Udk davronova malika davronqulovna
Endi Abdulla Oripov she’riyatiga nazar tashlaymiz
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
a. oripov va e. vohidov sheriyatida psixologizm muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.2 Lirik kechinma va ruhiy iztirob.
Endi Abdulla Oripov she’riyatiga nazar tashlaymiz: Ming yillarkim, bulbul kalomi
_ I. Karimov. "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch". "Ma’naviyat" n. T-2008, 20b.
15 O‗zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho‗rlik to‗tining holi, O‗zgalarga taqlid hamisha. Adabiyotshunos Abdulla Ulug‗ov "Dardmand dil iltjolari" nomli maqolasida yozganidek: "Ruhimizning hech bir qonun, farmoyishlarga sig‗ishmaydigan quvonch, qayg‗udek turfa bisotlari bisyor. Endi esa iste‘dodli ijodkorlarimiz ana shu izohsiz olam ranglarini chizishga intilishmoqda. Ular suratlantirayotgan manzaralarda insonning har lahzada ming bir qiyofa kasb etadigan bezovta ichki olami namoyon bo‗lyapti" 1 . Shu o‗rinda ta‘kidlash joizki, mustaqillik yillari ijodkorlar faoliyatida ulkan yuksalish jarayonlari namoyon bo‗lgani holda, adabiyotshunoslikda ham sifat o‗zgarishlari ro‗y bermoqda. Xuddiki sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi o‗laroq sudlar jazolovchi organdan odamlarga yordam beruvchi, ularning muammolariga yechim beruvchi organga aylanib borayotgani kabi, o‗tgan asrning boshida beri "ko‗rsatma berish", "fosh etish", "aniqlash" - bir so‗z bilan aytganda tanqid bilan shug‗ullanib kelgan milliy adabiyotshunoslik bugunda tahlil va talqinga mayl bildirmoqda. Endilikda o‗zbek adabiyoti tarixi yangilanayotgan badiiy tafakkur talablari asosida qayta idrok etilmoqda. Professor Qozoqboy Yo‗ldoshev ta‘biri bilan aytganda: "SHo‗roviy adabiyotshunoslik uzoq yillar mobaynida asardan o‗zi istagan narsani qidirish bilan shug‗ullanib kelgan bo‗lsa, endilikda tanqidchilik va adabiyotshunoslik badiiy ijodning mohiyatini anglashga, uning sirlarini kashf etishga urinmoqda"_. Bu oson kechayotgani yo‗q. Bir umr jallodlik bilan shug‗ullangan kishiga, endi oyboltani qo‗yib, sartaroshlik qilasan, deyilsa - uning bunga ko‗nikishi oson kechmaydi albatta. Bu borada qiyinchilik bilan bo‗lsa ham
1 Abdulla Ulug‗ov. "Dardmand dil iztiroblari". O‗zb.adabiyoti va san‘ati. 1998. №2
16 dadil qadam tashlanayotgani esa quvonarli hol.Chunki, Aristotelь aytganidek: "... hamma narsaning mohiyati uning harakatida namoyon bo‗ladi"_. Xullas, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‗zbek adabiyoti yangilanish fasliga kirdi. Burungi o‗troqlashish bosqichinibosib o‗tib, o‗z qalbining hukmron mafkura ta‘qiqlab qo‗ygan, puchmoqlariga ham qadam qo‗ya boshladi. Chunki, V. Mayakovskiy ta‘biri bilan aytganda "Miya va yurakning shunday qabatlari borki, u yerga faqat poeziya vositasida kirish mumkin"_. biz bugun ijodi ustida tadqiqot ishlarini olib borayotganimiz, o‗zbekning ikki zabardast shoiri Abudalla Oripov va Erkin Vohidov mana shunday sharafga noil bo‗lgan ijodkorlardir. Haqiqat bahsda, bahs qiyosda yorqinroq namoyon bo‗lishini bilamiz. Shuning uchun ham ikki zabardast o‗zbek shoirining poetikasiga xos bo‗lgan psixologizm muammosini tadqiq etishda rus shoirlarining she‘riyatiga qiyosan o‗rganishga qaror qildik. Zotan rus poyeziyasining shunday yorqin vakillari borki, ular ruhan Abdulla Oripov va Erkin Vohidovga yaqindirlar. Masalan: Psixologizm - Anna Ahmatova she‘riyatining alohida ajralib turguvchi jihatlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. U o‗tkir va serqirra poetik shakl tanlab, uni psixologik prozaga qiyosan shakllantirib boradi. Shuning uchun ham O. Mandelshtam: "Axmatova rus lirikasiga X1X asr rus romanchiligining ulkan psixologik zalvorini olib kirdi..._ degan edi. Xuddi shu fikrlarni Abdulla Oripov va Erkin Vohidov ijodi misolida ham bemalol aytishimiz mumkin. Zotan, bu ikki muallifning "O‗zbegim", "Jannatga yo‗l", "Ruhlar isyoni", "Hakim va ajal" singari turkum she‘r va dostonlarini bemalol ulkan bir epik asarlar tarzida talqin qilish mumkin. Ulardagi ma‘no va miqyos shu qadar ulkanki, mohiyatan ular trilogiyalarga tatiydi. Yoki bir mavzuga nisbatan har ikkala shoirning munosabati tarzida dunyoga kelgan mana bu she‘riy satrlarga e‘tibor bering:
17 Bir qadam qo‗ysang bas – naryog‗i o‗lim, Bir qadam qo‗ysang bas – shaksiz halokat. Odamzod boshida turibdi shu zum, Qazoyi muallaq, mudhish falokat. Agar ta‘bir joiz bo‗lsa har ikki she‘rini "Hazrati inson" nomli ulkan nasriy asar deyish mumkin. Chunki ular xuddi shunga munosib zalvorga ega. Qiyoslashda davom etamiz Anna Ahmatova his-hayajonini to‗g‗ridan-to‗g‗ri ifoda etmaydi, balki mayda-chuyda bo‗lib ko‗ringan kundalik, maishiy detallardan ruhiyat manzarasini chizadi. Uning poetik olamida har bir narsa va hodisa muhim badiiy vosita bo‗lib xizmat qiladi. M. Kuzminning ta‘biri bilan aytganda "narsa va hayajonli lahzalarning biz uchun tushuniksiz bo‗lgan o‗zaro bog‗liqigini teran anglash va ularni his etish Ahmatovaga xos qobiliyatdir"_. Xuddi shu masalada N. Gumilev quyidagi fikrni aytadi: "Men Ahmatova poeziyasining eng xarakterli jihati - uning stilistikasiga qoyil qolaman, - deydi u. - U fikrini hijjalab tushuntirish yo‗lidan bormaydi, balki uni ko‗rsatib qo‗ya qoladi"_. Xo‗sh, buni u nimalarda ko‗rsatadi, degan tabiiy savol tug‗iladi. Albatta, oddiy narsalarda, bular: mo‗yna, qo‗lqop, uzuk, xalqa, shlyapa, tabiat hodisalari, yil fasllari, gullar va hokazolar. Masalan, "So‗nggi diydorlashuv qo‗shig‗i" she‘ridan olingan mana bu to‗rtlikka e‘tiboringizni qaratmoqchiman. Песня последней встречи
Так беспомощно грудь холодельа, . Но шаги мои были легки.
Я на правую руку надела
18 Перчатку с левой руки. Odimlarim yengil bo‗lsa ham,, Ko‗ksim muzlar chorasizlikdan. Chap qo‗limning qo‗lqopchasini, O‗ng qo‗limga kiyib olganman (Tarjima o‗zimniki)... Qo‗lqop – narsa, buyum. Kishi hayajonlanganda, xush yoki noxush xabardan esankirab qolganida, kuchli stress ta‘sirida nima qilayotganini bilmay qoladi. Chalkashib, narsalarning o‗rnini adashtirib yuboradi. She‘rda baayni shunday holat: chap qo‗lqopning o‗ng qo‗lga kiyilgani orqali shoira lirik qahramonining ruhan bezovtaligini, aqlu-hushi o‗zida emasligini tasvirlash yo‗lidan borgan. Zotan, Gogolning ta‘biri bilan aytganda: "Personajni o‗rab turgan narsa va buyumlarda, uning qalbi aks etib turadi" 1 .
Xuddi shunday holatni Erkin Vohidovning "Cadoqat" deb nomlangan she‘rida kuzatamiz. Keksa qayrag‗ochning Ildizin ochib, Tortdilar qo‗sh arqon solib belidan. Lekin u tuproqqa panjasin sanchib, Sira qo‗zg‗almasdi Ungan yeridan...
_ V.G. Belinskiy. Adabiy o‘ylar. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at n. -T.:1977.-B. 12
19 Nihoyat gurs etib yerga kuladi, Butab, so‗ng ko‗tarib ketdilar, biroq — U o‗z panjasida olib jo‗nadi Yashagan yeridan Bir siqim tuproq. Bu – yuqoridagi ta‘rif to‗la-to‗kis o‗z aksini topgan she‘r, desak yanglishmaymiz. Urushga yoki uzoq safarga yo‗l olgan kishi, tug‗ilib o‗sgan zaminidan bir siqim tuproq olishini ham bilamiz. Rus adabiyotida mazkur mavzuda qilingan tadqiqotlarni sinchiklab o‗rganish asnosida, uning ikkita katta tarmoqqa bo‗linishi kuzatiladi. Ya‘ni lirik qahramonning o‗zini o‗rab turgan borliqqa, odamlarga nisbatan psixologik yondoshuvi, shuningdek o‗z qalbi, o‗z ichki olamini tahlil qilish psixologizmi. Ikki yirik ijodkorning asarlarini mana shu o‗rinda, fikrimiz tasdig‗i sifatida misol qilib keltirish mumkin. Masalan L.N. Tolstoy oliynasab davralar, muhtasham saroylar, mashhur kishilar hayoti va faoliyatini qalamga olar ekan, qahramonlarning ruhiy holati tashqi faktorlar bilan ochib beriladi. Balldagi nozik raqs harakatlari Natalya Balkonskayaning ichki olamini bor bo‗yi bilan namoyon etadi. Yoki Anna Karenina sevgilisi poygada otdan yiqilib tushganida, yonida eri turganini ham unutib, yengilgina "oh" chekib yuboradi - shu birgina holat uning butun borlig‗i bilan o‗ziga tegishli bo‗lgan odamga emas, tamoman tegishli bo‗lmagan odamga tegishli ekanini namoyish etadi. Biz mazkur magistrlik dissertatsiyamizda rus adabiyotshunosligida o‘ganilgan psixologizm va psixologik tahlil muammolarini o‘zbek adabitoyshunosligida ham o‘rganilganligini bob va bo‘limlarda tahlil etamiz. Asosiy maqsadimiz esa o‘zbek she‘riyatining yirik vakillari A.Oripov va E.Vohidov lirikasidagi psixologizm mummolarini tadqiq etishdir.
20 I.2 Lirik kechinma va ruhiy iztirob. Ma‘lumki, ruh o‘z yaralishi va fazilatlariga ko‘ra samomiy, aniqrog‘i ilohiydir. Ana shuning uchun ruh inson qalbiga ilohiy nurlarni hadiya etarkan, shu bilan birga uning oliy tuyg‘ular olamiga ham oshno qiladi. Busiz hech qanday shoirning qalb hayotida she‘rxon nigohini o‘ziga butunlay jalb qila oladigan sifat o‘zgarishlari sodir bo‘lmaydi. Shu sifat o‘zgarishi, ya‘ni ma‘naviy-ruhiy yangilanish she‘rning taqdirini hal etadigan mohiyat va go‘zallik asosi sifatida qaralsa aslo xato bo‘lmaydi. Chunki buni nazardan soqit etib, she‘rning hissiy va ruhiy quvvatini to‘g‘ri belgilab bo‘lmagandek, uning ma‘no, obraz va tasvir jozibasini bexato ko‘rsatish mushkuldir. Demak, shoir uchun ruh va ruhiy mazmun qanchalik muhim bo‘lsa, bular she‘rshunos uchun ham ahamiyatli. Shuning uchun biz butun tadqiqot davomida ruhiyat va she‘rning ruhiy mohiyatiga alohida diqqat qilishga harakat etdik. Tan olish kerakki, ruhiyat tasvirlarida o‘zbek she‘riyati erishgan muvoffaqiyat tajribalar ham taqsinga loyiq. Lekin bu muvoffaqiyatlar singari tajribalar ham ilmda maxsus tekshirilmagan. Chunki bunday tadqiqotlarni amalga oshirish uchun bizning nazarimizda, faqat adabiyotshunoslik ilmining kuchi va imkoniyatlari kamlik qiladi. Balki shu bois ham g‘arb adabiyotshunoslikda psixologiya-ruhiyatshunoslik, ayniqsa, psixoanaliz fani tajriba va tadqiqotlariga qiziqish tobora kuchaymoqda. O‘zbek she‘riyatida ruhiy tasvir ko‘rinishi va tamoyillari turli davrlarda turli shakllarda zohir bo‘lgan. Chunki she‘riyat davr nafasi, o‘sha davr kishisi ruhiy olamida kechuvchi jarayonlarning lirik qahramonlarning ruhiy dunyosi bilan uyg‘un manzaralaridan yaraluvchi san‘at mulkidir. Shuning uchun she‘riyatdagi ruhiyat tasviri xususiyatlarini davr harakteridan ajralgan holda tasavvur etish yoki tadqiq qilish haqiqatga muvofiq kelmaydi. Shu nuqtai nazardan turib, ishda XX asr o‘zbek she‘riyatining har bir taraqqiyot bosqichiga xos bo‘lgan ruhiyat tasvirining namoyon
21 bo‘lish darajalari uning lirik she‘riyat rivojidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganishga harakat qilindi. Ruhiyatning teran tasviri-lirik qahramon ichki dunyosining boyligini ko‘rsatuvchi asosiy xususiyat. Zero, lirik qahramonning o‘zi yashayotgan jamiyatda sodir bo‘layotgan ijobiy yoki salbiy hodisalarga yohud hayotning lirik qahramon qalb va tafakkur olamiga ta‘siri uning ichki kechinmalari tarzida tasvirlanadi. Ana shu narsa o‘quvchiga tashqi olam-ob‘ektiv borliqning inson - sub‘ekt-lirik qahramon ichki dunyosining boyishiga, ruhiyatdagi ranglarning tiniqlanishiga, serjiloligiga yoki buning butunlay aksi yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan habar beradi. Binobarin, bu ranglar zavq baxshmi yoki yo‘qmi nurlimi, nursizmi bundan qat‘iy nazar u o‘quvchida munosabat paydo qilmasdan qolmaydi. Natijada o‘quvchi o‘ziga fikrlaydi, o‘z dunyo qarashi saviyasida hukm va xulosa chiqaradi. She‘r o‘quvchini hayajonlantira bilsa, uni bilmaganini bilish, ko‘rmaganin ko‘rishga yo‘l ochsa, albatta, u lirik qahramonga ergashadi, uni qalb tajribalaridan ibrat oladi, Zero, tuyg‘ularda jonlanish, hissiyotida uyg‘onish sezgan hayajonlari jumbushga kirgan, fikr-uylarida aniqlik, tiniqlikni anglagan kurashlarning maqsadli, xulosalarining mantiqli bo‘lib borayotganligiga ko‘maklashayotgan she‘riyat har bir kishi uchun haqiqiy muallim va dil rahnamosidir. Bas, shunday ekan, o‘zbek she‘riyati lirik qahramonining ichli dunyosi, ruhiy olami boyligi, unig ijtimoiy, ma‘naviy hayot oqimiga ta‘siri va ruhiy faollik darajasini tadqiq etish she‘rshunoslikning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Qolaversa, bugungi kunimiz uzoq va yaqin o‘tmishimizdan yohud kechagi hayotimizdan tubdan farq qiladi. Shu ma‘noda o‘tmish tajrimbalarini o‘rganish ilm va ijod rivoji uchun qancha foyda yetkazsa komil inson tarbiyasi uchun ham shuncha ahamiyatlidir. Chunonchi, 20-30-yillar lirik qahramoni o‘zining ruhiy dunyosi bilan keyingi davr qahramonlariga o‘xshamaydi. 60-yillardan boshlab esa o‘zbek she‘riyatida yuzaga kelgan to‘lqin 70-80-yillarda yanada kuchayib bordi,
22 chunki bu yillarga kelib sotsialistik jamiyatda uzoq davr mobaynida ildiz otgan, hozirgi atama bilan ifodalanganda turg‘unlik hukmronlik mavqeiga erishdi. Buning oqibatida inson qadri, tarixiy va milliy an‘analar qimmati nisbatan pasaydi. Ma‘naviy yemirilishlar avj nuqtaga ko‘tarila boshladi. Natijada, hayot va inson, jamiyat va shaxs munosabatlarida sohtalik notabiiylik oqibatida kelib chiquvchi ziddiyatlar kuchni ko‘rsata bordi. Ammo shunda ham insoniyatning asrlar davomida yaratgam ma‘naviy hazinasidagi nurlar zamondoshimiz qalbi va yo‘lini yoritishga xizmat qildi. Bunda badiiy adabiyot, ayniqsa, she‘riyatning xizmati beqiyos bo‘ldi. Uni lirik qahramoni xalq, millat uchun naf keltirmaydigan ko‘p nomaqbul ishlarning yo‘lini to‘sish uchun intildi. Ammo bunda, hayotga yo‘l olayotgan mavhumlik haqidagi qarashlarning qalbiga, ruhiyatiga ingan isyon uchqunlarini pardalab, ya‘ni majoz kinoya va ishorat usullarida ifodalashga majbur bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da bu davr she‘riyatida lirik qahramon ruhiyatining tasviri teranlashdi, hayot va inson qalbiga chuqurroq kirib boorish unda kechayotgan o‘zgarishlar ildizini ochish, ruhiy bezovtalik sabablarini izlash she‘riyat oqimini yangicha o‘zanga yo‘naltirdi. Qisqacha qilib aytganda she‘riyatimizning lirik qahramoni ruhiy olami shu qadar teranlik va kenglik kasb eta boshladiki unda kechayotgan har bir jarayon hayot va jamiyat bilan ajralmas uyg‘unlik kasb etdi. Ya‘ni she‘riyatda ruhiy olam –psixologik tasvirning teranlashuvi jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy, siyosiy va ma‘naviy burilishlar sifati
natijasida yuzaga
chiqdi. Demak, she‘riyatda ruhiyat tasvirining chuqurlashuvida bosh omil hayot va inson ya‘ni jamiyat va shaxs harakteridagi jiddiy o‘zgarishlar muhim rol o‘ynagan edi. Bulardan shunday umumiy xulosaga kelish mumkinki biz o‘rganayotgan davr o‘zbek she‘riyatida psixologik tasvir ko‘lami o‘zining ma‘lum yuksalish darajalariga ega bo‘lgan. Buni o‘rganish o‘zbek she‘riyatining taraqqiyoti bu jarayonlarining ichki rivojlanishi yoki rivojlanmaganlik sabablarini tekshirish demakdir.
23 Lirikada ruhiy iztirob tabiati goyatda murakkab va o‘ziga xosdir. Chunki ular bir-biriga juda o‘xshash va umumiy jihatlarga ega. Shu sababli dastlabki qadamdanoq oldimizda ―Ruhiy iztirob nima?‖ ―Lirikada ruhiy iztirob qanday xususiyatlarga ega?‖ degan savollarga duch kelamiz. Shu o‘rinda diqqatni bir muhim nuqtaga qaratmoqchimiz. Ma‘lumki adabiyotshunoslikda ko‘pincha ―psixologizm‖ ruhiy iztirob va ruhiy iztirob o‘zaro sinonim hosisalar sifatida qo‘llaniladi. Holbuki bu tushunchalar tabiatan o‘zaro tubdan farqlanadi. ―Psixologizm‖ ―ruhiyat tasviri‖ va ―ruhiy iztirob‖ tushunchalariga nisbatan keng bo‘lib muallifning xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda stixialik tarzda namoyon bo‘ladi. ―Ruhiy iztirob‖ deyilganda ―psixologizm‖ dan farqli o‘laroq badiiy asarlarda qahramon ichki dunyosining butun bir tizilmalari tasvirini emas, balki inson qisqa vaqt ichida qandaydir tashqi taassurot natijasida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda kuchli bir ruhiy tebranishni-ruhning oniy bir fursatdagi holat aksini tushunish maqsadga muvofiqroqdir.Ko‘rinib turibdiki, ularning har ikkalasini ham o‘rganish ob‘ekti yagona bo‘lib lirika ham ruhiy tahlil ham idrokning sub‘ektiv shakllari sifatida harakterlanadi. Farqi shundaki, lirika epos, drama singari mustaqil adabiy turdir. U hayotni badiiy aks ettirish usullaridan biri bo‘lib bosh tasvir ob‘ekti insonning ichki olami hisoblanadi. Ruhiyat tahlili esa adabiy asarning muhim unsuru sifatida barcha dabiy turlarda ham janrning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amal qilaveradi. Ma‘lumki, adabiyotshunoslikda lirik asarlar bir necha xil tasnif qilinadi. Chunonchi, sof lirik, falsafiy psixologik, voqeaband (syujetli) siyosiy, ijtimoiy, grajdanlik lirikasi kabi. Lirik asarning bu hamma tiplarida ham badiiy psixologizm, ruhiyat tahlili va tasviri ma‘lum darajada o‘z aksini topadi, albatta. Huddi shuningdek,
24 nazmiy asarlarning bu xil tasnifi ham nihoyatda shartli bo‘lib ba‘zan bir tipdagi she‘riy asar ichida bir necha lirik janr xususiyatlari o‘zaro qorishib kelishi mumkin. Lirik qahramonning icki dunyosi qalb olami she‘riyatning boshqa ko‘rinishlariga nisbatan sof lirik, falsafiy-psixologik va voqeaband shakllarida mukammalroq kengroq tasvirlash imkoni mavjud bo‘lganligi uchun ham biz lirik qahramon ruhiy olami tasvirini ushbu she‘riy asarlar misolida o‘rganishga urindik. Sof lirik asarlarda ifodalanayotgan fikrdan ham ko‘ra tuyg‘u, ohang birinchi o‘rinda turadi, tasvirlanayotgan predmetlarni tashqi tomoni, tarixiy aniqligi hisobga olinmaydi. Umuminsoniy tuyg‘ular ifodasi yetakchilik qilgani uchun bu xil she‘rlar zamon va millatni, yosh va jinsni ―bilmaydi‖. Beqiyos hissiy joziba sof lirik she‘rlarda ruhiyat tasvirining asosini tashkil qiladi. Sof lirik she‘rlarda ko‘pincha hazil ohang, mung silqib turadi.Ammo bu hazinlik, bu mung she‘rxonda zinxor badbin tuyg‘ular qo‘zg‘amaydi, aksincha bu xususiyat qalbni allalaydi, ruhni har xil kinlardan poklaydi. Shuning uchun ―Bunday she‘riyat musiqaga juda ham yaqinlashadi. Musiqiy sadolar inson ruhiy holatini, tuyg‘ular qarama-qarshiligini ifodalaydi. Sado, predmetning tashqi qiyofasini gavdalantirishga qodir emas. Psixologik poeziyaning shakily vositalar ham musiqiy sadolarning tuzilishini eslatadi.‖ Agar nasriy asarlarda (va shuningdek, boshqa turdagi lirik asarlarda ham) ma‘lum bir ruhiy holat yoki ruhiy jarayon tasvirlangan bo‘lsa, u keng, atroflicha, ma‘lum bir voqea hodisadan vujudga kelgan natija sifatida talqin etiladi va eng muhimi har qanday ruhiy holat ham aniq bir shaxsga tegishli bo‘ladi. Biz mavjud ruhiy holatdan achinishimiz yoki quvonishimiz mumkin, ammo uni ―o‘zimizniki‖ deb qabul qila olmaymiz. Sof lirik she‘rlar o‘z tabiati va mohiyatiga ko‘ra tom ma‘nodagi ―psixologik poeziya‖ dir. Chunki bunday she‘rlarning homilasi tuyg‘ular qarama- qarshiligi, ruhning botiniy to‘lg‘anishlaridan tug‘ilganligi uchun ham lirik
25 qahramonning ruhiy tebranishlari zarbi misralarning qon-qoniga singib ketgan bo‘ladi. Sof lirik she‘rlarda tasvirlangan bu ruhiy dunyo o‘ziga xos ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, bunday she‘rlarning lirik qahramonining aksar payt shoir she‘riyatidan ajratib bo‘lmaydi. Ma‘lumki, vujudga kelgan bugun ruhiy jarayonlareni tasvirlashga sof lirik she‘rlarning hajmi ham imkon bermaydi. Hajm sof lirik she‘rlarda qat‘iy chegaralangan. Bunga bosh sabab, sof lirik she‘rlarning ibtidosi va intihosi tutqich bermas oniy sezgilar ekanligidir. Sof lirik she‘rlar, hatto, odamning o‘zi ham tezda ilg‘ab ololmaydigan ruhiy holat, ismsiz tuyg‘ular jumbushi bo‘lganligi uchun ham aksar ko‘pchiligi sarlavhasizdir. Ularga sarlavha qo‘yib ham bo‘lmaydi, bunga ehtiyoj ham yo‘q.Chunki tushunarsiz ruhiy holat, ismsiz tuyg‘u har she‘rxon qalbida o‘zicha tushunilib o‘zicha nomlanadi. Lirik she‘rlarda harakter yaratishning ikkinchi usuli, bir she‘r doirasida emas, balki shoirning butun she‘riyatida yoki hech bo‘lmaganda turkum she‘rlarda to‘laqonli lirik harakter ruhiyati xususiyatlarini namoyon qilishdir. Bu usulda shoirning har bir she‘rida lirik qahramon harakterning ma‘lum alohida xusuisyatlari aks etadi va bu xususiyatlar yig‘ilib borib bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zining butun ichki va tashqi olami bilan bo‘y cho‘zuvchi tirik inson gavdalanadi. Xullas, Erkin Vohidov she‘riyatida o‘ychan hassos qalbli, kurashchan, har bir hayotiy hodisaga tiyrak nihog bilan qarovchi mulohazakor inson namoyon bo‘lsa A. Oripov jo‘shqin, ehtirosli ayni paytda falsafiy mulohazakorlikka moyil, o‘tmishni yaxshi biladigan, har bir so‘ziga tarixdan dalil qidiradigan zukko inson.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling