Udk davronova malika davronqulovna
III.2. SHOIR LIRIKASINING PSIXOLOGIK O‘ZIGA XOSLIGI
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
a. oripov va e. vohidov sheriyatida psixologizm muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.2. SHOIR SHE’RIYATIDA RUHIY TAHLIL VA RUHIY QIYOFA.
III.2. SHOIR LIRIKASINING PSIXOLOGIK O‘ZIGA XOSLIGI.
Erkin Vohidov – ko‗p qirrali ijodkor. Uning lirikasini kamalakka - mana shu rangin tabiat hodisasiga qiyos qilish mumkin – serjilo poeziya. Shoirning o‗zi bir suhbatida sher – qiziq, ammo she‘rning yaralish jarayoni undan-da, qiziq, degan edi, Uvaysiy tomonidan "Anor" chistonining yaratilishi bilan bog‗liq voqeani eslab. Erkin Vohidovning she‘riyati haqida gapirganda beixtiyor unga zamondosh bo‗lgan yana bir zabardast shoirning ijodi "yarq" etib ko‗z oldimizda namoyon bo‗ladi. Bu bejizga emas, chunki har ikki shoirning ijodida ruhan yaqinlik bor. Farqli jihatlari ham mushtarak. Binobarin, bu ikki ijodkorning ijodiga xos mushtarak jihatlar nimalardan iborat, ularning ijodida ruhiyat manzaralari, poetik qonuniyatlar mezoni haqida gapirganda nimalar ko‗z o‗ngimizda namoyon bo‗ladi - mana shular xususida bir oz to‗xtalmoqchimiz. Erkin Vohidov yuqorida ta‘kidlaganimizdek voqeadan she‘r yaratadi, Abdulla Oripov esa aksar hollarda holatdan kelib chiqib ijod qiladi. Masalan, Abdulla Oripovning "Ona sayyora" she‘ri suvratga qarab bitilgan she‘r. Erkin Vohidovning "Sadoqat" she‘riga esa keksa daraxtni qulatish bilan bog‗liq voqea asos qilib olingan. Xuddi shuningdek, uning "Hayvon o‗rgatuvchiga", "Bolalarni shaytonlardan qo‗rqitmangiz", "Bu ko‗hna hasrat", "Hozirgi yoshlar" singari qator she‘rlarida ham muayyan bir voqea yetakchilik qiladi. Shoirning shakllanishida muhitning ta‘sirini birlamchi, dedik – bu isbot talab qilmaydigan haqiqat. Masalan, Ibrohim G‗afurov "Yurak - alanga"_ nomli kitobida shu borada fikr yuritib, shoirning 50 yillarda yozilgan "Kechagina" deb nomlangan she‘ri bilan 80-yillar arafasida yaratgan falsafiy g‗azalini muqoyasa qiladi. Oradagi farq bor-yo‗g‗i yigirma yildan ortiqroq, biroq zamon va hayotga bo‗lgan munosabat yer bilan osmoncha.
67 Mana u 60-yillar arafasida nima deb yozadi: Yillar o‗tar, quvonaman kelajakka intilib, Kelajak ham Meni kutar, quchoq ochib, shod kulib. Yillar o‗tar... Ko‗z oldimda chiroy ochar kelajak... deya xulosa chiqargan shoir, oradan yigirma yilcha vaqt o‗tib: Fursating yetmaydi doim, Hech qachon yetgan emas. Mehnating bitmaydi doim, Hech qachon bitgan emas... degan fikrga keladi. Chunki, zamonning shiddati o‗zgardi. Shoirning lirik qahramoni ham ana shu shiddatga munosib odim otishi lozim – ba‘zan ulgurish mushkullashayotgnidan nolingandek bo‗ladi. Shoir unga o‗z munosabatini bildirib, harakatchan odam har qanday zamonda, har qanday shiddatga moslashishini uqdiradi. Allomalar aytgani kabi, qoniqmaydigan odam jilg‗aning yonida turib ham chanqab turaveradi. Bilaman, G‗oyat tez asrim shiddati, Yelkanlarga ortgan uhdasi buyuk. Fazoda charx urgan yerning suvratin, Yuraklarga bergan aslida shu yuk.
68 Erkin Vohidov ijodiga tub burilish yasagan omillar haqida so‗z ketsa, adabiyotshunoslar bir ovozdan "Tirik sayyoralar" to‗plamini tilga olishadi. Mazkur to‗plamga kirgan she‘rlar, haqiqatdan ham shoirning dunyoqarashi kengayib, lirik qahramoni hayotiy bichimga ega bo‗lganini ko‗rsatadi. Yirik adabiyotshunoslar "Ozod Sharafiddinov, Ibrohim G‗afurov singari she‘riyat bilimdonlari to‗g‗ri ta‘kidlaganlaridek, "Tirik sayyoralar"ga kirgan ko‗pchilik she‘rlar Erkin Vohidov ijodida muhim burilish, poeziyamizda yirik hodisa bo‗ldi" 1 . She‘rim, mana bitding nihoyat, Tunim uyg‗oq o‗tdi qoshingda. Bitding dedim, sevinma faqat, Qancha ish bor hali boshingda. Mana shu hazil tariqasida yozilgan she‘rga e‘tibor bering. Shoirning mahoratiga qoyil qolmay ilojingiz yo‗q. U polifoniya(ko‗p ma‘nolilik) san‘atidan unumli foydalanib, she‘rga ham yengilgina yumor, ham og‗ir ijtimoiy yukni singdiradi. "Sen meniki emassan, tamom!" Mana shu jumladan she‘rning keyingi hayoti boshlanadi. U "oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga" yuksalish jarayonini boshdan kechiradi. Tortmalarda yotadi, taroshlanadi. Urinmagin endi behuda, Uchmoq uchun bog‗lama qanot. Orom olib shirin uyquda,
1
69 Muharrirning tortmasida yot. Shoir xuddi mana shu dovonlarni yengib o‗tib, bu she‘r ko‗pning mulkiga aylanishini biladi. Shuning uchun ham uni sinov maydonida qoldirar ekan, go‗yoki chidam va sabot tilagandek, unga nasihatlar qiladi. Xuddi ota o‗z farzandiga hayot saboqlaridan ulgu berayotgandek. Shuning uchun ham she‘r samimiy, ishonarli – shuning uchun ham she‘rxonlarning qalbidan tez o‗rin egallaydi. Taniqli adabiyotshunos olim Ibrohim G‗afurov shoir haqida so‗zlaganda: "Erkin Vohidov asarlari zamirida yotgan tiniq samimiyat, insoniylik, mehr-oqibatni eng yuksak darajada tushunish va shunday talqin etish, she‘rdagina emas, hayotda ham, hayotning har qanday holatlarida o‗z oliyjanob prinsiplariga rioya etish, og‗ishmay amal etish, Vatanga xuddi otaga suyanganday suyanish, xalqqa xuddi onaga talpinganday talpinish, yurt, el kamoli, ravnaqini o‗ylash, orzu qilish va bundan o‗ta manfaatdor ijodkor kabi doim zavqlarga to‗lib yurish, komillikka sajda qilish, komillikni ko‗rgan, unga duch kelganda darhol buning ilhomiga jo‗r, jo‗ra bo‗lish – Erkin Vohidovning inson sifatida, shaxs sifatida, katta san‘atkor ekanidan dalolat beradi"_ – deganida avvalo uning biz yuqorida aytib o‗tgan mahorat qirralarini nazarda tutgan bo‗lsa ajab emas. Erkin Vohidovni "aruznavis", "barmoqnavis" ham deyishadi. Hajvnavis ham deyish mumkin. Ayniqsa she‘riy nutqning o‗ziga xos bo‗lgan stilistik va obrazli vositalarini qo‗llash borasida ham iste‘dodini sinovdan o‗tkazgan hollar uchraydi. Uning aruz vaznida yaratgan turkum g‗azallari so‗zimizning tasdig‗idir. Masalan: Barcha shodlik senga bo‗lsin, bor sitam, zorlik menga. Shoir mumtoz adabiyotning "tazod"(qarshilantirish) uslubidan foydalanib, ya‘ni bir- biriga zid ma‘noli so‗zlarni qo‗llab, ulardan yaxlit bir kontrast chizadi. Yoki, uning mana bu she‘riga nazar solaylik.
70 Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlimga qasd qayrab – Qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, Qanot qoqmoqqa qo‗ymaysan. Qarab qo‗ygil qiyo, Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz. Tamoman "q" harfi bilan boshlanadigan so‗zga qurilgan u. So‗zlar pala-partish emas, balki inja kabi bir ipga tizilgan. Bu ham shoirning she‘riyatiga xos bo‗lgan mahorat qirralaridan birini belgilaydi. Shu o‗rinda shoir ongli hayotining muayyan davri, shakllanish damlari kechgan o‗tgan asr adabiyoti, adabiy mezonlar va uslublar haqida ham to‗xtalib o‗tsak. Chunki, bu davr shoir ijodining ajralmas bir qismi bo‗lib hisoblanadi. O‗sha davrlar barcha asarlar – u she‘riy bo‗ladimi yoki nasriymi – barchasi sotsialistik realizm mezoni bilan o‗lchanar edi. Ya‘ni, hayotni bo‗yab-bejab emas, bor holicha ko‗rsatish talab etilardi. Biroq bu talab sirtdan qaraganda shunday ma‘no barar, aslida esa ijodkor nimani gapirish kerag-u, nimani yo‗q – siyosatning siyog‗idan kelib chiqib o‗zi anglashi lozim bo‗lgan. Gap shu ekan, deb borini bor holicha yozganlarning holiga qaysi jonivor yig‗laganini aytib o‗tirishimga hojat bo‗lmasa kerak. Sho‗ro davri adabiyotshunosligi ham sotsiarealizmning bag‗ri kengligini, unda metod va uslublarning rang-barangligini olqishlashdan nari o‗tmas, metod va uslub degan tushunchalar faqat shaklgagina xizmat qilayotganini ko‗rib ko‗rmaslikka olardilar. Hattoki she‘riyat realizm qobig‗iga kirmay qolayotgani chuqur tahlil etilgan. Masalan, Umarali Normatov yozadi: "... she‘riyatning e‘tibordan chetda qolishiga sabab nima ekan? She‘riyatning sirli, sehrli, romantizmga moyilroq ekanimi, uning kundalik
71 hayotdan bir oz balandroq turishi, parvozga, xayolga o‗chligimi? Yoki bu sohaga realizm prinsiplarining sustroq kirib kelishimi, she‘riyatda realizmning to‗la namoyon bo‗lishiga imkoniyat torligimi? 1 " Ko‗pning e‘tiboriga mana shunday savolni havola etgan atoqli olim, shundan so‗ng bu savollarga javob berishga kirishadi va bugunda ham dolzarbligini yo‗qotmagan bir qator xulosalarini bayon etadi. Jumladan: "...biz ko‗pincha realizmni insonning real hayoti, real imkoniyatlarini ko‗rsatish deb tushunamizu, biroq uning xayolotini reallikdan chetga surib qo‗yamiz"_, – deydi. Binobarin xayolot – ijodkorning ma‘naviy dunyosi uning real imkoniyatlariga qaraganda beqiyos darajada keng va nihoyatda boy. Shuning misoli tariqasida U. Normatov Erkin Vohidovning "Qumursqalar jangi", Arslon o‗ynatuvchi, "Ruhlar isyoni" singari she‘rlarini olqishlab, bu ijod namunalari realizmdan uzoqlashmagani holda, real imkoniyatlar va xayolotning beqiyosligini umumlashtirganini va oyog‗i bilan zaminga mustahkam o‗rnashgan insonning ichki olamini teranroq ochishga xizmat qilganini ta‘kidlaydi.
1
72 III.2. SHOIR SHE’RIYATIDA RUHIY TAHLIL VA RUHIY QIYOFA. Har bir insonning hayotida shunday daqiqalar bo‗ladiki, u birdan hayot haqida mushohada yurita boshlaydi. Shaxs va muhitning o‗zaro bog‗liqligi, o‗zining jamiyatda tutgan o‗rni va vazifasi nimadan iborat ekani haqida fikr qilishga tushadi. hamma zamonlarda ham progressiv(ilg‗or) insonlarni, xususan shoirlarni borliq, olam haqidagi muammolar qiziqtirib kelgan. Bu "la‘nati jumboqlar" (Dostoyevskiy bu muammolarni shunday atagan)kirib bormagan adabiyot yo‗q. Uning ustida bosh qotirmagan shoirni topish amri-mahol. Shuning uchun ham YE. Yevtushenko "Bu yurtda shoir shoirlikdan ko‗ra ko‗proq vazifani bajaradi"_ degan edi. Pushkinning dahosida shoirlik juda yuksak qadrlangan va uning e‘tiqodicha shoir ilohiy bir yumushga mas‘ul etib tayinlangan zot, degan tushuncha mavjud bo‗lgan. Shuning uchun ham u ijodiy qobiliyat va ijodkor haqidagi "Payg‗ombar" nomli she‘rida shoir shaxsini xudo, nabiy va serafim darajasidagi yuksaklikda tasvirlaydi. Xuddi mana shu mezonlar misolida olib qaraydigan bo‗lsak, Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" she‘ri inson ruhiyatining eng chuqur nuqtalarini ham zabt eta olgan ijod namunasi bo‗lib hisoblanadi. Bu dunyoga Nazrul Islom Shoir bo‗lib tug‗ildi. Ibtidodan yoniq ilhom Shu‘lasiga yo‗g‗rildi.
Bengal xalqining farzandi, shoir Nazrul Islom haqidagi she‘r bu. Bir millatga mansub, ammo ikki xil diniy e‘tiqod tarafdori bo‗lgan basharning o‗zaro
73 xunrezliklari, behuda mojarolari qalamga olingan doston. Yuqorida таъкидлаб ўтганимиздек, катта-katta epik asarlar miqyosini qamrab olgan she‘riy asar bu. Shuning uchun ham mazkur mavzuda mushohada yuritgan adabiyotshunos olim U. Normatov: "Hayotdagi murakkab, chigal, dialektik aloqadorlikni tag-tomiri bilan ko‗rsatish jihatidan bu she‘r faqat yirik epik asar uddalay olishi mumkin bo‗lgan vazifani ado etgan" deb yozgan edi. Unda bir mamlakatda istiqomat qilayotgan hindu bilan musulmon qavmining kelishmovchiliklari – shoir Nazrul Islomning qalb prizmasida olib ko‗rsatilgan. Shoirni u tug‗ilmasdan Gado qilgan edilar. Shoir bir doston yozadi, unda haq so‗zni aytadi. Xalqni ikkiga bo‗lib, o‗zaro qirpichoq qilib – parokanda bu qavmning kanadek qonini so‗rayotganlar aslida bu mojarolarni chetdan tomosha qilib turgan oq tan janoblar ekanini barchaga uqdirmoqchi bo‗ladi. Biroq... Malomatga qoldi endi Shoir bitib haq doston. Hindu uni «jobon» dedi, «Kofir» dedi musulmon. Dostonning mana shu nuqtasida nuktadon o‗quvchi hushyor tortadi. To‗g‗risini aytsam, bir oz esankirab qolishi ham mumkin. Gap qayoqqa sirg‗alib borayotganini faxmlagandek bo‗ladi. She‘rda bor bo‗yi bilan bo‗rtib turgan ruhiy iztirob nafaqat shoir Nazrul Islomga, balki Erkin Vohidovning o‗ziga tegishli ekani kundek ravshan namoyon bo‗ladi. Bu holni biz shoirning "Zamin tashvishlari", "Arslon o‗ynatuvchi", "Manfaat falsafasi", "Biz ishlayapmiz" singari asarlari misolida ham ko‗rishimiz mumkin.
74 Umarali Normatov shoirning "Hayvon o‗rgatuvchi" she‘riga yuksak baho berib, uni "Bugungi poeziyamizning yutug‗i"_ deb olqishlagani bejizga emas. Bas, boshimda qamchi o‗ynatma! Ko‗ksimdagi Uxlab yotgan hisni qo‗zg‗atma! Haddan oshma! O‗z boshingga o‗zing yetarsan, Etlaringni Nimta-nimta qilsam, netarsan! Bu – olovli panjaradan sakrashga undalgan arslonning yurak hayqirig‗i. Arslon o‗ynatuvchiga u isyonini bo‗ysunmasligi bilan bildirmoqchi bo‗ladi. Yirtqich-da, ba‘zan sarkashligi vahimali tus oladi. Qo‗lida qamchi tutib amr-farmon qilib turgan kishiga "sen bor-yo‗g‗i bir masxarabozsan, men esam tutqun bo‗lsam ham chakalakzorlar shohiman" deb nopisand qaraydi. Shoxni shunday shildirvachchaning qo‗liga topshirib, bundan huzurlanib turgan tomosha ahliga nafrat bilan boqib, taqdiriga la‘nat aytadi. Shu asno hayvon o‗rgatuvchi uning yoniga kelib, qulog‗iga bir nimalarni shivirlaydi: – Nodon dema, Men bilaman arslon qudratin. Sen to‗qaylar podshosisan, Men – bechoraman, Hamla qilsang, Bir lahzada tilka-poraman. Odam odamni ekspluatatsiya qilgan, hukmron sinfning birovning fojeasi ustida huzur-halovatini qurgan davrning qiyofasi mana shu. Boshqalarning mehnati mahsulini o‗zlashtirish orqali tenglikning yo‗qolishi, nohaqlikning haddidan oshishiga shahodat bu. Tiriklik ko‗yida o‗zini o‗tga-cho‗qqa urishning yorqin namunasi shu.
75 Odamlar olamidagi bu kabi yovuzliklar, yirtqichliklar hattoki yirtqichning ham bag‗ri dilini o‗rtab yuboradi: Bu so‗zlarga chidolmadi, To‗lg‗ondi arslon: – Bo‗ldi, bas qil! Yuragimni qon qilma, inson! Zotan, Amerikaning Vankuver tomoshagohida tug‗ilgan bu she‘r qaramlikka, mutelikka nisbatan o‗tkir aybnoma bo‗lib yangraydi. Unda mustabid tuzumning bor shafqatsizliklari, nohaqliklari qalamga olinadi. Tirikchilik – yashash uchun bir parcha non topish ilinjida odam bolasi nafaqat o‗zini, balki boshqa jonzotlar boshiga ham ne ko‗ylarni solmaydi deysiz. Shoir faqat shu tafsilotlar bilan cheklanib qolmaydi, balki illatning ildizini ochib beradi – bu esa shoirning, yuqorida ta‘kidlaganimizdek yirik epik asarning qamroviga teng bo‗lgan she‘rda hayotning yuksak psixologizmini ifoda eta olganligidan dalolatdir. E.Vohidov yozganidek, inson ―Zarrani ijod etib, daxshat balo bunyod etib, Oqibatni yod etib hayron‖u lol o‗tirgan vaqt edi bu. Xuddi shu mavzu A.Oripovning ―So‗nggi urush‖ she‘rida maxsus qalamga olingan. Yuz berishi mumkin bo‗lgan dahshatli falokat shoir qalbini larzaga soladi:
Bir qadam qo‗ysang bas – naryog‗i o‗lim,
Bir qadam qo‗ysang bas – shaksiz halokat.
Odamzod boshida turibdi shu zum
Qazoyi muallaq, mudhish falokat.
76
Shoir bejiz so‗nggi urush demaydi. Chunki xavf solib turgan urush ―nainki odam, hayotning o‗zi‖ni ham qabrga tiqishi, ko‗hna tamaddunni kunpayakun qilib, umuman bashariyat kelajagini yo‗qlikka yuborish mumkin. Asr ―kashf etgan‖ balo qarshisida qalbi larzaga kelgan shoir ―so‗nggi she‘rini yozishga-da rozi‖, faqat urush bo‗lmasa bas.
She‘r ruhidan kelib chiqib aytish mumkinki, o‗tgan asrning 60-70 yillarida dunyoga xukm surgan sovuq urush vahimasi, uning yuraklarga etkazgan daxshati – bularning bari shoirning xayolot olamini yorib kirgan, uni o‗z ta‘sir doirasiga olgan edi.
boshlarimiz ustida ―bir soch tolasiga bog‗langan shamshir‖ osilib turganini his qilgan holda yashayotgan ijodkorning dunyo to‗g‗risida, uning boshqaruvi, ravishi haqida o‗ylamasligi mumkin emas edi. Bular bari esa o‗tgan asr ikkinchi yarmi o‗zbek she‘riyatining ijtimoiylashuv jarayoniga jiddiy ta‘sir ko‗rsatgan muhim omillardan hisoblanadi.
XX asr yana intellekt davri bo‗ldi. Odamzod kosmosga chiqdi, dengiz tubiga sho‗ng‗idi, o‗zi sayyoraga qadam qo‗ydi, telefon, televizor, radio, kompyuter kashf etildi.
Natijada aqlga e‘tibor shoirning botinidagi iqlimga qadar o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. E.Vohidovning ―Yurak va aql‖ degan she‘rida shu xususda so‗z boradi:
Meni bir yon boshlasa, aqlim,
Boshqa yog‗iga yetaklar yurak.
77
Bilolmayman, qaybiri haqli,
Qay biriga ishonmoq kerak?
Ya‘ni aql va yurak o‗rtasida talosh bulayotgan inson o‗ylari aks etgan ushbu she‘rda, aqlning ustuvorligi ortib borayotgan sharoitda yozilgan she‘rda shoir aql haqligini tan olgani holda yurak izmiga yurmoqni osonroq biladi, faqat unga ishonadi. Albatta, bu shoirning ratsionalistik qarashlar ustuvorlik kasb etib, hislarga e‘tibor susaygandek bo‗layotgan sharoitga munosabati, ta‘bir joiz bo‗lsa isyonidir. Ayni chog‗da, shoir aslo aqlning rolini inkor etmoqchi emas, faqat meyorni, insonning ong faoliyati aqliy va hissiy tomonlar birligi ekanligi unutilmasligini istaydi.
E.Vohidov intellektual lirikaning qator yaxshi namunalarini yarata olgani ham yuqoridagi qikrimiz dalilidir. Shoirning ―Po‗lat‖ deb nomlangan she‘rini o‗qiymiz:
U dastavval oybolta bo‗ldi,
So‗ng zambarak bo‗lib quyuldi.
Qilich ham u, miltiq va nagan,
U bomba bo‗lib ham portlagan
Lekin olgan jahonni faqat
Pero bo‗lib quyilgach po‗lat. Jajjigina she‘r. Lekin shu kichik she‘r maydonida insoniyatning po‗lat bilan bog‗liq o‗tmishi g‗oyat qisqa shaklda bayon etilgan. Umuman, bashariyat temir, mis va po‗lat kabi taraqqiyotga turtki bergan tengsiz ashyolarni kashf etgunga qadar minglab yillarni boshidan kechirgan. Ma‘danlar ixtiro qilingach esa evolyusion yo‗ldagi harakat misli ko‗rilmagan darajada tezlashib ketgan. Lekin po‗latning
78 oybolta bo‗lib quyulganidan to bomba bo‗lib portlagunicha ham inson yashagan, izlangan, fikrlagan.
Aynan shu vaqt qaysidir ma‘noda insoniyatning ongli, anglagan hayotini belgilaydi. Aynan shu davrlarning qaysi bir nuqtasida po‗latdan shoir aytgan pero quyulgan. Pero esa odamzod turmushining madaniy bosqichidan darak beruvchi bir detal. Umuman olganda esa oybolta, zambarak, qilich, miltiq, nagan, bomba kabi detallarning ortida ham bashar ahli bosib o‗tgan ijtimoiy siyosiy tarix bo‗laklari yotadi.
Nihoyat, XX asrga kelganda shu po‗lat pero shaklida adabiyotga, xususan, she‘riyatga kirib keldi. Adabiyotda gap po‗lat haqida ketar ekan, demak, mavzu o‗zga, ijodkorning dunyoni badiiy estetik qabul qlishi o‗zga. Bu o‗zgachalik shoir badiiy tafakkur tarzidagi ijtimoiy kayfiyat bilan izohlanishi, tushuntirilishi mumkin. Po‗latning tadrijiy takomili natijsi o‗laroq insonning oyog‗i Oyga, Marsga yetdi. She‘riyatga esa kosmonavt,kosmos mavzulari kirib keldi. Chunonchi, ―Kosmonavt va shoir‖ deb nomlangan she‘ri shu ruhni mahsuli.
Biz mazkur bobimizda E.Vohidov ijodiga xos psixologik yunalishlariga e‘tiborimizni qaratdik. Albatta, bu yo‗lni tutganimiz ayrim e‘tirozlarni uyg‗otishi ham mumkin. Lekin bunday yo‗l tutishimizga sabablarimiz borki, shu o‗rinda ularni qayd etish maqsadga muvofiq.
Avvalo, har bir adabiy avlodga xos eng muhim jihatlar shu avlodning peshqadam vakillari ijodida mujassam ifodasini topadi. Shu ma‘noda, biz obyekt sifatida olgan shoirlar ijodi ular mansub avlod ijodidagi ijtimoiy poeziya, uning g‗oyaviy-tematik xususiyatlari haqida yetarli tasavvur uyg‗otadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling