Udk 579. 64 Buxoro viloyati galofitlari endofit zamburug’larining antimikrob xususiyatlari
Download 93.16 Kb.
|
antifungal maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sozlar
UDK 579.64 Buxoro viloyati galofitlari endofit zamburug’larining antimikrob xususiyatlari Egamberdiyev F.B., Kondrasheva K.V., Gulyamova T.G. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti , Toshkent Annotatsiya Ushbu maqolada Buxoro viloyatining sho’rlangan tuproqlarda o’suvchi 4 ta galofit o’simliklaridan ajratib olingan 35 ta endofit zamburug‘larning shartli patogen bakteriyalar (B.subtilis, Ps.aeruginosa, St.aeureus, C.albicanus) va o’simlik fitopatogen zamburug‘lari (V.dahliae 222, F.solani 177, F.vasinfectum 180, F.oxysporum 177) ga qarshi xususiyatlari tahlili amalga oshirilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ajratib olingan endofit zamburug’lar izolyatlari shartli patogen bakteriyalarga nisbatan antibakterial faollikni namoyon qilmasa ham, qishloq xo'jaligi ekinlarining o'simlik patogenlariga, ayniqsa Verticilliumga dahliaega 222 shtammiga qarshi o'rtacha va yuqori antifungal faollikka ega ekanligini ko'rsatdi. Kultural suyuqlik va biomassa ekstraktlarini o’rganish davomida endofitlardan yettitasi Cladasporium, Alternaria va Fusarium turkumlariga mansublari eng yuqori antifungal faollik bilan ajralib turishi aniqlandi. Kalit so'zlar: endofitlar , galofitlar, fitopatogenlar, zamburug'larga qarshi faollik, kultural suyuqlik, ekstraktlar Kirish Endofitlar o’simliklarning ichki qismida yashaydigan organizmlar bo’lib, ular o’zlarining hayoti davomida o’simliklarning yaxshi o’sishi va rivojlanishiga, tashqi muhitning turli abiotik va biotik omillariga qarshi tasiriga chidamliligini oshirishda va tabiatga tez moslashishiga yordam beradi [1]. Endofit mikroorganizmlar jamoalarini tadqiq etish ularning simbiont o'simliklarining ehtimoliy moslashuvchanlik va himoya funktsiyalari bilan bog'liq holda katta ahamiyatga ega. Ba'zi bir turdagi endofitlar oʻsimliklarning metobolizmiga aniq ta'sir koʻrsatmaydi, ammo ho’jayin o’simlik ishlab chiqaradigan metabolitlarda yashaydi. Boshqa endofitlar esa oʻsimlikka kiruvchi patogenlar va yovvoyi oʻt oʻsimliklaridan himoya qiladi va oʻsimliklarning oʻsishiga yordam beradi, bular komensal endofitlar deb ataladi. Uchinchi guruhga yashirin patogenlar kiradi [12]. Endofit zamburug’lar tibbiyot va qishloq xo'jaligida katta salohiyatga ega bo'lgan bioaktiv tabiiy mahsulotlarning manbai hisoblanadi [2-4]. Bu galofit o'simliklarning to'qimalarida yashovchi barcha endofitlarga taalluqlidir, ular evolyutsiya jarayonida yuqori sho'rlanish darajasiga chidamli bo’lib, tuz konsentratsiyasi quruq qoldiqning 0,5% dan ortiq bo'lgan tuproqlarda ham yashay oladi [5]. So’ngi vaqtlarda galofitlarning endofitik mikrobiotasi faol o'rganilmoqda. Bugungi kunda, shubhasiz, o'simliklarning yer osti va yer usti qismlarida yashaydigan endofitlar faol birikmalar sintezida ishtirok etadi va qimmatli sifatlarga ega bo'lib, xo’jayin o'simlikning biotik va abiotik muhit omillaridan himoyalanish kabi muhim xususiyatlarini keltirib chiqaradi [2]. Endofit mikroorganizmlarning muhim va qiziqarli xususiyatlaridan biri ma'lum patogenlarga qarshi antimikrob faollik ko'rsatish qobiliyatidir. Dorivor o'simliklardan ajratilgan ko'plab endofitlar mikroblarga qarshi faollikka ega ekanligi isbotlangan , bu shubhasiz simbiont mikroorganizmlarning xo’jayin o'simlikka xos kimyoviy moddalarni sintez qilish qobiliyati bilan bog'liq [5, 6]. Shu bilan birga, endofitlar fitopatogenlar bilan raqobatlashgan holda ko'pincha o'simlikda kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar sonini nazorat qilishda qatnashishi mumkin [7, 8]. Tuzga chidamli o'simliklarning endofitlari mikroblarga qarshi xususiyatlarni sezilarli namoyon etishiga qaramay, adabiyotlarda bu haqida juda kam miqdorda cheklangan ma'lumotlar mavjud. Shu munosabat bilan ushbu ishning maqsadi O'zbekiston Respublikasi galofitlaridan ajratilgan endofit zamburug'larning mikroblarga qarshi faolligini baholashdan iboratdir. Download 93.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling