiy vositalar bilan ta’minlash yuzasidan ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

«2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishlari bo’yicha xarakatlar strategiyasi», O‘zbekiston respublikasi prezidentning 2017 yil 24 aprel qabul qilingan «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 2006 yil 7 iyundagi «O‘zbekiston respublikasi XTV huzurida multimediya umum­ta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» va boshqa e’lon qilingan qarorlari buning yaqqol misolidir [1]. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalarining rivojlanishi barcha sohalarga, shu jumladan ta’lim sohasiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.

Bugungi kunda barcha sohalar kabi o‘quv muassasalarining, shu jumladan boshlang‘ich ta’lim - tarbiya tizimida ham kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim tizimida talabalar zamon talablari asosida bilim va malakaga ega bo‘lishlarida axborot texnologiyalarining zamonoviy vositalaridan, ayniqsa, multimediali o‘quv kurslaridan elektron ko‘rinishda foydalanishlari yanada yuqori samara bermoqda.

Multimedia texnologiyalaridan ta’lim tizimida foydalanishning asosiy pedagogik va psixologik maqsadlari quyidagilardan iborat[5]:


  • talabalarning aqliy fikrlash va tasavvurlash malakalarini rivojlan-tirish, ularni zamonaviy axborotlashgan jamiyatdagi mustaqil ish faoliyatiga tayyorlash, ya’ni biror murakkab jarayonni amalga oshirishda mustaqil qarorlar qabul qilish, o‘zining fikrini va mulohazasini bayon qilishga o‘rgatish, hamda izlanuvchanlik faoliyatini shakllantirish;

  • zamonoviy axborotlashgan jamiyatda barcha ijtimoiy talablarni bajarish;

  • barcha ta’lim tizimlarida o‘qitish jarayonlarini tezlashtirish;

  • axborot-kommunikatsion texnologiyalarining imkoniyatlarini joriy etishda ta’lim sohasining mukammaligini, unumdorligini, sifatini va samaradorligini oshirish;

  • axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda talabalarning mustaqil tasavvur qilish faoliyatini faollashtirish;

  • axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda fanlararo aloqalarni chuqurlashtirish;

  • tarmoq texnologiyalardan foydalanish asosida masofadan o‘qitish ta’lim tizimini tadbiq etish.

Multimedia iositalari asosida o‘qitish jarayonini tashkillashtirish-da mashg‘ulot o‘tishning turli uslublari va texnologiyalaridan foydalanish lozim. Buning uchun talabalarning o‘quv auditoriyalarida, kompyuter sinflarida, o‘qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy kabinetda, kutubxonalarda amaliy shug‘ullanishlarini tashkillashtirish kerak bo‘ladi.

Boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun yaratilgan barcha multimedia vositalari amaliy tadbiqdan va tajribadan o‘tgan bo‘lishi bilan birga, o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lishi kerak.

Boshlang‘ich ta’lim tizimida multimedia vositalarining xususiyatlari bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan o‘quv materiallarining tasvirlanish hamda ifodalanish formasiga va ko‘rinishiga bog‘liq bo‘ladi [3]. Ular faqatgina misol va masalalar echish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, balki butun o‘quv jarayonida talabalarni professional bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilishi lozim.

Bunday multimedia vositalari matematik formulalar va teoremalar isboti tizimidan, mustaqil o‘rganish uchun murakkab nazariy materiallardan tuzilgan bo‘ladi. Bu esa interfaol ma’ruzaviy multimedia kurslarini va namoyish materiallarini to‘ldiruvchi, traditsion usulda chop etishga asoslangan elektron o‘quv qo‘llanmalari yaratish lozimligini ko‘rsatadi.

Interfaol multimediali ma’ruzalar turli xil axborotlarni – matn, statik va dinamik grafika, video va audio yozuvlarni integratsiyalash imkonini beradi. Talabani o‘quv jarayonida faolroq va diqqatliroq bo‘lishga o‘rgatadi, chunki axborotlar ma’lum bir harakatli amallarga mos javoblar asosida bayon qilinadi.

Multimedia o‘quv kurslaridan foydalanish ma’ruzaviy namoyish-larning sifatli video yozuvlarini, kompyuterli laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, pedagogik jarayonlarning imitatsion animatsiyali modellarini yaratish imkonini beradi, bu esa ro‘y berayotgan jarayonlarni ta’sirchanligini va haqqoniyligini ko‘rsata oladi.

Boshlang‘ich ta’lim tizimida multimedia kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy didaktik masalalaridan biri – o‘qitishni modellashtirish va tasavvurlash ob’ektlariga ta’sir qilishning umumiy metodlari muhim o‘rinlardan birini egallaydi.

Multimedia o‘quv kurslari avvalgi an’anaviy o‘quv qo‘llanmalardan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi. Shu jumladan, o‘quv materiallarini talabalarga tavsiya etish multimediali: grafika, animatsiya, video, ovozli va tovushli harakatlar, real voqea va hodisalarni modellashtirish kabi boshqa ko‘plab elementlar orqali amalga oshiriladi. Bu esa talabalarni o‘rganayot-gan jarayonlari bo‘yicha bilim va malakalarni shakllantirishda va oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Boshlang‘ich ta’lim tizimida multimedia o‘quv kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri, shu fanni o‘rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan aniqlanadi, ular esa o‘z navbatida katta sondagi ko‘rgazmali materiallarni talab qiladi, chunki ularning ishtirokisiz jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini, biologik, ximik va fizika jarayonlarning hosil bo‘lish mexanizmini va rivojlanishini to‘liq namoyish qilib bo‘lmaydi.

Boshlang‘ich ta’lim tizimini ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash muammosini ma’lum bir holda multimedia orqali hal qilish mumkin. Multimedia o‘quv kurslarida o‘quv materiallarini to‘ldiruvchi va uning qabul qilish darajasini oshiruvchi ko‘rgazmali vositalari alohida ko‘rgazmali jadvallar, grafik sxemalar , rasmlar va boshqalardan iborat bo‘lgan slaydlar, videofilmlar va boshqa shunga o‘xshash ko‘rgazmali nazariy materiallar orqali tasvirlanilishi mumkin [4].

Boshlang‘ich ta’lim tizimini multimediali o‘quv kurslari asosida tashkil etishda video-ma’ruzalar, animatsion modellar, kompyuterli laboratoriya amaliyotlaridan foydalanish o‘z samarasini beradi, chunki ular natural ob’ektlar va ko‘rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki to‘liq qoplash imkonini beradi. Bu esa quyidagi afzalliklar-ni keltirib chiqaradi:


  • talabalar bevosita ko‘rib bo‘lmaydigan jarayonlarni dasturiy vositalar yordamida kuzatadi, ya’ni vizual ko‘rish amalga oshiriladi;

  • o‘quv materiallari mukammalroq o‘zlashtiriladi, vaqt tejaladi;

  • olingan bilimlar amalda qo‘llaniladi va o‘quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanadi.

  • mashg‘ulotlar chiroyli o‘quv ko‘rmazmalari asosida tashkillashtiriladi hamda talabalar bilan interfaol muloqot qilish imkoni paydo bo‘ladi.

Boshlang‘ich ta’lim tizimini kompyuter texnologiyalari va multi-media o‘quv kurslari asosida o‘qitishning asosiy o‘quv-uslubiy va dasturiy ta’minoti - gipermatn, video va audio-ilovalar, animatsiyalar, katta sondagi namoyish materiallaridan foydalaniladigan multimediali o‘quv qo‘llanmalari hisoblanadi.

Boshlang‘ich ta’lim tizimida asosiy e’tibor ta’lim sifatiga qaratilishi zarur. Buni amalga oshirishning asosiy usullaridan biri o‘quv jarayonida zamonaviy multimediyali o‘quv kurslarini yaratish, o‘qituvchi va o‘quvchining interfaol o‘zaro aloqalarini ta’minlash, o‘quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bo‘ladi.

Multimedia o‘quv kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va Internet tarmog‘i keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali o‘quv kurslarini butun dune kompyuter tarmog‘iga joylashtirili- shi, ulardan o‘quv jarayoni foydalanishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojoat qilish imkonini beradi, bu esa talabalarga axborotlarni topish , izlash va o‘rga-nish faoliyatini shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

Multimedia vositalarni yaratishda eng avvalo turli dasturiy vositalar bilan yaratiladigan interfaol komponen-talarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Multimedia vositalarining asosiy elementlarini tayyorlashda esa turli zamonaviy maxsus dasturiy vositalar, masalan, Adobe Photoshop – rastrli tasvirlarni tayyorlashda, CorelDraw - grafik va rasmlarni tayyorlashda, SoundForge - ovoz va tovushlarni qayta ishlash, Adobe Premier – video tasvirlarni qayta ishlash, Macromedia Flash MX - animatsion roliklar yaratishda, Macromedia Authorware – barcha komponentalarni bir butun qilib birlashtirish va uni bajariladigan exe-fayl shakliga keltirishda ishlatiladi [4].

Bizga ma’lumki, axborot texnologiyalari har doim ta’lim jarayonlarini ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Shu bilan birga malakali mutaxassis-larni tayyorlash jarayonining o‘zi ham axborot jarayoni hisoblanadi.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalari paydo bo‘lgandan keyingina axborot va telekominikatsiya tenologiyalarining o‘qish jarayonidagi roli va o‘rni sezilarli darajada o‘zgardi.



Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quv mashg‘ulotlarini multimedia texnologiyalari vositalaridan foydalanish asosida talabalar quyidagilarga ega bo‘ladilar:

  • noan’anaviy manbalardan foydalanib o‘qish va o‘rganish;

  • mustaqil ishlash samaradorligi va unumdorligini oshirish;

  • faoliyat sohalarini kengaytirish va yangi imkoniyatlarni yaratish;

  • ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish;

  • ro‘y berayotgan hodisa, voqea va yangiliklardan xabardor bo‘lish hamda ulardan ish faoliyatlarida foydalanish.

Xulosa sifatida shu narsani ta’kidlash lozimki, boshlang‘ich ta’lim jarayonida talabalarga turli fanlardan bilim beruvchi pedagoglarni axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo ularning o‘zlarini bu sohadagi bilim va malaka darajalarini oshirish hamda mustahkamlash kerak bo‘ladi, ya’ni bunda boshlang‘ich ta’lim tizimini texnik jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini to‘la yaratib berish orqaligini samarali natijaga erishish mumkin.
Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-5635-son Farmoni

  2. Зайцева Л. А. Использование информационных компьютерных технологий в учебном процессе и проблемы его методического обеспечения. // Интернет-журнал "Эйдос". - 2006.

  3. Захарова, И. Г. Информационные технологии в образовании: [учебное пособие для высших педагогических учебных заведений] / И. Г. Захарова. - М.: Академия, 2003. - 188 с.

  4. Новиков, С. П. Применение новых информационных технологий в образовательном процессе / С. П. Новиков // Педагогика. - 2003. - № 9. - С. 32 - 38.

  5. Смолянинова, О. Мультимедиа для ученика и учителя / О. Смолянинова // Информатика и образование. - 2002. - № 2. - С. 48 - 54.


УДК: 811

ДИСТРИБУЦИЯ ИНФИНИТИВА И V- ING ФОРМЫ ГЛАГОЛА В СТРУКТУРЕ ПРЕДЛОЖЕНИЯ
М. М. Облокулова

Самаркандский государственный институт иностранных языков

mastura79@mail.ru
Аннотация. Данная статья посвящена структуре предложения английского языка, а именно, дистрибуции инфинитива и V-ing формы глагола и их сочетаемости с другими синтаксическими единицами на базе конкретных синтаксических связей. Инфинитив и V-ing формы глагола рассмотрены в структуре предложения в позиции ядерного предицируемого и ядерного предицирующего компонентов. В статье синтаксические связи и компонентный состав с морфологическими признаками каждого компонента иллюстрируются соответственно юнкционными и компонентными моделями. Анализ фактического материала в данной статье свидетельствует о том, что инфинитив в позиции неядерного зависимого компонента (D) встречается в окружении разных компонентов в структуре предложения, выраженных разными частями речи, и выступает при этом на базе субординативной связи.

Компонентная модель, отражающая только содержательные признаки компонентов, не всегда даёт точное представление о поверхностной структуре предложений с неличными формами глагола, следовательно возникает необходимость построения компонентных моделей, в которых наряду с содержательными признаками компонентов предложения были бы отражены и их формальные признаки - морфологические способы выражения компонентов предложения.



Ключевые слова: позиция, компонентная модель, предикативная связь, морфологические признаки и синтаксическая единица.
Fe’lning infinitiv va v-ing shakllarini gap tuzilishida distributsiyalash

Annotatsiya. Ushbu maqola Ingliz tilida gap qurilishi, aynan olganda, fe’lning Infinitiv va V-ing shakllarini distributsiyalash hamda ularning aniq sintaktik bog’lanishi asosida boshqa sintaktik birliklar bilan muvofiqligini ochib berishga qaratilgan. Infinitiv va V-ing shakllari gap tuzilishida yadro predikativ 1 va yadro predikativ 2 komponentlari sifatida qaraladi.Maqolada ushbu komponentlarning har birining sintaktik aloqa va morfologik bergilarining komponent tarkibi ma’lum yunksion va komponent modellar bilan ifodalanadi.Ushbu maqoladagi materialning tahlili shuni ko’rsatadiki,Infinitiv yadrosiz mustaqil komponent sifatida (NP) gap tuzilishida turli nuqt birliklari bilan ifodalangan boshqa komponentlar orasida uchraydi va shu bilan birga subordinativ aloqa asosida kela oladi.

Faqat tarkibiy belgilarni ifodalaydigan komponent model har doim ham fe’lning noaniq shakllari bilan kelgan gap qurilmasi to’g’risida aniq tasavvur bera olmaydi,natijada nafaqat komponent modellarni tuzishga balki, komponent modelning tarkibiy belgilari bilan bir qatorda ularning formal belgilari,ya’ni gap komponentlarini morfologik ifodalash usullarini ham ifoda etishga ehtiyoj tug’iladi.



Kalit so’zlar: holat, komponent model, predikativ aloqa, morfologik belgi va sintaktik birlik.
The distribution of the infinitive and v-ing form of the sentence structure

Abstract. This article is devoted to the structure of the English sentence, namely, the distribution of the infinitive and V-ing form of the verb and their combinability with other syntactic units based on specific syntactic connections. Infinitive and V-ing form of the verb are considered in the structure of the sentence in the position of the nuclear predicated and nuclear predicating components. In the article, syntactic connections and component composition with morphological signs of each component are illustrated by junctional and component models. An analysis of the actual material in the given article indicates that the infinitive in the position of non-nuclear dependent component (ND) is found surrounded by different components in the structure of the sentence, expressed by different parts of speech, and at the same time acts on the basis of a subordinate connection.

A component model that reflects only the substantial features of the components does not always give an accurate idea of the surface structure of sentences with non finite forms of the verb, therefore there is a need to build component models in which, along with the meaningful features of the components of the sentence, their formal features would be reflected - morphological ways of expressing the components of the sentence.



Keywords: position, component model, predicative connection, morphological signs and syntactic unit.
При определении синтаксической связи между элементарными синтаксическими единицами в структуре предложений возможны два подхода: формально-морфологический и функционально-синтаксический.

С формально-морфологической точки зрения связь в рассматриваемой конструкции не является ни примыканием, ни управлением, ни согласованием. Как известно, примыкание характеризуется отсутствием специальных морфологических средств выражения связи, управление - обусловленностью формы одного компонента формой другого компонента, входящей в иной парадигматический ряд. Что же касается согласования, то это такая синтаксическая связь, которая осуществляется путём формального воспроизведения грамматической категории опорного компонента в составе зависимого. Необходимо напомнить, что составы синтаксических связей, отсутствие или выделение некоторых из них как ведущих служит основанием для характеристики каждого языка в отдельности. Что касается средств или способов выражения синтаксических связей, то они также различны и, будучи зависимыми от морфологической структуры каждого языка, изменяются по мере изменения данной структуры [2;с.60].

А.М.Мухин, исследуя единицы морфологического, лексического и синтаксического уровней языка, пришёл к выводу, что понятие “управление” относится к лексическому уровню [8;с.160]. В синтаксической теории, разработанной А.М.Мухиным, указывается на необходимость расщепления традиционного понятия члена предложения на две элементарные синтаксические единицы: компонент(поверхностную структуру предложения или синтагматические отношения) и синтаксическую семантику (глубинную структуру - парадигматические отношения).

В настоящей статье представлены дистрибуция инфинитива и V-ing формы глагола. Рассмотрены некоторые позиции данных неличных форм глагола. Инфинитив в позиции ядерного предицируемого компонента (подлежащего) характеризуется в структуре определённых предложений частицей to и реализуется в английском языке на базе ядерной предикативной связи. Ядерная предикативная связь сама по себе независима от наличия других синтаксических связей и способна создавать предложения. Эта связь присутствует между двумя ядерными компонентами, взаимо -предполагающими друг друга [6; с. 70].

Специфика ядерной предикативной связи, в отличие от других типов синтаксических связей, сводится к двум моментам. Ядерная предикативная связь, во-первых, самостоятельная, не зависимая от наличия других синтаксических связей, способна создавать предложения; во-вторых, связывает два компонента, которые в разной мере предполагают друг друга. Отсюда вытекает двусторонне направленный характер этой связи, что является одной из её особенностей. Другая существенная черта заключается в том, что данная синтаксическая связь наличествует между компонентами, составляющими структурную основу предложения. Что касается других, названных выше (кроме ядерной предикативной) синтаксических связей, то они не участвуют в образовании структурного центра предложения, т.е. являются неядерными [5; с.77; 38; с. 6.].

Поэтому поводу О.П. Ермакова отмечает: «В ходе компонентного анализа предложений необходимо определить структурную основу указанных конструкций. Функционирование последних как подлежащно - сказуемостных структур предполагает взаимную обусловленность компонентов предложений, которые выделяются на базе предикативной связи и определяются как предицируемый и предицирующий компоненты предложения» [3; с. 221].

Синтаксическая связь (ядерная предикативная) между подлежащим и сказуемым в юнкционной модели отмечается двумя линиями и двусторонне направленными стрелками ( ).

Проанализируем следующие предложения:



1. To argue is useless.

2. To see is to believe.

Синтаксические связи и компонентный состав с морфологическими признаками каждого компонента иллюстрируются соответственно юнкционными и компонентными моделями. В предложениях (1, 2) первые элементы to argue и to see выступают в структуре предложения на базе ядерной предикативной связи по отношению к синтаксическим единицам is useless и is to believe и каждый из них определяется как ядерный предицируемый компонент (NP1), вторые элементы is useless и is to believe – ядерные предицирующие компоненты. В юнкционной и компонентной моделях они отражаются так:



ю.м.1. 1) 2) к.м.1.

Анализируя фактический материал с инфинитивом в позиции неядерного зависимого компонента (D), приходим к выводу, что инфинитив в этой позиции встречается в окружении разных компонентов в структуре предложений,выраженных разными частями речи, и выступает при этом на базе субординативной связи:1) при ядерном предицирующем компоненте, выраженном глаголом:You decided


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling