Udk raxmonova gulnora


TA’LIMDA  NAZARIYANING AMALIYOT BILAN BOGLAB


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana07.05.2020
Hajmi1.02 Mb.
#103820
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
talim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlari


 
TA’LIMDA  NAZARIYANING AMALIYOT BILAN BOGLAB 
O’QITISH QOIDASI 
 
Didaktikada  ta’limni  turmush  bilan,  ishlab  chiqarish  amaliyoti  bilan  bog’lab  olib 
borish  eng  asosiy  va  yetakchi  qoidadir.  Ilmiy  bilimlar  kishilarning  ishlab  chiqarish 
faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo’lib, ana  faoliyaga  xizmat qilganligi va xayot bilan 
bog’langanligi  sababli,  bilimlarni  egallash  uchun  ularning  mazmunini  o’zlashtirib 
olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo’llay bilish ham kerak.  
Bu  qoida  ta’limning  ilmiy  qoidasi  bilan  mustahkam  bog’langandir.  O’quvchilar 
ilm  bilan  qurollanar  ekan,  ilmni  nazariy  jihatdan  o’rganar  ekan  ilmning  amaliy  ehtiyoj 
tufayli paydo bo’lganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etganini, texnika va 
iqtisod sohasidagi  yangiliklar ilmni tabora rivojlantirib borishini, ilm esa, o’z navbatida, 
ishlab  chiqarishni  takomillashtirishga  va  hayotni  yaxshilashga  yordam  berishini  bilib 
boradilar. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta’limning 
mazmuni  ham,  o’qitish  usullari,  ta’limni  tashkil  etish  shakllari  ham  nazariya  bilan 
amaliyotning birligiga asoslanadi.  
Maktab  ta’limi  tizimida  nazariya  bilan  amaliyotning  birligi  qoidasi  dastavval 
o’quv  fanining  mazmuni  va  o’ziga  xos  xususiyatiga  bog’liq  holda  o’qish  jarayonida 
amalga oshiriladi.  
Bu  birlik  ilmiy  bilimlarni  puxta  o’zlashtirish  va  uni  amalda  qo’llay  olish,  o’quv 
materiallarini  idrok  qilish,  anglash  shuningdek,  uni  mustahkam  esda  saqlab  qolish  kabi 
ruxiy operatsiyalar bilan bog’liq holda bir butun jarayonni tashkil etadi.  
Ta’lim  jarayonida  o’quvchilar  tomonidan  matematika,  fizika,  biologiya,  ximiya, 
astronomiya  va  bashka  tabiiy  fanlardan  o’zlashtirgan  nazariy  bilim,  ko’nikma  va 
malakalar o’quv tajriba xonalari va laboratoriyalari, zamonaviy texnika vositalari, tajriba 
yer  uchastkalari  va  ishlab  chiqarish  mehnati  jarayonida  qo’llaniladi.  Bu  mashg’ulotlar 
ularni kelgusida zarur bo’lgan tajriba bilan qurollantiradi.  
Ta’lim  jarayonida  nazariya  bilan  amaliyotning  birligi  qoidasining  izchillik  bilan 
amalga  oshirilishi  oqibatidagina  o’quvchilar  o’quv  materialining  tub  mohiyatini,  tabiiy 
va  jamiyat  taraqqiyoti  qonuniyatlarini  ilmiy  asosda  atroflicha  to’g’ri,  chuqur  tushunib 
oladilar  va  kelajakda  amaliy  faoliyatlari  uchuy  zarur  bo’lgan  maxorat,  ko’nikma  va 
malakalar hosil qiladi.  
O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonida 
boshlanadi.  Keyinchalik  u  laboratoriya  va  amaliy  mashg’ulotlarda  davom  ettiriladi.  Bu 
mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olgan bilimlarning 

 
 
 
ishonarli  ekanligini  tekshiradilar,  mustahkamlaydilar  va  chuqurlashtiradilar.  Bilimlarni 
amalda qo’llanish malakalarini hosil qiladilar.  
Ishlab chiqarish ta’limi o’quvchilar amaliy faoliyatining  muhim bosqichidir. Ular 
egallab olgan nazariy bilimlar asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko’nikmalari hosil 
qiladilar. SHu bilan birga nazariy bilimlarga ham aniq kiritab boriladi.  
O’quvchilarning korxonalarda o’tkazadigan ishlab chiqarish amaliy mashg’ulotlari 
o’qishni  unumli  mehnat  bilan  bog’lab  olib  borishning  yakunlovchi  bosqichidir.  Amaliy 
mashg’ulotlarda o’quvchilarning bajarayotgan hamma ishlari orqali ularda fan asoslarini 
o’rganish  va  mehnatga  bo’lgan  qiziqish,  intilishi  tabora  rivojlanadi,  mehnatga  bo’lgan 
muhabbat, mehnat ahliga hurmat, ehtirom kamol topadi.  
 
TA’LIMDA ONGLILIK, FAOLLIK VA MUSTAQILLIK 
QOIDASI 
Bu  qoida  o’qitishni  shunday  tashkil  etishni  nazarda  tutadiki,  bunda  o’quvchilar 
ilmiy  bilimlarni  hamda  ularni  amalda  qo’llash  usullarini  ongli  va  faol  egallab  olishadi. 
Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati 
va ilmiy dunyoqarash, e’tiqod tarkib topadi.  
O’qitishning  ongli  qoidasi  o’quvchilarning    materialni  idrok  qilishda  ta’riflar, 
teoremalar,  adabiyotdan  she’r  yodlash  va  hokazolarning  ifodalanishigina  emas,  balki 
ularning  hayotiy  hodisalar,  jarayonlar  bilan  bog’liq  bo’lgan  mazmunini  ham 
tushunishlarini  talab  etadi.  Aks  holla  bilimlarda  yuzakichilik  avj  oladi,  unda  material 
quruq  yodlab  olingan  bo’ladi.  O’quvchilar  uni  qayta  aytib  bera  oladilar,  lekin  uning 
mohiyatini tushunmaydilar va amaliy faoliyatlarida qo’llay olmaydilar.  
Bilimlarni  ongli  ravishda  o’zlashtirish  o’quvchilarda  bu  bilimlarga  nisbatan 
ma’lum  munosabat  hosil  qilishini,  emotsional  kechinmalar  uyg’otishni  ham  o’z  ichiga 
oladi.  O’quvchining  bilimlarini  o’zlashtirishga  faol  munosabatda  bo’lishi  uning  bilish 
faoliyatini aktivlashishiga yordam beradi.  
O’qitish  jarayonida  onglilik  va  faollik  qoidasi  o’quvchilarda  tafakkur  va  nutqni 
rivojlantirishni  nazarda  tutadi.  Mustaqil  tafakkur  turli  usullar  bilan  hosil  qilinadi. 
Tafakkurni  shakllantirish  usullaridan  biri  mustaqil  hal  qilish,  muammoli  vazifalar 
qo’yishdir.  
Ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligi, dastavval, ularning aqliy faoliyati-tafakkur 
qilish  faoliyatidir.  SHunga  ko’ra,  ta’limni  ongli  o’zlashtirish  qoidasi,  bir  tomondan 
o’quvchilarni mustaqil, faol fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu 
jarayon  davomida  o’quvchilarni  mustaqillik  va  faolliklarini  hamda  mantiqiy  fikr  qilish 
faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi.  
Onglilik  va  faollik  qoidasi  o’quvchilarni  mehnat  va  o’qishda  ijodiy  faoliyat 
usullariga o’rgatishni talab qiladi. Qayta kurish davrining  maktab va xalq ta’limi oldiga 
qo’ygan talablari ham shu maqsadga qaratilgan.  
Xuddi shu maqsadga maktablar haqidagi hujjatlardagi tavsiyalar - darsning tashkil 
qilishning faol shakllarini qo’llash, yuqori sinflarga ma’ruza va seminar mashg’ulotlarini 
birga  qo’shib  olib  borish,  ishlab  chiqarish  korxonalariga  ekskursiya,  unumli  mehnat 
davomida  o’quv  harakteridagi  topshiriqlarni  bajarish  va  boshqalar  xizmat  qiladi. 
O’quvchilar  faolligini  rivojlantirish,  ularnimg  o’quv  faoliyatlarining  takomillashtirish 
tufayli  ayni  vaqtda  o’qitishda  yuksak  samaradorlikka  erishiladi,  ya’ni  o’quv  jarayoni 
tezlashadi. 
TA’LIMDA KO’RSATMALILIK QOIDASI. 
Ta’limning  ko’rsatmalilik  qoidasi  didaktik  qoidalarning  biri  bo’lib,  u  o’qitish 

 
 
 
jarayonining 
sifatini 
oshiradi, 
o’quvchilarning 
bilim 
olishlarini 
osonlashtiradi.O’qitishning  ko’rsatmaliligi  shuni  tasdiqlaydiki,  agar  o’quvchilarda 
o’rganilayotgan  narsa  va  xodisalarni  bevosita  idrok  qilishga  bog’liq  muayyan  hissiy 
amaliy  tajriba  bo’lgan  taqdirdagina  ular  bilimlarni  ongli  suratda  o’zlashtiradilar.  Bu 
qoida  o’qitish  jarayonida  ko’rish,  eshitish,  hid  bilish,  ta’m-ma’za  bilish,  teri,  muskul- 
harakat kabi sezgi organlarining bir………………. iuda obeket ustala safarbar qilinishini 
talab etadi.  
Ko’rsatmalilik qoidasi ta’limning yetakchi qonun -qoidalarni va talablarni amalga 
oshirishda vositachilik. CHunonchi:  
 
1.  Bayon  qilinayotgan  temaning  mazmuniga  mos  keladigan  materiallardan  unumli  va 
to’g’ri  foydalanish  o’quvchilarning  o’tilayotgan  materialni  o’zlashtirishga  bo’lgan 
qiziqishini ta’minlaydi. Dars qiziqarli bo’ladi.  
2. Ta’limda qo’llanilayotgan ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning qay darajada yaqqol va 
aniq, obrazni idrok qilishini ta’minlasa va kuzatayotgan ob’ektga mumkin qadar ko’proq 
sezgi  organlari  safarbar  qilinsa,  o’quv  materiallari  shunchalik  tez,  qulay  va  oson 
o’zlashtiriladi,  uzoq  vaqt  eslab  qolish  hamda  qayta  esga  tushirish  mumkin  bo’ladi, 
oqibatda o’quv materiallarining puxta o’zlashtirilishi ta’minlanadi.  
3.  Ko’rsatmali  materiallar  orqali  o’quvchilar  ob’ektiv  borliqdagi  narsa,  voqealar  bilan, 
ularning xususiyati, belgilari bilan tanishadi. Mavhum xodisalarning aniq obrazlar orqali 
idrok  qilinishi  natijasida  o’quvchilarni  mantiqiy  fikr  qilish  qobiliyatlari  rivojlanadi. 
O’quvchi-larning  ayniqsa  sxema,  jadval,  diagramma  kabi  materiallar  ustida  ish  olib 
borishlari  va  material  xususiyatlarini  taqqoslash,  tahlil  qilish,  umumlashtirish,  xulosa 
chiqarishlari alohida ahamiyatga egadir.  
4.  O’quv  materiallarining  ko’rsatmali  bo’lishi  o’zlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni  tajribada, 
ishlab  chiqarish  amaliyotida  qo’llana  olishlari  uchun  zarur  bo’lgan  ko’nikma  va 
malakalar bilan ham qurollantiriladi.  
Ta’limda  ko’rsatmalilikning  samarali  natijalar  berishi  uchun  uning  boshqa 
tomonlariga ham e’tibor berish kerak.  
Birinchidan,  ishlatiladigan  ko’rsatmali  qurollar  u  yoki  bu  sinf  o’quvchilarining 
yoshi  va  o’ziga  xos  xarakter  xususiyatlari,  umumiy  tayyorgarligi-  saviyasiga  mos 
keladigan bo’lishi lozim.  
Ikkinchidan  foydalanadigan  ko’rsatmali  qurollar  o’tilayotgan  dars  mavzusining 
mazmunini  ochib  berishga  yordam  beradigan  materiallar  bo’lishini  hisobga  olmoq, 
demak, uning to’g’ri tanlanishiga e’tibor bermoq lozim.  
Uchinchidan,  dars  jarayonida  foydalanish  uchun  belgilangan  ko’rsatmali 
materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo’lgan ta’lim usullari to’g’ri tanlangan 
bo’lishi zarur. Ayni paytda  maktablarimizda  qo’llanilayotgan  materiallarni quyidagicha 
guruhlarga ajratish mumkin:  
1).  Buyum  va  narsalarni  asli,  tabiiy  holda  ko’rsatuvchi  materiallar:  o’simliklar  va 
ularning  tarkibi,  hayvonlar,  ma’danlar,  gerbariylar,  kolleksiyalar,  ashyolar,  asboblar  va 
razryadlarni hosil qilishni sinf yoki laboratoriya sharoitida namoyish qilish va boshqalar,  
2).  Grafik-ko’rsatmali  qurollar:  chizmalar,  diagramma,  filmlar,  diapozitivlar,  ovozsiz 
kinofilmlar,  
3).  Tasviriy-ko’rsatmali  qurollar:  rasm,  fotosurat,  diafilmlar,  diapozitivlar,  ovozsiz 
kinofilmlar,  
4). Eshittirish bo’yicha ko’rsatmalilik, gramplastinkalar,  magnit lentasiga  yozib olingan 
badiiy  o’qish  namunalari,  chet  el  tillaridagi  so’zlarni  to’g’ri  talaffuz  qilishga  oid 

 
 
 
materiallar.  
Ta’limning  ko’rsatmali  bo’lishi  hozirgi  zamon  maktablari  oldida  turgan  eng 
muhim masalalardan biri bo’lib kelgan va hozir ham undan yanada samarali foydalanish 
borasida katta ishlar olib borilmoqda.  
 
TA’LIMNING O’QUVCHILARGA MOS BO’LISHI QOIDASI 
Ta’limning  o’quvchilarga  mos  bo’lishi  qoidasi  deganda  o’quv  material-larning 
mazmuni,  uning  hajmi,  harakteri,  u  yoki  bu  sinf  o’quvchilarining  jismoniy  rivoji, 
umumiy  tayyorgarligi-saviyasi  va  imkoniyatlariga  loyiq  bo’lishi  tushuniladi.  Moslik 
qoidasida ta’limning ikki tomoni e’tiborda tutiladi:  
 
1)  Ma’lum sinf uchun belgilangan o’quv  materiallarining harakteri,  mazmuni va 
hajmi shy sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo’lishi,  
2) Har bir sinf uchun belgilangan bilim hajmi shy sinf o’quvchilarining saviyasiga 
mos  bo’lishi  lozim.  Biroq,  shuni  alohida  ta’kidlab  o’tish  kerakki,  maktab  islohatidan 
keyingi  qayta  qurish  jarayoni  uchun  maktablarimiz  faoliyatidagi  mazkur  ikki  holatni 
qat’iy  va  hal  qiluvchi  didaktik  talablar  deb  bo’lmaydi.  CHunki,  muayyan  bir  sinf 
o’quvchilarining  jismoniy  rivojlanishida  ham,  bilim  o’zlashtirishidagi  kuch  va 
qobilyatlarda  ham,  albatta,  har-xilliklar  bo’ladi  va  buni  hisobga  olmaslik  aslo  mumkin 
emas.  SHuningdek,  moslik  qoidasini  maktab  ta’limining  mazmuni  bola-larning  kuch 
quvvatiga  qarab  "engillashtirish",  "osonlashtirish"  deb  ham  tushunmaslik  lozim. 
Aksincha, o’quvchilarning saviyasiga muvofiq ravishda, asta sekin qiyin va murakkabroq 
bilimlar berib borish talab qilinadi.  
 
Ilg’or  klassik  pedagogika  namoyondalari  ta’limning  o’quvchilarga  mos  bo’lishi 
yuzasidan  bir  qator  qoidalar  ishlab  chiqqanlar.  Ulardan  biri  "Osondan  qiyinga  qarab 
borish" qoidasidir.  
O’tiladigan  materialning  haddan  tashqari  chigal  bo’lishi  bolalarni  qiziqishini 
so’ndirganidek,  u  bilimda  olg’a  qarab  borishini  ham  ta’minlay  olmaydi.  Aksincha 
o’tilajak  materiallar  bolalar  saviyasiga  nisbatan  og’ir,  tushunish  qiyin  bo’lsa,  qo’yilgan 
misol  va  masalalarni  yechish,  hal  qilishga  o’quvchilarning  qurbi  yetmasa,  ularda  o’z 
kuchiga  ishonmaslik  kayfiyati  tug’iladi.  Moslikning  ikkinchi  bir  qoidasi  "Ma’lumdan 
noma’lumga qarab borish" dir. Bu qoidaga amal qilishda o’quvchilarda avvaldan mavjud 
bo’lgan  ilmiy  bilim  va  tajribalar  zamirida  yangi,  hali  o’quvchilarga  ma’lum  bo’lmagan 
ma’lumotlar bilan qurollantirishni tushunmoq lozim.  
Moslik qoidasining uchinchisi "Soddadan murakkabga qarab borish"dir.  
Ko’pincha  biz  tushunib  yetgan,  o’zlashtirilgan  hamma  narsalar  sodda,  tushunib 
yetmagan, o’zlashtirilmagan narsalar esa murakkabdek ko’rinadi.  
Ta’limning  sodda  bo’lishi  u  yoki  bu  o’quv  materialini  ortiqcha  kuch  sarflamay 
tushunib  olishdir.  O’quvchilar  yaxshi  tushungan,  o’zlashtirilgan  bilimlarni  yangi 
tushunchalar  (murakkab)  bilan  aniq  va  ravshan  qilib  bog’lay  olishlari  natijasida  sodda 
vazifalarni  (misol  va  masalalar)  bajara  borib,  murakkab  materiallarni  o’zlashtirish, 
murakkab bo’lgan masalalarni ham yechishga-hal qilishga hozirlanib boradilar.  
 
TA’LIMDA BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARNI PUXTA VA 
MUSTAHKAM O’RGANISH QOIDASI 
Ta’limning  puxta  o’zlashtirish  qoidasi  muhim  didaktik  talab  va  qoidalarni,  ya’ni 
o’quvchilar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustaxkam, esda 

 
 
 
saqlab  qolish  hamda  o’zlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni  o’z  turmush  faoliyatlarida  qo’llay 
olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.  
Demak,  puxta  o’zlashtirishni  harakterli  belgisi  ta’limni  mustahkam  esda  saqlab 
qolishdir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bu  qoida  o’quvchilarning  xotira  faoliyati,  ya’ni 
o’quv  materiallarini  esda  qoldirish,  esda  saqlash  va  qayta  esga  tushirish  kabi  xotira 
jarayoni faoliyatiga bog’liqdir. O’quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni 
dars jarayonida bayon qilinayotgan o’quv materiallarini tazimli va ongli o’zlashtirilishiga 
bog’liq.  Avvalgi  mashg’ulotlarda  hosil  qilingan  bilim  ko’nikma  va  malakalar  ancha 
murakkabroq  materialni  o’zlashtirib  olish  uchun  pillapoya,  baza  bo’lib  xizmat  qiladi. 
Lekin  hosil  qilingan  bilim  puxta  o’zlashtirilgan,  yaxshi  mustahkamlashgan  bo’lishi  va 
o’quvchilarning  xotirasida  o’zoq  vaqt  saqlanishi  kerak.  Mustahkamlash  qoidasi 
shulardan  iborat  bo’lib,  ularga  rioya  qilmaslik  o’quvchilarning  ilmiy  bilimlarni  puxta 
o’zlashtirolmasligiga sabab bo’ladi.  
SHunday  qilib,  bilim,  ko’nikma  va  malakalarini  o’zlashtrib  olishning 
mustahkamligiga  avvalo  hamma  o’qitish  qoidalari:  tushunarlilik,  tizimlilik  va  izchillik, 
nazariya va amaliyotning bog’liqligi, ko’rsatmalilik, o’quvchilarning onglilik va faolligi 
qoidalarini  amalga  oshirish  bilan  erishiladi.  Puxta  o’zlashtirishni  muvaffaqiyati  ko’p 
jihatdan takrorlash va mashq qildirishga ham bog’liqdir.  
Takrorlashning  ahamiyati  shundaki,  takrorlash  jarayonida  faqat  oldindan 
o’zlashtrilgan  o’quv  materiallarigina  esga  tushurilmay,  balki  shu  o’quv  materiallariga 
bog’liq  bo’lgan  yangi  yangi  ma’lumotlar  ham  beriladi,  o’zlashtirilgan  bilimlarning 
noaniq, tuman bo’lib qolgan tomonlari oydinlashtiriladi va to’ldiriladi.  
Takrorlash, xotirada qayta tiklashni bir necha  yo’l bilan olib borish mumkin. Har 
bir  darsda  avvalgi  dars  materiali  bilan  yangi  material  o’rtasida  bog’liqlik  o’rnatish 
maqsadida  kundalik  takrorlash  o’tkaziladi.  Mavzu  yoki  bo’lim  yuzasidan  o’rganilgan 
materialni  tizimlashtirish,  chuqurlashtirish  va  mustahkamlash  maqsadida  o’quv  yilining 
oxrida Asosiy savollar bo’yicha yalpi takrorlanadi.  
Takrorlanishning  ikkinchi  turi  maxsus  qaytarishdir.  Bunday  takrorlash  katta 
mavzularni  o’tib  bo’lgach,  shuningdek,  ma’lum  bir  chorak  ichida  o’tilgan  material 
yuzasidan  olib  boriladi.  Maxsus  takrorlashning  keng  tarqalgan  turi  o’quv  yili  oxirida 
alohida ajratilgan soatlarda o’tkaziladi.  
 
TA’LIMDA O’QUVCHIGA XOS XUSUSIYATLARNI HISOBGA 
OLISH QOIDASI 
Ta’lim-tarbiya  jarayonining  hamma  tomonlari  umumsinf  o’quvchilari  jamoasiga 
xos  xususiyatlarga  amal  qilgan  holda  yo’l  qo’yiladi.  Biroq  har  bir  o’quvchi  o’ziga  xos 
jismoniy, axloqiy, ruhni va bashka xususiyatlarga egaki, bu uning o’quv faoliyatiga katta 
ta’sir etadi.  
Shu  jihatdan  ta’lim  jarayonida  umumsinf  o’quvchilarini,  hamda  shy  sinfdagi  har 
qaysi  o’quvchining  o’ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holla  ish  ko’rish  muhim 
didaktik ahamiyatga ega.  
O’quvchilarning  real  o’quv  imkoniyatlarini,  ularning  rivojlanish  jihatlarini 
o’rganish  hozirgi  vaqtda  shunchaki  xoxish  emas,  balki  majburiy  talabdir.  Busiz  o’quv 
jarayonini muqobilllashtirish, uni boyitish aqlga sig’maydi.  
Sinf  o’quvchilari  jamoasiga  xos  bo’lgan  umumiy  xususiyatlar,  avvalo,  ma’lum 
sinf  o’quvchilarining  jismoniy,  aqliy  va  ruhiy  rivojida  namoyon  bo’ladi.  Ta’limning 
muvaffaqiyatli  bo’lishida  o’quvchilaraning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  kuzatish  va 
o’rganish hamda shy xususiyatga xos muomala qilish hal qiluvchi o’rin egallaydi.  

 
 
 
Darsda  har  bir  o’quvchining  o’ziga  xos  xususiyatlarini  to’la  hisobga  olish  juda 
qiyin  va  har  doim  ham  buning  iloji  bo’lavermaydi.  Pedagog  o’quvchilarni  darsdagi  va 
amaliy  mashg’ulotlar  jarayonidagi  ishini,  uy  vazifalarini  bajarishini  kuzatadi,  ularning 
bilimi,  yozma  ishlari,  yasagan  ko’rgazma  materiallarini  tekshiradi.  Darsdan  tashqari 
vaqtlarda  o’rtoqlari  va  boshqalarga  bo’lgan  munosabati,  xulqi,  irodaviy  sifatlarini 
o’rganadi,  ular  bilan  suhbat  qiladi.  Kuzatish  jarayonida  u  o’quvchining  kuchli  va  ojiz 
tomonlarini,  uning  qiziqishlari,  tafakkuri,  nutqi,  xotirasi,  diqqati,  xayoliga  mos  bo’lgan 
xususiyatlarni  bilib  oladi,  o’quvchining  hayotiy  va  mehnat  qobilyatini  o’rganadi.  Bo’sh 
o’zlashtiruvchi dasturning ma’lum bir bo’limi yoki fan buyicha orqada qolish sabablarini 
aniqlaydi.  O’qituvchi  ularni  bilib  olgandan  keyin  birinchi  navbatda  yomon  holatlarning 
ta’siriga bardosh berish choralarini ko’radi.  
Masalan:  o’quvchining  ko’rish  qobilyati  uncha  yaxshi  bo’lmasa  yoki  yomon 
eshitsa,  uni  birinchi  qatorga  o’tqizishi  kerak.  Bu  narsa  diqqati  beqaror  bo’lgan 
o’quvchilarga  ham  tegishlidir.  Bundan  tashqari,  ulardan  tez-tez  so’rash,  undan 
o’rtog’ining javobini qaytarishta, to’ldirishga yoki u xaqda o’z fikrini bildirishga majbur 
etish lozim.  
3-ilova  
 
 
"Ism-sharifi"  usuli.  Bu usul siz  muloqotga kirishayotgan odamning ismi 
sharifini aytishdan boshlanadi. O’z ismini boshqalardan to’liq eshitish inson uchun 
xamisha xush yoqadi. 
    Amerikalik  psixolog  D.Karnegi  yozganidek,  o’z  ismini  boshqalardan  eshitish 
inson uchun yokimli musiqaga o’xshaydi.  
Bu usulning psixologik mexanizmlari quyidagicha: 
1. Insonga berilgan ism xamisha u bilan yonma-yon.  
2.  Agar  insonga  uning  ismini  aytmay  murojaat  qilinsa,  bu  unga  nisbatan  faqat 
xizmat  yuzasidan  murojaat  qilinayotganini  bildiradi.  Agar  insonga  ismini  aytib 
murojaat qilsangiz, unga nisbatan e’tibor berilganini bildiradi. 
3. Ismini aytib chaqirish, bu insonning shaxs sifatida tan olishdir. 
4. Inson shaxs ekanligini xis qilsa, unda albatta qonikish xissi uyg’onadi. 
5. Qoniqish xissiyoti esa doimo ijobiy xissiyotlarga bog’liq. 
6.  Inson  doimo  kimgadir  yoqishga  intiladi,  kimdir  unga  nisbatan  yaxshi 
munosabatda bo’lishini xoxlaydi. 
7. Agar kimdir bizga ijobiy xissiyot uyg’otsa, u o’ziga tortadi, va u bilan yaqindan 
muloqot qilishni xoxlaymiz. 

 
 
 
"Ism-sharif"  usuli  ta’siri  psixologik  mexanizmining  moxiyati  quyidagicha:  o’z 
ismining  jaranglashi  -  shaxsga  e’tibor  -  shaxs  sifatida  tan  olish  -  qoniqish  hissi  - 
ijobiy xissiyotlar manbaiga yakinlashish.  
     
Demak,  o’quvchilarni    ismini  aytsangiz,  xoxlasa,  xoxlamasa,  unda ijobiy 
xissiyot uyg’otasiz.  
 
4-ilova 
Ta’lim prinsiplarini o’rganishga oid muammoli topshiriqlar 
1.  Ulug'  allomalarimiz  ishlab  chiqqan  va  foydalangan  ta'lim  prinsiplarini  (1-
ilovadagi) barcha tadqiqotchi-didaktiar uchun umumiy hisoblangan prinsiplar bilan 
qiyoslang. 
2.  Maktab issiqxonasida 5-sinf o'quvchilari  biologiya o'qituchisi rahbarligida 
g'o'za,  sabzi,  qizil  lavlagi  va  rediska  urug'ini  yerga  qadadilar  va  ularni  o'sishini 
o'rganish  uchun  kuzatish  olib  bordilar.  Biologiya  o'qituvchisi  fenomenologik 
kuzatishlar  olib  borganda  o'quvchilarga  ushbu  o'simliklarni  nafaqat  yer  usti 
qismini, baiki yer osti qismini kuzatish vazifasini ham topshirdi. 
Kuzatishlar  nihoyasiga  yetay  deb  qolganda  ona  tili  o'qituvchisi  bolalarga 
kuzatishlar  asosida  quyidagi  savollarga  yozma  javob  berishni  taklif  qildi:  g'o'za, 
sabzi,  qizil  lavlagi  va  rediskani  qachon  ekdingizlar?  Ekish  uchun  qanday 
agrotexnik choralar qo'rildi? Qaysi ekinlar birinchi bo'lib o'sib chiqdi va bunda siz 
nimani  kuzatdingiz"  O'q  ildiz  qachon  hosil  bo'ladi?  O'q  ildizda  oziq  moddalar 
to'planadimi va ular nima deb aytiladi? va h.k. 
O'quvchilar jamoa bo'lib javob tayyorladilar. Natijada o'quvchilar  daftarlarida 
hikoya paydo bo'ldi. 
1. Ushbu darsda qanday ta'limiy vazifalar yechildi? 
2. Unda qanday didaktik prinsiplar ifodalandi? 
3.  O'zbek  tili  o'qituvchisi  shunday  yozadi  :  "Oilam  yilnomasini  yozuvchisi 
bo'laman"  mavzusida  VI  sinf  o'quvchilari  insho  yozayapti.  Kutilmaganda  qo'l 
ko'tarildi.  O'quvchini  yoniga  keldim.  Dilshoda  tortinib:  "genealogiya  daraxti" 
iborasida  "genealogiya"  atamasini  va  uni  bizga  qaysi  tildan  o'tib  kelganini  to'g'ri 
yozdimmi deb so'rayapti. 

 
 
 
Bilaman, Dilshoda bu atamani haqiqatdan ham yozishda qiynalayotgani uchun 
so'rayotgani  yo'q,  u  har  bir  baho  uchun  ortiqcha  darajada  kuyinadi,  o'ziga  to'la 
ishonmaydi, mustaqil ishlashga xali odatlanmngan. Jur'atli emas..." 
Ko'rayapman Muhabbat A. ham qandaydir bezovta bo'layapti. Muxabbat  -tez 
hayajonlanadigan  qiz,  agar  u  yozganlaridan  qoniqmasa,  keyingi  barcha  ishlarini 
buzib  qo'yishi  mumkin.  Unga  o'zim  bordim...  Muhabbat  menga  pichirlayapti: 
daftar  chetidagi  maydonga  o'tib  ketibman.  So'zni  ko'chirish  mumkin,  u  esa  bu 
yerga sig'madi"... 
Mana boshqa Muhabbat I. Menga yalinib-yolvorib qarayapti. Bilaman, u ishni 
a'lo  bahoga  bajarishga  bor  kuchini  sarflaydi,  bu  intilishni  quvvatlash  va 
rag'batlantirish kerak. 
Ashur  N.  yozishni  tugalladi,  ruchkani  qo'ydi  va  dam  olayapti,  butun  sinf  esa 
hali yozayapti. Bilaman: Ashur o'qish kerak bo'lgani uchun o'qiyapti, ishni qancha 
talab  qilsang  shuncha  bajaradi,  yaxshi  ishga  havasi  yo'q,  baholarga  xolirjamlik 
bilan munosabatda bo'ladi... 
Yuqorida bayon qilingan har bir xodisaga o'qituvchi qanday yo'l tutishi kerak? 
4. «O’zbek pedagogikasi antologiyasi", pedagogika darsliklari va qo'llanmalari 
bilan  ishlab  Al-Xorazmiy,  Forobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  Zarnudjiy,      Ulug'bek   
foydalangan   ta'lim    prinsiplarini  ajrating, tizimlashtiring va barcha tadqiqochi-
didaktiar 
tomonidan 
tan 
olingan 
umumiy 
prinsiplar, 
shu 
jumladan 
Ya.A.Komenskiyning  «Buyuk didaktika» asarida bayon qilingan ta'lim prinsiplari 
bilan  taqqoslang.  O'rta  Osiyolik  allomalarning  asarlarini  X  asrdan  boshlab 
Ovro'paga  tarqalishini  hisobga  olib,  ulaming  Ovro'pada  pedagogika  fanini 
rivojianishiga ko'rsatgan ta'siri haqida xulosalar chiqaring. 
5-ilova 
O’qituvchilar  bilan  o’tkazilgan    didaktika  va  ta’lim  prinsiplariga  oid  blits   
so’rovlar savol va  javoblari : 
1.  Ta’lim nima? 
2.  Dars tipi nechta 
3.  Darsning  rivojlantiruvchi maqsadi nima? 
4.  3.Pedagogika nima? 
5.  Didaktika nima? 

 
 
 
6.  Didaktika nima? 
7.  Didaktikaning “otasi”  kim? 
8.  Tafakkurni oshiruvchi dars usuli  
9.  Dars nima? 
10. Metod nima? 
11. Vosita nima? 
12. Bilim  nima?  
13. Bilish   nima 
14. Ko’nikma nima? 
15. Malaka nima? 
16. Didaktika tamoyillari nima? 
17. Ta’limning ilmiylik tamoyili nimani nazarda tutadi? 
18. Tizimlilik nima? 
19. Nazariy bilimlarning amaliyot bilan turmush tajribalari bilan bog’liqligi  
20. O’qitib tarbiya berish deganda  nimani tushunasiz? 
21. Ko’rsatmalilik prinsipi mohiyati? 
22. YOshga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish nima? 
 
Tezkor savollarga jvoblar 
1.  Ta’lim  –  o’quvchilarga  nazariy  bilimlarni  berish  asosida  ularda  amaliy 
ko’nikma  va  malakalarni  shakllantirish,  ularning  bilish  qobiliyatlarini 
o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon. 
2.  Beshta  (bilim  hosil  qiluvchi,  ko’nikma  va  malaka  hosil  qiluvchi, 
mustahkamlovchi, sinovchi va aralash).  
3.  SHaxsiy psixologik  xususiyatlarni rivojlantirish 
4.  Ta’lim tarbiya va uning asosiy  qonuniyatlari  haqidagi fan 
5.  Ta’lim nazariyasi 
6.  Didaktika  (ta’lim  nazariyasi)  –  (yunoncha  «didaktikos»  “o’rgatuvchi”, 
«didasko»  –  “o’rganuvchi”)  -  ta’limning  nazariy  jihatlari  (ta’lim 
jarayonining  mohiyati,  tamoyillari,  qonuniyatlari,  o’qituvchi  va  o’quvchi 
faoliyati  mazmuni,  ta’lim  maqsadi,  shakl, metod, vositalari,  natijasi,  ta’lim 
jarayonini  takomillashtirish  yo’llari  va hokazo  muammolari)ni  o’rganuvchi 
fan 
7.  YAn Amos Komenskiy 
8.  Muammoli dasr usuli 
9.  Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, 
yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir 
10. Metod - yunon tilidan olingan bo’lib, yo’l, usul, yo’naltiruvchi uslub degan 
ma’noni beradi,  ya’ni maqsadga erishish yo’lidir 
11. Vosita  -  metodlarni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirmoq  uchun  zarur  bo’lgan 
yordamchi o’quv  materiallari, asbob-uskuna,  qurol, apparat, kompyuterlar 
va boshqalar. 
12. Bilim  –  shaxsning  ongida  tushunchalar,  sxemalar,  ma’lum  obrazlar 
ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar 
majmui 

 
 
 
13. Bilish   -   ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni 
o’zlashtirish jarayoni. 
14. Ko’nikma  –  shaxsning  muayyan  harakat  yoki  faoliyatni  tashkil  eta  olish 
qobiliyati. 
15. Malaka  –  muayyan  harakat  yoki  faoliyatni  bajarishning  avtomatlashtirilgan 
shakli. 
16. (Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har qanday nazariyaning 
asosiy,  boshlang`ich,  dastlabki  holati)  –ta’limni  tashkil  etishga  qo’yilgan 
me’yoriy  talablarni  ifodalovchi,  shuningdek,  ta’lim  jarayonining  asosiy 
maqsadi  va  qonuniyatlariga  muvofiq  uning  dastlabki  holatini  belgilovchi 
qarashlari. 
17.       Ta’limning  ilmiylik  tamoyillari  ta’lim  jarayonida  o’quvchi  -  talabalarni 
hozirgi  zamon  texnika  fan  taraqqiyoti  darajasidagi  ilmiy  bilimlar  bilan 
qurollantirish,  ayniqsa  talaba  yoshlarni  ilmiy  tadqiqot  usullari  bilan 
tanishtirishga  qaratilgan. 
18.  
tizimlilikni  ta’lim  qoidasi  sifatida  quyidagi  belgilarga  ega  ekanligini 
ta’kidlaydi: tartibga solinganlik, tashkiliylik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylik, 
vorisiylik, istiqbolga yo’nalganlik
1
 
19.  
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan turmush tajribalari bilan bog’lab 
olib  borish  ta’limning  yetakchi  qoidalaridan  hisoblanadi.  Ta’lim  -  tarbiya 
sohasidagi  yutuqlar,  eng  avvalo  nazariya  bilan  amaliyotning  o’zaro 
bog’liqligiga asoslanadi. 
20.  
O’qitib  tarbiya  berish  deganda    ta’lim  va  tarbiyaning  bir  -  biridan 
ajralmasligini  tushunamiz.  Xar  bir  o’quv  fani  hatto,  ayrim  mavzu  va 
mavzuchalari ham shubhasiz, tarbiyalovchilik xarakteriga ega. 
21.  
  Ko’rsatmalilik  prinsipida  o’qitish  jarayonida  ko’rish,  eshitish,  hid, 
ta’m,  maza  bilish,  teri-muskul  harakat  kabi  sezgi  organlarining  bir  yo’la 
ob’ekt ustida safarbar qilinishini talab etadi.   
22.  
Sinf  o’quvchilar  jamoasiga  xos  umumiy  xususiyatlar  va  har  qaysi 
o’quvchiga  tegishli  xususiyatlar  ta’limning  har  bir  bosqichida  e’tiborga 
olinishi kerak.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                         
1
  Розиqов О. Р. ва бошqалар. Дидактика. Тошкент: «Фан», 1997. 111- бет. 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling