Udk raxmonova gulnora
TA’LIMDA NAZARIYANING AMALIYOT BILAN BOGLAB
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- TA’LIMDA KO’RSATMALILIK QOIDASI.
- TA’LIMNING O’QUVCHILARGA MOS BO’LISHI QOIDASI
- TA’LIMDA BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARNI PUXTA VA MUSTAHKAM O’RGANISH QOIDASI
- 3-ilova "Ism-sharifi" usuli.
- 4-ilova Ta’lim prinsiplarini o’rganishga oid muammoli topshiriqlar
TA’LIMDA NAZARIYANING AMALIYOT BILAN BOGLAB O’QITISH QOIDASI Didaktikada ta’limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’lab olib borish eng asosiy va yetakchi qoidadir. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo’lib, ana faoliyaga xizmat qilganligi va xayot bilan bog’langanligi sababli, bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o’zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo’llay bilish ham kerak. Bu qoida ta’limning ilmiy qoidasi bilan mustahkam bog’langandir. O’quvchilar ilm bilan qurollanar ekan, ilmni nazariy jihatdan o’rganar ekan ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo’lganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etganini, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar ilmni tabora rivojlantirib borishini, ilm esa, o’z navbatida, ishlab chiqarishni takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta’limning mazmuni ham, o’qitish usullari, ta’limni tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi. Maktab ta’limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasi dastavval o’quv fanining mazmuni va o’ziga xos xususiyatiga bog’liq holda o’qish jarayonida amalga oshiriladi. Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o’zlashtirish va uni amalda qo’llay olish, o’quv materiallarini idrok qilish, anglash shuningdek, uni mustahkam esda saqlab qolish kabi ruxiy operatsiyalar bilan bog’liq holda bir butun jarayonni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astronomiya va bashka tabiiy fanlardan o’zlashtirgan nazariy bilim, ko’nikma va malakalar o’quv tajriba xonalari va laboratoriyalari, zamonaviy texnika vositalari, tajriba yer uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida qo’llaniladi. Bu mashg’ulotlar ularni kelgusida zarur bo’lgan tajriba bilan qurollantiradi. Ta’lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o’quvchilar o’quv materialining tub mohiyatini, tabiiy va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to’g’ri, chuqur tushunib oladilar va kelajakda amaliy faoliyatlari uchuy zarur bo’lgan maxorat, ko’nikma va malakalar hosil qiladi. O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olgan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar. Bilimlarni amalda qo’llanish malakalarini hosil qiladilar. Ishlab chiqarish ta’limi o’quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular egallab olgan nazariy bilimlar asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko’nikmalari hosil qiladilar. SHu bilan birga nazariy bilimlarga ham aniq kiritab boriladi. O’quvchilarning korxonalarda o’tkazadigan ishlab chiqarish amaliy mashg’ulotlari o’qishni unumli mehnat bilan bog’lab olib borishning yakunlovchi bosqichidir. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning bajarayotgan hamma ishlari orqali ularda fan asoslarini o’rganish va mehnatga bo’lgan qiziqish, intilishi tabora rivojlanadi, mehnatga bo’lgan muhabbat, mehnat ahliga hurmat, ehtirom kamol topadi. TA’LIMDA ONGLILIK, FAOLLIK VA MUSTAQILLIK QOIDASI Bu qoida o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e’tiqod tarkib topadi. O’qitishning ongli qoidasi o’quvchilarning materialni idrok qilishda ta’riflar, teoremalar, adabiyotdan she’r yodlash va hokazolarning ifodalanishigina emas, balki ularning hayotiy hodisalar, jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan mazmunini ham tushunishlarini talab etadi. Aks holla bilimlarda yuzakichilik avj oladi, unda material quruq yodlab olingan bo’ladi. O’quvchilar uni qayta aytib bera oladilar, lekin uning mohiyatini tushunmaydilar va amaliy faoliyatlarida qo’llay olmaydilar. Bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish o’quvchilarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishini, emotsional kechinmalar uyg’otishni ham o’z ichiga oladi. O’quvchining bilimlarini o’zlashtirishga faol munosabatda bo’lishi uning bilish faoliyatini aktivlashishiga yordam beradi. O’qitish jarayonida onglilik va faollik qoidasi o’quvchilarda tafakkur va nutqni rivojlantirishni nazarda tutadi. Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qo’yishdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligi, dastavval, ularning aqliy faoliyati-tafakkur qilish faoliyatidir. SHunga ko’ra, ta’limni ongli o’zlashtirish qoidasi, bir tomondan o’quvchilarni mustaqil, faol fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o’quvchilarni mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi. Onglilik va faollik qoidasi o’quvchilarni mehnat va o’qishda ijodiy faoliyat usullariga o’rgatishni talab qiladi. Qayta kurish davrining maktab va xalq ta’limi oldiga qo’ygan talablari ham shu maqsadga qaratilgan. Xuddi shu maqsadga maktablar haqidagi hujjatlardagi tavsiyalar - darsning tashkil qilishning faol shakllarini qo’llash, yuqori sinflarga ma’ruza va seminar mashg’ulotlarini birga qo’shib olib borish, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya, unumli mehnat davomida o’quv harakteridagi topshiriqlarni bajarish va boshqalar xizmat qiladi. O’quvchilar faolligini rivojlantirish, ularnimg o’quv faoliyatlarining takomillashtirish tufayli ayni vaqtda o’qitishda yuksak samaradorlikka erishiladi, ya’ni o’quv jarayoni tezlashadi. TA’LIMDA KO’RSATMALILIK QOIDASI. Ta’limning ko’rsatmalilik qoidasi didaktik qoidalarning biri bo’lib, u o’qitish jarayonining sifatini oshiradi, o’quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi.O’qitishning ko’rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar o’quvchilarda o’rganilayotgan narsa va xodisalarni bevosita idrok qilishga bog’liq muayyan hissiy amaliy tajriba bo’lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli suratda o’zlashtiradilar. Bu qoida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m-ma’za bilish, teri, muskul- harakat kabi sezgi organlarining bir………………. iuda obeket ustala safarbar qilinishini talab etadi. Ko’rsatmalilik qoidasi ta’limning yetakchi qonun -qoidalarni va talablarni amalga oshirishda vositachilik. CHunonchi: 1. Bayon qilinayotgan temaning mazmuniga mos keladigan materiallardan unumli va to’g’ri foydalanish o’quvchilarning o’tilayotgan materialni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishini ta’minlaydi. Dars qiziqarli bo’ladi. 2. Ta’limda qo’llanilayotgan ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning qay darajada yaqqol va aniq, obrazni idrok qilishini ta’minlasa va kuzatayotgan ob’ektga mumkin qadar ko’proq sezgi organlari safarbar qilinsa, o’quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o’zlashtiriladi, uzoq vaqt eslab qolish hamda qayta esga tushirish mumkin bo’ladi, oqibatda o’quv materiallarining puxta o’zlashtirilishi ta’minlanadi. 3. Ko’rsatmali materiallar orqali o’quvchilar ob’ektiv borliqdagi narsa, voqealar bilan, ularning xususiyati, belgilari bilan tanishadi. Mavhum xodisalarning aniq obrazlar orqali idrok qilinishi natijasida o’quvchilarni mantiqiy fikr qilish qobiliyatlari rivojlanadi. O’quvchi-larning ayniqsa sxema, jadval, diagramma kabi materiallar ustida ish olib borishlari va material xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari alohida ahamiyatga egadir. 4. O’quv materiallarining ko’rsatmali bo’lishi o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni tajribada, ishlab chiqarish amaliyotida qo’llana olishlari uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalar bilan ham qurollantiriladi. Ta’limda ko’rsatmalilikning samarali natijalar berishi uchun uning boshqa tomonlariga ham e’tibor berish kerak. Birinchidan, ishlatiladigan ko’rsatmali qurollar u yoki bu sinf o’quvchilarining yoshi va o’ziga xos xarakter xususiyatlari, umumiy tayyorgarligi- saviyasiga mos keladigan bo’lishi lozim. Ikkinchidan foydalanadigan ko’rsatmali qurollar o’tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga yordam beradigan materiallar bo’lishini hisobga olmoq, demak, uning to’g’ri tanlanishiga e’tibor bermoq lozim. Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko’rsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo’lgan ta’lim usullari to’g’ri tanlangan bo’lishi zarur. Ayni paytda maktablarimizda qo’llanilayotgan materiallarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: 1). Buyum va narsalarni asli, tabiiy holda ko’rsatuvchi materiallar: o’simliklar va ularning tarkibi, hayvonlar, ma’danlar, gerbariylar, kolleksiyalar, ashyolar, asboblar va razryadlarni hosil qilishni sinf yoki laboratoriya sharoitida namoyish qilish va boshqalar, 2). Grafik-ko’rsatmali qurollar: chizmalar, diagramma, filmlar, diapozitivlar, ovozsiz kinofilmlar, 3). Tasviriy-ko’rsatmali qurollar: rasm, fotosurat, diafilmlar, diapozitivlar, ovozsiz kinofilmlar, 4). Eshittirish bo’yicha ko’rsatmalilik, gramplastinkalar, magnit lentasiga yozib olingan badiiy o’qish namunalari, chet el tillaridagi so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga oid materiallar. Ta’limning ko’rsatmali bo’lishi hozirgi zamon maktablari oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo’lib kelgan va hozir ham undan yanada samarali foydalanish borasida katta ishlar olib borilmoqda. TA’LIMNING O’QUVCHILARGA MOS BO’LISHI QOIDASI Ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi qoidasi deganda o’quv material-larning mazmuni, uning hajmi, harakteri, u yoki bu sinf o’quvchilarining jismoniy rivoji, umumiy tayyorgarligi-saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo’lishi tushuniladi. Moslik qoidasida ta’limning ikki tomoni e’tiborda tutiladi: 1) Ma’lum sinf uchun belgilangan o’quv materiallarining harakteri, mazmuni va hajmi shy sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo’lishi, 2) Har bir sinf uchun belgilangan bilim hajmi shy sinf o’quvchilarining saviyasiga mos bo’lishi lozim. Biroq, shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, maktab islohatidan keyingi qayta qurish jarayoni uchun maktablarimiz faoliyatidagi mazkur ikki holatni qat’iy va hal qiluvchi didaktik talablar deb bo’lmaydi. CHunki, muayyan bir sinf o’quvchilarining jismoniy rivojlanishida ham, bilim o’zlashtirishidagi kuch va qobilyatlarda ham, albatta, har-xilliklar bo’ladi va buni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. SHuningdek, moslik qoidasini maktab ta’limining mazmuni bola-larning kuch quvvatiga qarab "engillashtirish", "osonlashtirish" deb ham tushunmaslik lozim. Aksincha, o’quvchilarning saviyasiga muvofiq ravishda, asta sekin qiyin va murakkabroq bilimlar berib borish talab qilinadi. Ilg’or klassik pedagogika namoyondalari ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi yuzasidan bir qator qoidalar ishlab chiqqanlar. Ulardan biri "Osondan qiyinga qarab borish" qoidasidir. O’tiladigan materialning haddan tashqari chigal bo’lishi bolalarni qiziqishini so’ndirganidek, u bilimda olg’a qarab borishini ham ta’minlay olmaydi. Aksincha o’tilajak materiallar bolalar saviyasiga nisbatan og’ir, tushunish qiyin bo’lsa, qo’yilgan misol va masalalarni yechish, hal qilishga o’quvchilarning qurbi yetmasa, ularda o’z kuchiga ishonmaslik kayfiyati tug’iladi. Moslikning ikkinchi bir qoidasi "Ma’lumdan noma’lumga qarab borish" dir. Bu qoidaga amal qilishda o’quvchilarda avvaldan mavjud bo’lgan ilmiy bilim va tajribalar zamirida yangi, hali o’quvchilarga ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar bilan qurollantirishni tushunmoq lozim. Moslik qoidasining uchinchisi "Soddadan murakkabga qarab borish"dir. Ko’pincha biz tushunib yetgan, o’zlashtirilgan hamma narsalar sodda, tushunib yetmagan, o’zlashtirilmagan narsalar esa murakkabdek ko’rinadi. Ta’limning sodda bo’lishi u yoki bu o’quv materialini ortiqcha kuch sarflamay tushunib olishdir. O’quvchilar yaxshi tushungan, o’zlashtirilgan bilimlarni yangi tushunchalar (murakkab) bilan aniq va ravshan qilib bog’lay olishlari natijasida sodda vazifalarni (misol va masalalar) bajara borib, murakkab materiallarni o’zlashtirish, murakkab bo’lgan masalalarni ham yechishga-hal qilishga hozirlanib boradilar. TA’LIMDA BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARNI PUXTA VA MUSTAHKAM O’RGANISH QOIDASI Ta’limning puxta o’zlashtirish qoidasi muhim didaktik talab va qoidalarni, ya’ni o’quvchilar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustaxkam, esda saqlab qolish hamda o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qo’llay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Demak, puxta o’zlashtirishni harakterli belgisi ta’limni mustahkam esda saqlab qolishdir. Boshqacha qilib aytganda, bu qoida o’quvchilarning xotira faoliyati, ya’ni o’quv materiallarini esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushirish kabi xotira jarayoni faoliyatiga bog’liqdir. O’quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o’quv materiallarini tazimli va ongli o’zlashtirilishiga bog’liq. Avvalgi mashg’ulotlarda hosil qilingan bilim ko’nikma va malakalar ancha murakkabroq materialni o’zlashtirib olish uchun pillapoya, baza bo’lib xizmat qiladi. Lekin hosil qilingan bilim puxta o’zlashtirilgan, yaxshi mustahkamlashgan bo’lishi va o’quvchilarning xotirasida o’zoq vaqt saqlanishi kerak. Mustahkamlash qoidasi shulardan iborat bo’lib, ularga rioya qilmaslik o’quvchilarning ilmiy bilimlarni puxta o’zlashtirolmasligiga sabab bo’ladi. SHunday qilib, bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtrib olishning mustahkamligiga avvalo hamma o’qitish qoidalari: tushunarlilik, tizimlilik va izchillik, nazariya va amaliyotning bog’liqligi, ko’rsatmalilik, o’quvchilarning onglilik va faolligi qoidalarini amalga oshirish bilan erishiladi. Puxta o’zlashtirishni muvaffaqiyati ko’p jihatdan takrorlash va mashq qildirishga ham bog’liqdir. Takrorlashning ahamiyati shundaki, takrorlash jarayonida faqat oldindan o’zlashtrilgan o’quv materiallarigina esga tushurilmay, balki shu o’quv materiallariga bog’liq bo’lgan yangi yangi ma’lumotlar ham beriladi, o’zlashtirilgan bilimlarning noaniq, tuman bo’lib qolgan tomonlari oydinlashtiriladi va to’ldiriladi. Takrorlash, xotirada qayta tiklashni bir necha yo’l bilan olib borish mumkin. Har bir darsda avvalgi dars materiali bilan yangi material o’rtasida bog’liqlik o’rnatish maqsadida kundalik takrorlash o’tkaziladi. Mavzu yoki bo’lim yuzasidan o’rganilgan materialni tizimlashtirish, chuqurlashtirish va mustahkamlash maqsadida o’quv yilining oxrida Asosiy savollar bo’yicha yalpi takrorlanadi. Takrorlanishning ikkinchi turi maxsus qaytarishdir. Bunday takrorlash katta mavzularni o’tib bo’lgach, shuningdek, ma’lum bir chorak ichida o’tilgan material yuzasidan olib boriladi. Maxsus takrorlashning keng tarqalgan turi o’quv yili oxirida alohida ajratilgan soatlarda o’tkaziladi. TA’LIMDA O’QUVCHIGA XOS XUSUSIYATLARNI HISOBGA OLISH QOIDASI Ta’lim-tarbiya jarayonining hamma tomonlari umumsinf o’quvchilari jamoasiga xos xususiyatlarga amal qilgan holda yo’l qo’yiladi. Biroq har bir o’quvchi o’ziga xos jismoniy, axloqiy, ruhni va bashka xususiyatlarga egaki, bu uning o’quv faoliyatiga katta ta’sir etadi. Shu jihatdan ta’lim jarayonida umumsinf o’quvchilarini, hamda shy sinfdagi har qaysi o’quvchining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holla ish ko’rish muhim didaktik ahamiyatga ega. O’quvchilarning real o’quv imkoniyatlarini, ularning rivojlanish jihatlarini o’rganish hozirgi vaqtda shunchaki xoxish emas, balki majburiy talabdir. Busiz o’quv jarayonini muqobilllashtirish, uni boyitish aqlga sig’maydi. Sinf o’quvchilari jamoasiga xos bo’lgan umumiy xususiyatlar, avvalo, ma’lum sinf o’quvchilarining jismoniy, aqliy va ruhiy rivojida namoyon bo’ladi. Ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishida o’quvchilaraning o’ziga xos xususiyatlarini kuzatish va o’rganish hamda shy xususiyatga xos muomala qilish hal qiluvchi o’rin egallaydi. Darsda har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlarini to’la hisobga olish juda qiyin va har doim ham buning iloji bo’lavermaydi. Pedagog o’quvchilarni darsdagi va amaliy mashg’ulotlar jarayonidagi ishini, uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, yozma ishlari, yasagan ko’rgazma materiallarini tekshiradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o’rtoqlari va boshqalarga bo’lgan munosabati, xulqi, irodaviy sifatlarini o’rganadi, ular bilan suhbat qiladi. Kuzatish jarayonida u o’quvchining kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga mos bo’lgan xususiyatlarni bilib oladi, o’quvchining hayotiy va mehnat qobilyatini o’rganadi. Bo’sh o’zlashtiruvchi dasturning ma’lum bir bo’limi yoki fan buyicha orqada qolish sabablarini aniqlaydi. O’qituvchi ularni bilib olgandan keyin birinchi navbatda yomon holatlarning ta’siriga bardosh berish choralarini ko’radi. Masalan: o’quvchining ko’rish qobilyati uncha yaxshi bo’lmasa yoki yomon eshitsa, uni birinchi qatorga o’tqizishi kerak. Bu narsa diqqati beqaror bo’lgan o’quvchilarga ham tegishlidir. Bundan tashqari, ulardan tez-tez so’rash, undan o’rtog’ining javobini qaytarishta, to’ldirishga yoki u xaqda o’z fikrini bildirishga majbur etish lozim. 3-ilova "Ism-sharifi" usuli. Bu usul siz muloqotga kirishayotgan odamning ismi sharifini aytishdan boshlanadi. O’z ismini boshqalardan to’liq eshitish inson uchun xamisha xush yoqadi. Amerikalik psixolog D.Karnegi yozganidek, o’z ismini boshqalardan eshitish inson uchun yokimli musiqaga o’xshaydi. Bu usulning psixologik mexanizmlari quyidagicha: 1. Insonga berilgan ism xamisha u bilan yonma-yon. 2. Agar insonga uning ismini aytmay murojaat qilinsa, bu unga nisbatan faqat xizmat yuzasidan murojaat qilinayotganini bildiradi. Agar insonga ismini aytib murojaat qilsangiz, unga nisbatan e’tibor berilganini bildiradi. 3. Ismini aytib chaqirish, bu insonning shaxs sifatida tan olishdir. 4. Inson shaxs ekanligini xis qilsa, unda albatta qonikish xissi uyg’onadi. 5. Qoniqish xissiyoti esa doimo ijobiy xissiyotlarga bog’liq. 6. Inson doimo kimgadir yoqishga intiladi, kimdir unga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lishini xoxlaydi. 7. Agar kimdir bizga ijobiy xissiyot uyg’otsa, u o’ziga tortadi, va u bilan yaqindan muloqot qilishni xoxlaymiz. "Ism-sharif" usuli ta’siri psixologik mexanizmining moxiyati quyidagicha: o’z ismining jaranglashi - shaxsga e’tibor - shaxs sifatida tan olish - qoniqish hissi - ijobiy xissiyotlar manbaiga yakinlashish. Demak, o’quvchilarni ismini aytsangiz, xoxlasa, xoxlamasa, unda ijobiy xissiyot uyg’otasiz. 4-ilova Ta’lim prinsiplarini o’rganishga oid muammoli topshiriqlar 1. Ulug' allomalarimiz ishlab chiqqan va foydalangan ta'lim prinsiplarini (1- ilovadagi) barcha tadqiqotchi-didaktiar uchun umumiy hisoblangan prinsiplar bilan qiyoslang. 2. Maktab issiqxonasida 5-sinf o'quvchilari biologiya o'qituchisi rahbarligida g'o'za, sabzi, qizil lavlagi va rediska urug'ini yerga qadadilar va ularni o'sishini o'rganish uchun kuzatish olib bordilar. Biologiya o'qituvchisi fenomenologik kuzatishlar olib borganda o'quvchilarga ushbu o'simliklarni nafaqat yer usti qismini, baiki yer osti qismini kuzatish vazifasini ham topshirdi. Kuzatishlar nihoyasiga yetay deb qolganda ona tili o'qituvchisi bolalarga kuzatishlar asosida quyidagi savollarga yozma javob berishni taklif qildi: g'o'za, sabzi, qizil lavlagi va rediskani qachon ekdingizlar? Ekish uchun qanday agrotexnik choralar qo'rildi? Qaysi ekinlar birinchi bo'lib o'sib chiqdi va bunda siz nimani kuzatdingiz" O'q ildiz qachon hosil bo'ladi? O'q ildizda oziq moddalar to'planadimi va ular nima deb aytiladi? va h.k. O'quvchilar jamoa bo'lib javob tayyorladilar. Natijada o'quvchilar daftarlarida hikoya paydo bo'ldi. 1. Ushbu darsda qanday ta'limiy vazifalar yechildi? 2. Unda qanday didaktik prinsiplar ifodalandi? 3. O'zbek tili o'qituvchisi shunday yozadi : "Oilam yilnomasini yozuvchisi bo'laman" mavzusida VI sinf o'quvchilari insho yozayapti. Kutilmaganda qo'l ko'tarildi. O'quvchini yoniga keldim. Dilshoda tortinib: "genealogiya daraxti" iborasida "genealogiya" atamasini va uni bizga qaysi tildan o'tib kelganini to'g'ri yozdimmi deb so'rayapti. Bilaman, Dilshoda bu atamani haqiqatdan ham yozishda qiynalayotgani uchun so'rayotgani yo'q, u har bir baho uchun ortiqcha darajada kuyinadi, o'ziga to'la ishonmaydi, mustaqil ishlashga xali odatlanmngan. Jur'atli emas..." Ko'rayapman Muhabbat A. ham qandaydir bezovta bo'layapti. Muxabbat -tez hayajonlanadigan qiz, agar u yozganlaridan qoniqmasa, keyingi barcha ishlarini buzib qo'yishi mumkin. Unga o'zim bordim... Muhabbat menga pichirlayapti: daftar chetidagi maydonga o'tib ketibman. So'zni ko'chirish mumkin, u esa bu yerga sig'madi"... Mana boshqa Muhabbat I. Menga yalinib-yolvorib qarayapti. Bilaman, u ishni a'lo bahoga bajarishga bor kuchini sarflaydi, bu intilishni quvvatlash va rag'batlantirish kerak. Ashur N. yozishni tugalladi, ruchkani qo'ydi va dam olayapti, butun sinf esa hali yozayapti. Bilaman: Ashur o'qish kerak bo'lgani uchun o'qiyapti, ishni qancha talab qilsang shuncha bajaradi, yaxshi ishga havasi yo'q, baholarga xolirjamlik bilan munosabatda bo'ladi... Yuqorida bayon qilingan har bir xodisaga o'qituvchi qanday yo'l tutishi kerak? 4. «O’zbek pedagogikasi antologiyasi", pedagogika darsliklari va qo'llanmalari bilan ishlab Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zarnudjiy, Ulug'bek foydalangan ta'lim prinsiplarini ajrating, tizimlashtiring va barcha tadqiqochi- didaktiar tomonidan tan olingan umumiy prinsiplar, shu jumladan Ya.A.Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida bayon qilingan ta'lim prinsiplari bilan taqqoslang. O'rta Osiyolik allomalarning asarlarini X asrdan boshlab Ovro'paga tarqalishini hisobga olib, ulaming Ovro'pada pedagogika fanini rivojianishiga ko'rsatgan ta'siri haqida xulosalar chiqaring. 5-ilova O’qituvchilar bilan o’tkazilgan didaktika va ta’lim prinsiplariga oid blits so’rovlar savol va javoblari : 1. Ta’lim nima? 2. Dars tipi nechta 3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi nima? 4. 3.Pedagogika nima? 5. Didaktika nima? 6. Didaktika nima? 7. Didaktikaning “otasi” kim? 8. Tafakkurni oshiruvchi dars usuli 9. Dars nima? 10. Metod nima? 11. Vosita nima? 12. Bilim nima? 13. Bilish nima 14. Ko’nikma nima? 15. Malaka nima? 16. Didaktika tamoyillari nima? 17. Ta’limning ilmiylik tamoyili nimani nazarda tutadi? 18. Tizimlilik nima? 19. Nazariy bilimlarning amaliyot bilan turmush tajribalari bilan bog’liqligi 20. O’qitib tarbiya berish deganda nimani tushunasiz? 21. Ko’rsatmalilik prinsipi mohiyati? 22. YOshga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish nima? Tezkor savollarga jvoblar 1. Ta’lim – o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon. 2. Beshta (bilim hosil qiluvchi, ko’nikma va malaka hosil qiluvchi, mustahkamlovchi, sinovchi va aralash). 3. SHaxsiy psixologik xususiyatlarni rivojlantirish 4. Ta’lim tarbiya va uning asosiy qonuniyatlari haqidagi fan 5. Ta’lim nazariyasi 6. Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» “o’rgatuvchi”, «didasko» – “o’rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolari)ni o’rganuvchi fan 7. YAn Amos Komenskiy 8. Muammoli dasr usuli 9. Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir 10. Metod - yunon tilidan olingan bo’lib, yo’l, usul, yo’naltiruvchi uslub degan ma’noni beradi, ya’ni maqsadga erishish yo’lidir 11. Vosita - metodlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari, asbob-uskuna, qurol, apparat, kompyuterlar va boshqalar. 12. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui 13. Bilish - ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni. 14. Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 15. Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. 16. (Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang`ich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga qo’yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki holatini belgilovchi qarashlari. 17. Ta’limning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o’quvchi - talabalarni hozirgi zamon texnika fan taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirishga qaratilgan. 18. tizimlilikni ta’lim qoidasi sifatida quyidagi belgilarga ega ekanligini ta’kidlaydi: tartibga solinganlik, tashkiliylik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylik, vorisiylik, istiqbolga yo’nalganlik 1 19. Nazariy bilimlarning amaliyot bilan turmush tajribalari bilan bog’lab olib borish ta’limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim - tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. 20. O’qitib tarbiya berish deganda ta’lim va tarbiyaning bir - biridan ajralmasligini tushunamiz. Xar bir o’quv fani hatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham shubhasiz, tarbiyalovchilik xarakteriga ega. 21. Ko’rsatmalilik prinsipida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid, ta’m, maza bilish, teri-muskul harakat kabi sezgi organlarining bir yo’la ob’ekt ustida safarbar qilinishini talab etadi. 22. Sinf o’quvchilar jamoasiga xos umumiy xususiyatlar va har qaysi o’quvchiga tegishli xususiyatlar ta’limning har bir bosqichida e’tiborga olinishi kerak. 1 Розиqов О. Р. ва бошqалар. Дидактика. Тошкент: «Фан», 1997. 111- бет. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling