Udk davronova malika davronqulovna


Endi Abdulla Oripov she’riyatiga nazar tashlaymiz


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana22.05.2020
Hajmi0.58 Mb.
#109075
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
a. oripov va e. vohidov sheriyatida psixologizm muammosi


Endi Abdulla Oripov she’riyatiga nazar tashlaymiz: 

Ming yillarkim, bulbul kalomi 

                                                           

 

_ I. Karimov. "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch". "Ma’naviyat" n. T-2008, 20b.



 

 

 

15 



O‗zgarmaydi, yaxlit hamisha. 

Ammo sho‗rlik to‗tining holi, 

O‗zgalarga taqlid hamisha. 

Adabiyotshunos  Abdulla  Ulug‗ov  "Dardmand  dil  iltjolari"  nomli  maqolasida 

yozganidek: "Ruhimizning hech bir qonun, farmoyishlarga sig‗ishmaydigan quvonch, 

qayg‗udek  turfa  bisotlari  bisyor.  Endi  esa  iste‘dodli  ijodkorlarimiz  ana  shu  izohsiz 

olam  ranglarini  chizishga  intilishmoqda.  Ular  suratlantirayotgan  manzaralarda 

insonning  har  lahzada  ming  bir  qiyofa  kasb  etadigan  bezovta  ichki  olami  namoyon 

bo‗lyapti"

1

.  Shu  o‗rinda  ta‘kidlash  joizki,  mustaqillik  yillari  ijodkorlar  faoliyatida 



ulkan  yuksalish  jarayonlari  namoyon  bo‗lgani  holda,  adabiyotshunoslikda  ham  sifat 

o‗zgarishlari  ro‗y  bermoqda.  Xuddiki  sud-huquq  tizimida  amalga  oshirilayotgan 

islohotlar  natijasi  o‗laroq  sudlar  jazolovchi  organdan  odamlarga  yordam  beruvchi, 

ularning  muammolariga  yechim  beruvchi  organga  aylanib  borayotgani  kabi,  o‗tgan 

asrning  boshida  beri  "ko‗rsatma  berish",  "fosh  etish",  "aniqlash"  -  bir  so‗z  bilan 

aytganda tanqid bilan shug‗ullanib kelgan milliy adabiyotshunoslik bugunda tahlil va 

talqinga mayl bildirmoqda. Endilikda o‗zbek adabiyoti tarixi yangilanayotgan badiiy 

tafakkur  talablari  asosida  qayta  idrok  etilmoqda.  Professor  Qozoqboy  Yo‗ldoshev 

ta‘biri bilan aytganda: "SHo‗roviy adabiyotshunoslik uzoq yillar mobaynida asardan 

o‗zi  istagan  narsani  qidirish  bilan  shug‗ullanib  kelgan  bo‗lsa,  endilikda  tanqidchilik 

va  adabiyotshunoslik  badiiy  ijodning  mohiyatini  anglashga,  uning  sirlarini  kashf 

etishga  urinmoqda"_.  Bu  oson  kechayotgani  yo‗q.  Bir  umr  jallodlik  bilan 

shug‗ullangan  kishiga,  endi  oyboltani  qo‗yib,  sartaroshlik  qilasan,    deyilsa  -  uning 

bunga  ko‗nikishi  oson  kechmaydi  albatta.  Bu  borada  qiyinchilik  bilan  bo‗lsa  ham 

                                                           

 

1



 Abdulla Ulug‗ov. "Dardmand dil iztiroblari". O‗zb.adabiyoti va san‘ati. 1998. №2

 


 

 

16 



dadil  qadam  tashlanayotgani  esa  quvonarli  hol.Chunki,  Aristotelь  aytganidek:  "... 

hamma narsaning mohiyati uning harakatida namoyon bo‗ladi"_. Xullas, XX asrning 

ikkinchi  yarmidan  boshlab  o‗zbek  adabiyoti  yangilanish  fasliga  kirdi.  Burungi 

o‗troqlashish  bosqichinibosib  o‗tib,  o‗z  qalbining    hukmron  mafkura  ta‘qiqlab 

qo‗ygan, puchmoqlariga ham qadam qo‗ya boshladi. Chunki, V. Mayakovskiy ta‘biri 

bilan  aytganda  "Miya  va  yurakning  shunday  qabatlari  borki,  u  yerga  faqat  poeziya 

vositasida  kirish  mumkin"_.  biz  bugun  ijodi  ustida  tadqiqot  ishlarini  olib 

borayotganimiz, o‗zbekning ikki zabardast shoiri Abudalla Oripov va Erkin Vohidov 

mana shunday sharafga noil bo‗lgan ijodkorlardir.  

Haqiqat bahsda, bahs qiyosda yorqinroq namoyon bo‗lishini bilamiz. Shuning 

uchun  ham  ikki  zabardast  o‗zbek  shoirining  poetikasiga  xos  bo‗lgan  psixologizm 

muammosini  tadqiq  etishda  rus  shoirlarining  she‘riyatiga  qiyosan  o‗rganishga  qaror 

qildik.  Zotan  rus  poyeziyasining  shunday  yorqin  vakillari  borki,  ular  ruhan  Abdulla 

Oripov  va  Erkin  Vohidovga  yaqindirlar.  Masalan:      Psixologizm  -  Anna  Ahmatova 

she‘riyatining alohida ajralib turguvchi jihatlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. U  o‗tkir 

va  serqirra  poetik  shakl  tanlab,  uni  psixologik  prozaga  qiyosan  shakllantirib  boradi. 

Shuning  uchun  ham  O.  Mandelshtam:  "Axmatova  rus  lirikasiga  X1X  asr  rus 

romanchiligining  ulkan psixologik zalvorini olib kirdi..._  degan edi.  

Xuddi  shu  fikrlarni  Abdulla  Oripov  va  Erkin  Vohidov  ijodi  misolida  ham 

bemalol aytishimiz mumkin. Zotan, bu ikki muallifning  "O‗zbegim", "Jannatga yo‗l", 

"Ruhlar isyoni", "Hakim va ajal" singari turkum she‘r va dostonlarini bemalol ulkan 

bir  epik  asarlar  tarzida  talqin  qilish  mumkin.  Ulardagi  ma‘no  va  miqyos  shu  qadar 

ulkanki, mohiyatan ular trilogiyalarga tatiydi.  

Yoki  bir  mavzuga  nisbatan  har  ikkala  shoirning  munosabati  tarzida  dunyoga 

kelgan mana bu she‘riy satrlarga e‘tibor bering: 


 

 

17 



Bir qadam qo‗ysang bas – naryog‗i o‗lim, 

Bir qadam qo‗ysang bas – shaksiz halokat. 

Odamzod boshida turibdi shu zum, 

Qazoyi muallaq, mudhish falokat. 

Agar ta‘bir joiz bo‗lsa har ikki she‘rini "Hazrati inson" nomli ulkan nasriy asar 

deyish mumkin. Chunki ular xuddi shunga munosib zalvorga ega. 

Qiyoslashda  davom  etamiz  Anna  Ahmatova  his-hayajonini    to‗g‗ridan-to‗g‗ri  

ifoda  etmaydi,  balki  mayda-chuyda  bo‗lib  ko‗ringan  kundalik,  maishiy  detallardan 

ruhiyat  manzarasini  chizadi.  Uning  poetik  olamida  har  bir  narsa  va  hodisa  muhim 

badiiy  vosita  bo‗lib  xizmat  qiladi.  M.  Kuzminning  ta‘biri  bilan  aytganda  "narsa  va 

hayajonli lahzalarning biz uchun tushuniksiz bo‗lgan o‗zaro bog‗liqigini teran anglash 

va ularni his etish Ahmatovaga xos qobiliyatdir"_.  Xuddi shu masalada N. Gumilev 

quyidagi  fikrni  aytadi:  "Men  Ahmatova  poeziyasining  eng  xarakterli  jihati  -  uning 

stilistikasiga  qoyil  qolaman,  -  deydi  u.  -  U  fikrini  hijjalab  tushuntirish  yo‗lidan 

bormaydi,  balki  uni  ko‗rsatib  qo‗ya  qoladi"_.  Xo‗sh,  buni  u  nimalarda  ko‗rsatadi, 

degan tabiiy savol tug‗iladi. Albatta, oddiy narsalarda, bular: mo‗yna, qo‗lqop, uzuk, 

xalqa, shlyapa, tabiat hodisalari, yil fasllari, gullar va hokazolar.  

Masalan,  "So‗nggi  diydorlashuv  qo‗shig‗i"  she‘ridan  olingan  mana  bu 

to‗rtlikka e‘tiboringizni qaratmoqchiman.  

Песня последней встречи 

 

Так беспомощно грудь холодельа,                        . 



     

Но шаги мои были легки.                                                     

 

Я на правую руку надела 



 

 

 

18 



Перчатку с левой руки. 

  Odimlarim yengil bo‗lsa ham,,          

  Ko‗ksim muzlar chorasizlikdan. 

  Chap qo‗limning qo‗lqopchasini, 

  O‗ng qo‗limga kiyib olganman (Tarjima o‗zimniki)... 

Qo‗lqop  –  narsa,  buyum.  Kishi  hayajonlanganda,  xush  yoki  noxush  xabardan 

esankirab  qolganida,  kuchli  stress  ta‘sirida  nima  qilayotganini  bilmay  qoladi. 

Chalkashib,  narsalarning  o‗rnini  adashtirib  yuboradi.  She‘rda  baayni  shunday  holat: 

chap  qo‗lqopning  o‗ng  qo‗lga  kiyilgani  orqali  shoira  lirik  qahramonining  ruhan 

bezovtaligini,  aqlu-hushi  o‗zida  emasligini  tasvirlash  yo‗lidan  borgan.  Zotan, 

Gogolning  ta‘biri  bilan  aytganda:  "Personajni  o‗rab  turgan  narsa  va  buyumlarda, 

uning qalbi aks etib turadi"

1

.  


Xuddi shunday holatni Erkin Vohidovning "Cadoqat" deb nomlangan she‘rida 

kuzatamiz.  

Keksa qayrag‗ochning 

Ildizin ochib, 

Tortdilar qo‗sh arqon solib belidan. 

Lekin u tuproqqa panjasin sanchib, 

Sira qo‗zg‗almasdi 

Ungan yeridan... 

                                                           

 

_  V.G. Belinskiy. Adabiy o‘ylar. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at n. -T.:1977.-B. 12



 

 


 

 

19 



Nihoyat gurs etib yerga kuladi, 

Butab, so‗ng ko‗tarib ketdilar, biroq — 

U o‗z panjasida olib jo‗nadi 

Yashagan yeridan 

Bir siqim tuproq. 

Bu  –  yuqoridagi  ta‘rif  to‗la-to‗kis  o‗z  aksini  topgan  she‘r,  desak 

yanglishmaymiz.  Urushga  yoki  uzoq  safarga  yo‗l  olgan  kishi,  tug‗ilib  o‗sgan 

zaminidan bir siqim tuproq olishini ham bilamiz.  

Rus  adabiyotida  mazkur  mavzuda  qilingan  tadqiqotlarni  sinchiklab  o‗rganish 

asnosida, uning ikkita katta  tarmoqqa bo‗linishi kuzatiladi. Ya‘ni lirik qahramonning 

o‗zini o‗rab turgan borliqqa, odamlarga nisbatan psixologik yondoshuvi, shuningdek 

o‗z qalbi, o‗z ichki olamini tahlil qilish psixologizmi. Ikki yirik ijodkorning asarlarini 

mana  shu  o‗rinda,  fikrimiz  tasdig‗i  sifatida  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Masalan 

L.N.  Tolstoy  oliynasab  davralar,  muhtasham  saroylar,  mashhur  kishilar  hayoti  va 

faoliyatini  qalamga  olar  ekan,  qahramonlarning  ruhiy  holati  tashqi  faktorlar  bilan 

ochib  beriladi.  Balldagi  nozik  raqs  harakatlari  Natalya  Balkonskayaning    ichki 

olamini bor bo‗yi bilan namoyon etadi. Yoki Anna Karenina sevgilisi poygada otdan 

yiqilib tushganida, yonida eri turganini ham unutib, yengilgina "oh" chekib yuboradi - 

shu  birgina  holat  uning  butun  borlig‗i  bilan  o‗ziga  tegishli  bo‗lgan  odamga  emas, 

tamoman tegishli bo‗lmagan odamga tegishli ekanini namoyish etadi.  

Biz  mazkur  magistrlik dissertatsiyamizda rus  adabiyotshunosligida o‘ganilgan 

psixologizm  va  psixologik  tahlil  muammolarini  o‘zbek  adabitoyshunosligida  ham 

o‘rganilganligini  bob  va  bo‘limlarda  tahlil  etamiz.  Asosiy  maqsadimiz  esa  o‘zbek 

she‘riyatining  yirik  vakillari  A.Oripov  va  E.Vohidov  lirikasidagi  psixologizm 

mummolarini tadqiq etishdir.  


 

 

20 



I.2 Lirik kechinma va ruhiy iztirob. 

Ma‘lumki, ruh o‘z yaralishi va fazilatlariga ko‘ra samomiy, aniqrog‘i ilohiydir. 

Ana shuning  uchun  ruh  inson qalbiga ilohiy  nurlarni  hadiya  etarkan, shu bilan birga 

uning  oliy  tuyg‘ular  olamiga  ham  oshno  qiladi.  Busiz  hech  qanday  shoirning  qalb 

hayotida she‘rxon nigohini o‘ziga butunlay jalb qila oladigan sifat o‘zgarishlari sodir 

bo‘lmaydi. Shu sifat o‘zgarishi, ya‘ni ma‘naviy-ruhiy yangilanish she‘rning taqdirini 

hal etadigan  mohiyat va go‘zallik asosi sifatida qaralsa aslo xato bo‘lmaydi. Chunki 

buni  nazardan  soqit  etib,  she‘rning  hissiy  va  ruhiy  quvvatini  to‘g‘ri  belgilab 

bo‘lmagandek, uning ma‘no, obraz va tasvir jozibasini bexato ko‘rsatish mushkuldir. 

Demak, shoir uchun ruh va ruhiy mazmun qanchalik muhim bo‘lsa, bular she‘rshunos 

uchun  ham  ahamiyatli.  Shuning  uchun  biz  butun  tadqiqot  davomida  ruhiyat  va 

she‘rning  ruhiy  mohiyatiga  alohida diqqat  qilishga harakat  etdik.  Tan  olish kerakki, 

ruhiyat  tasvirlarida  o‘zbek  she‘riyati  erishgan  muvoffaqiyat  tajribalar  ham  taqsinga 

loyiq. Lekin bu muvoffaqiyatlar singari tajribalar ham ilmda maxsus tekshirilmagan. 

Chunki  bunday  tadqiqotlarni  amalga  oshirish  uchun  bizning  nazarimizda,  faqat 

adabiyotshunoslik ilmining kuchi va imkoniyatlari kamlik qiladi. Balki shu bois ham 

g‘arb  adabiyotshunoslikda  psixologiya-ruhiyatshunoslik,  ayniqsa,  psixoanaliz  fani 

tajriba va tadqiqotlariga qiziqish tobora kuchaymoqda. 

O‘zbek  she‘riyatida  ruhiy  tasvir  ko‘rinishi  va  tamoyillari  turli  davrlarda  turli 

shakllarda  zohir  bo‘lgan.  Chunki  she‘riyat  davr  nafasi,  o‘sha  davr  kishisi  ruhiy 

olamida kechuvchi jarayonlarning lirik qahramonlarning ruhiy dunyosi bilan uyg‘un 

manzaralaridan  yaraluvchi  san‘at  mulkidir.  Shuning  uchun  she‘riyatdagi  ruhiyat 

tasviri  xususiyatlarini  davr  harakteridan  ajralgan  holda  tasavvur  etish  yoki  tadqiq 

qilish haqiqatga muvofiq kelmaydi. Shu nuqtai nazardan turib, ishda XX asr o‘zbek 

she‘riyatining har bir taraqqiyot bosqichiga xos bo‘lgan ruhiyat tasvirining namoyon 


 

 

21 



bo‘lish  darajalari  uning  lirik  she‘riyat  rivojidagi  o‘rni  va  ahamiyatini  o‘rganishga 

harakat qilindi. 

Ruhiyatning  teran  tasviri-lirik  qahramon  ichki  dunyosining  boyligini 

ko‘rsatuvchi  asosiy  xususiyat.  Zero,  lirik  qahramonning  o‘zi  yashayotgan  jamiyatda 

sodir bo‘layotgan ijobiy yoki salbiy hodisalarga yohud hayotning lirik qahramon qalb 

va  tafakkur  olamiga  ta‘siri  uning  ichki  kechinmalari  tarzida  tasvirlanadi.  Ana  shu 

narsa o‘quvchiga tashqi olam-ob‘ektiv borliqning inson - sub‘ekt-lirik qahramon ichki 

dunyosining  boyishiga,  ruhiyatdagi  ranglarning  tiniqlanishiga,  serjiloligiga  yoki 

buning  butunlay  aksi  yuzaga  kelishiga  sabab  bo‘lishi  mumkinligidan  habar  beradi. 

Binobarin,  bu  ranglar  zavq  baxshmi  yoki  yo‘qmi  nurlimi,  nursizmi  bundan  qat‘iy 

nazar u o‘quvchida munosabat paydo qilmasdan qolmaydi. Natijada o‘quvchi o‘ziga 

fikrlaydi,  o‘z  dunyo  qarashi  saviyasida  hukm  va  xulosa  chiqaradi.  She‘r  o‘quvchini 

hayajonlantira bilsa, uni bilmaganini bilish, ko‘rmaganin ko‘rishga yo‘l ochsa, albatta, 

u  lirik  qahramonga  ergashadi,  uni  qalb  tajribalaridan  ibrat  oladi,  Zero,  tuyg‘ularda 

jonlanish,  hissiyotida  uyg‘onish  sezgan  hayajonlari  jumbushga  kirgan,  fikr-uylarida 

aniqlik,  tiniqlikni  anglagan  kurashlarning  maqsadli,  xulosalarining  mantiqli  bo‘lib 

borayotganligiga ko‘maklashayotgan she‘riyat har bir kishi uchun haqiqiy muallim va 

dil  rahnamosidir.  Bas,  shunday  ekan,  o‘zbek  she‘riyati  lirik  qahramonining  ichli 

dunyosi, ruhiy olami boyligi, unig ijtimoiy, ma‘naviy hayot oqimiga ta‘siri va ruhiy 

faollik  darajasini  tadqiq  etish  she‘rshunoslikning  eng  dolzarb  masalalaridan  biri 

hisoblanadi.  Qolaversa,  bugungi  kunimiz  uzoq  va  yaqin  o‘tmishimizdan  yohud 

kechagi  hayotimizdan  tubdan  farq  qiladi.  Shu  ma‘noda  o‘tmish  tajrimbalarini 

o‘rganish ilm va  ijod rivoji uchun qancha foyda yetkazsa komil inson tarbiyasi uchun 

ham  shuncha  ahamiyatlidir.  Chunonchi,  20-30-yillar  lirik  qahramoni  o‘zining  ruhiy 

dunyosi  bilan  keyingi  davr  qahramonlariga  o‘xshamaydi.  60-yillardan  boshlab  esa 

o‘zbek  she‘riyatida  yuzaga  kelgan  to‘lqin  70-80-yillarda  yanada  kuchayib  bordi, 



 

 

22 



chunki  bu  yillarga  kelib  sotsialistik  jamiyatda  uzoq  davr  mobaynida  ildiz  otgan, 

hozirgi  atama  bilan  ifodalanganda  turg‘unlik  hukmronlik  mavqeiga  erishdi.  Buning 

oqibatida inson qadri, tarixiy va milliy an‘analar qimmati nisbatan pasaydi. Ma‘naviy 

yemirilishlar  avj  nuqtaga  ko‘tarila  boshladi.  Natijada,  hayot  va  inson,  jamiyat  va 

shaxs  munosabatlarida  sohtalik  notabiiylik  oqibatida  kelib  chiquvchi    ziddiyatlar 

kuchni  ko‘rsata  bordi.  Ammo  shunda  ham  insoniyatning  asrlar  davomida  yaratgam 

ma‘naviy hazinasidagi nurlar zamondoshimiz qalbi va yo‘lini yoritishga xizmat qildi. 

Bunda    badiiy  adabiyot,  ayniqsa,  she‘riyatning  xizmati  beqiyos  bo‘ldi.  Uni  lirik 

qahramoni  xalq,  millat  uchun  naf  keltirmaydigan  ko‘p  nomaqbul  ishlarning  yo‘lini 

to‘sish  uchun  intildi.  Ammo  bunda,  hayotga  yo‘l  olayotgan  mavhumlik  haqidagi 

qarashlarning  qalbiga,  ruhiyatiga  ingan  isyon  uchqunlarini  pardalab,  ya‘ni  majoz 

kinoya  va  ishorat  usullarida  ifodalashga  majbur  bo‘ldi.  Shunday  bo‘lsa-da  bu  davr 

she‘riyatida  lirik  qahramon  ruhiyatining  tasviri  teranlashdi,  hayot  va  inson  qalbiga 

chuqurroq  kirib  boorish  unda  kechayotgan  o‘zgarishlar  ildizini  ochish,  ruhiy 

bezovtalik sabablarini izlash she‘riyat oqimini yangicha o‘zanga yo‘naltirdi. Qisqacha 

qilib  aytganda  she‘riyatimizning  lirik  qahramoni  ruhiy  olami  shu  qadar  teranlik  va 

kenglik kasb eta boshladiki unda kechayotgan har bir jarayon hayot va jamiyat bilan 

ajralmas  uyg‘unlik  kasb  etdi.  Ya‘ni  she‘riyatda  ruhiy  olam  –psixologik  tasvirning 

teranlashuvi  jamiyatda  sodir  bo‘layotgan  ijtimoiy,  siyosiy  va  ma‘naviy  burilishlar 

sifati 


natijasida 

yuzaga 


chiqdi. 

Demak,  she‘riyatda  ruhiyat  tasvirining 

chuqurlashuvida bosh omil hayot va inson ya‘ni jamiyat va shaxs harakteridagi jiddiy 

o‘zgarishlar  muhim  rol  o‘ynagan  edi.  Bulardan  shunday  umumiy  xulosaga  kelish 

mumkinki  biz  o‘rganayotgan  davr  o‘zbek  she‘riyatida  psixologik  tasvir  ko‘lami 

o‘zining  ma‘lum  yuksalish  darajalariga  ega  bo‘lgan.  Buni  o‘rganish  o‘zbek 

she‘riyatining taraqqiyoti bu jarayonlarining ichki rivojlanishi yoki rivojlanmaganlik 

sabablarini tekshirish demakdir. 



 

 

23 



Lirikada  ruhiy  iztirob  tabiati  goyatda  murakkab  va  o‘ziga  xosdir.  Chunki  ular 

bir-biriga juda o‘xshash va umumiy jihatlarga ega. Shu sababli dastlabki qadamdanoq 

oldimizda    ―Ruhiy  iztirob  nima?‖    ―Lirikada  ruhiy  iztirob  qanday  xususiyatlarga 

ega?‖  degan savollarga duch kelamiz. 

Shu  o‘rinda  diqqatni  bir  muhim  nuqtaga  qaratmoqchimiz.  Ma‘lumki 

adabiyotshunoslikda  ko‘pincha  ―psixologizm‖  ruhiy  iztirob  va  ruhiy  iztirob  o‘zaro 

sinonim  hosisalar  sifatida  qo‘llaniladi.  Holbuki  bu  tushunchalar  tabiatan  o‘zaro 

tubdan farqlanadi. ―Psixologizm‖ ―ruhiyat tasviri‖ va ―ruhiy iztirob‖ tushunchalariga 

nisbatan keng bo‘lib  muallifning xohishiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda stixialik tarzda 

namoyon bo‘ladi. 

―Ruhiy  iztirob‖ deyilganda    ―psixologizm‖  dan  farqli  o‘laroq badiiy  asarlarda 

qahramon  ichki  dunyosining  butun  bir  tizilmalari  tasvirini  emas,  balki  inson  qisqa 

vaqt  ichida  qandaydir  tashqi  taassurot  natijasida  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan 

favqulodda  kuchli  bir  ruhiy  tebranishni-ruhning  oniy  bir  fursatdagi  holat  aksini 

tushunish  maqsadga  muvofiqroqdir.Ko‘rinib  turibdiki,  ularning  har  ikkalasini  ham 

o‘rganish  ob‘ekti  yagona  bo‘lib  lirika  ham  ruhiy  tahlil  ham  idrokning  sub‘ektiv 

shakllari  sifatida  harakterlanadi.  Farqi  shundaki,  lirika  epos,  drama  singari  mustaqil 

adabiy turdir. U hayotni badiiy aks ettirish usullaridan biri bo‘lib bosh tasvir ob‘ekti 

insonning ichki olami hisoblanadi.  Ruhiyat tahlili esa adabiy asarning muhim unsuru 

sifatida barcha dabiy turlarda ham janrning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan 

holda amal qilaveradi.  

Ma‘lumki,  adabiyotshunoslikda  lirik  asarlar  bir  necha  xil  tasnif  qilinadi. 

Chunonchi,  sof  lirik,  falsafiy  psixologik,  voqeaband  (syujetli)  siyosiy,  ijtimoiy, 

grajdanlik  lirikasi  kabi.  Lirik  asarning  bu  hamma  tiplarida  ham  badiiy  psixologizm, 

ruhiyat tahlili va tasviri ma‘lum darajada o‘z aksini topadi, albatta. Huddi shuningdek, 


 

 

24 



nazmiy  asarlarning  bu  xil  tasnifi  ham  nihoyatda  shartli  bo‘lib  ba‘zan  bir  tipdagi 

she‘riy asar ichida bir necha lirik janr xususiyatlari  o‘zaro qorishib kelishi mumkin. 

Lirik  qahramonning  icki  dunyosi  qalb  olami  she‘riyatning  boshqa  ko‘rinishlariga 

nisbatan  sof  lirik,  falsafiy-psixologik  va  voqeaband  shakllarida  mukammalroq 

kengroq  tasvirlash  imkoni  mavjud  bo‘lganligi  uchun  ham  biz  lirik  qahramon  ruhiy 

olami tasvirini ushbu she‘riy asarlar misolida o‘rganishga urindik. Sof lirik asarlarda 

ifodalanayotgan  fikrdan  ham  ko‘ra  tuyg‘u,  ohang  birinchi  o‘rinda  turadi, 

tasvirlanayotgan  predmetlarni  tashqi  tomoni,  tarixiy  aniqligi  hisobga  olinmaydi. 

Umuminsoniy  tuyg‘ular  ifodasi  yetakchilik  qilgani  uchun  bu  xil  she‘rlar  zamon  va 

millatni, yosh va jinsni ―bilmaydi‖. Beqiyos hissiy joziba sof lirik she‘rlarda ruhiyat 

tasvirining asosini tashkil qiladi. 

Sof  lirik  she‘rlarda  ko‘pincha  hazil  ohang,  mung  silqib  turadi.Ammo  bu 

hazinlik,  bu  mung  she‘rxonda  zinxor  badbin  tuyg‘ular    qo‘zg‘amaydi,  aksincha  bu 

xususiyat qalbni allalaydi, ruhni har xil kinlardan poklaydi. Shuning uchun ―Bunday 

she‘riyat  musiqaga  juda  ham  yaqinlashadi.  Musiqiy  sadolar  inson  ruhiy  holatini, 

tuyg‘ular  qarama-qarshiligini  ifodalaydi.  Sado,  predmetning  tashqi  qiyofasini 

gavdalantirishga  qodir  emas.  Psixologik  poeziyaning  shakily  vositalar  ham  musiqiy 

sadolarning tuzilishini eslatadi.‖ 

Agar  nasriy  asarlarda  (va  shuningdek,  boshqa  turdagi  lirik  asarlarda  ham) 

ma‘lum  bir  ruhiy  holat  yoki  ruhiy  jarayon  tasvirlangan  bo‘lsa,  u  keng,  atroflicha, 

ma‘lum  bir  voqea  hodisadan  vujudga  kelgan  natija  sifatida  talqin  etiladi  va  eng 

muhimi  har  qanday  ruhiy  holat  ham  aniq  bir  shaxsga  tegishli  bo‘ladi.  Biz  mavjud 

ruhiy holatdan achinishimiz yoki quvonishimiz mumkin, ammo uni ―o‘zimizniki‖ deb 

qabul qila olmaymiz. Sof lirik she‘rlar o‘z tabiati va mohiyatiga ko‘ra tom ma‘nodagi 

―psixologik  poeziya‖  dir.  Chunki  bunday  she‘rlarning  homilasi  tuyg‘ular  qarama-

qarshiligi,  ruhning  botiniy  to‘lg‘anishlaridan  tug‘ilganligi  uchun  ham  lirik 



 

 

25 



qahramonning  ruhiy  tebranishlari  zarbi  misralarning  qon-qoniga  singib  ketgan 

bo‘ladi.  Sof  lirik  she‘rlarda  tasvirlangan  bu  ruhiy  dunyo  o‘ziga  xos  ko‘rinishlarda 

namoyon  bo‘ladi,  bunday  she‘rlarning  lirik  qahramonining  aksar  payt  shoir 

she‘riyatidan ajratib bo‘lmaydi. 

Ma‘lumki,  vujudga  kelgan  bugun  ruhiy  jarayonlareni  tasvirlashga  sof  lirik 

she‘rlarning  hajmi  ham  imkon  bermaydi.  Hajm  sof  lirik  she‘rlarda  qat‘iy 

chegaralangan.  Bunga  bosh  sabab,  sof  lirik  she‘rlarning  ibtidosi  va  intihosi  tutqich 

bermas oniy sezgilar ekanligidir.  

Sof  lirik  she‘rlar,  hatto,  odamning  o‘zi  ham  tezda  ilg‘ab  ololmaydigan  ruhiy 

holat,  ismsiz  tuyg‘ular  jumbushi  bo‘lganligi  uchun  ham  aksar  ko‘pchiligi 

sarlavhasizdir.  Ularga  sarlavha  qo‘yib  ham  bo‘lmaydi,  bunga  ehtiyoj  ham 

yo‘q.Chunki  tushunarsiz  ruhiy  holat,  ismsiz  tuyg‘u  har  she‘rxon  qalbida  o‘zicha 

tushunilib o‘zicha nomlanadi. 

Lirik  she‘rlarda  harakter  yaratishning ikkinchi usuli, bir  she‘r  doirasida  emas, 

balki  shoirning  butun  she‘riyatida  yoki  hech  bo‘lmaganda  turkum  she‘rlarda 

to‘laqonli  lirik  harakter  ruhiyati  xususiyatlarini  namoyon  qilishdir.  Bu  usulda 

shoirning har bir she‘rida  lirik qahramon  harakterning  ma‘lum  alohida xusuisyatlari 

aks  etadi  va  bu  xususiyatlar  yig‘ilib  borib  bizning  ko‘z  o‘ngimizda  o‘zining  butun 

ichki va tashqi olami bilan bo‘y cho‘zuvchi tirik inson gavdalanadi.  

Xullas,  Erkin  Vohidov  she‘riyatida  o‘ychan  hassos  qalbli,  kurashchan,  har  bir 

hayotiy hodisaga tiyrak nihog bilan qarovchi mulohazakor inson namoyon bo‘lsa A. 

Oripov  jo‘shqin,  ehtirosli    ayni  paytda  falsafiy  mulohazakorlikka  moyil,  o‘tmishni 

yaxshi biladigan, har bir so‘ziga tarixdan dalil qidiradigan zukko inson. 


 

 

26 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling