Udk davronova malika davronqulovna
I bob yuzasidan xulosalar
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
a. oripov va e. vohidov sheriyatida psixologizm muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA PSIXOLOGIZM.
I bob yuzasidan xulosalar O‘zbek adabiyotshunosligida psixologizm va psixologik tahlil muammosi yetarlicha tadqiq etilganligini ammo o‘zbek she‘riyati ayniqsa A. Oripov va E. Vohidov she‘riyati misolida yetarlicha tadqiq etilmaganligini tahlil qilishga urindik. O‘zbek adabiyotshunosligida psixologizm va psixologik tahlil istilohlari o‘zaro sinonim sifatida qo‘llanilishi aslida ular bir-biridan tubdan farqlanishini A. Oripov va E. Vohidov she‘riyati misolida ko‘rsatib berishga harakar qildik. Shoirlarning lirik kechinmalaridan biri inson ruhiy olamini boyligini, murakkabligini va ziddiyatlarga to‘laligi haqida tasavvur bersa, ularning ruhiy iztiroblari esa qalbimizni junbushga keltirishi, o‘zgacha olamga yetaklashini she‘rlar miqyosida tahlil qilishga muyassar bo‘ldik.
27 II BOB ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA PSIXOLOGIZM. Avvalo adabiyotda psixologizm masalalari xususan badiiy asar u (u she‘riy bo‗ladimi yoki prozaik) mazmuni va ijodkorning ruxiy kechinmalari orasidagi bog‗liklik bobida bir oz to‗xtalsak. Bunga zaruriyat bormikin degan savol tug‗ilishi tabiiy. Chunki biz yuqorida umuminsoniyatga tegishli bo‗lgan dunyo adabiyotida psixologizm mavzusida anchayin fikrlashdik. G‗arb olimlarining yetuk adabiyotshunoslarining bu boradagi hamohang fikrlari va baxs munozaraga asos bo‗ladigan qarashlari bilan tanishdik. Bir narsani e‘tibordan soqit qilmasligimiz kerak: qaysi mavzuda so‗zlashmaylik, adabiyot bo‗ladimi, ijtimoiy hayot bo‗ladimi yoki boshqa soha bo‗ladimi, biz ijod qilganda o‗zimizga xos, o‗zimizga mos tarzda yaratamiz, bunyod etamiz. Basharti mintalitet tushunchasini hech qachon nazardan qochirmasligimiz lozim. Zotan mustaqillik mafkurasi oldimizga qo‗ygan vazifalardan biri ham shu, xalqimizning ko‗p asrlik tajribasidan kelib chiqib, mintalitet nazariyasini ilmiy tadqiq etish, uni boyitish va shakllantirishdan iboratdir. Mazkur mavzuda qalam tebrata turib, mintalitet tushunchasi atrofida atroflicha fikr yuritayotganimizning yana bir sababi, mintalitet so‗zining fahm zehn idrok singari ma‘nolarni anglatishi, (u lotincha mens aql-idrok) millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma‘naviy salohiyati, hayot qonunlarining tahlil etish qobiliyati, ruhiy quvvatini bildirishdandir. G‗arbcha yashash tarzidan farqli o‗laroq, bizning xalqimiz jamoaviylik muhitida o‗sib-ulg‗ayadi, kamolga erishadi. Jumladan kishi o‗zining haqiqiy insoniylik mohiyatini faqat jamoada, insonlar aro munosabatlarda to‗la anglab etadi, jamoaviylik va vatanparvarlik, kindik qoni tomgan yerni e‘zozlash, mahalla, guzar, el-yurt manfaatlarini birinchi o‗ringa qo‗yib, boshqalarni izzat xurmat qilishdan zavqlanish,aka-ukachilik, qarindosh urug‗chilik aloqalarining davomiyligi, o‗zoro mehr-oqibatning kuchliligi, an‘ana va urf-odatlarning turmush tarzida ustivor
28 mavqeni egallashi o‗zbek xalqiga xos va mos eng oliyjanob hislatlar hisoblanadi. Bir so‗z bilan aytganda,o‗zbek xalqining turmush tarzi Sharq xalqlariga xos bo‗lgan ruhiy-psixologik hayot tarzidir. Yuridik fanlari namzodi Xudoyor Mamatov ―Mahalla ma‘rifat maskani‖ nomli maqolasida: mazkur mavzuda qalam tebratib, insonning tug‗ilishi tabiiy jarayon, biroq uning tarbiyasi ijtimoiy omillar bilin bog‗liq ekanini ta‘kidlaydi. Aks holda u quyuq o‗rmonzorlarda, hayvonlar jamoasida voyaga yetgan Mauglidan farqlanmagan bo‗lar edi. Haqiqatdan ham Maugli garchi tashqi qiyofasi bilan odamga o‗xshasa ham psixikasi hayvoniydir. Chunki u odamlar orasida emas, yirtqichlar jamoasida o‗sib-ulg‗ayadi. Unda vatan muqaddas, ota-ona ulug‗ zot, oila tabarruk dargoh singari umuminsoniy tushunchalar shakllanmagan. Huquq nima, burch nima –bilmaydi. Chunki u changalzor qonunlariga bo‗ysunadi. Savol tug‗iladi; xo‗sh bu shaxsning fojiasimi yoki jamiyatning? Bu jumboqqa yechim topishni maqsad qilmaganimiz bois, uni tadqiq qilishdan tiyilaman. Aytmoqchi bo‗lganim, xuddi mana shu kabi muammolar A. Oripov she‘riyatida bosh mavzu – ruxiy kechinmalarning in‘ikosini tashkil etadi. Ma‘lumki istibdod yillari, g‗arb olamini mayda meshchanlik, mehrsizlik, shaxsiy manfaatlar umummanfaatlaridan yuqori turadigan jamiyat tarzida ko‗rsatib kelingan. Bu qaysidir ma‘noda bor gap. G‗arbning o‗zi ham buni tan oladi. Darsliklarda g‗arbda ―odam odamga bo‗ri, bizda esa do‗st, o‗rtoq‖ deb saboq berilgan. A.Oripovning ―Hargiz iltimosga kuning qolmasin‖nomli she‘ridan olingan mana bu satrlarga e‘tiboringizni qaratmoqchiman. Bo‘ri emas, deysan odam odamga,
29 Mana insonning ruhiyatida sodir bo‗layotgan ichki ziddiyat. U eshitganlarini, murabbiylik qilgan davr saboqlarini keskin rad etayotgandek tuyulsa-da, aslida unday emas. U inson ongida kechayotgan o‗zgarishlarni, ruhiyatida ro‗y berayotgan evrilishlarni tushunishni istaydi. O‗zini dono sanamaydi, boshqalardan o‗zini aqlli hisoblab, birovlarga nasihat berish fikridan yiroq. U bobo tarix huzurida o‗zini mitti bir go‗dak, ja bo‗lmasa rasida bir o‗spirin, biladi. Shu o‗rinda bir gap. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlar ustidan ilmiy tadqiqotlar o‗tkazilganda, "sho‗ro tuzumi davrida, albatta ijod mahsulining badiiy-estetik jihati, ijodkor qalbining ruhiy- psixologik talqining emas, balki uning g‗oyaviy-siyosiy jihatiga ko‗proq e‘tibor qaratilgan" 1 . Jumladan A. Oripov she‘riyatining ham juda ko‗p qirralari tadqiqotlar mavzusi bo‗lgan, biroq shoir yashagan davr, she‘r dunyoga kelgan muhit ijodkorning qalb prizmasi kesimida o‗rganilmagan. U bobosining qo‗llaridan tutib, pildirab borayotgan bolakay. Garchi bobosining qadami zalvorli, shaxdam, ammo u uchishni istaydi. Ayrim, o‗ta xalqona tartib-qoidalar borki, ular parvozga xalaqit beradi. Shuning uchun ham bobo timsolida o‗sha hayot tashvishlariga murojat etadi: U hali ko‗klarda urgusidir barq,
Uni qadamingga tashlama bog‗lab, Qo‗yvor nabirangni otajonim sharq! Haqiqatdan ham Abdulla Oripov ijodi adabiyotshunoslikda hali munosib bahosini olmagan ijod namunasi bo‗lib qolmoqda. Albatta, shoirning ijodiga Qaysun Quliyev, David Qugiltinov, Mustay Karim singari sobiq ittifoqning ko‗zga ko‗ringan shoirlari iliq fikrlarni bildirishgan. Andrey Voznisenskiy e‘tirof etgan. Matyoqub Qo‗shjonov, Botir Norboyev, Begali Qosimov singari olimlar baholi qudrat uning she‘riyatiga o‗z munosabatlarini bildirganlar.
1 Qozoqboy Yo‘ldoshev. Yoniq so‘z. Yangi asr avlodi. -T.:2006. –B. 203
30 Biroq bularning barchasi ham shoirning tafakkur kengliklarini to‗la qamrab ololmagan. Uning ruhiyatiga singib ketgan manzaralarni hali hech kim to‗laligicha aks ettira olgani yo‗q. Umuman, buning iloji bormikan? Adabiyotshunos Qozoqboy Yo‗ldoshev yozadi: ―Shoir Abdulla Orif hozirgi o‗zbek she‘riyati taraqqiyotini yo‗nalishini tayin etgan, ammo hanuz ijodining mohiyati yetarlicha tadqiq etilmagan iste‘dod egalaridandir‖ 1 .
She‘riyatning o‗ziga xos go‗zalligi, maftunkorligi, betakrorligini tasdiqlovchi yangi bir fenomen vujudga kelmasdi. Zero, Abdulla Orif she‘riyati bilan o‗zbek lirikasiga ko‗ngil dardlari, suvratlari, orzu armonlar fojiasi, ruhiy iztiroblar manzarasi kirib keldi, - deb yozadi filologiya fanlari doktori, taniqli adabiyotshunos Qozoqboy Yo‗ldoshov! – bu she‘riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so‗zlarni qofiyaga solish, jahoniy mavzularda na‘ravor satrlar tuzish odat edi. Mavzuni she‘r emas, balki she‘rni mavzu mukarram qilar edi. Dunyo va undagi olamshumul hodisalar haqida hayqirish talab etilardi. Abdulla Orif quruqshagan o‗zbek sheriyatiga o‗ychil g‗am va g‗amchil o‗y olib kirdi. Shoir alohida bir odamning ichki dardlari haqida qalam surdi, o‗yga botdi. Bu odam shoirning o‗zi edi‖ 2 . Shoir Abdulla Oripov ham o‗zigacha bo‗lgan davrda mavjud bo‗lgan she‘riyatdan farqli o‗laroq, inson qalbining ichki kechinmalarini, ruhiy iztiroblarini qalamga oladi. Mohir musavvir kabi barcha uchun mavhum bir tushunchaga aylangan qalb degan mamlakatning suvratini chizib berdi. Inson qalbi bilan hazillashmang siz, Unda millat yashar, unda xalq yashar.
1
2 Qozoqboy Yo‗ldoshev. Yoniq so‗z. Yangm asr avlodi.%2006.-B.237
31 Unda ona tilim yashaydi so‗zsiz, Unda istiqomat qiladi bashar. U qalbning uranmonand betimsol qudratini namoyon etib: "Hayhot, qo‗zg‗almasin bu qalb da‘fatan!" deydi. Shoir insonning suvratini siyrati bilan muqoyasa qilib, zohirida namoyon bo‗lgan manzaralarni botiniy qiyofasi bilan chog‗ishtirib, sof badiiy xulosalar чиқаришга muvaffaq bo‗ladi. Shuning uchun ham uning she‘rlari barchaga birdek manzur. U tevarak-atrofida kechayotgan voqea va hodisalarni o‗ziga tadbiq etadi, boshi uzra charx urayotgan garduni dunning sir-asrorlarini anglashga harakat qiladi. Hayot ismli murakkab tizimning yanada murakkab tilsimlari ustida bosh qotiradi. Muayyan kashfiyotlar qilishga erishadi. Shu o‗rinda alohida ta‘kidlash joizki Abdulla Oripov hayotiy masalalarning yechimlari ustida ijodiy izlanishlar olib borar ekan, bu boradagi xulosalarini hukm tarzida taqdim etmaydi. Balki o‗zining shaxsiy kechinmalri ortidan erishilgan topilmalar tarzida bayon etadi. Uni kimdir e‘tirof etishi ham mumkin, kimdir e‘tiroz bildirishi ham tabiiy hol. Masalan, Mening bir jaydari falsafamdir shu, Hargiz iltimosga kuning qolmasin, deb yozadi u. Yoki: Bozorga o‗xshaydi asli bu dunyo, Bozorga o‗xshaydi so‗z ham ma‘ni. Ikkisi ichra ham ko‗rmadim aslo, Molim yomon degan biror kimsani. U hech qaysi o‗rinda o‗z fikrini o‗zgalarga majburan singdirish yo‗lidan bormaydi. Qizig‗i shundaki uning xulosalarini o‗zimiz o‗zlashtiramiz. Chunki, shoirni
32 qiynagan savollar aslida biz uchun ham begona emas. Bu tuyg‗u hammaga birdek taalluqli bo‗lgani bois ham shoirning she‘rlariga tez oshno bo‗lib qolamiz. Tan olaylik, barchamizning ham ko‗nglimizda shu kabi kechinmalar mavjud. Dunyoni bilish, tiriklikning mohiyatini anglash - odam bolasini azal-azaldan qiziqtirib keladi. Lekin hammamizning ham ruhiy quvvatimiz, idrok imkoniyatlarimiz, tafakkur qobiliyatimiz shu ishga qodir emas. Zotan, ko‗rgan, kuzatganlaridan mantiqiy xulosala, falsafiy umumlashmalar chiqarish A. Oripovni boshqa ijodkorlardan ajratib turgan, uni she‘riyatning (bugungi mezonlar bilan baholaganda, albatta) eng yuksak cho‗qqisiga ko‗targan iste‘dod pog‗onalaridir. "Kichik bir she‘rga shu katta ma‘noni singdirish uchun hayotda olg‗a boradigan, olg‗a borib uzoqlarni ko‗radigan, eng muhimi, kuzatilgan voqeadan to‗g‗ri va zarur ma‘no chiqara biladigan iste‘dod bo‗lishi kerak edi. Abdulla Oripov hali studentlik chog‗idanoq o‗zini shunday iste‘dod egasi sifatida ko‗rsatdi, - deb yozadi Matyoqub Qo‗shjonov, Suvon Meli bilan hammualliflikda chop ettirgan risolasida" 1 .
marvarid terayotgan g‗avvos - ijodkor. Shoirga yaratgandan tortiq bo‗lgan mana shu iste‘dod yuqorida aytganimizdek hamisha ham olqov yoki qutlovlarga sabab bo‗lmagan. Yaxshi yozgani, she‘riy mashqlari ko‗pchilikka manzur bo‗lgani, fikrlash qobiliyatining poyon bilmasligi tufayli ko‗p ozorlar chekkan. Unga eng ko‗p aziyat yetkazgan qavm esa, shoirning o‗z ta‘biri bilan aytganda omadsizla guruhidir. Bunday kimsalar bag‗riga olmagani uchun, hatto tarixni-da, g‗ajib tashlashga tayyor. Bundaylarning hayoti cheksiz iztirob, og‗ir uqubatda kechadi. Birovga yomonlik sog‗inib, kimningdir ko‗nglini xufton etsa, bu kun undaylar uchun bayram.
1 М. Қўшжонов. С. Мели. "А. Орипов". Тошкент. Маънавият-2000, 11б.
33 Omadsizlar juda xavfli qavm, ular turli yo‗llar bilan jamiyatda noto‗g‗ri tushunchalarni uyg‗otadilar. Bu esa ma‘naviy qashshoqlikning belgisidir. Bunday kimsalar boshqalarning asabiga katta ziyon yetkazadilar. Haqiqatdan ham mana shu kabi munosabatlar shoirning qalbiga jarohat soladi. Ruhiga sanchiq bo‗lib botadi. Nomsiz bir dard, mavhum bir og‗riq bo‗lib qiynaydi. Qiynoqlar esa she‘rga ko‗chadi: Dunyoda har kimning bor o‗z matlabi, Tuya so‗rab bo‗lmas echkiboqardan. Pismiqdan faylasuf chiqmagan kabi, Haqgo‗y ham chiqmaydi betgachopardan. Shoir mana shu singari ozor berguvchi qavmga hamisha o‗z munosabatini bildirib keladi. Bu uning deyarli har bir she‘rida, she‘riy dostonlarida bo‗rtib, bo‗y ko‗rsatib turadi. "Ranjqo‗m" dramasining dunyoga kelishida ham mana shu qavmning qing‗irliklari omil bo‗lgan desak xato bo‗lmas. Achinarlisi shundaki, bu qavmdagilar torgina dunyoqarashlari doirasida mittigina maqsad, maydagina manfaat mehvarida yashaydilar. Shoir inson degan nomga nomunosib mana shunday maydakashlikka achinadi. Koinot sarvari bo‗lmish odam bolasi shu qadar tuban ketishining sababi nima, degan iztirobli o‗ylar iskanjasida, yechimsiz savollar ustida bosh qotiradi. Qarshingda yechimsiz o‗yga tolaman, Qachon xalq bo‗lasan ey sen olomon! deb murojaat etadi u o‗sha qavmga. Shoir bu omadsiz qavmni "tilla baliqcha"ga o‗xshatadi. Dunyoda kosmik kengliklar zabt etilayotgan, olamshumul kashfiyotlar amalga oshirilayotgan bir davrda bu odamlarning mayda maqsadlarga o‗ralashib qolishi, fitna va fasod bilan shug‗ullanishi birgina shaxsga yoki bir hovuch kishilarga emas, balki butun bir millatga ozor yetkazishidan bezovtalanadi.
34 Ruhini zirqiratgan bu tuyg‗ular yana she‘rga ko‗chadi. Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni, Shu loyqa hovuzga qarab otdilar. Tashlandiq ushoq yeb o‗tadi kuni, Adabiy tanqidchi Yashar Qosimov "Tilla baliqchaning tolei" nomli maqolasida, bu she‘r orqali po‗panak bosgan biqiq hovuzdan boshqasini tan olmaydigan, hayotning katta oqimidan cho‗chib, bir chekkada hayot kechiruvchi "tilla baliqcha"lar - ba‘zi meshchanlar qoralangan" 1 , deydi. Abdulla Oripov ijodi ana shunday ehtiyoj farzandi bo‗lib dunyoga keldi. U bir insonning qalbini tadqiq qilishdek og‗ir vazifani o‗z zimmasiga oldi. Binobarin, o‗ziga ishongan, asosi bor, bilimi yetarli, ruhan shunga tayyor bo‗lgan odamgina bel bog‗lab maydonga chiqadi. Xuddi mana shu fiklar tasdig‗ini yana bir ulkan adabiyotshunos Begali Qosimovning adabiy qarashlarida ham uchratamiz. Abdulla Oripov she‘riyatiga xos bo‗lgan mulohazakorlik, muammo va uning yechimi haqida bosh qotirish, bir insonga taalluqli bo‗lgan dardu tashvishlarni ommaning muammosi tarzida talqin etish tajribasi o‗sha davr uchun yangilik bo‗lgani xususida to‗xtalib, munaqqid deydi: "... zamon milliy navolarni ko‗tarmas edi. sho‗ro mafkurasiga xizmat qilmaydigan har qanday she‘r eng kamida "g‗oyasiz" deb baholanardi. "Oh" degan shoir pessemist edi. Bunday zamonda xalqning dardini aytish katta jasorat talab etardi. Taqdir unga so‗nmas she‘riy salohiyat ato etgan bo‗lsa, zamon uning aqlu shuuriga zanjir tutgan edi".
1
35 Shoir Abdulla Oripov va uning psixologik-ruhiy kechinmalari haqida so‗z ketganida, uning qamrovini zamon va makon tushunchalari bilan chegaralab bo‗lmaydi. Bilamizki har bir voqea muayyan bir vaqt birligida, muayyan bir muhitda sodir bo‗ladi. Deylik Sohibqiron Amir Temurning To‗xtamishga qarshi birinchi jangi 1378 yili Terek daryosi bo‗yida kechgan. birinchi kosmik kema 1961 ymil 12 aprel sanasida uchirilgan... Shoir tafakkurining tadqiq tarzi bu mezonlarga sig‗maydi. Yuqorida aytganimizdek, birinchi qo‗yiladigan savol, voqeaning qachon va qayerda sodir bo‗lgani haqida bo‗lishi tabiiy. Taftish yoki tadqiqot obyekti aniq sana va muayyan manzil bo‗lib hisoblanadi. Biroq, Abdulla Oripovning poetik mushohada maydoni qamrovi jihatidan butun bir insoniyat kechmishini o‗z ichiga olgani bilan xarakterlidir. So‗zimning isboti sifatida shoirning "O‗zbekiston" she‘rini misol qilib keltirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Yurtim, senga she‘r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor, o‗z yurtin butun – Olam aro atagan tanho. Shoir mazkur she‘rida qariyib ming yillik tarixni mujassam etadi. O‗zi mansub bo‗lgan xalq orasidan chiqqan ulug‗ siymolar taqdirini jamlaydi. Ulug‗lar shajarasini Beruniydan boshlaydi. Amerika – sehrli diyor, Uxlar edi kolumb ham hali. Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
36 Beruniyning aql mash‘ali. Kolumbda bor alamim manim, O‗zbekiston, Vatanim manim.
Qisqa satrlarda o‗zbekning o‗tmishida bo‗lib o‗tgan olamshumul voqealarni qalamga oladi. Agar shoir bayon etgan voqealar sharhiga berilib, uni ilmiy jihatdan, tarixiy fakt va dalillar asosida ifoda etishga tutinsak, juda uzoq so‗zlashimizga to‗g‗ri keladi. Deylik, asli xorazmlik ulug‗ alloma Abu Rayhon Beruniy X asrdayoq, falak toqida yulduzlarning joylashuviga asoslanib, "...ulkan ummon ortida quruqlik bor" degan ilmiy farazni ilgari suradi. Gap Amerika qit‘asi haqida boryapti. Dengiz deganda – Ulkan ummon – tinch okeanini nazarda tutadi. Ispaniyalik dengiz sayyohi Xristofor Kolumb esa oradan 5 asrcha vaqt o‗tib, 1492 yili Bagam orollariga borib tushgan. O‗shanda ham u Hindistonga keldim, deb o‗ylagan va shu xatosi bilan bu dunyodan o‗tib ketgan. Keyinchalik Amerigo Vispuchchi bu materikni yangi qit‘a sifatida kashf etganidan ham xabaringiz bor. Agar shoir she‘rga mana shu uzundan- uzoq tafsilotlarni olib kirganida edi, bu she‘r bo‗lmasdi. Shu o‗rinda o‗quvchining psixologiyasi degan mavzuda ham bir oz to‗xtalish, bir-ikki jumla so‗z aytish zarurati tug‗ildi. Yuqorida bu borada qisqagina to‗xtalib o‗tgan edim. Rioya etishimiz shart bo‗lgan ayrim tartib-qoidalar mavjudligi va garchi ularning talqinini bilmasak-da, mazmunini uvol, gunoh, savob singari birgina so‗zda ifoda etishimiz haqida so‗z ochgandim. Buni avomga atalgan atamalar deb nomlasak to‗g‗ri bo‗lar. Chunki, mana shu so‗zlarni iste‘molga kiritilishi baayni avomning psixologiyasidan, zehni va tafakkur tarzida kelib chiqib amalga oshirilgan. U barcha zamonlarda amal qilib kelgan. Masalan, sho‗ro zamonida "qizillar va oqlar" degan tushunchalar mavjud edi. Chapayev kim, Denikin kim - tafsilotlar barchaga ham
37 tanish emasdi, biroq biri qizillardan, biri oqlardan ekanini hamma bilardi. Kino ko‗rganda Chapay shunqorlari g‗alaba qozonishini xohlashgan. Abdulla Oripov ana shu psixologiyani teran anglab, uning imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. "Uxlar edi Kolumb ham hali" deydi. Bilgan odam gap nimada ekanini biladi, bilmagan kishi ham keyingi satrga qiyosan bir ma‘no uqadi: demak Kolumbga nisbat berilgan ishni Beruniy bobomiz hali u tug‗ilmasidanoq bajarib qo‗yganini fahmlaydi.
38 II.1. SHOIR SHE’RIYATIDA LIRIK PAFOS. Har bir adabiy asar ijodkorning ayni mahalda qanday g‗oyalarning maftuni ekanidan, hayotda nimalarni tasdiqlab, nimalarni rad etayotganidan dalolat sifatida maydonga keladi. Shu bilan birga, har bir asarning ana shunday ruhi hamda yozuvchining butun ijodiy mahsuloti va hatto hayoti, ijtimoiy faoliyati orasida umumiylik bor. Yozuvchi o‗z asarini beixtiros, befarq yozolmaydi. Har bir asarga harorat bergan ehtiros esa yozuvchining butun ijodini va ma‘naviy hayotini ichidan to‗ldirib turgan intilishning, fidokorlikning, qisqasi, zo‗r extirosning uchqunidir xolos. Bu ehtiros har bir yirik yozuvchida o‗ziga xos tarzda namoyon bo‗ladi. Bir yozuvchidagi ehtiros ikkinchi yozuvchi ijodida bo‗lgan ehtirosdan mazmunan farq qiladi. Badiiy adabiyot va umuman san‘atda mavjud bu estetik hodisani ko‗pincha, ―pafos‖ termini bilan ifoda etiladi. ―Pafos‖ lotincha so‗z bo‗lib, bir hisga qattiq berilish, zo‗r hayajon ehtiros demakdir. Oddiy hayotda biror kishi o‗z fikrini chuqur e‘tiqod bilan ―yonib – kuyib‖ ifodalasa, uni ―pafos‖ bilan so‗zlayotir deydilar. Adabiyotshunoslik va san‘atshunoslikda ham ―pafos‖ so‗zi ana shunga yaqin, ammo undan ancha keng va chuqur ma‘noda ishlatiladi. ―Pafos‖ so‗zining ma‘lum estetik hodisani ifoda etuvchi termin sifatida ilmga, dastavval Gegel kirgizdi, Belinskiy esa adabiyot va san‘at asaridagi ―pafos‖ tushunchasini ilk marotaba ilmiy jihatdan keng asosladi, uning mazmunidagi ko‗p yangi qirralarini ochdi. O‗zbek klassik adabiyotshunosligida biror asarning mazmuniga singib ketgan chuqur ma‘no va hayajonni qayd etmoqchi bo‗lganlarida, ma‘nosi jihatdan ―pafos‖ so‗ziga yaqin ―dard‖ tasdiq qilar edilar. O‗zbek xalqining ―Bu odamning dardi falon
39 narsa‖ degan ifodasi bilan shoirning dardi haqidagi ta‘bir orasida shubhasiz, aloqa bor.
Har bir san‘at asarining kuchi uning mazmunidagi ana shu ehtirosni, ―dard‖ni o‗quvchi, eshituvchi yoki tomoshabinga ―yuqtira bilish‖da ko‗rinadi. Ammo ―ehtiros‖ yoki ―dard‖ iboralari badiiy asarga xos ana shunday ―yuqtiruvchanlik‘ xususiyatini to‗la ifoda etolmaydi. Belinskiy pafosning ehtirosga o‗xshashligini qayd etishi bilan birga, ularning aynan bir narsa emasligini ham o‗qtirib o‗tadi. Ehtiros – umuman his - hayajon demakdir. Pafos esa g‗oya bilan bog‗liq bo‗lgan hisni, biror g‗oyaga maftunlik natijasida ijodkorda paydo bo‗lgan qattiq hayajonni, ko‗tarinki ruhni bildiradi. ―Pafos nima? – deb so‗raydi Belinskiy va javob beradi: - ijod ermak yoki havas emas, u san‘atkorning zaxmat chekishi samarasi… Xuddi ona chaqalog‗ini o‗z qornida olib yurganidek va o‗stirganidek, san‘atkor ham o‗z ichida poetik fikrning urug‗ini olib yuradi va undiradi; ijod protsessi bola tug‗ish protsessiga o‗xshaydi va bu jismoniy hodisaga xos azoblar unga ham yot emas, bu ma‘naviy azoblar, albatta, huddi shu sababli, agar shoir ijodiy mehnat va qahramonlikka belbog‗lagan ekan, demak, qandaydir qudratli kuch, qandaydir yengilmas ehtiros uni shunga tortadi, shunga intilishga majbur etadi. Bu kuch, bu ehtiros – pafosdir. Pafosda shoir xuddi jonli, go‗zal mavjudodga ko‗ngil bergandek, g‗oyaga maftun bo‗lgan zot sifatida namoyon bo‗ladi, bu mavjudotning o‗zi ana shu g‗oya bilan ehtirosli ravishda to‗lib toshgan bo‗ladi va san‘atkor bu g‗oyani ongi, idroki bilan emas, faqat bir his bilan emas va o‗z ruhining birorta qobilyati bilan emas, balki o‗z ma‘naviy hayotining butun to‗laligi va yaxlitligi bilan mushohada etadi. ―Pafos‖ deganda ham ehtiros ko‗zda tutiladi, shu bilab birga boshqa har qanday ehtiros kabi insonning to‗lqinlanishi, butun asab sestemasining larzaga kelishi bilan bog‗liq bo‗lgan ehtiros ko‗zda tutiladi; ammo
40 pafos doimo inson qalbida g‗oya kuchi bilan alanga oldirayotgan va doimo g‗oyaga intiluvchi ―extiros‖dir_ Tarixan qaraganda ―pafos‖ atamasi qadimgi yunonlarda ritorika (notiqlik)dan kelib chiqqan, uni fanga Gegel olib kirgan. U yozuvchining dunyoqarashi va g‗oyasi bilan bog‗liq holda yuzaga chiqadi. Shunday qilib ijodkor ijodining pafosining asarlari qaysi konkret tarixiy sharoitida, ne niyat bilan yozilganiga va ijtimoiy hayotda qanday tarbiyaviy o‗rin egallayotganiga qarab tayin etiladi. Misol tariqasida Qodiriy asarlarining mazmunidagi pafos haqiqiy realist san‘atkorga hos bir yo‘sinda badiiy shaklda namoyon bo‗ladi. O‗tmishda yaratilgan ―Bahromgo‗r‖, ―Chor darvesh‖ yoki ―Tohir va Zuhra‖ kani afsonaviy qahramonlarni tasvirlagan dostonlardan farqli o‗laroq, Qodiriy asarlari o‗zbek adabiyotini yangi, yetuk realism darajasiga ko‗tardi, chunki Qodiriy ―hammaga ozmi – ko‗pmi tushunarli, hammaning ozmi – ko‗pmi boshidan o‗tgan umumiy, insoniy hislar haqida bizga gapira boshladi, …haqiqiy yo‗lni topib oldi va shoir bo‗lib tug‗ilgani sababli, erkin ravishda o‗z ilhomi boshlagan yo‗ldan bordi‖. Qodiriy asarlarida real hayotning haqqoniy, yorqin masalalari yaratildi. Uning adabiyotning badiiyligi uchun kurashi tayyor ifoda vositalaridan foydalanish asosida emas, balki novatorlarcha yo‗l bilan ro‗yobga chiqadi: Qodiriy yangi, realistik adabiyotni yaratish, uning vositalarini boyitish va mukammallashtirish uchun kurashda aktiv qatnashadi. Shunday qilib, faqat g‗oyaviy yo‗nalish jihatidangina emas, o‗zining badiiy vositalari jihatidan ham yangi, zamonaviy adabiyot yaratishga erishish Qodiriy ijodi pafosining muhim tomonini tashkil etadi. Demak, pafos o‗z – o‗zidan ijodkor istedodi, ilhomi va badiiy mahoratini yuzaga keltiradi. Pafosni asosi ijodkor ruhiy dunyosiga bog‘lanadi.
41 Inson ruhiy dunyosini to‘la tadqiq etish, o‘rganib nihoyasiga yetkazish aslo mumkin emas. Olam siru-sinoatga qanchalik boy bo‘lsa, odamzod ruhiy dunyosi ham shunchalik murakkab va chegarasiz. Mana shu murakkablik va cheksizlik manzaralari ham rangindir. Shuning uchun haqiqiy shoir o‘zini inson qalbi va ruhining muhofizi, musavviri deb his qiladi. Uni har qanday qo‘pol, tashqi ta‘sirlardan himoya qilish uchun kurashadi. Inson ko‘ngli va ruhiy hayotini tadqiq etgan shoirlar, sirtdan qaralganda, tashqi voqelikdan yiroqlashganday ko‘rinadi. Aslida esa, tashqi dunyoning ko‘p muammolari inson farzandining qalbiga yo‘l topish, ruhini anglash orqali hal etiladi. Shu ma‘noda ruhoniyat tasvirida bag‘ishlangan, ya‘ni sof lirik pafosdagi she‘rlarning ahamiyati juda yuksakdir. Bunday asarlar o‘zbek she‘riyatining barcha davrlarida ham ko‘plab yaratilgan va ularga qarab ijodkorning san‘atkorlik mahoratiga baho berilgan Abdulla Oripov aynan ana shu ijodiy an‘anani ilhom bilan davom ettirgan shoirlarimizdan biridir. Uning she‘rlarida ko‘pincha lirik qahramon o‘zi bilan o‘zi tanho qoladi. Shu ―tanho ‖ likda u inson ma‘naviy hayotining juda murakkab qatlamlarigacha yetib bora oladi. Eng mavhum holatlarni ham sezishga harakat qiladi. Bu holatlar goho dardli, hazn, goh qayg‘uli armonli bo‘lsada, dilni nurlantiruvchi va umidbaxshdir. A. Oripovning eng mungli, eng hasratli she‘lar hasratida ham hislar kamalakdek jilolanib, porlab turadi. Chunki ularning bag‘rida qalb atalmish beqiyos hazinaning jonlashtirish yoki gumrohlik bilan toptalishiga qarshi kuchli isyon yashiringan. Shoirning ―Qani nay ber menga, do‘stginam‖ misrasi bilan boshlanuvchi she‘rida ruhiy holatnng shunday sof bir manzarasi mavjudki, unda to‘lib ketgan yurakning ohanglari nay ohanglari qadar mayin va dardli ekanligiga shoir she‘rxonga ishontira oladi.
A. Oripov chin ma‘nosi bilan muhabbat kuychisi uni muhabbat mavzuidagi she‘rlarida bu buyuk tuyg‘u hech vaqt zavol bilmas hayot va tiriklik daraxti timsolida
42 ulug‘lanadi. Shoir she‘rlarida muhabbatning oliy va ilohiy qudratiga alohida urg‘u berilgan. Uning sevgi ehtirosi va dardlari bilan yo‘g‘rilgan she‘rlari o‘z yoniq nafasi, ohang sehri, obraz va tasvir usullarining samimiyati hamda tug‘yonlariga boyligi bilan boshqa bir shoir she‘rlariga mutlaqo o‘xshamaydi.Ularning har birida go‘yo hayoliy go‘zallik pardalari ochiladi. Shoir bir she‘rida ―Men muhabbat taqdirimdan maqtanolmayman‖- deydi. Lekin u maqtovga loyiq ishqiy satrlar yaratishga katta yutuqlarga erishishga muvaffaq bo‘lgan. Bu o‘rinda shoirning ―begunoh ohu‖ qadar ma‘sum yoriga bo‘lgan ishqi, bilan uyg‘unlashib ketganligini ham qayd etish lozim. Ayniqsa, uning ishqiy satrlarida samoviy his-tuyg‘ularning mavjlanib she‘rxon ko‘ngliga favqulodda yorug‘lik va musaffolik ato etishi diqqatga molikdir Bizningcha, ―Muhabbat‖ she‘ri – A. Oripov iste‘dodining kamyob mevasi. Unda muhabbat fojeasi kuylanadi. Ammo bu she‘r qanchalik mungli bo‘lmasin, shunchalar sehrliki, uning ta‘sirini so‘z bilan ifodalash qiyindir. Chunki she‘rda inson ruhiytining sof mavjlari jonlantirilgan. Umuman, A. Oripov muhabbat vositasida she‘rxonni ruhoniy haqiqatlarga oshno etish ruh iztiroblarini so‘z va fikrga ko‘chirish poetik ifodaning eng yuqori darajadagi ta‘sir baxshiligiga erishishda mahorat kasb etgan san‘atkorlardandirki, biz buni tahlil orqali yoritishga intildik O‘zbek she‘riyatining yorqin yulduzlaridan biri A. Oripov she‘riyatida ham lirik qahramonning ichki olami, qalbidagi ziddiyatlar, isyon va tug‘yonlari tasviri yetakchi o‘rin tutadi. Zotan, she‘riyatning kuchi ham tasvirlanayotgan insonning butun borligicha, uning barcha murakkabliklari, kuchli va ojiz tomonlari bilan ro‘y- rost gavdalantirib bera olishidadir. Shoir she‘riyatida biz, asosan, quyidagi toifa kishilari ruhiy olamlari bilan tanishamiz. Ma‘lum voqea va sabablar natijasida vujudga kelgan murakkab ruhiy holatlar tasviri. Zero, shoirlikning asosiy sharti ham inson ruhiyatidagi botiniy kechinmalarini, qalb to‘lg‘onishlarini, hassoslik bilan his qilish bilan, buni mohirona tasirlab bera
43 olishdadir. Shoir ma‘lum bir sabab bilan vujudga kelgan muayyan ruhiy holatlarni tasvirlar ekan lirik qahramonning qalbini tub-tubigacha yoritishga harakat qiladi, nozik kuzatishlar olib boradi, bilimdon ruhshunos kabi ish tutadi. Shoirning ―Kuz hayollari‖, ―Derazamni qoplar oqshom zulmati‖, ―Onamga xat‖, ―Qani nay ber menga do‘stginam‖, ―Sog‘inch‖, ―Cheksizlik‖, ―Go‘zallik‖, ―Holat‖, ―Meni olib keting‖ kabi o‘nlab she‘rlarida lirik qahramonning murakkab ruhiy holatlari ajoyib bir mahorat bilan tasvirlangan.Shoir shaxsiyatidan ajratish mushkul bo‘lgan shoir-lirik qahramon yoki ―obraz-portret‖ (B. Akramov) ning ziddiyatli kechinmalari tasviri A. Oripov she‘riyatida ruhiyat tasviri faqat va ruhiy holatlar bilangina chegaralaydi. Bu hodisa shoir ijodida o‘zini turfa xil xususiyatlarini, rang-barang qirralarini namoyish etib sehrli olmos kabi tovlanadi. Bu xil she‘rlarda asosan lirik qahramon kurashchan, nuqson va kamchiliklarga nisbatan isyonkor, dardkash va ayni paytda nekbin tuyg‘ularga oshno zamondoshimiz sifatida gavdalanadi. Shoirning ―Albomga ‖, ―Yuzma-yuz‖, ―Bahor‖, ―Dengizga‖, ―Sarob‖, ―onajon‖, ―Shoir‖, ―o‘zbekiston‖, ―Ketganlar yodi bu‖, ―Momo oftob‖, ―Malomat toshlari‖, ―Ishonch ko‘priklari‖ kabi she‘rlarida lirik qahramon ruhiy olamining tasvirlashda realistik yo‘l tutiladi va shoir shaxsiyatidan ajratib bo‘lmaydigan lirik qahramonning obraz porteriti yaratiladi. Bu asarlarning har biri progamm yoki avtobiografik she‘rlar bo‘lib, lirik qahramon harakterini aks ettiradi. Bunday she‘rlarda lirik kechinmalar ham, epik unsurlar ham, lirik-publitistik usul ham birday ahamiyatga ega. Bu usullarning har biri she‘r mavzusi, shoirning maqsadiga ko‘ra ba‘zi bir alohida she‘rlarda yetakchilik qilish mumkin. Lekin, provard natijada bizning ko‘z oldimizda isyonkor, hayot qozonida qaynayotgan, kamchiliklarga, birinchi navbatda kishilar ruhiyatidagi noqisliklarga nisbatan murosasiz, ― birovlardan tuyg‘u olmagan‖, ovozini o‘zgaga berishni ham istamaydigan‖ shoir shaxsi namoyon bo‘ladi. Biz bu she‘rlarning har birida shoir lirik qahramon ahvol-ruhiyatini, uning
44 botinidagi ichki kechinmalarni va ko‘proq mavjud sharoitdan qoniqmaslik, norozilik tuyg‘ularini sezib turamiz. Zotan, A.Oripov o‘zbek she‘riyatiga ―Urra va yashasin‖ chilikdan farqli o‘laroq, ijtimoiy norozilik motivlari olib kirgan shoirdir. Biz shoir lirik qahramonini mana shu hislatlari uchun, sevamiz, u mana shu noroziligi bilan bizga yaqin, dardkash. Kuyinchak, dardkash zamondoshlar ichki kechinmalari, dard va hislatlari tasviri A. Oripov she‘riyatida zamondoshlarimiz ichki olami tasviri ham zamonaviy shoir sifatida keng o‘rin tutadi. Shoir biz bilan zamondosh bo‘lgan kishilar timsollarini yaratar ekan, birinchi navbatda ruhiy kechinmalariga, ularni bezovta qilayotgan dunyo tashvishlariga, orzu istaklariga, dunyo va odamlariga nisbatan bo‘lgan munosabatlariga e‘tiboroni qaratadi. Shoir yaratgan zamondoshlarimiz obrazi o‘zlarining milliy qiyofalariga ega, e‘tiqodi but, sabotli va matonatli, mehnatkash, sahiy qalbli kishilardir. A. Oripovning ―Odamlar‖, ―Asrimiz odami‖ she‘rlarida xalq va asr odamlari ruhiyatiga xos hislatlar umumlashtirilgan bo‘lsa ―Uchqur hayol sohibi yigit‖, ―Noma‘lum odam‖, ―Uchinchi odam‖, singari she‘rlarda alohida shaxslar ruhiy olami qalamga olinadi. ―Noma‘lum odam‖ she‘rining lirik qahramoni ―na shoir na mashhur zot‖ balki biz bilan birga yashayotgan milionlab kishilar singari oddiy odamdir. Uning dunyo bilan dardi bir, dunyo tashvishlarini hayot falsafasini teran anglaydi, ba‘zida yuragi yongani bilan birga, u ―parvo qilmaydi‖ . Chunki u biladi: ―tug‘ilish shiddatla tortilgan kamon, o‘lim, bu-nishonga borib tekkan o‘q‖ . Ammo uning bunchalik kamtarligi, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga urinmasligi, o‘tkinchi, mayda hislardan baland turishi o‘zgalar nazdida loqaydlik bo‘lib tuyulishi mumkin. Chunki u ―duch kelganga yurak ochib‖ laqmalik qilmaydi, ba‘zilardek tirnoqcha ish qilsa, tog‘dek ko‘rsatib ko‘kragiga mushtlamaydi yoki o‘zini bu dunyoning tashvishlaridan juda ham qiynalib ketgandek ko‘rsatib ayanchli ingramaydi, ba‘zi qumursqa fel kimsalar singari topganini uyga tashlamaydi. Axir, uning uchun ayon: ―Olamning bu
45 mayda g‘alvasi nechun bari o‘tadigan, bari nokerak‖. Mana shunday ―mayda g‘alva‖ lardan turganligi uchun ham mayda g‘alvalar quli bo‘lgan ―mayda odam‖ lardan ―miriqib qah-qah uradi‖. Lekin uning dardi, tashvishi botiniy bo‘lganidek, bu qah- qahasi ham botiniydir. Shoir ushbu she‘rida dunyoni yelkasida ko‘tarib turgan va ularning bor ekanliklari bilan dunyoni sobitligini ta‘minlayotgan daryodil kishilarning tipik timsollarini yaratar ekan o‘zi ham bunday kisilar ruhiy olamlariga naqadar yaqin ekanligini teran isbotlaydi. Shoir she‘riyatida zamondosh kishilar timsoli ko‘pchilik shoirlaridan bo‘lganidek quruq madhiya, hamdu sanolar orqali emas balki, ularning ma‘naviy qiyofalarini ―ichdan yoritish‖ asosida namoyon bo‘ladi. O‘zbek dehqonining ruhiy olami tasviri A. Oripov ijodining dastlabki onlaridan tortib to shu buguniga qadar she‘rdan she‘rga o‘tib, o‘zini harakter hislatlarini tobora yuksaltirib, tobora murakkablashtirib kelayotgan muqaddas bir timsol bor. Bu shoirni ohangrabo misoli mudom o‘ziga tortuvchi, ―million egatlarga egilgan o‘zbek‖- ona xalq obrazidir. Shoirning lirik qahramoni bu quyoshdek porloq timsol atrofida parvonadek charx urar ekan, o‘zini ham uni kichik bir zarrasi deb biladi, bir ketmonchi o‘g‘li sifatida o‘zini shu xalqqa esh, taqdiriga sherik deb hisoblaydi. Lirik qahramon vatanni beqiyos sevadi, uning bunday otashin sevgisiga sabab na u diyorning sahiy zamini, na haroratli quyoshi va bitmas tuganmas boyli, balki unda zahmatkash, ―ishparast‖ o‘zbek xalqining yashayotganligidir. O‘zbek xalqi shoir she‘riyatida aksar payt, –Paxtakor dehqon qiyofasida jonlanadi. Zotan, o‘zbek bugungi kunda dunyo xalqlariga birinchi navbatda mana shu paxtasi orqali tanish, shu sababli hatto ―ko‘nglidagi ovchi ham paxta tutgan kishini ko‘rib o‘zbek desa ajabmas‖, chunki o‘zbek va paxta bir-biriga shu qadar taqdirdoshki‖ mobodo o‘simlikka zabon bitsa agarda, paxta navi eng avval, o‘zbekcha gapirardi―. Shoirning ―Yuzma-yuz‖, ―O‘zbekiston‖, ―Saraton‖, ―Qarshi qo‘shig‘i‖, ―O‘zbekistonda kuz‖, ―O‘zbek paxtasi‖ kabi she‘rlarida ana shu zahmatkash
46 ishparast, paxta bilan zamondosh o‘zbek dehqoni ruhiyati manzaralari qalamga olinadi. A. Oripovning ushbu she‘rlarida lirik qahramonni davrdagi hukmron adabiy qarashlardan farqli ravishda ―oq oltin yaratgan oltin qo‘llar‖ madhiyasi emas, balki ―tepasida o‘zni tutib, uyatdan lol boqib qolgan quyosh‖-ning hayratiga sazovor bo‘lgan bobo dehqonning ―ko‘zidagi charchoq bir kulgu‖ ko‘proq cheksiz iztirobga soladi, uning hayolini dehqon hayotining sohta sun‘iy romantik tavsilotlari emas, ana shu ―charchoq bir kulgu‖ ko‘proq band etadi. Shoir she‘riyatida aksar payt dehqon ruhiyati shoir lirik qahramon kechinmalari, uning rizq yaratuvchiga bo‘lgan samimiy kuyinchak munosabati orqali ochiladi. Shuning uchun ham aksar dehqon ruhiyati bilan birgalikda shoir lirik qahramon ruhiy olami ham yondosh tasvirlanadi, bir timsolga tegishli kechinmalar ikkinchi timsol qalb kechinmalari orqali suratlanadi. Musiqada avj degan tushuncha bor. Bastakor o‗zi ijod etayotgan musiqiy asarning muayyan bir nuqtasida uning avjini beradi. Adabiyotda bu kulminatsiya degan terminda ifoda etiladi. kulminatsiya cho‗qqisiga erishmagan adabiy voqea yechimiga ega bo‗lmaydi. Binobarin she‘riyatda ham shunday. Turli akustik tebranishlar tovishlar hosil qilishishini, tovushlar esa ba‘zida ovoz tarzida qo‗llanilishini yaxshi bilmiz. Hofizlar va shoirlar orasida bir gap bot-bot takrorlanib turadi: har kimning o‗z sozi, o‗z ovozi bor deyishadi. Ovozi xush, yoqimli insonlar har joyda qadr topadilar. Bunday kishilarni otashnafas, shirinsuxan, shirali ovoz sohibi kabi sifatlashlar bilan atashadi. Bundaylarning ovozida sehr bor. Tinglaganni uziga maftun etadi, hatto oddiygina matnni xam elga manzur qiladi ular. Endi, san‘at va adabiyotda qo‗llaniladigan, biz yuqorida sanab o‗tgan iboralarga o‗xshash, biroq ulardan farqli yana bir tushuncha ustida bir oz to‗xtalamiz. Bu – pafos: his-hayajon, ehtiroslarning yuksak cho‗qqisi – bu. Bu asarning muayyan kulminatsion nuqtasi emas, bu yaxlit lirika demakdir. Misol tariqasida ham badiiy
47 ham shaklan mukammallik kasb etgan Abdulla Oripov she‘riyatiga murojaat etishimiz mumkin. Binobarin, Abdulla Oripov ham har qanday mavzuda qalam tebratmasin uni yuksak pafos bilan qog‗ozga muhrlaydi. O‗quvchi ham uni xuddi shunday ko‗tarinki holatda o‗qiydi. E‘tibor bering, ko‗tarinki kayfiyatda demayapmiz, - ko‗tarinki holatda. Zotan, shoirning eng mahzun she‘rlari ham tushkun kayfiyat tug‗dirmaydi kishida. Balki dil dardiga malham kabi, majruh ruhga quvvat beradi, – tetiklashtiradi. G‗azallar to‗qirdim senga bir zamn, Qo‗shiqlar aytardim tunlar boshingda. Nachora ushbu kun o‗zga bir inson, O‗zga bir muhabbat turar qoshingda. Barchamizga tanish manzara. Yoshligimizni yodga soladi. Xotiralarimizda qachonlardir jarohat bo‗lib qolgan shu damlar, o‗sha iztirobli voqealar ham bugun shirin bir xotira bo‗lib qalbga hayajon soladi. Xo‗sh mana shu satrlar kimni mahzun kayfiyatga chorlaydi. Uni o‗qib kimning yallig‗lanib turgan umidi so‗nadi, kim hayotdan batamom soviydi? Bilaks, mazkur satrlar hayotbaxshligi bilan millionlab muxlislarga manzur bo‗lganini bilamiz, – necha bir dardli dillarga tirgak bo‗lganining guvohi bo‗lganmiz. Abdulla Ornipov lirikasi mana shu jihati bilan ham boshqalarga ibrat bo‗lgulikdir. Unda bitmas-tuganmas ruhiyat qudrati bor. Unda, V. G. Belinskiy Y. Lermontevga nisbat berib aytganidek, "osmon ham bor, yer ham bor, jannat ham do‗zax ham bor". Bu lirika dardu g‗am, alamni mag‗rur qarshilashni, uni mardonavor yengib o‗tishga undaydi. Mahzun u, ammo bu ojiz xazinlik emas, balki ulkan qoyaga
48 monand mahzunlik. U haqiqiy o‗zbek shoiri, zero uning she‘rlarida o‗zbek hayotining o‗tmishi, buguni va ertangi kelajagi bor bo‗yi bilan aks etib turadi. U qalbidagi ichki olami bilan yaxshi tanish, shuning uchun ham kechinmalarini tadqiq qilishda qiynalmaydi. Tafakkur imkoniyati shu qadar kuchliki, u basharning dardu tashvishlari bilan o‗zining kechinmalari o‗rtasidagi ko‗zga ko‗rinmas bog‗liqlikni mohirona ilg‗aydi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling