Udk 94(4/9) suyunov furqat boyxo’rozovich tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana24.11.2020
Hajmi0.86 Mb.
#151197
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tarix fani metodologiyasining dolzarb muammolari m.blok va l.fevr tadqiqotlari misolida.


 

 

                                                             

66

 Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 110 c. 



67

 Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 243 c. 



69

 

 



3.2. Lyusen Fevrning “Tarix uchun janglar” asaridagi asosiy g’oyalar. 

Lyusen  Fevr  o’zining  ,,Tarix  uchun  janglar’’asarida  tarixning  boshlanishi, 

uning  rivojlanishi,  bosqichlari  hamda  undagi  tuzumlar  haqida  aytib  o’tadi. 

Asarning  ikkinchi  nomi  ,,Tarixiy  tafakkur  yodgorliklari''.    Jahon  adabiyotining 

javohir  durdonasi  bo’lgan  ushbu  asar    nafaqat  o’rta  asrlar  tarixi  uchun  muhim 

manba balki, qadimgi davr tarixining ko’plab voqealari tahlil qilingandir.  

Jamoaviy  tadqiqot  va  ilmning  kelajagi to’g’risida fikr yurutiladi. Tarixni  

o’rganishdagi  bir  maqsad  uchun jamoaviy  tadqiqot-  mana  shu  formula  yoki   

dastur,  qaysiki  na  biolog, na fiziolog, yoki psixologni  hayratga  solmaydi. Lekin,  

tarixga  bog’liq  bo’lganlar  uchun  bu  formula  ularni  ta’sirlantiradi   va  hayratga  

soladi.  Ba’zi  bir  odamlarni  ham  qisqacha  qilib  aytganda  hozirgi  zamonaviy  

Fransiyada  uni    tushuntirib    ko’rishdan      avval  buni    tushunish    lozim.    Urf- 

odatlarga  bir  e’tibor  bersak:  XX  asr  boshida   men   tarix  bilan  shug’ullanishni  

boshlagan    chog’larimda    Klio    firmasi    jamoaviy    mehnatga      unchalik  

qiziqmagan  edi.   U  qonli  arxiv   kalamushlari  bilan band  edi.  Ular   yoritilgan  

tarix    va    u    bilan    bog’liq    hujjatlarni      yashirishga,      yillar    davomida      ularni   

foydalanishdan    olib      tashlagan,      bundan      maqsad      kerak      payt      ulardan   

foydalanish   edi.    Bu  vaqtlarda  vaqti-vaqti  bilan   shov-shuvli  va   juda  kulguli   

tarix  bilan   bog’liq   voqealar   bo’lib   turar  edi.   

Shunday  hollar  bo’lardiki:  ikki  tarixchi  bir  mavzu  ustida  ish  olib  borar  

va   bir-biridan  oshib  ketish  ( o’sha  vaqtlardagi  metafora,  mashina  bo’lmagan  

paytlar )   va  quvib  o’tishi  uchun   kurashar   edi.   Bu  insonlar  uchun  na  tarix    

va  uning  rivoji  muhumi  edi.   Balki  ularning  shaxsiy  manfaatidir.  Ular  uchun  

muhimi  kitobdagi  ya’ni ularning  ismi  va  mualliflik  huquqi  va  so’zidir. 

Men  bu  narsalarni  qolipga   o’ralgan  holatini  tushunmasligim  mumkin 

emas  albatta.    Ayni    shu      holat      hozirda    ham      davom    etmoqda.      Lekin      bu  

narsalar   tergov   emas  balki sababdir.   Bu   narsa   qattiq   ishonchga   asoslanishi 

va  qarama-qarshiliklar   falsafiy   nuqtai  nazardan   ko’rilishi   zarur.   Kimlardir   



70

 

 



tarix    bu    fan    emas    deb    fikr    bildiradi.    Boshqalar    esa      tarix      fan      sifatida   

tarixchi  uchun    barcha  hodisalar   voqealarni   u  yoki  bu  holatda  ( gipoteza  

yoki  teroriya )  ko’rsata  oladi    va   kitobxonlarga  yetkazishda  yordam   beradi.     

Bu  qarama  -   qarshi fikrlarga   uncha  e’tibor   bermasak,  qisqa  qilib  aytganda   

shuni  tushunish  kerakki:   fan  gil  suyagidan   yasalgan   qasrda   ko’zdan  holi 

yerda   faqatgina  ilm  bilan   mashg’ul  odamlar   tomonidan  o’rganilmaydi.    

Fan      bizning      fikrimizcha      bir      so’z    bilan      aytganda      fanlarning   

birlashuvi  ya’ni,  insonlar      birgaligida      yaratiladi,      o’z      doirasidagi      odamlar   

bilan   birgalikda  va   o’z  davri   bilan   bog’liq  holda    bu  qonun   matematik,   

biolog,      fizik      va    tarixchi    uchun      hamda      barcha    ilm      ahli    uchun      xosdir.     

Qonun,    qaysiki    barcha    fanlar    tadqiqoti      birlashuvi      va    ularning      o’z    davri   

uchun      muhimligidir.  Bir      so’z    bilan      aytganda,      fan    bu  -  davlat      ichidagi   

davlat  emas,  u  sotsial  doiradan  uzoq  bo’lmaydi,  u  har  xil  holatlar  ta’sirida  

bosimga  uchraydi.   Bu  uning  taraqqiyotiga    qiyinchilik   tug’diradi.    

Shunday    qilib,    bir    necha    o’n    yilliklar      davomida      ma’lum      bo’lgan   

faktlar      revalyutsion      rivojlanishga      majbur      edi.      Fizika      sohasidagi      paydo   

bo’lgan   yangi   teoreya  va  faktlar   XVII- XIX   asrdagilarini  shunchaki  yo’qqa   

chiqardi.    Dunyoni      tushunishdagi      eski      mexanik      tushunchalar    ish      bermay   

qoldi.      Fanning      tadqiqoti    va      birlashuvidagi        konsepsiyalarini      ko’rib   

chiqishni      talab      etmoqda      edi.      Fan      o’zining      mashhur      ilm    olimlari   

yordamida   olib  borilayotgan   tadqiqotlari   nazardan   chetda   qolishi   mumkin   

emas   edi.   Xohlaydimi   yoki   yo’q,   u  bunga   tortilgandi.   Fan  o’zining   eski  

yukidan      xoli    bo’lishi      lozim      edi.    Bu      eski      g’oyalar    va      o’sha    davr   

olimlarining  tadqiqotlariga      qarshi    chiqilsa        uning      ustidan      kulishardi.      Bu   

qat’iy   qoidalar   bizni   nimaga   o’rgatadi   va  tarix   fani    o’ziga  ularning   

qaysi  birini   olishi  lozim.   

Asosiysi   har  bir  tadqiqot  bu  biror  olim  tomonidan    yoritiladi,   balki   

shunchaki  berilmaydi.   Tadqiqot   olib   borishda   hech   narsa   shunchaki   ochiq   

ravon    bo’lmaydi.      Bu      biror    bir      faktni      yoritishni    aniq      tasavvur    hosil   


71

 

 



qilmaydi.   Bu   faktlarga   ko’ra   “ tarixchi   faktlarni   tortib  olishga   haqsiz”   

deb   aytiladi.   Bu  faktlar  olim  uchun   tanlov   qo’yadi, balki   tarix   fanining   

o’zi   ham  tanlov   jarayonidir.  Bunga  sabab  tarix  u   yoki  bu  faktning   biror  

bir      tanlovi      asosida      amalga      oshadi.    Faktlarni      o’zi      uchun      shunchaki   

qiziqish   yuzasidan     saqlab   qo’yayotgan   va    ularni   mukammal   tadqiq   qila  

oladigan    tarixchi    olim      yaratilishi      lozim.    Tarix    va      boshqa      qorishilgan   

fanlarning      farqi      tarixchi      koryerdan      tosh      qazib      olayotgan      qoruvchiga   

o’xshaydi.   Unga   ishlov  berish   ishini   esa   sotsiolog  arxitektorlar   zimmasida  

bo’ladi.   

L.Fevr  “o’sha  vaqt  odami  -  uyg’onish  davri  fransuzi’’  deb  nomlangan 

bo’limida  XX  asrda  shaharda  istiqomat  qilayotgan  fransuz  bilan  XVI  asrda 

yashaydigan  fransuz  o’rtasidagi  o’xshashlik  va  farqlarni  belgilaydi.    Fransiyada 

XVI  asrda  yashagan  odamlar  shaharlik  edilarmi?  Hech  qanday.  Ular  qishloq 

odamlari  hozirgi  zamonaviy  tildagi  shahar  o’sha  vaqt  yo’q  edi.  Albatta,  chet 

elliklar,  fransuzlarning  o’zlari  ham  Fransiyaning  shaharlarini  maqtadilar.  Ular 

Parijni dunyoning mo’jizalaridan biri deb  maqtadilar  lekin, shaharlar o’zi qanday 

bo’lgan?  XVI asr  shahri doirasimon minoralar bilan, g’ishtlik devor bilan o’rab 

olingan.  Buzuq  yo’l  tor  darvozalarga  olib  boradi,  kecha-yu  kunduz  ularni 

qo’riqchilar qo’riqlaydi. Qo’pol  yasalgan xoch, qarshida balandlikda monumental 

dor  (shaharning  faxri),  unda  dorga  osilganlarning  jasadi  chirib  oxirlamoqda  . 

Ko’pincha darvoza tepasida nayza uchiga e’lon bilan kesilgan bosh yoki qo’l, oyoq 

qandaydir  bir  qo’rqinchli  odamning  tanasining  bir  bo’lagi  qoldirilgan.  Bu 

mustahkam  asab  tolallariga  ega  davrning  adolatli  sudi.  Toptalgan  yo’l  darvozaga 

olib boradi. Uning orqasidan yo’l o’rtasida befarqlik bilan qurilgan oqava ariqchasi 

bilan  hojatxonadan  chiqadigan,  o’tib  bo’lmaydigan  iflos  axlatlar  bilan,  yomg’ir 

yog’ganda  yurish  mumkin  bo’lmagan,  qachonki  quyosh  yondirganida  shunday 

chang  ,  nafas  olib  bo’lmaydi  va  barchasi  aralash-quralash:  bolallar,  o’rdak, 

tovuqlar,itlar  hatto  cho’chqalar  (taqiqlov  qonunlari  bo’lsada)  unda  hamma  yerni 

titkilaydi.    Shaharga  kiramiz  va  ko’zdan  kechiramiz.  Har  bir  oilaning  o’z  uyi, 


72

 

 



qishloq  joyiga  o’xshash.  Qishloq  joyidek  har  bir  uyda  binolar  orqasida  bog’, 

sabzavot  jo’yaklari  olingan.  Barchasi  xuddi  qishloqdagidek,  chunki  shahardagi 

hayot  –  bu  qishloqdagi  hayotning  uncha  katta  bo’lmagan  ko’rinishi  bilan,  har  bir 

uyning  derazasi  bilan  cherdagi  bo’lib,  unda  pichan,  somon,  don  va  ozuqaning 

qishki  zaxirasini  ko’taradigan  ombor  vazifasida  bo’lgan.  Har  bir  uyda  pech  bor, 

unda  beka  xizmatkori  bilan  har  hafta  non  yopadi.  Har  bir  uyda  uzumni  siqadigan 

idish bo’lib, oktabrda yerto’la yonini yangi vinoni hidi to’ldiradi. Nihoyat, har bir 

uyda  otxona  bo’lib,  unda  miniladigan  va  yuk  tortadigan  otlar  va  buqa,  sigirlar, 

qo’ylari  bo’lgan  molxona,  ularda  har  kun  ertalab  kvartaldagi  cho’pon  nay  chalib 

ularni  yig’adi,  kechqurun  uyiga  haydab  keladi.    Mana  shahar.  Uni  qishloq  bosib 

olgan.  U  hatto  uylarining  ichlariga  ham  bostirib  kirgan.  U  shaharlikning 

mehmonxonasiga kiradi.  

L.Fevr tarix fani uchun muhim mavzu bo’lgan folklorga jiddiy e’tibor berdi.  

U  bu  mavzuga  bag’ishlab  “folklor  va  folklorshunoslik”  asarini  yozdi.  Fransiyada 

XX arning 20-yillarigacha bu sohaga  e’tibor berilmagan. Faqat asrning  o’ttizinchi 

yillaridan  folklorga  bu  sohada  muhim  o’zgarishlar  ro’y  berdi.  Fransuz  milliy 

muzeylarida xalq san’ati, hunar va odatlarining bo’limi paydo bo’ladi. 1928-yilda 

fransuz folkloriga bag’ishlangan ikki tomlik darslik yaratildi.  

L.Fevr  folklorlarga  ta’rif  beradi:  “Folklor  nima  o’zi?  Juda  ko’p  ta’rif 

mavjud.  Ularning  ko’pi  odamlar  bilan  oddiylikda  shakllantirilgan  qaysiki,  ular 

“uncha  uzoq  bo’lmagan  joyda  izlash”  tamoyiliga  amal  qiladi  va  albatta  o’zi 

to’g’risida o’ylaydi. Yaxshisi va muhimi dalillarni yo’l-yo’lakay ularni ilmoq bilan 

turtib  yig’ish  kerak.  Sentuve  folklorlar-bu  sivilizatsiylashgan  xalqlarning 

an’analari  va  ularning  qonunlari,  asosan  xalq  to’g’risidagi  fan.  “Folklor  darsligi” 

da  shunday  deyiladi:  bu  fan  hamma  narsa  to’g’risida,  nima  og’zaki  uzatilsa- 

bilimlar,  usullar,  retseplar,  sirlar,  qoidalar  va  urf-odatlar,  so’z  ifodalari  va 

sueveriyalar,  ertaklar,  afsonalar  va  boshqalar  –  sivilizatsiyalashgan  jamiyatlar 

a’zolari asosan xalq ichida tarqalgan.  Xalq tushunchasini u aniq ifodalaydi. “Toza 



73

 

 



xalq  yo’q

68

”-  deydi  u  aniq  ifodalab  bergan  holda.  Toynbi  geografik    sohaga  ham 



mulohaza  beradi.  Geografik  ulkan  bo’lgan  hududdagi  Kanada  va  Rossiya  ulkan 

sivilizatsiya yaratgan. Nil va Yanszi havzasidagilar esa umuman boshqa holda yuz 

berdilar.  Orol  sivilizatsiyalar  esa  minoy,  yapon,  ellin  sivilizatsiyalari.  Aniq  fanlar 

bu  haqida    to’liq  ma’lumot  bera  olmaydi.  Bu  yerda  u  Shpengler  bilan  to’liq 

kelishadi.    Olim  A.Toyinbi  va  O.Shpenglerning  sivilizatsiya  konsepsiyalarini 

atroflicha tahlil qildi va ularga nisbatan o’z fikrini bildiradi.     Chaqiruv va Javob 

(Challenge and Response) qonunlari u uchun juda muhimdir. Bu qonun kitoblarda 

–  Gyote  kitobi  “Faust”  Gyote  va  skandinav  Voluspa  (Vyolva  bashoratlari)    yoki 

Ipolet  Evripid,  Matfeya  va  Origendan  Gyotega,  apostol  Pavel  va  Vergiliydan 

Tyurgoga  qadar  ularning  asarlarida  xudolar,  yarim  xudolar  va  pahlavonlar 

buyukligi aks etgan qarashlar mavjud. 

     


Bu  haqidagi  qarashlar  juda  dag’al  va    qo’pol,  chunki  kuchsiz  ta’sirdan 

iborat.  Bu  qarashlar  sababini  yumshoq  iqlimli  terdan  qidirmaymiz.  Masalan, 

yashash uchun qiyin bo’lgan  yerlarda Kapuya uning nomi perfida Capua (makkor 

Kapuya yoki qonxo’r Kapuya ) xoinona Gannibal askarlarini tor-mor etgan edi. Bu 

qarashlar  har  yerda  to’g’ri  keladi.  Misol  uchun,  Xuanxe  va  Yanszi  daryolari 

oralig’i,  And  tog’lari  Perudagi  yerning  o’zlashtirilishi  qiyin  kechgan.  Attika 

Elladaning  makoni  bo’lgan  bu  davlatning  Beotiya  yuksalgan  va  yashillikka 

burkangan davri edi. Germaniya davlati Reynning yaxshigina muhitida emas, balki 

Brandenburglarning  kuchi  va  mehnati  bilan  yaratilgan.  Vavilon  o’rniga  Ossuriya, 

Hindiston  esa  uning  janubida  ya’ni  Hind  daryosi  bo’yida.      Bu  qarashlar  albatta 

tabiiy.  Rim    Allianing  qulashidan  paydo  bo’lgan.  Usmonlilar  Anqara  jangidan 

so’ng 150 yil o’tgach o’zini o’nglab olgan edi. 

  “Toynbining  tili  bilan  aytganda  Stimuls  of  blows  (zarba  ta’siri)  deyish  mumkin. 

Shu  bilan  bir  qatorda  doimiy  bosim  ya’ni  Stimuls  of  pressures  (bosim  ta’siri) 

mavjud  bo’lgan.  Xo’sh,  Misr  tarixida  2  siyosiy  kuch  shimoliy  va  janubiy 

hududlarda  Misrning  yuragiga,  Fivaga  qanday  bosim  o’tkazilgan?  Qo’shni 

                                                             

68

 Л.Февр. Бои за истории. Москва. 1994 г. 76 c. 



74

 

 



davlatlarda  ahvol  qanday  bo’lgan?  Hindistonga  nazar  solamiz:  Panjob  bu 

Hindiston armiyasining asosiy qismida joylashgan shahar. Dehli esa Hindistonning 

madaniy markazi edi. Lekin bu shahar tashqi kuchlardan himoyalanmagan edi.  

Uyg`onish    davrida    ilm–fan    shiddati  hikoyaning    davomi    insoniyatning  

ilm    fandagi    taraqqiyoti  bilan    bog`liq.  Men    ya’ni    Anri  Berrom  sizni 

Uyg`onishning  boshlanishi  haqida  so`zlab  hayratga    solishim  mumkin.  Bu    yerda  

uyg`onish    haqida  ishonchli    ma’lumotlar    keltirilgan.  Qadimgi    Greklarning 

geometriya  sohasida Evklid,  mexanikada Arximed, tibbiyot  sohasida  Gippokrat  

va  Galen  ,  kosmografiya  va    geografiya    sohasida    Polemey  ,  fizika  va  tabbiy  

fanlar    sohasida    Aristotel  kabi    namoyondalar    bor.  Ilmlarning    butun    olami 

greklardan    rimliklarga    o`tdi,  keyin    esa  bosqin  ro`y  berdi.  Ilm  osmonini    tun  

qopladi.  Antik  davrining  barcha    boyliklari    talandi.  Asrlar  o`tishi    bilan    na  

nazariy yutuqlari  na  texnik kashfiyotlardan  asar  ham  qolmadi 

XV  asr    oxiri    va  XVI  asr    boshlarida  ro`y  bergan    revolyutsiyaga    qadar  

ahvol    shunday  davom    etdi.  Odamlar    o`zlarining    ma’naviy    qashshoqliklarini  

sezishgandan    keyin,    bu    holat    ro`y    berdi.  Ular    yo`qolib    ketgan    ma’naviy  

boyliklar  qoldiqlarini   tashlandiq  kutubxonalar  va   monastr chordoqlardan   topa  

boshlashdi.  Keyin    bu    boyliklardan      foydalanish    boshlandi.  Ular    lotin    tilini  , 

fanini, o`rganish uchun  foydasiz bo`lgan  ammo diniy matnsiz  grek  tili  va hatto  

qadimgi  grek  tilini  ham   yangidan  o`rgana  boshlashdi.  

O`z  davrining  fidoiy shaxslari eski  qo`lyozmalarni kitob  shakliga  keltira  

boshlashdi    va  shunda    Pifagordan    Kopernik,  Kopernikdan    Kenler,    Kenlerdan  

Galiley    vujudga    keldi.    Bu    vaqtda    shuningdek,      Andrey  Veza    o`z  

tajribalarining  natijalarini Gippokrat an’analariga muvofiq  birlashtirdi. Bularning  

barchasi tartibli mantiqiy  va  oddiy. “ Oddiy”-bu daxshatli  so`z,  tarixchilar  bu  

so`zni    nafaqat    o`z    lug`atlaridan    balki    aqllaridan    ham    chiqarib  tashlashlari  

kerak. 


75

 

 



“Tarix  –bu  inson    haqidagi    fanlardan    biri.  Zero  insonga    tegishli  bo`lgan  

hech    narsa  oddiy    emas.  Xo`sh    bu  muammolar    haqida    bugungi    kunda    nima  

bilasiz? Biz endi “o`rta asrlar tuni “ haqida gapirmaymiz. Eruditlar qandaydir o`rta  

asr  odami  haqida  gapirmaymiz.  Bu ma’lumotlar  muhim  ahamiyatga  ega  emas, 

qandaydir    Jan    yoki    Benua  1820–yilda    Dominikan    ordenini  olganda  

qo`lyozmalarining  klassik  matnidan u yoki bu fragmentni  olgani  muhim  emas. 

Benua    yoki    Janning    bu    fragmentni  qanday  o`qib    bergani  muhim”

69

.  Bunday  



antik  matnlarni  o`qigan  o`rta  asr  odamlari  xristianlikka  teskari  tushunchalarga 

qarshi  borishgan. O`sha vaqtda  xristianlikka  e’tiqod  “  ommaviy”   edi . Odamlar  

o`zlarining  barcha  qiyinchiliklariga  yechimni  shu    yo`l    bilan    topishga    ishonar  

edilar.  O`sha  paytdagi    “  Dunyo    oynasi  “,  “  Olam  ko`rinishi”  ,  kabi   risolalarda  

insonning  ijtimoiy    va    shaxsiy,  diniy    va    dunyoviy    bir    so`z  bilan    aytganda  

hayotdagi    barcha    voqea    hodisalar    qamrab  olingan    edi.Ularda  inson    bilan 

bo`g`liq    barcha    narsa    tabiyat    va  fan,  axloq,  tarix,  o`tmish,  kelajak    haqida,  

insoniyatning    yaqin    va  uzoq    kelajakdagi    aniq    maqsadlari    haqida    so`z 

yuritiladi.    Inson    bu  kabi    o`rta    asr    ensiklopediyalarini    o`qib    o`zi    haqida  

hamma  narsani   bilishi  mumkin  edi. 

Bu    davrda    yirik    arxitektura    yutuqlariga    ham    erishildi.  Klyunidagi 

Vezeliy    cherkovi,    Tuluzadagi    Sen-Sernen  cherkovi,bizning    mashhur    gotik 

cherkovlarimiz  –  Sharterda,  Parijda  ,  Reymsda    qurildi.  Kusiy,  Pyer  –Fon,  Shato-

Gayar kabi  mashhur  baronlar mustahkam  qal’alar  bunyod  ettirdilar. Quruvchilar  

geometrik  va  mexanik  masalalar, xomashyo  ta’minoti, qurulish  materiallarini  

ish  joyiga  ko`tarish  haqida  o`ylay  boshladilar. Agar  yaxshilab  o`ylab  ko`rilsa,  

diqqat  bilan  e’tibor    berilsa,  shu    narsa    aniq    ko`rinadiki,  ot    minish    odatlari  

qog`ozga    kitob    chop  etish    kabilar,    bizning    G`arb    sivilizatsiyasidan    olingan. 

Shuning  uchun  bizga uyg`onish  davrida  hamma  narsa  yangidan  paydo  bo`lgan  

deyishsa,  biz   yo`q  bizda hech  narsa   yangidan  paydo  bo`lmagan, hech  narsa  

                                                             

69

 



Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 84

 


76

 

 



butkul  yo`qolib    ham    ketmagan.  Aksincha,    bor    narsalar    rivojlanib  hozirgi  

holatga  kelgan  deb  javob  beramiz . 

Antik  davr  kompilyatorlarining  katta  mashaqqati  mahsuli  o`rta asrlarga  

kelib  qaysidir  ma’noda  yo`qotildi. Bu  yerda  kamdan – kam  odamlarga  ma’lum 

bo`lgan    qandaydir    qo`lyozmalar    saqlanardi.  Undan    300  chaqirim    masofada   

boshqa  qo`lyozma  saqlanayotgan  bo`lishi  mumkin  edi, lekin  ularni  solishtirish  

va    taqqoslashga    imkoniyat    yo`q    edi.  Keyinchalik    kitob    chop    etish  vujudga  

keldi.  Venetsiyada    Aldo  Manutsio  qadimgi    greklarning    astronomik  

qo`lyozmalarni    kitob    holiga    keltirdi.  1495-1498-yillarda    Aldo    Manutsiya 

Aristotelning    asarlarini    chop    etdi.  1475-yilda  Vichensey    “  Kosmografiya” 

asarini  xaritasiz,  1478-yilda  esa  xarita  bilan  chop  ettiradi. 

Shvetsariyalik    Gesner    barcha    ertakdagi    va    real    jonivorlarni  

kataloglashtirdi.  U  bu    sohada    turli    yozma    manbalarga    tayandi.  O`simliklar  

haqida    esa   Brunfels    “Flor  “    ya’ni  “  O`simliklar    tasviri  “  asarini   1531-1536-

yillarda    chop    ettirdi.  1543-yilda    ikkita    buyuk    asar    dunyoga    keldi: 

Kopernikning    “Osmon    sferasi    haqida  “  ,Vezaliyning    “  Odam    tanasining  

tuzulishi    haqida  “  asrlaridir.  Xo`sh,  Kopernik    kim?      U    Pifagor  ta’limotini  

davom    ettirgan.  Kopernik    qadimgi    mualliflar    va    zamondoshlarining    ishlarini  

o`qib  o`rgangan  va  ulardan   o`zi  yaratgan olam  sistemasi bilan  ajralib  turgan. 

  Bu    vaqtda    rasmiy    bilimlar    bilan    birga    universitet    bilimlari,    kasbiy  

bilimlar  agar  xohish  bo`lsa, eretik bilimlardan  ham  voqif  bo`lishgan. Bu  yerda  

dono    professorlar  ,  Aristotel,  Gippokrat,  Galen,  Ptolomey  kabilarning    izdoshlari  

bor  edi. Shunday  buyuk  shaxslardan  biri  daho Leonardo  da Vinchi edi. U  o`z  

davrining    barcha    fan      sohalarda    yuksak    natijalarga    erishgan    edi.    Biroq  

odamlar XIX- XX asrlarda  uning  qo`lyozmalariga  qiziqa  boshladilar. Da Vinchi  

zamondoshlariga    uncha    taniqli    bo`lmagan.  Leonardo    da  Vinchidan    biroz  

quyiroq  pog`onada  bo`lgan, “Qishloq  glinasi“ asarining  muallifi  Bernar Palissi 

ham    o`z    davrining    buyuk    shaxslaridan    edi.  Yana    bir    olim,  biroz    eretik  

xarakterli Partsel alximiya  sohasida  mashhur  edi.  


77

 

 



Andrey Vezaliy biroq  1564-yil  “ Pantagruel “  asarining  beshinchi  kitobini 

(Rabbleydan  qolgan  bu  kitobning  qanday  o`lchovda   yozilganini  hech qachon  

bilolmaymiz  )  o`ttizinchi    bobida    g`alati    allegoriyaga    duch    kelamiz.  Kichkina, 

xunuk,  ko`zi    ojiz    qariya    hamma    narsani    qulog`i    bilan    anglardi.  U  eshitgan  

bilimlarini    doim      vaysab    yurar,    lekin    ularning    to`g`ri    yoki    xatoligini    na  

kitobdan,    na    so`zlovchidan    tekshirib    o`tirmasdi.  Bu    asar    bilan    Rabble    o`z  

davrining    olimlariga    ishora    qilgan.  Kecha    oldin    nazariya,    keyin    fakt    edi.  

Bugun  esa   oldin  fakt  keyin  nazariya . 

 “Tarixiy  materializm  manbalarida    siyosiy  va  axloqiy  omillarning    zarar 

ko’rinishiga  va  xalqaro    kelishmovchiliklarda  iqtisodiy  omillarning    rolini 

kattalashtirishga    urunishadi”

70

 deb  yozadi    kitobining  212  –  betida.  Xo’sh  bu 



yerda    tarixiy  materializmning  nima  axamiyati  bor?  U  yoqdan  bu  yoqqa  ko’chib 

yuradigan  bu  sodda  qarashlarni  qanday  tushunish  mumkin?    Ikkilanishga  o’rin 

yo’q.  O’zingiz ayting,  1914-yildagi urushga qadar  ahvol bunchalik emas ediku. 

1920-1940-yillarda esa  voqealar o’z cho’qqisiga yetdi . 

     Ranke    kabi      olimlarning      fikrlaridan      voz      kechadigan      bo’lsak,      uning   

fikricha   faktlarni   shunchaki   o’z-o’zidan   yaratish   mumkin.   Biz   fizik  va   

tarixiy      haqiqatni      shunchaki      ichki      hissiyotlar      bilan      bilishimiz      mumkin.  

Tarixiy      haqiqatni      tadqiq    qilishni      tarixiy      jarayonning    (  birinchi      faktlarni   

bilib  olish   so’ngra  uni   qayta  ishlash )  sxemasini   hozirda  texnik  jihatdan  

ishlashmoqda.  Tarixchilar      oddiydan      murakkablikka      boradigan      faktlarni   

muhokama    qilmasligi      uni    pog’onama-pog’ona    tadqiq    qilishlari    lozim.   

Tadqiqotlarimiz   tartibi   chegaralangan   bo’lishi   lozim.     Shu  nuqtai  nazardan   

qaralganda   tadqiqot  va  unga  kirish  amaliyotga  tadqiq  qilinishi  lozim. Sizning  

fanga   qarashingizda  -  teoriyalar   mavjuddir.  Tan   olib  qarasak,  men  bunda  

biror  bir  muhokamali   narsa  ko’rmadim.    

                                                             

70

 

Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 59



 

78

 

 



Bir   safar   shunday   so’zlarga   ko’zim  tushdi:  “Nozariya  bu  o’ylangan   

tadqiq      etilgan    konstruktiv      fanga    bo’lgan    qiziqish      o’ylangan    faktlarga  

bo’lgan      munosabat      qisqa      qilib    aytganda    fanning    yo’nalishi    qonunlar   

yaratishda  emas  balki,  yangi   tabiiy  jarayonini  olib  borish .  Bu   gaplar  kimga  

tegishli    ekan      bu    biolog  Entonning  do’sti    biolog    Frepon    tilidan      aytilgan.    

“O’tib  ketdi  u damlarni   Lui  Lopik sog’inadi.   Fransua  Mojandining   qarashlari   

juda   eskirdi.  Fransua  Mojandi   shunday  degan  edi:   “Men  har  yerda  xuddi   

tilanchi  kabi  yangilik  qidiraman.   U  yer  ya’ni  barcha  tarixchilar  uchun   hatto   

yangilari     uchun   ham  xuddi   labirint    tirik    tarix   unda    mavjuddir”

71

.   Tarixchi  



uchun      umuman    qiziq    bo’lmagan    narsa    biolog    uchun    juda    qadrli    bo’lishi  

mumkin.   Tadqiqotchi  hech  qachon  tarix  sohasida  tadqiqot  olib  borish  uchun   

hech  qachon  karta,  kompassiz   bir  o’zi  xudoga  tavakkal  qilib  tadqiqot  olib   

bormasligi  lozim.  Tarixchi   tadqiqotlari  kimdadir  keng,   kimdadir  jo’n,  kimdir  

uni  xuddi   qasr  kabi,   qo’rg’on  kabi  o’rab  olgan.    

Tadqiqotchilarning  ko’pi    qo’lini  baland  ko’tarib  “Qasri  uchun   nimalar   

qilganini  ko’rsatadi”, lekin  bu  to’g’ri   xulosa  emas,   chunki  hech  narsa   aniq  

o’lchanmagan.    Qasr    qurish    uchun      arxitektor      chaqirilib  uning    loyihasi   

tuziladi, dastavval   joy  tanlanadi.   Shunday   qilib,   loyihadan  boshlasak. Loyiha  

eng    muhim    va      kuch    sarflaydigan        qism.      Shunday    qilib,    biz    “jamoaviy  

tadqiqot”ga      qaytsak,  biz    uni    yoddan    chiqarmagan    edik.    Universallik    vaqti   

o’tib  ketdi.   

Har  yer  va  har  sohada   bizga  aytishadiki  :“Jiar   oxirgi  materialist  edi”.   

Yoki    “Silven    Lovi    indologlarning      oxirgisi    edi”.    Muhokamaga    asos    yo’q  

lekin    nima    kelib    chiqadi?    Aleksandrning    o’limidan    so’ng    uning    davlati  

bo’linib  ketishi. Umuman  aytganda   shunday  odamlar  paydo  bo’lishi   kerak  

ediki,      ular    imperiyaning    alohida      qismlarini      bo’ysundirishi    kerak    edi”

72

,   



deydi.      Silven    Levi    Bu    faqatgina    shu    fakt    emas,      men    boshqasini    ham  

                                                             

71

 

Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 51



 

72

 



Люсьен Февр.  Бои за историю. М.: Наука, 1991, с. 52

 

 



79

 

 



ko’rayapman.   Aleksandr  davlatining   hokimiyatini  uning    vorisiga  qoldirib,   

5-6   maslahatchiga   hukumat  bilan   birgalikda   ish  olib  borsa,   ular:  sarkarda,   

diplomat,   xazinachi  va   boshqalar.  

Shunday  qilib,  tarixchi      barcha    ma’lumotlarni      birlashtirib,    tadqiq    etib,   

so’ng  uni   ishga   solishi  lozim.   Tarixchi   dalillarni   olib  barcha   mutaxasislar   

bilan  birgalikda   texnik,  ilmiy  ishlar  bilan  va  kimyo,  ekonomika  va  boshqa   

fanlar  bilan   tanishgan   bo’lishi  aniq   tasavvurda  bo’lishi  lozim.      Har  bir  

savolga   javob   va  ularning   bog’liqligi  yuzasidan   aniq   fikrda  bo’lishi  lozim.  

Misol    uchun    Lyudovik    XV    ning    va    uning      zahar    ichgan    Bordja    oilasi   

xususidagi    hikoyasi.          Biz    bu      sohada      biroz    yaqinlashmoqchi    bo’lsak   

avvalambor,      tomonlarning      fikri    bilan      albatta      qiziqishimiz      lozim.   

Boshqalarning      tadqiqotlari      bilan      doim      aloqada      bo’lishimiz      lozim.      O’z   

sohasida    yuqori   cho’qqilarga   erishgan  olimlarning   tadqiqotlarini   o’rganib   

chiqishimiz  lozim.  

M.Blok  va  L.Fevr  metodologiyasida  tarixdan  tadqiqot  olib  boruvchi 

tadqiqotchilar uchun quyidagi yo’riqnomalarni o’zlashtirish mumkin:  

- o’tmish tarix bu faqat siyosiy  voqealar, siyosiy tuzum va tuzulmalar hamda 

siyosiy arboblar faoliyati  to’g’risidagi tarix bo’lib qolmasligi kerak. 

-  insoniyat  o’tmish  tarixi  oddiy  odamlar  faoliyati  tufayli  yuzaga  keladi. 

O’tmish odamlarni hyoti turmush-tarzi tashvishlari quvonchli kunlari psixologiyasi 

tarixiy tadqiqotning obyekti bo’lishi kerak. 

-  insoniyatning  o’tmish  tarixi-  bu  turli  etnoslar  xalqlarning  alohida-alohida 

rivojlangan  tarixiy  yokiy  har  bir  halq  millat  yahlit  bir  sivilizatsiyani  tashkil  etadi. 

Har  bir  xal,  millat  o’z  sivilizatsiyasiga  ega  va  uni  ana  shu  sivilizatsiya  asosida 

o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. 


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling