Udk davronova malika davronqulovna
II.2. SHOIR SHE’RIYATIDA SO‘Z VA OBRAZ
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
a. oripov va e. vohidov sheriyatida psixologizm muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Tarjimasi)
- II bob yuzasidan xulosalar
- III БОБ. ERKIN VOHIDOV SHE’RIYATIDA RUHIY TAHLIL.
II.2. SHOIR SHE’RIYATIDA SO‘Z VA OBRAZ.
Agar falsafa faniga berilgan tasnifdan kelib chiqsak, ya‘ni falsafa - tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi bilimlar umumlashmasi ekanini nazarda tutsak, Abdulla Oripov
she‘riyati bor
bo‗yi bilan
falsafiy mushohadalar muhorabasidan(kurashidan) iborat ekanini ko‗ramiz. Bunda shoirning ruhiy holati, unga bo‗ladigan tashqi ta‘sirlar, tabiiy ravishda kechadigan ichki kechinmalar - barchasi muhim ahamiyatga molik. Faylasuf shoir butun dunyoni bir butunlikda ko‗radi. Uning rang-barangligi, mo‗jizalarga boy ekanidan hayratlanish bilan kifoyalanmaydi, balki dunyoni teran anglash, uning sir-sinoatlaridan voqif bo‗lish ishtiyoqi bilan yonadi. Shuning uchun ham yuksak-yuksaklarga parvoz etadi, yerni yerda turib emas, fazodan tadqiq qiladi. Bizda aqidaga aylangan gap bor: ashaddiy shinavandani, butun vujudi quloq bo‗lib eshitdi, deymiz. Abdulla Oripov she‘rga sho‗ng‗igan kezlari butun vujudi yaxlit bir ruhga aylanadi. Shoirning o‗zi ham bu holatini she‘riy satrlarida ifoda etgan. "Yuksak fazolarga aylagin parvoz" deydi u "Ruhim" deb nomlangan she‘rida. Yuqoridagi fikrlariizning tasdig‗i sifatida shoirning "Ona sayyora" deb nomlangan she‘ridan misol keltirsak maqsadga muvofiq bo‗ladi. Qarshimda yer sharin suvrati turar, Salmog‗i Quvaning anoricha bor. Tim qora osmonda porlab ko‗rinar, Shu jajji sayyora ko‗rkam, ulug‗vor. Bu sherning preambulasi (Preambula - lotincha preambulus so‗zidan - oldinda boruvchi ma‘nosini anglatadi. Xalqaro shartnoma yoki bitimlarning kirish qismi
50 bo‗lib, unda odatda prinsipial qoidalar va sabablar, shartnoma yoki bitimni tuzish uchun asos bo‗lgan omillar bayon etiladi. Shoir mana shu qisqagina debochada ham hayratini ham iztirobini ifoda etgan. Yer sharining Quvaning anoricha kelishi, bu shunchaki muqoyasa uchun qo‗llangan tashbih emas, shaklga ishora emas, balki o‗tmish shoiralarimizdan birining Quvaning anoriga atab chiston aytganiga, bu zaminning bag‗ri qon, qanchadan-qancha qonli fojealar parda ortida pinhon ekaniga ishoradir. She‘rni shunchaki yo‗liga o‗qigan odam uning bor go‗zalligini ilg‗amaydi. Nuktadon o‗quvchi esa juda ko‗p ma‘nolar topadi undan. Masalan, shoir yer sharini bejizga soqqaga o‗xshatmaydi. Hiyla avvalroq uni Quvaning anoriga mengzagandi. Xaritadagi hajmnigini bu yerda nazarda tutmagan u. Mabodo shoirning muddaosi shu bo‗lganida kurrai zaminni boshqa bir narsaga, masalan no‗xatga o‗xshatgan bo‗lardi. Nega aynan soqqa? - degan haqli savol uyg‗onadi. Sababini soqqadan topamiz. Xo‗sh, soqqa deganda biz nimani tasovvur etamiz - bolalarning soqqa o‗yinini albatta. Soqqa qo‗ldan qo‗lga o‗tib turadi. Shoir shu birgina satrga ona sayyoramizning ayanchli qismatini singdirib ketadi. Keyingi satr o‗sha iztirobning davomi bo‗lib dunyoga keladi: "Ummonlar ko‗rinur qatra yosh misol..." "Go‗zal ifoda dunyoda hech bir hodisa yo‗qki, u shaxsan sening hayotingga aloqasiz bo‗lsa, degan haqiqatni bizga yetkazadi, – deb yozadi adabiyotshunos olim, yozuvchi Ulug‗bek Hamdam "Yangi o‗zbek she‘riyati" nomli risolasida. Davr kishisi dunyoning nechog‗li turfa, odam bolasiga tamoman tushunarsiz va uning ixtiyoridan tashqaridagi qonuniyatlar asosida yashayotgani, unda turli zamon, lisonu
51 madaniyatlar qorishiq yashayotgani – barini samoda ko‗z ilg‗amas shiddatla aylanib turgan zamin birlashtirib turganini idrok etdi" 1 .
yuksakda. Binobarin she‘rlar aslida yuksaklikda yaratiladi. Hazrat Navoiyning faxriya tarzida yozgan mana bu satrlariga e‘tibor bering: "Umidim uldurkim va xayolimga andoq kelurkim, manim bu yozg‗onlarim avjdik quyi enmagay va oliy darajadan o‗zga yerni yoqtirmagay". Xuddi shu jumladan anglashilgan ma‘no Abdulla Oripov she‘riyatiga ham to‗la-to‗kis mos keladi. Fransuz faylasufi Gelvetsiy "SHe‘r yoki yuksak cho‗qqilarda yoki g‗orlarda yaratiladi"_ degan. Ammo, e‘tibor bering, zamindan yuksalib bo‗ladimi? U axir dum-dumaloq-ku! Undan chetlashish mumkin xolos. Chunki bu dunyodan o‗tgan kishining oyog‗i zamindan manguga uziladi. Shoir buni teran his qiladi va bir she‘rida: - Bu dunyodan o‗tarkan odam, Uzilganda yerdan oyog‗i, - deb yozadi. Oddiy hayot haqiqati. Vafot etgan kishining haqiqatdan ham oyog‗i yerdan uziladi. Biroq shoir faqat shuni nazarda tutdimikin? Mabodo shunday bo‗lsa psixologizm degan mavzuda ortiq to‗xtalmaganimiz ma‘qul. Agar she‘rdan anglashiladigan ma‘no faqatgina shundan iborat bo‗lsa, uning badiiy bo‗yoqdorligi haqida so‗z ochishdan ma‘no yo‗q. Lekin, aslida-chi?.. Rus xalqida "matryonushka" degan qo‗g‗irchoq bor - bilasiz. U butun bir xalqning timsoliga aylangan. Qog‗irchoqni burab ochsangiz ichidan yana bir qo‗g‗irchoq chiqadi. Bu hol yana va yana takrorlanadi. Yuzaki qaragan kishiga u ustaning mahorati bo‗lib tuyuladi, unga
1
52 buyum deb qarashdan nariga o‗tmaydi. Falsafiy mushohada yuritgan kishida esa boshqacha fikr tug‗iladi. Uning ustida xohlagancha mushohada yuritish mumkin. Bu - ayolning yaratuvchanligiga ishora bo‗lishi yoki ayol qalbining sir-sinoat mahzani ekaniga ifoda bo‗lishi ham mukin. Abdulla Oripovning yuqoridagi kichik she‘rida ham xuddi shuningdek polifoniya(ko‗pma‘nolik) ko‗zga tashlanadi. Bilasiz, ayrim kishilar mansabi ko‗tarilib yoki puli ko‗payib qolsa dimog‗dorlik kasb etadilar. Boshqalardan o‗zlarini baland chog‗laydilar. O‗zlarini oliy tabaqaga mansub sanab, eldan ajralib qoladilar. Bunday kishilarni xalqda "Oyog‗i yerdan uzilgan" deb aytishadi. Shoir ana shu xalqona uslubni she‘rida mohirona foydalanib, xalqidan qo‗lini uzgan kishlarni vafot etganlar deb ataydi. Aslida ham elning o‗ligu tirigida tik turmagan kishining marhumlardan nima farqi bor! Shoirning ijod jarayonini g‗avvosning marvarid izlash jarayoni bilan muqoyasa(qiyos) qilish o‗rinli bo‗ladi. Bilasiz g‗avvoslar hayotini tahlikaga qo‗yib, bir necha tonnalik suv bosimi ostida, ummon tubiga sho‗ng‗iydilar. Bu ham yetmagandek sadafning bag‗rini yorib marvaridni qo‗lga kiritish uchun yana qancha bosimga chidashlari lozim bo‗ladi. Bu hali mashg‗ulotning birinchi bosqichi xolos. Endi marvarid toshlar haqiqatdan ham qiymat kasb etishi uchun unga zargarona ishlov beradi. Ma‘lumki ongimizda cheksizlik degan tushuncha bor. Zamon va makonning poyoniga birov yetgan emas. Faqat har kim baqadri imkon mana shu sirli xilqatlarga chuqurroq kirish, teranroq tushunish ilinjida bo‗ladi. Buning uchun nihoyatda ilmli, qolaversa xudodan bir nima yuqtirgan bo‗lishi kerak. Shuning uchun ham forsiylar buning kabi kishilarni "mardoni xudo" - xudoning mardlari deyishadi.
(Tarjimasi) Мардони худо - худо набошанд,
Вале зи худо ҳам жудо набошанд. Xudoning mardlari xudo emaslar, Vale xudodan ham judo emaslar.
53 Qahramon shoirimiz bilan qilgan suhbatlarimiz asnosida uning ensiklopedik bilimga ega ekaniga amin bo‗ldim. Shunda, iste‘dodning bir foizi xudodan qolgani mehnat bilan erishiladi, degan iboraning ma‘nosini to‗la angladim. To‗g‗risi cheksizlik haqida fikr yuritadigan odamning idrok imkoniyatlari bag‗oyat ulkan bo‗lishi kerak. Bu mashg‗ulot ong, shuuurdan mislsiz quvvat talab qiladi. Qizig‗i shundaki, inson qanchalar ko‗p narsani bilib - bilimi boyib borgani sari, ko‗p narsa bilmasligini anglab boradi. Xalqimizda, "bilagi zo‗r birni yiqar, bilimi zo‗r - mingni" degan naql bor. Biroq oxir-oqibat bilimdon kishi cheksizlikning tubiga yetib bo‗lmasligini tushunib, o‗zining ojiz banda ekanini fahmlaydi. Juda ko‗p ilm egalarining alal-oqibat izdihomdan(izdihom - ko‗pchilik to‗plangan joy) chekinib, tarki dunyochilik yo‗liga o‗tganlari shundan bo‗lsa kerak. masalan, Diogen(Diogen - antik davr allomasi, faylasuf) kabi alloma ham umrining so‗nggi damlarini bochkada yashab o‗tkazgan ekan. Deydilar fazoning chegarasi yo‗q, Milliard yulduzlarning so‗ngi ham fazo. U shu qadar cheksiz, shu qadar buyuk,
Xayolga sig‗dirib bo‗lmaydi hatto. Shoirning misol tariqasida keltirilgan ushbu she‘rida xuddi ana shunday holat ko‗zga tashlanadi. Bu ham dunyoning tubiga yetib bo‗lmaslik haqidagi yana bir e‘tirof: achchiq, lekin haqiqat!
Ta‘kidlash joizki, shoirning ayni damdagi holatini yoki satrlarida bo‗rtib turgan psixologik manzarani tushkun kayfiyatga yo‗ymaslik kerak. Agar u, do‗konga bosh suqdim, rosa ter to‗kib axtardimu, izlagan narsamni topmadim, afsus! deganida
54 ehtimol yoki hayotning oddiygina bir sinoviga dosh bera olmay, hamma narsadan sovib ketdim, desa - buni tushkunlik desa bo‗lar. Biroq, shoirning dunyoviy mushohadalar so‗ngida torgina xonasiga kirib ketishi - ruhan yuksalish, ma‘nan buyuklikning ifodasi aslida. Basharti, mana shu yo‗lga qadam bosishning o‗zi - mardlik. Muayyan masofalarni bosib o‗tish esa - uning matonatidan dalolat. Shoirning o‗zi ham mana shu mavzuda to‗xtalib ("Ehtiyoj farzandi"da), buyuklik oddiylikda ekani haqida fikr yuritgan. Abdulla Oripov poeziyasi shu jihatdan tabiat, jamiyat va inson tafakkuriing jonkuyari sifatida namoyon bo‗ladi. SHe‘rlarida kichik-kichik, sirtdan qaraganda alohida-alohida hayotiy voqea va hodisalarnig, aslida o‗zaro bog‗liqligi haqidagi umumlashmalarini bayon qiladi. Mubolag‗asiz aytish mumkinki dunyo taqdiriga kuyunchaklik bilan bitilgan she‘rlari ahamiyati jihatidan hozirgi zamon olimlari, sotsiologlari, jamiyatshunoslari olib borayotgan ayrim ilmiy tadqiqotlar miqyosidan- da ulkanroq ko‗lam kasb etadi u. Shoirning "Genetika", "Qo‗riqxona", "Ishonch ko‗priklari" singari qator she‘lari mana shu fikrning yaqqol tasdig‗idir. Uning ko‗lamini his etmoqchi bo‗lsangiz, shoirning ruhiyatida kechayotgan og‗riqli fikrlariga oshno bo‗lishga tirishish kerak. Shunda Abdulla Oripov she‘riyati faqat estetik zavq manbai emas, balki ma‘naviy ozuqa mahzani ekaniga amin bo‗lasan kishi. Asraymiz o‗simlik xillarin tayin, Asraymiz hayvonlar kamyob zotini. Hatto atroflarin o‗rab atayin, Qo‗riqxona deymiz so‗ngra otini.
55 Oxirgi satrga e‘tibor bering. Xuddi mana shu jumlada shoirning kinoyasi yashiringan. Bu misraning ma‘nosini ruslarning "matryonushka" siga o‗xshatib davom ettirish mumkin. Masalan, qo‗riqxonada qo‗riqlamoqchi bo‗layotganimiz o‗simlik va hayvonlarning noyob turlarini kimdan qo‗riqlamoqchimiz aslida - o‗zimizdanmi? Tabiatni yaxlit saqlay olmas ekanmiz uning bir qismini qo‗riqlash ulkan ekologik muammoning yechimi bo‗la olarmikin? Mixail Bulgakovning "It yurak" asarini yodga olaylik. Shogird Bormental ko‗chada daydib yurgan itga mehr ko‗rsatib uni ustozining uyiga olib keladi. Doktor Preobrajenskiy qiynalib bo‗lsa-da, uni qabul qiladi. Lekin, itini jini suymaydi. Uyida faqat odamlarni ko‗rishni istaydi. Ammo, shu vajdan itni yana ko‗chaga haydash, yana ochlik, xorlikka giriftor qilish insofdan emas. Shu zayl unda itni odamga aylantirishga ahd qilishadi - unga odamnig miyasini ko‗chirib o‗tqazish fikri tug‗iladi. Oqibatda aroqxo‗rligi bilan
miyaning egasiga tortgan, mushuklarga qiron keltirishligi bilan itcha instinkt sohibi bo‗lgan bir mavjudot dunyoga keladi. Qarang, asrlar osha it va mushuk orasidagi azaliy ziddiyat tufayli jiddiy zarar ko‗rmagan mushuklarning genofodi ityurak sharikovning qisqagina faoliyati davrida butkul yo‗qolish arafasiga kelib qoladi. Ammo doktor Preobrajenskiy singari tibbiyot piri ham uning qalbiga mehr- oqibat, adlu diyonat singari tuyg‗ularni ko‗chirib o‗tqazishdan ojiz ekanini his qiladi. Har bir narsani asl holicha saqlash lozimligi, itdan odam yasashdan ko‗ra, odamning itga aylanmasligining chorasini ko‗rish ma‘qul ekanini fahmlaydi. Odamda ko‗p narsa kamyob bir qadar, Ne-ne tuyg‗ular ham kamyobdir, alhol. Men derdim sof qalbni uchratgan safar, Darhol o‗rab oling atrofin, darhol.
56 Xullas, yuqoridagi tahlillarimizdan ko‘rinib turibdiki, obraz atamasi faqat inson yoki narsa –buyumga ta‘luqli emas, balki oddiygina so‘z ham obraz darajasiga ko‘tarilgan baholi qudrat tahlil qilishga o‘rindik.
57 II bob yuzasidan xulosalar Abdulla Oripov she‘rlarida lirikasida psixologizm faqat ruhiy holatlar bilan chegaralanmaydi. Bu hodisa shoir ijodida o‘zining turfa xil hususiyatlari rang-barang qiyofalari orqali namoyish etishni shoir she‘rlari misolida tahlil qilishga o‘rindik. Ma‘lumki, nafx so‘zi dard, ehtiros ma‘nolarini beradi. Ammo, magistrlik dessertatsiyasi shoir she‘riyatidagi nafx g‘oya bilan hisni, biror g‘oyaga maftunlik natijasida ijodkorga paydo bo‘lgan qattiq hayajonni ko‘tarinki ruhni tadqiq qildik. Adabiyotshunoslik ilmida so‘z va obraz masalasi munozaralidir. Biz maskur shoir A.Oripovning birgina so‘zni obraz darajasiga ko‘tarilganligini va shu orqali butun mahoratini namoyish etganligini baholi qudrat tahlilga qilishga harakat qildik.
58 III БОБ. ERKIN VOHIDOV SHE’RIYATIDA RUHIY TAHLIL. Erkin Vohidov o‘zbek she‘riyati rivojida katta o‘rin tutgan. Iste‘dodli shoir she‘riyatida lirik qahramon qalb manzaralarini tasvirlash asosiy o‘rin egallaydi. Erkin Vohidov ijoning dastlabki davri uchun lirik qahramon ichki olamini qalb kechinmalarini batafsil tasvirlashga imkon beruvchi ruhiyat tahliliga intilishgina harakterlidir. (―Uchrashuvga oshiqadi dugonang‖ ,―Yurak va qalb‖, ―Kosmonavt va shoir‖). Bu she‘rlarda shoir lirik qahramonning ruhiy olamiga dadil kirib bormaydi, balki qandaydir turtinib, tortinib bu ajib olamning darchasidan ―bo‘ylaydi‖. Shoirning bu davrdagi ijodida lirik qahramonning qalbiga chuqurroq kirib borish larzali lahzalarni aks ettirishdan ham ko‘ra yangi gap aytish istagi, oddiy narsalardan kutilmagan xulosalar chiqarishga intilish, tabiat manzaralarini shoirona gavdalantirish ustunlik qiladi. Erkin Vohidov ijodining ikkinchi (60-yillarning o‘rtalarida 80-yillarning oxiriga qadar) va uchinchi (shoirning keyingi ijod davri) lari sifat xususiyatiga ko‘ra keskin o‘zgardi. Bu bir tomondan, she‘rlarda falsafiy ruh hayotning murakkab hodisalari haqida faylasufona mushohada ustunlik qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, lirik qahramonning ichki olamiga chuqurroq kirib borish, qalbidagi kskinlik va noroziliklarni mohir ruhshunos kabi ko‘rsatishdan iborat.Shu sababali ham shoir she‘riyatida ruhiyat tahlili ikki xil usul orqali amalgam oshiriladi. Lirik qahramoning ruhiy dunyosini falsafiy psixologik yo‘nalishda yoritiladi. Aniqrog‘i bu usulda ruhiyat tahlili she‘rda ilgari surilgan falsafiy fikrni aniq, ishonarli va hissiy tasir kuchini oshirish uchun shoir tomondan ongli ravishda poetik vosita vazifasini bajaradi (―Uchi tugik dasro‘mol‖, ―Iltijo‖, ―Yolg‘izlik istagi‖, ―Temirtan daxolar‖, ―Sharqiy qirg‘oq‖, ―Bir burda non‖, ―Maksim Gorkiy bilan suhbat‖).
59 Lirik qahramon ―qalb dealiktikasi‖ tasviri bunday sherlarda shoir lirik qahramon ma‘naviy olamini ichdan yoritadi, she‘r to‘lig‘icha lirik qahramon ruhiyatiga qaratiladi. Shoirning ruhiyat tahlili yetakchilik qiladigan she‘rlarida ikki xil ko‘zga tashlanadi. Birinchi usulda shoir nosir singari qahramon holatini chetdan kuzatadi, uning qalbi ziddiyatlarini, keskin his-tuyg‘ularini batafsil tasvirlaydi va she‘r tabiiy ravishda shaklan she‘riy novella mazmunini kasb etadi.(―Oqsoqol‖, ―Arslon o‘rgatuvchi‖, ―Jahongir va sartarosh‖, ― Tushlik tanaffus‖). Ikkinchi usulda lirik qahramon ―o‘z hasbi-holi‖ o‘zi bayon etadi, ya‘ni lirik qahramon ruhiy dunyosi o‘z so‘zlari orqali ochiladi. Ma‘lumki, nutqning har qanday ko‘rinishi ham muayyan ruhiy holat mahsulidir. Bu tipdagi sherlarda asosiy vosita lirik qahramonning ichki monologi yoki boshqa personajga qarata aytgan so‘zlari va nihoyat, o‘z ruhiy holatini o‘zi tushuntirib berishga bo‘lgan intilishidir. ―Shoirning yo‘qolgan‖, ―Ota tilagi‖, ―Zamin tshvishlari‖, ―Kordiogramma‖ singari she‘rlarida lirik qahramon ruhiy olami anashu usulda yoritilgan. E. Vohidovning ruhiyat tahlili yetakchilik qiladigan she‘rlarini lirik qahramon ruhiyati tasviriga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: a) lirik qahramonning shoir shaxsidan ajratib bo‘lmaydigan ―obraz-portreti‖ ruhiyati tahlili. Bu xil she‘rlarda asosan bizning ko‘z o‘ngimizda keng miqyosda fikrlovchi dunyo dardini sezgirlik bilan tinglayotgan, hayotdagi har bir o‘zgaishlarda o‘z muosabatini bildirayotgan bezovta inson qalb kechinlamari namoyon bo‘ladi (―Yo‘qolgan she‘r‖, ―Iltijo‖, ―Salbiy hayajon‖, ―Armon‖). b) Bizga zamondosh yelkadosh bo‘lgan, shoir alohida bir mehr, o‘zgacha darddoshlik blan tasvirlaydian insonlar ruhiyatini o‘z so‘zlari orqali gavdalantirish (―Bizlar ishlayapmiz‖, ―Hozirgi yoshlar‖);
60 v) shoirning ―tirik sayyoralar‖ to‘plamidan boshlab ―O‘zga dunyo‖ kishilari ham o‘z ichki dunyolarini namoyish qila boshladi. Adolat yuzasidan shuni ham alohida qayd qilish zarurki, kapitalistik olam vakillarining ichki dunyolarini tasvirlashda qora rang ustunlik qiladi va biz ularni asosan, badkird, munofiq, ahloqsiz yoki o‘ta ketgan nochor kimsalar sifatida ko‘ramiz. (―Sarmoyador‖, ―Unutish qo‘shig‘i‖ ―Ko‘cha chetidagi ayol‖ ,‖Arslon o‘rgatuvchi‖). Buni shoir ijodidagi kamchiliklar sifatida emas balki ushbu she‘rlar yaratilgan davrdagi hukmron qarashlar bilan izohlash kerak. Hozirgi sharoitda ―O‘zga olam‖ kishilariga nisbatan bu xil bir tomonlama qarashlarning o‘zgarishi shoir ijodida ham yangicha fikrlash ruhini vujudga keltirdi. Xususan, shoirning keyingi Amerika safari va bu safar natijasida tug‘ilgan turkum she‘rlari shundan dalolat beradi. g) majoziy- allegorik obrazlar ruhiyati tasviri. Bu xil she‘rlar sirtdan masal xaraterda, obrazlar turli predmetlar va hayvonlar qiyofasida bo‘lsa-da, lekin ulardagi fe‘l atvor, harakter xususiyatlari tamomila ―Insoniylashgan‖ dir. Bu xil she‘rlarda asosan, saterik va yumoristik ruh ustunlik qiladi. Erkin Vohidov o‘z talantiga nisbatan g‘aoyatda talabchan, mudom izlanishda bo‘lgan tinim bilmas ijodkor. ―Koinot gultoji‖ (Shekspir) bo‘lgan inson ruhiy olamining bundan buyon ham yangidan-yangi qirralari uning ijodidan o‘rin oladi. Lirik qahramon ruhiy dunyosidagi isyonlarning she‘rga muhrlana boshlanishi, shubhasiz adabiyotning yutug‘i, uning o‘zligiga qaytish sari qutlug‘ qadam bo‘ldi. Bu yerda E. Vohidov, A. Oripov she‘riyati lirik qahramonlari dunyo qarashi, tafakkur tarzida ajralmas bir uyg‘unlik yuz ochdiki, bu faqat xalqni ma‘naviy yuksalish sari boshlavchi nur manbaiga aylandi. Natijada ruhan barkamol, fikran yetuk zamondoshimizning simosi lirik qahramon umumlashgan holda namoyon bo‘la boshladi. Bu qahramon yashayotgan davrning asl mohiyatini tushunib, o‘zi yo‘l
61 qo‘ygan xatolarini anglab kelajak ulardan asrash uchun o‘zicha jasorat ko‘rsatdi. Qalb maslagi uni, avvalo, tarix davriga chorladi. Uning ruhiy qudratini ruhiga singdirib, kelajak istiqboliga chiqishga da‘vat etdi. Xullas, she‘riyatda psixologizm ruhiy dunyo manzaralarini teranlik bilan tadrijiy ravishda ochish, tasvir etish, tahlil qilish va uni ko‘pincha tarix va zamon munosabatlari mohiyatini yoritishga yo‘naltirish masalasi bosh maqsadga aylandi. Jamiyat va inson munosabatlarinig she‘riyatdagi g‘oyaviy, badiiy tadqiqi zamondosh shoirlar she‘riyatida juda teranlik bilan amalga oshirilgan. Ular, bir tomondan, inson qismati millat taqdiri masalalar borasida tarix,zamon va kelajak munosabatlari yordamida fikrlash rost va zarur gaplarni xalq qalbi va ruhiyatiga olib kirish uchun intildilar. Ikkkinchi tomondan, moddiy va ma‘naviy inqirozlar kuchayib siyosatchilar ham bunga ma‘lum ma‘noda yon bera boshlagach, jamiyat va inson yanada aniqrog‘i, jamiyat shaxs munosabatlarini erkinroq badiiy tahlil eta boshladilar. Boshqacharoq qilib aytganda, ijtimoiy hayotga siyosat tasirini oqibatlarini o‘rganish mavjud jamiyatni tashkil etuvchi inson-shaxsning axloqiy ma‘naviy dajalari hamda uni tarbiyalash, mukammalashtirish singari muammolar yechimini izlashga astoydil kirishdilar. Natijada, xalq hayotining achchiq haqiqatlari she‘riyat tiliga ko‘chirila boshlandi. Bu tamoillarning ildizlarini yuqorida ko‘rganimizdek, A.Oripovning mashhur ―Yuzma-yuzi‖ kabi she‘rlar oziqlantiruvchi bir zamin bo‘ldi. 70 yillarga kelib bu zamin yanada baquvvatlashdi. Chunki, birinchidan, hayotda, jamiyatda chigalliklar kuchayib borayotgan bo‘lsa, bu chigallik girdobida yashamog‘i og‘irlashib borayotganini inson teranroq anglay boshladi. E.Vohidovning ―Arslon o‘rgatuvchi‖ she‘ri jamiyatni, tuzum mohiyatini ostin- ustun qiluvchi undagi ijtimoiy-siyosiy ahvolni tangli, inson shaxs qismatini haqqoniy ravishda ochib berish kuchiga ega bir asardir. Shoir unda jamiyatda tutgan mavqei nuqtai nazari jihatdan turli toifaga mansun odamlarga nisbatan o‘z munosabatini
62 bildiradi. She‘rda to‘rta kuch o‘zini namoyon qiladi. Ularning o‘zaro munosabati lirik qahramon ruhiy nigohida tahlil etiladi. Tomoshagoh-bu jamiyat, arslon o‘rgatuvchi ana shu jamiyat mafkurasining quli, arslon ularga qarshi bedor ruhlarning qo‘zg‘algan isyon, tomoshabin ko‘zi, qalbi haqiqat nuridan tusilgan, ma‘naviy qashshoqlik girdobiga tortilib, manqurtga aylantirilayotgan xalqning timsoli. Bular o‘zaro munosabatga kerishar ekanlar,o‘zlarining hayotdagi o‘rnini o‘quvchi ko‘z oldida namoyon etib borishadi. Bu o‘sha davrning mohiyatini odamlar dunyo qarashining, ma‘naviyatining darajalarini ko‘rsatuvchi manzaralardir.arslon qalbidagi isyonning kuchliligini ta‘kidlagan holda uning davrga moslashib, ―olov chambarakka‖ o‘zini orishini lirik qahramon also yoqlamaydi. Lekin uni ochiq aytmaydi, aytolmasdi ham. Agar arslon obrazi 80 yillar o‘rtalarida dunyoga kelganda u hech qachon, ―charx- falakning‖ o‘t olishini tilab, o‘zini ―olov chambarakka otmas ‖ edi. Aksincha, arslon o‘ynatuvchining o‘z orqasidan ergashtirib, uning chambaragini sindirib, ―tomoshabin ‖ larni ―gumrohlik‖ Girdobidan tortib olib, tomoshagohni ostin-ustin qilib, hujumga o‘tardi. Arslonda isyon kuchli, ammo, hali uning harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan muhit kuchsiz edi. Shunday bo‘lsa-da, bu isyon she‘rda nihoyatda kuchli yorqin etilgan. Falsafiy-psixologik she‘riyatda ruhiy holat o‘ziga xos hususiyatga ega. Falsaiy- psixologik she‘rlada barcha poetik vositalar she‘r so‘ngidan kelib chiqadigan, falsafiy xulosa uchun safarbar qilinadi, lekin bu xulosa lirik qahramonning ruhiy olami, qalb kechinmalarini tasvirlash orqali ―tayyorlanadi‖. Bu ruhiy olam, qalb kechinmalari tasvirisiz falsafiy psixilogik she‘riyat hissiy ta‘sir kuchidan mahrum, yalang‘och dedaktikadan iborat bo‘ladi. Masalan, Erkin Vohidovning ―Uchi tugik datro‘mal‖ she‘ridagi lirik qahramonning bir necha ruhiy holatlari tasviri quyidagi falsafiy xulosa uchun safarbar etiladi:
63 O‘yla, do‘stim, kelmay turib o‘sha dam, Isrof qilma yosh yurakning kuchini. Mana bu gap hech chiqmasin yodingdan, Tugib qo‘ygin dastro‘molning uchini. Falsafiy- psixogik ilgari surilgan falsafiy fikrni ifodalash bilan birgalikda ruhiy dunyo tahlili ham diqqat markazida turar ekan, biz asosan ikki guruhdagi kishilar ruhiy olamiga duch kelamiz. Bular ijobiy va salbiy tiplardir. Lirik ―Men‖ ning haqiqatda qanday tip ekanligi o‘zaro munosabatlar orqali ochiladi. Mana shuning uchun ham lirik ―Men‖ ning g‘azab va tanqidiga duch kelgan lirik personajlarni salbiy tip deyish masalaning mohiyatini belgilamaydi. Mohiyat lirik qahramonning ruhiy olamini tahlil qilib, so‘ng baho berishdadir. Bu shoirning o‘zi qoralayotgan salbiy tiplarning ichki olamiga chuqurroq kirishga ruhiyatini tahlil qilishga majbur qiladi. Falsafiy psixologik she‘rlarda aksar payt shoirning ijodiy niyatiga ko‘ra lirik qahramon ruhiyati tahliliga nisbatan ruhiyat tasviri, ya‘ni ruhiy dunyoning ma‘lum bir qirralarini suratlantirish asosiy o‘rinda turadi. Bu ruhiyat tasviri ko‘pincha ichki monolog (vijdon sadosi), ruhiyat shu‘lasi bilan yoritilgan tashqi ko‘rinishlar (psixozatsiyalashgan portretlar) yohud bevosita harakter xususiyatlarini tasvirlash orqali ruhiy holatni asoslash singari xilma-xil poetik vositalar yordamida yuzaga chiqishi mumkin. Ko‘p ovozlilik va ko‘p obrazlilik falsafiy-psixologik she‘rlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun bu xil she‘rlarida shoir niyati, she‘r mundarijasi va hajmiga kora turfa shaxslar ruhiy olami va mahorat bilan tasvirlanishi, o‘ziga xos ―psixologiyalar galereyasi‖ yaralishi mumkin.
64 Voqeaband she‘rlarda esa, biz sof lirik she‘rlardagi singari ichki olamning oniy tebranishini yoki ruhiyat tasvirini ma‘lum bir falsafiy xulosaga ―bo‘ysunishini‖ emas, balki ichki olamining ―o‘zini‖ mohir ruhshunos ko‘zi orqali ko‘rib turgandek bo‘lamiz. Lirik qahramonning ruhiyatidagi barcha ruhiy jarayonlar, barcha ruhiy holatlar bizning ko‘z o‘ngimizda ro‘y beradi, nazdimizda tirik, konkret inson o‘zining butun hislatlari bilan qad ko‘taradi, aksari payt tom ma‘nodagi ruhiyat tahlili yetakchilik qiladi. Bu tipdagi she‘rlarda she‘rlarda lirik qahramonning ichki kechinmalari, fikr va o‘ylari, orzu-istak, g‘azab va nafratlari, larzali lahzalari- ruhiyatdagi o‘zgarishlar aks etadi va ko‘pincha, liirk qahramonning dramatik-tragik holatlari tasvirlanadi. Voqeaband she‘rlarda nutq, muhit, vaziyat nisbatan aniq bo‘ladi. Bunday she‘rlarda davr ruhi, davr kishilarining psixologiyasi to‘liq namayon bo‘lib turadi. Shuning uchun voqeaband she‘rlarni ―davr barametri‖ deyishimiz mumkin. Bunday she‘rlar bizga o‘z zamoni, haqida juda ko‘p narsalarni so‘zlab bera oladi. Biz aynan shunday she‘rlar tufayli nafaqat davrning bosh ziddiyati, balki ana shu bosh ziddiyatni vujudga keltiruvchi ikkinchi darajali ziddiyatlarni ham tushunib olamiz. Voqeaband she‘rlar novellaga mansub bo‘lganligi uchun ham ularda nasriy asarlar unsurlari o‘rin oladi, muayyan voqea tasvirlanadi. Lekin bunday hollrda ham asarda voqea emas, balki shu voqeani keltirib chiqargan his-tuyg‘ular tasviri asosiy o‘rinda turadi, lirik qahramonlar ruhiyati tasvirisiz bunday she‘rlar hissiy ta‘sir kuchidan mahrum bo‘lib na qalbga na aqlga ta‘sir qiladi. E. Vohidovning ―Tushlik tanaffus‖, ―Oqsoqol‖, ―Bizlar ishlayatamiz‖, ―Ixlos‖ she‘tlarining eng muhim namunalari sirasiga kiritish mumkin. Voqeaband she‘rlarning yana bir o‘ziga xos xusuisyati-ularda to‘laqonli yetuk lirik harakter yaratishning mumkinligidir. Lirik harakter esa lirik qahramonning ichki
65 olamiga chuqurroq kirishni, uning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlarini to‘laroq yoritishni taqozo qiladi. Lirik haraterlar shoirning maqsadi va iste‘dodining yo‘nalishiga ko‘ra turlicha usullarda yaratilishi mumkin. Shunday usullardan biri bir she‘r doirasida lirik harakter yaratish mumkin. Bunday lirik harakterlar ba‘zan ―o‘z hasbi hollari‖ ni o‘zlari bayon qilishi mumkin. She‘rdagi shoir nutqi esa lirik harakter xususiyatlarini ochish bilan birga lirik qahramonning o‘z hislatlarini bayon etishga tayyorlovchi, yo‘naltirivchi vosita vazifasini bajaradi. Bu usul, ayniqsa Erkin Vohidov ijodida tez-tez uchrab turadi. Shoirning ―Hozirgi yoshlar‖, ―Kelajakka maktub‖, ―Arslon o‘rgatuvchi‖, ―Tushlik tanaffus‖ singari bir qator she‘rlarida mukammal ko‘rinadi. Lirik she‘rlarda harakter yaratishning ikkinchi usuli- bir she‘r doirasida emas, balki shoirning butun she‘riyatda yoki hech bo‘lmaganda turkum she‘rlarda to‘laqonli lirik harakter xususiyatlarini namoyon qilishdir. Bu usulda shoirning har bir she‘rida lirik qahramon harakterining ma‘lum, alohida xususiyatlari aks etadi va bu xusuisyatlar yig‘ilib borib bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zining butun ichki va tashqi olami bilan bo‘y cho‘zuvchi tirik inson gavdalanadi. Buning sababi-shoir har bir she‘rida o‘ziga maqbul hayotiy ideallarni ifodalaganidadir. She‘riyatda biz ―hamma narsani shoir orqali qabul qilganimiz uchun‖ (Belinskiy V.G) ham har bir shoirning o‘ziga xos lirik harakterlari mavjud. Masalan, Erkin Vohidov she‘riyatida bizga o‘ychan, hassos qalbli, kurashchan, har bir hayotiy hodisaga tiyrak nigoh bilan qarovchi mulohazakor inson namoyon bo‘lsa, A. Oripov nazmida jo‘shqin, ehtirosli, ayni paytda falsafiy mulohazakorlikka moyil, o‘tmishni yaxshi biladigan har so‘ziga tarixdan dalil qidiradigan zukko inson qiyofasi namoyon bo‘ladi. Har bir ijodkor o‘ziga xos ovoz, uslubga ega. Ularni asar yaratishdagi (ayniqsa) she‘r yozishdagi mahoratlari o‘zgacha. Chunki ulardagi ruhiyat, ruhiy iztirob alohida.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling