Udk raxmonova gulnora


Qonun ta’lim-tarbiya  sohasidagi innovatsiyalarning huquqiy asosi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana07.05.2020
Hajmi1.02 Mb.
#103820
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
talim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlari


Qonun ta’lim-tarbiya  sohasidagi innovatsiyalarning huquqiy asosi 
 
O’zbekistonda  mustaqillikdan  so’ng  innovatsiya  boshqa  sohalarga 
qaraganda  birinchilardan  bo’lib  ta’lim  tizimiga  kirib  keldi.      Ta’lim  tizimiga 
innovatsiyaning  kirib  kelishini  “Ta’lim  to’g’risidagi  Qonun”  hamda  “Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi misolida ko’rishimiz mumkin. Bu 
ta’lim tizimini tubdan islox qilishning huquqiy asosi bo’lib xizmat qildi. 
Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganidek, bilim va 
tarbiyaning  sifati,  o’quvchilar olayotgan  ixtisos  mutaxassisligi,  shu  bilan  birga, 
tarbiyachi-o’qituvchilar  malakasining  pastligi  bu  bilim  yurtlarining  umuman 
bugungi  kun  talabiga  javob  bermasligi  kabi  muammolar  «Kadrlar  tayyorlash 
Milliy Dasturi»ning yaratilishiga sabab bo’ldi.  
Ma’lumki,  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi»,  «Ta’lim  to’g’risida»gi 
O’zbekiston  Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan 
bo’lib,  milliy  tajribamizning  tahlili  va  ta’lim  tizimidagi    jahon  miqyosidagi 
yutuqlar  asosida  tayyorlangan,  hamda  yuksak  umumiy  va  kasb-hunar 
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy  faollikni, ijtimoiy va siyosiy hayotda mustaqil 
ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish maxoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini 
ilgari  surish  va  hal  etishga  qodir  kadrlarning  yangi  avlodini  shakllantirishga 
yo’naltirilgandir. 
Shuningdek,  mazkur  dastur  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelini  ro’yobga 
chiqarishni,  har  tomonlama  kamol  topgan,  jamiyatda  turmushga  moslashgan, 
ta’lim  va  kasb-hunar  dasturlarini  ongli  ravishda  tanlash  va  keyinchalik  puxta 
o’zlashtirish  uchun  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy,  psixologik-pedagogik  va  boshqa 
                         
 
 

 
 
tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini 
his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Milliy  Dasturda  ta’lim  tizimini  tubdan  isloh  qilish  omillarida 
rivojlanishning  erishilgan  darajasiga  alohida  e’tibor  qaratilgan,  unda 
O’zbekiston    Respublikasi  Davlat  mustaqilligiga  erishib,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
rivojlanishning  o’ziga  xos  yo’lining  tanlanganligi  kadrlar  tayyorlash  tizimi  va 
mazmunini   qayta  tashkil  qilishni  zarur  qilib qo’yganligi   va xuddi shu o’rinda 
qator chora-tadbirlar ko’rishni ya’ni:  
birinchidan, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunni joriy qilishni (1997 yilgi); 
ikkinchidan,  yangi  o’quv  rejalari,  dasturlari,  darsliklarni  joriy  etishni, 
zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; 
uchinchidan, 
o’quv 
yurtlarini 
attestatsiyadan 
o’tkazishni 
va 
akkreditatsiyalashni,  yangi  tipdagi  ta’lim  muassasalarini  tashkil  etishni  talab 
etayotganligidir. 
Maktabgacha  ta’lim  sohasida  uylarda  tashkil  etiladigan  bolalar 
bog’chalari  va  «Bolalar  bog’chasi  maktab»  majmui  tarmog’i  rivojlanib 
bormoqda. Bunda bolalarga chet tillar, xoreografiya, tasviriy va  musiqa san’ati, 
kompyuter  savodxonligi  asoslarini  o’rgatuvchi  800  dan  ortiq  guruh  tashkil 
qilingan.  Natijada  yangi  tipdagi    maktablar  va  umumta’lim  o’quv    yurtlari 
tarmog’i  rivojlanib  bormoqda  edi  va    islohot  arafasida  esa  238  litsey  va  136 
gimnaziya  faoliyat  ko’rsatmoqda  edi.  «Sog’lom  avlod  uchun»,  «Ma’naviyat  va 
ma’rifat»,  «Iqtisodiy  ta’lim»,  «Qishloq  maktabi»,  «Rivojlanishda  nuqsoni 
bo’lgan  bolalarni  tiklash»  va  boshqa  tarmoq  dasturlari  ro’yobga  chiqarila 
boshladi.  Respublikamiz  umumta’lim  maktablarida  esa  435  mingdan  ortiq 
o’qituvchi ishlamoqda edi, ularning 73% oliy ma’lumotga ega edilar. 
Mehnat 
bozorini, 
ayniqsa 
qishloq 
joylarda 
mehnat 
bozorini 
shakllantirishning    xududiy  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  hunar-texnika 
ta’limini  qayta  tashkil  etishga  kirishildi.  Islohot  arafasida  bu  tizimda  jami  221 
ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan, 442 o’quv yurti, shu jumladan 209 kasb-
hunar  maktabi,  180  kasb-hunar  litseyi  va  53  biznes  maktab  faoliyat 

 
 
ko’rsatmoqda  edi.  Boshlang’ich kasb-hunar  ta’limi  o’quv  yurtlarida  esa qariyb 
20 ming o’qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda edi. 
Respublikamizda  jami  197  ming  kishi  ta’lim  olayotgan  258  o’rta  kasb-
hunar  ta’limi  o’quv  yurti  faoliyat  yuritardi.  Ularda  esa  deyarli  16  ming 
o’qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilishardi. 
O’zbekiston    Oliy  Ta’lim  tizimiga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak  58  oliy 
o’quv  yurtini,  shu  jumladan  16  universitet  va  42  institutni  o’z  ichiga  olgan, 
ularda  164  ming  talaba  ta’lim  olmoqda  edi;  16  universitetning  o’n  ikkitasi 
O’zbekiston    mustaqillikka  erishgan  dastlabki  ikki  yilda  tashkil  topgan.  Oliy 
o’quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o’qituvchining 52 % fan doktori va fan 
nomzodlari  edilar.
1
  Oliy  ta’limda  kadrlar  tayyorlashni  markazlashtirishdan 
hududiy  yo’nalishga  o’tkazish  ishi  olib  borildi.  Bunda  o’quv  yurtlarining 
tarmog’i  kengaya  boshladi,  universitet  ta’limi  rivojlandi.  Bilimlarning  yangi 
tarmog’lari  bo’yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy  maktabni ko’p 
bosqichli  tizimga  o’tkazish  amalga  oshirildi.  Abituriyentlar  va  talabalar  bilim 
darajasini test va reyting asosida baholashning ilg’or usullari joriy etila boshladi. 
Oliy malakali ilmiy va ilmiy - pedagog  kadrlar sifatiga oshgan talablarga 
muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaya boshladi. 
Respublikamizda  islohot  arafasida  qariyb  4000  aspirant  bo’lib,  ulardan  69  % 
oliy  ta’lim  tizimida  va  31  %  esa  ilmiy  tadqiqot  institutlarida  ta’lim 
olishayotganligini  ta’kidlash  joiz.  Jami  ilmiy  va  ilmiy  pedagog  kadrlarning 
8%ini fan doktorlari va 37%  ini fan nomzodlari tashkil etardi.

 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 
16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ish yuritardi. 
Shuningdek,  iqtidorli  bolalar  va  o’quvchi  yoshlarni    qo’llab-quvvatlash 
bo’yicha  davlat  siyosati  sobitqadamlik  bilan  ish  olib  bormoqda  edi.  Islohat 
arafasida  iste’dodli  o’smir  va  qizlarni  izlab  topish,  ularga  ko’maklashish, 
ularning qobiliyati va iste’dodini o’stirish bo’yicha maxsus fondlar tashkil etildi, 
                         
1
 «О образование» (статис. сборник). -Т., 1998г. Ст. 25 
2
 «О образование» (статис. сборник). -Т., 1998г. Ст. 25 

 
 
qobiliyatli  yoshlarni  chet  ellardagi  yetakchi  o’quv  yurtlari  ilmiy  markazlarida 
o’qitish va stajirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi. 
Bundan  tashqari,  fan  va  ta’lim  sohasida  xalqaro  aloqalar  kengayib 
bormoqda  edi.  Yuqoridagi  muvafaqqiyatlarga  qaramasdan  sodir  etilgan 
o’zgarishlar  kadrlar  tayyorlash  sifatini  oshirish,  mamlakatni  ijtimoiy  iqtisodiy 
rivojlantirish talablariga to’liq javob bera olmas edi. 
Shu  o’rinda  Milliy  Dasturda  ko’rsatib  o’tilgan  kamchiliklar  va 
muammolarga e’tibor beraylik. 
Jumladan,  unda  shunday  deyilgan.  Kadrlar  tayyorlash  tizimining 
demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga javob bermasligi, o’quv 
jarayonining moddiy texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali 
pedagog  kadrlarning  yetishmasligi,  sifatli  o’quv-uslubiy  va  ilmiy  adabiyot 
hamda  didaktik  materiallarning  kamligi,  ta’lim  tizimi,  fan  va  ishlab  chiqarish 
o’rtasida  puxta  o’zaro  hamkorlik  va  o’zaro  foydali  integratsiyaning  yo’qligi 
kadrlar tayyorlashning mavjud tizimdagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.  
Kadrlar  tizimini  tubdan  isloh  qilishning  muhim  omillari  esa 
quyidagilardan iboratdir: 
Birinchidan,  respublikaning  demokratik  huquqiy  davlat,  fuqarolik 
jamiyati qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi; 
Ikkinchidan,  mamlakat  iqtisodiyotida  tub  o’zgarishlarining  amalga 
oshirilishi, 
respublika 
iqtisodiyoti 
asosan 
xom 
ashyo 
yo’nalishidan 
raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarish  yo’liga  izchil  o’tayotganligi, 
mamlakat eksport salohiyatining kengayotganligi; 
Uchinchidan,  davlat  ijtimoiy  siyosatida  shaxs  manfaati  va  ta’lim 
ustuvorligi qaror topganligi; 
To’rtinchidan,  milliy  o’zlikni  anglashning  o’sib  borishi,  vatanparvarlik, 
o’z  vatani uchun  iftixor  tuyg’usining shakllanayotganligi, boy  milliy  madaniy-
tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat; 

 
 
Beshinchidan,  O’zbekiston  ning  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyasi,  
respublikaning  jahondagi  mavqei  va  obro’-  e’tiborining  mustahkamlanib 
borayotganligi.
1
 
Ushbu  maqsadni  ro’yobga  chiqarish  uchun  quyidagi  vazifalar  hal 
etilishini nazarda tutadi ya’ni, «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston  Respublikasi 
Konuniga  muvofiq  ta’lim  tizimini  isloh  qilish,  davlat  va  nodavlat  ta’lim 
muassasalari  hamda  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida  raqobat  muhitini 
shakllantirish  negizida  ta’lim  tizimini  yagona  o’quv-ilmiy  ishlab  chiqarish 
majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; 
ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  jamiyatda  amalga  oshirilayotgan 
yangilanish,  rivojlangan  demokratik  huquqiy  davlat  qurilishi  jarayonlariga 
moslash; 
kadrlar  tayyorlash  tizimi  muassasalarini  yuqori  malakali  mutaxassislar 
bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; 
kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini  mamlakatning  ijtimoiy  va 
iqtisodiy  taraqqiyot  istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat, 
texnika  va  texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlaridan  kelib  chiqqan  holda  qayta 
qurish; 
ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy  ahloqiy  tarbiyalashning  va  ma’rifiy 
ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; 
ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash,  ta’lim  muassasalarini  attestatsiyadan 
o’tkazish  va  akkreditatsiya  qilish  sifatiga  baho  berishning  xolis  tizimini  joriy 
qilish; 
yangi  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarda  ta’limning  talab  qilinadigan  darajasi 
va  sifatini,  kadrlar  tayyorlash tizimining  amalda  faoliyat  ko’rsatish va barqaror 
rivojlanishining  kafolatlarini,  ustuvorligini  ta’minlovchi  normativ,  moddiy- 
texnika va axborot bazasini yaratish; 
                         
«Ўзбекистон Республикасининг Кадрлар тайёрлаш миллий дастури», «Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг 
пойдевори» – Тошкент: Шарқ, 1998-38 б. 


 
 
ta’lim,  fan  va  ishlab  chiqarish  samarali  integratsiyalashuvini  ta’minlash, 
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, 
shuningdek  nodavlat  tuzilmalari,  korxonalar  va  tashkilotlarning  buyurtmalarini 
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; 
uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimiga  byudjetdan  tashqari 
mablag’lar,  shu  jumladan  chet  el  investitsiyalari  jalb  etishning  real 
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
kadrlar  tayyorlash  sohasida  o’zaro  manfaatli  xalqaro  hamkorlikni 
rivojlantirish. 
Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturda  dasturning  maqsad  va  vazifalari 
bosqichma – bosqich ro’yobga chiqarilishi belgilab berilgan. 
Birinchi  bosqich  (1997-2001  yillar)  ushbu  davrda  nimalar  ya’ni  qanday 
ishlar  qilinishi  kerak?  Bu  davrda  mavjud  kadrlar  tayyorlash  tizimining  ijobiy 
salohiyatini  saqlab  qolish  asosida  ushbu  tizimni  isloh  qilish  va  rivojlantirish 
uchun shart –sharoitlar yaratish lozim. 
Shuningdek, mazkur bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:  

 
«Ta’lim  to’g’risida»gi  qonunga  muvofiq  ta’lim  tizimi  mazmunini  tarkibiy 
qayta qurish va tubdan yangilash;  

  pedagog  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  tayyorlash  hamda  ularning  malakasini 
oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish; 

 
ta’lim  oluvchilarning  yuksak  tayyorgarlik  darajasi,  malakasi,  madaniy  va 
ma’naviy ahloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarini 
belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish; 

 
o’quv-uslubiy  majmualarning  hamda  ta’lim-tarbiyaning  didaktik va  ahborot 
ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish; 

 
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur moddiy-texnika, o’quv-uslubiy 
va kadrlar bazasini tayyorlash; 

 
ta’lim va kadrlar tayyorlashga byudjetdan tashqari mablag’lar jalb etishning 
mexanizmlarini  takomillashtirish,  davlat    ta’lim  muassasalari  bilan  bir 
qatorda  nodavlat  ta’lim  muassasalarini  rivojlantirishni  ham  nazarda  tutgan 

 
 
holda,  ta’lim  xizmati  ko’rsatish  alohida  raqobatga  asoslangan  muhitini 
vujudga  keltirishi,  ta’lim  muassasalari  faoliyatiga  baxo  berishning  reyting 
tizimini,  kadrlar  tayyorlash  sifati  va  ularga  bo’lgan  ehtiyojning      
monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish; 

  xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro 
donorlik  tashkilotlari  va  fondlari  faoliyatiga  tegishli  sharoitlar  yaratish, 
shuningdek  Respublika  ta’lim  sohasida  chet  el  investitsiyalarini  jalb  etish 
bo’yicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; 

  Nihoyat  "Kadrlar  tayyorlash  Milliy  Dasturi"ni  ro’yobga  chiqarishning 
monitoringini olib borish. 
2-bosqich  (2001-2005  yillar)  Milliy  dasturni  to’liq  ro’yobga  chiqarish, 
mehnat  bozorining  rivojlanishi  va  real  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarni  hisobga 
olgan holda unga aniqliklar kiritish nazarda tutilgan. 
Majburiy  umumiy  o’rta  va  o’rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limiga, 
shuningdek 
o’quvchilarning 
qobiliyatlari 
va 
imkoniyatlariga 
qarab 
tabaqalashtirilgan ta’limga o’tish to’liq amalga oshiriladi. 
Ta’lim  muassasalarini  maxsus  tayyorlangan    malakali  pedagog  kadrlar 
bilan  to’ldirish  ta’minlanadi,  uning  faoliyatida  raqobatga  asoslangan  muhit 
vujudga keltiriladi. 
Ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnika  va  axborot  bazasini 
mustahkamlash  davom  ettiriladi,  o’quv-tarbiya  jarayoni  yuqori  sifatli  o’quv 
adabiyotlari  va  ilg’or  pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta’minlanadi,  shuningdek 
uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi. 
Ta’lim  xizmati  ko’rsatish  bozorini  shakllantirish  mexanizmlari  to’liq 
ishga solinadi. 
3-bosqich  (2005  va  undan  keyingi  yillar)da  esa  asosan  to’plangan 
tajribani  tahlil  etish  va  umumlashtirish  asosida,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish 
va yanada rivojlantirish lozim. 

 
 
Shuningdek,  ta’lim  muassasalarining  resurs,  kadrlar  va  axborot  bazalari 
yanada  mustahkamlanadi,  o’quv-tarbiya  jarayoni  yangi  o’quv-uslubiy 
majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanadi. 
Milliy  (elita)  oliy  ta’lim  muassaslarini  qaror  toptirish  va  rivojlantirish 
amalga  oshiriladi.  Kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  mustaqil  faoliyat  yuritish 
va o’zini -o’zi boshqarish shakllari mustahkamlanadi.  
Ta’lim  jarayonini  axborotlashtirish,  uzluksiz  ta’lim  tizimi  jahon  axborot 
tarmog’iga  ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq kamrab olinadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari  quyidagilar: 
Shaxs  kadrlar  tayyorash  tizimining  bosh  sub’ekti  va  ob’ekti,  ta’lim 
sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir
1
. Kadrlar 
tayyorlash  sohasidagi  davlat  siyosatiga  nazar  tashlaydigan  bo’lsak,  u  insonni 
intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan 
uzluksiz  ta’lim  tizimi  orqali  har  tomonlama  barkamol  shaxs,  fuqaroni 
shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tariqa fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy 
huquqlaridan  biri-bilim  olish,  ijodiy  qobiliyatni  namoyon  etish,  intellektual 
jihatdan rivojlanish, kasb bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi.  
Davlat va jamiyat - milliy modelning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanib - 
u  ta’lim  va  kadrlar  tayyorash  tizimining  faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat 
qilishni  amalga  oshiruvchi  kadrlar  tayyorlash  va  ularni  qabul  qilib  olishning 
kafillaridir. 
SHuningdek,  davlat  va  jamiyat  kadrlar  tayyorlash  tizimi  amal  qilishi  va 
rivojlanishining  kafillari,  yuqori  malakali  raqobatbardosh  mutaxassislar 
tayyorlash  bo’yicha    ta’lim  muassasalari  faoliyatini  uyg’unlashtiruvchi  sifatida 
faoliyat ko’rsatadi. 
Uzluksiz  ta’lim.  Uzluksiz  ta’lim  malakaviy  raqobatbardosh  kadrlar 
tayyorlashning  asosi  bo’lib,  ta’limning  barcha  turlarini,  davlat  ta’lim 
                         
1
 
«Ўзбекистон  Республикасининг  Кадрлар  тайёрлаш  миллий  дастури»,  «Баркамол  авлод  –  Ўзбекистон 
тараққиётининг пойдевори» – Тошкент: Шарқ, 1998-41 б. 
 

 
 
standartlarini,  kadrlar  tayyorlash  tizimi  tuzilmasi  va  uning  faoliyat  ko’rsatish 
muhitini o’z ichiga oladi.  
Uzluksiz  ta’lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining    asosi,  O’zbekiston  
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, jamiyat va 
davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  extiyojlarini 
qondiruvchi ustivor sohadir. SHuningdek, uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, 
ma’naviy  boy  shaxs  shakllanishi  va  yuqori  malakali  raqobatbardosh  kadrlar 
ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
Fan.    Fan  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlovchi  va  ulardan 
foydalanuvchi,  ilg’or  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  ishlab 
chiquvchidir. 
Fan sohasida:  
Birinchidan, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yangi 
fundamental  va  amaliy  bilimlar  shakllanadi,  kadrlar  tayyolash  tizimida 
ommalashtirish,  o’rganish  va  foydalanish  uchun  kerakli  ilmiy  natijalar 
jamlanadi; 
ikkinchidan,  oliy  malakali  ilmiy  va  pedagog  kadrlar  tayyorlash  amalga 
oshiriladi; 
uchinchidan,  kadrlar  tayyorlash  jarayonini  ilmiy-tadqiqot  jihatidan 
ta’minlash  jarayoni  infrastrukturasi  vujudga  keltiriladi,  ta’limning  axborot 
tarmoqlarida  foydalanish  maqsadida  bilimning  turli  sohalari  bo’yicha  axborot 
bazasi shakllantirildi; 
to’rtinchidan,  mamlakatimiz  ilm-fanining  jahon  ilm-faniga  integratsiyasi 
sodir bo’ladi, zamonaviy fan va   texnologiyalarning  eng muhim muammolarini 
hal  etish  uchun  ilmiy  yutuqlarni  xalqaro  miqyosida  almashinuvi  amalga 
oshiriladi
1

Kadrlar  tayyorlash  tizimiga  ilm-fanning  uzviy  ravishda  kirib  borishi 
uchun quyidagilar zarurdir: ya’ni, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va 
                         
1
 
«Ўзбекистон  Республикасининг  Кадрлар  тайёрлаш  миллий  дастури»,  «Баркамол  авлод  –  Ўзбекистон 
тараққиётининг пойдевори» – Тошкент: Шарқ, 1998-52 б. 
 

 
 
o’zlashtirish  yuzasidan  maqsadli  innovatsiya  loyihalarini  shakllantirish  va 
amalga  oshirish  yo’li  bilan  ilm-fanning  ta’lim  amaliyoti  bilan  aloqasini 
ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish; 
ilg’or  axborot  va  texnologiyalarni  joriy  etish  uchun  eksperimental 
maydonchalar  barpo  etish  orqali  ilmiy-tadqiqotlar  natijalarini  o’quv-tarbiya 
jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish; 
"Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini samarali tarzda bajarishni ta’minlash 
yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; 
yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  sifatini  oshirish,  yoshlarning  ilmiy 
ijodiyotini har tomonlama qo’llab quvvatlash; 
ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik ishlar darajasini 
baholashga  zamonaviy  yondoshuvini  ro’yobga  chiqarish,  ilmiy  tadqiqotlar  va  
texnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obro’-e’tibori 
va ijtimoiy malakasini oshirish; 
mamlakat  ilm-fanining  xalqaro  ilmiy  hamjamiyatga  integratsiyasini 
faollashtirish, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida 
ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o’zaro almashinuv jarayonini kuchaytirish; 
Fan  va  texnologiyalar  sohasidagi  faoliyatni  ma’naviy  va  moddiy 
rag’batlantirish  tizimini  ishlab  chiqish,  talabalar  va  yosh  olimlarning  ilmiy 
yutuqlari  uchun  maxsus  mukofotlar  va  sovrinlar  ta’sis  etish,  maxsus 
stipendiyalar  sonini  ko’paytirish,  yoshlar  ilmiy  –  texnika  ijodiyotining  doimiy 
ishlaydigan ko’rgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etadi
1

Shuningdek,  milliy  dasturda  fan  bilan  ta’lim  jarayoni  aloqalarini 
rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan: 
Ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida  ilg’or  amaliy  ilmiy  tadqiqotlar 
o’tkaziladi,  ta’lim  sifati  davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  kelishini  tashkil 
etish va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida  ilmiy tadqiqotlar 
va  ilmiy–uslubiy  qo’llanmalar  ishlab  chiqish  faollashtiriladi.  Fundamental  va 
                         
1
 
«Ўзбекистон  Республикасининг  Кадрлар  тайёрлаш  миллий  дастури»,  «Баркамол  авлод  –  Ўзбекистон 
тараққиётининг пойдевори» – Тошкент: Шарқ, 1998-52 б. 
 

 
 
amaliy  fan  sohasidagi  ilmiy  kadrlarning  ta’lim  jarayonidagi  ishtiroki 
rag’batlantiriladi,  pedagogik  va  ilmiy–tadqiqot  jarayonlarining  aloqasi 
ta’minlanadi.  YOshlarning    fan–texnika  sohasidagi  ijodkorligi  har  tomonlama 
qo’llab  quvvatlanadi.  Nihoyat,  Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  beshinchi 
tarkibiy qismi ishlab chiqarishdir.  
Respublikamiz  ta’lim  tizimining  asosini  tashkil  etuvchi  uzluksiz  ta’limni 
tashkil etish va ularni rivojlantirish quyidagi prinsiplar asosida olib boriladi: 
a) ta’limning ustuvorligi-uning rivojlanishining birinchi darajali axamiyatga ega 
ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi; 
b)  ta’limning  demokratlashuvi  –  ta’lim  va  tarbiya  uslublarini  tanlashda  o’quv 
yurtlari  mustaqilligining  kengayishi,  ta’limni  boshqarishning  davlat  jamiyat 
tizimiga o’tilishi; 
v)  ta’limning  insonparvarlashuvi-  inson  qobiliyatlarining  ochilishi  va  uning 
ta’limga  bo’lgan  turli-tuman  ehtiyojlarining  qondirilishi,  milliy  va 
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof- 
muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi; 
g) ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni xosil 
qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; 
d)  ta’limning  milliy  yunaltirilganligi-ta’limning  milliy  tarix,  xalq  an’analari  va 
urf-odatlari  bilan  uzviy  uyg’unligi,  O’zbekiston    xalqlarining  madaniyatini 
saqlab  qolish  va  boyitish,ta’limning  milliy  taraqqiyotning  o’ta  muhim  omili 
sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; 
e) ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol 
topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi; 
j)  iqtidorli  yoshlarni  aniqlash,  ularga  ta’limning  eng  yuqori  darajasida,izchil 
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish
1

Ta’limning,ya’ni  uzluksiz  ta’lim    sohasidagi  islohotlar  quyidagilarni 
nazarda tutadi: 
                         
1
 «Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури»// Баркамол авлод-Ўзбекистон тараqqиётининг пойдевори. Тошкент,1998. 43-
44- бетлар.   
 

 
 
Ta’lim  tizimining  kadrlar  salohiyatini  tubdan  yaxshilash,  tarbiyachi, 
o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish; 
ta’lim  tizimini  tarkibiy  jihatdan  qayta  qurish  ta’lim,  fan,  texnika  va 
texnologiyaning,  iqtisodiyot  va  madaniyatning  jahon  miqyosidagi  zamonaviy 
yutuqlarni  hisobga  olgan  holda  kasb-hunar  ta’limi  dasturlarini  tubdan 
o’zgartarish; 
majburiy  umumiy  o’rta  ta’limdan  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limiga 
o’tishni ta’minlash; 
maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish 
integratsiyalashgan yangi tipdagi o’quv muassasalarini vujudga keltirish; 
ilg’or  texnologiyalarni  keng  o’zlashtirish,  iqtisodiyotdagi  tarkibiy 
o’zgarishlar,  chet  el  investitsiyalari  ko’lamlarining  kengayishi,  tadbirkorlik, 
kichik  va  xususiy  biznesni  rivojlantirish  bilan  bog’liq  ya’ni  kasb-hunar  va 
mutaxassisliklar  bo’yicha  kadrlar,  shu  jumladan  boshqaruv  tizimi  kadrlarini 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 
milliy  mustaqillik  prinsiplari  va  xalqning  boy  intellektual  merosi  va 
umumbashariy  qadriyatlarining  ustuvorligi  asosida  ta’limning  barcha  darajalari 
va  bo’g’inlarida  ta’lim  oluvchilarning  ma’naviy  va  ahloqiy  fazilatlarini 
rivojlantirish; 
ta’limni  boshqarish  tizimini  takomillashtirish,  jamoat  boshqaruvi 
shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish. 
ta’lim  olishda,  shuningdek  bolalar  va  yoshlarni  ma’naviy  -  ahloqiy 
intellektual  va  jismoniy  jihatdan  tarbiyalashda  oila,  ota-onalar,  jamoat 
tashkilotlari,  maxallalar,  hayriya  va  xalqaro  fondlarining  rolini  kuchaytirish 
yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni  amalga oshirish;  
ta’lim  jarayoni  va  kadrlar  tayyorlash  sifatiga  xolis  baxo  berish  tizimini 
yaratish va joriy etish; 
ta’lim  va  ilm-fan  bilan  bog’liq  chet  el  hamda  xalqaro  tashkilotlar  bilan 
hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish; 

 
 
tub  yerli  millatga  mansub  bo’lmagan  shaxslarga  zich  yashaydigan 
joylarda ular o’z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-
sharoitlar yaratish; 
ta’limning  barcha  darajalarida  ta’lim  oluvchilarning  huquqiy,  iqtisodiy, 
ekologik va sanitariya gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish. 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  uzluksiz  ta’lim  tizimi  va  turlari 
belgilab  qo’yilgan.  Shuningdek,  uzluksiz  ta’lim  tizimining  faoliyat  olib  borishi 
Davlat  ta’lim  standartlari  asosida,  turli  darajalardagi  ta’lim  dasturlarining 
izchilligi  asosida  ta’minlanadi  va  qo’yidagi  ta’lim  turlarini  o’z  ichiga  oladi, 
ya’ni ular quyidagicha:  

  Maktabgacha ta’lim  

  Umumiy o’rta ta’lim. 

 
o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi 

  Oliy ta’lim 

  Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim 

  Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 

  Maktabdan tashqari ta’lim. 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  o’ziga  xos  xususiyati  mustaqil 
ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus kasb-hunar 
ta’limini  joriy  etishdan  iboratdir.  Bu  esa  umumiy  ta’lim  dasturlaridan  o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o’tilishini ta’minlaydi. 
Umumiy  ta’lim  dasturlari:  maktabgacha  ta’lim,  boshlang’ich  ta’lim  (1-4 
sinflar),umumiy  o’rta  ta’lim  (1-9  sinflar),  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini 
qamrab oladi. 
Kasb-hunar  ta’limi  dasturlari    o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi,  oliy 
(bakalavriat,  magistratura)  ta’limi  va  oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’limni, 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi. 
Maktabgacha  ta’lim  turida  bolaning  asosan  sog’lom,  har  tomonlama 
kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, 
uni  muntazam  ta’lim  olishga  tayyorlaydi.  Maktabgacha  ta’lim  bola  olti  yetti 

 
 
yoshga  yetguncha  davlat  va  nodavlat  maktabgacha  tarbiya  bolalar 
muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Ushbu maqsad va vazifalarini 
ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar 
faol ishtirok etadi. 
 «Kadrlar 
tayyorlash 
milliy 
dasturi»da 
umumiy 
o’rta  ta’lim 
quyidagilardan iborat deyiladi: 
Ya’ni,  to’qqiz  yillik  (1-9  sinflar)  o’qishdan  iborat  umumiy  o’rta  ta’lim 
majburiydir. Ta’limning bu turi esa o’z ichiga boshlang’ich ta’limni (1-4 sinflar) 
qamrab  oladi,  hamda  o’quvchilarning  fanlar  asoslari  bo’yicha  muntazam  bilim 
olishlarini,  ularda  bilim  o’zlashtirish  ehtiyojini,  asosiy  o’quv-ilmiy  va 
umummadaniy  bilimlarni,  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlariga  asoslangan 
ma’naviy – ahloqiy fazilatlarini mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-
muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy 
o’rta  ta’lim  tugallangandan  keyin  fanlar  va  ular  bo’yicha  olingan  baholar 
ko’rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. 
Shuningdek,  dasturda  umumiy  o’rta  ta’limning  yangicha  tizimi  va 
mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur deyilgan: 
a)  Maktabning  1-9  sinflari  doirasida  sifatli  umumiy  o’rta  ta’lim  olishni 
ta’minlovchi  davlat  ta’lim  standartlarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish,  bunda 
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta’lim dasturlari 
bilan mantiqiy bog’liqlik hisobga olinishi lozim; 
b) yuqori malakali pedagog-kadrlar tayyorlash; 
v)  xududlarni  jo’g’rofiy  va  demografik  xususiyatlariga  qarab      shaxs, 
jamiyat  va  davlatning  extiyojlariga  muvofiq  ravishda  ta’lim  muassasalari 
tarmoqlarini rivojlantirish; 
g)  o’quvchilarning  qobiliyatlari  va  imkoniyatlariga  muvofiq  ravishda 
ta’limga 
tabaqalashtirilgan 
yondashuvni 
joriy 
 
etish; 
       d)  ta’lim  berishning  ilg’or  pedagogik  texnologiyalarini,  zamonaviy  o’quv-
uslubiy  majmualarini  yaratish  va  o’quv  tarbiya  jarayonini  didaktik  jihatdan 
ta’minlash; 

 
 
e)  o’quvchilar  kasb-hunar  tanlaydigan  va  psixologik  pedagogik  jihatidan 
maslaxatlar oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etishdan iborat. 
Milliy  dasturda  o’rta  pog’onada  tashkil  etiladigan  o’rta  maxsus,  kasb-
hunar ta’limida quyidagilar belgilangan: 
Ya’ni,  umumiy  o’rta  ta’lim  negizida  o’qish  muddati  3  yil  bo’lgan 
majburiy  o’rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  uzluksiz  ta’lim  tizimidagi  mustaqil 
turdir. o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishi – akademik litsey yoki kasb-
hunar kolleji o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.  
Akademik-litsyoy  davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  o’rta  maxsus 
ta’lim  beradi.  o’quvchilarning  imkoniyatlari  va  qiziqishlarini  hisobga  olgan 
holda  ularning  jadal  intellektual,  chuqur  sohalashtirilgan,  tabaqalashtirilgan, 
kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi. 
Akademik  litseylarda  o’quvchilar  o’zlari  tanlab  olgan  ta’lim  yo’nalishi 
bo’yicha  (gumanitar,  texnika,  agrar,  va  boshqa  sohalar)  bilan  saviyalarini 
oshirish  hamda  fanni  chuqur  o’rganishga  qaratilgan  maxsus  kasb-hunar 
ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniga ega bo’ldilar. Bu ko’nikmalarni 
o’qishni    muayyan  oliy  ta’lim  muassasalarida  davom  ettirish  yoki  mehnat 
faoliyatida ro’yobga chiqarishlari mumkin. 
Kasb-hunar  kolleji  tegishli  davlat  ta’lim  standartlari  doirasida  o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; 
o’quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va  ko’nikmalarni  chuqur 
rivojlantirishi,  tanlab  olingan  kasb-hunar  bo’yicha  bir  yoki  bir  necha  ixtisosni 
egallash imkonini beradi. 
Oliy  ta’lim  esa  o’rta  maxsus,  kasb-  hunar  ta’limi  negiziga  asoslanadi, 
hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichiga egadir. 
SHuningdek,  oliy  ta’lim  muassasalariga  talabalar  qabul  qilish  davlat 
grantlari negizida va pullik shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. 
Bakalavriat-mutaxassisliklar  yo’nalishi  bo’yicha  fundamental  va  amaliy 
bilim  beradigan,  ta’lim  muddati  kamida  to’rt  yil  davom  etadigan  tayanch  oliy 
ta’limdir. 

 
 
Bakalavrlik  dasturi  tugallanganidan  so’ng  bitiruvchilariga  davlat 
attestatsiyasi  yakunlariga  binoan  «bakalavr»  darajasi  beriladi  va  davlat 
tomonidan  tasdiqqlangan  namunadagi,  kasb-hunar  bilan  shuІullanish  huquqini 
beradigan diplom  topshiriladi. 
Magistratura – aniq mutaxassislik bo’yicha  fundamental va amaliy bilim  
beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati  kamida ikki yil davom etadigan 
oliy  ta’limdir.  «Magistr»  darajasini  beradigan  davlat  malaka  attestatsiyalari  
magistrlik  dasturining  intihosidir.  Magistrlarga  davlat  tomonidan  tasdiqlagan 
namunadagi  kasb-hunar    faoliyati  bilan    shug’ullanish  huquqini    beruvchi 
diplom topshiriladi. 
Ikki  bosqichli    oliy  ta’lim  tizimini  tashkil  etish  va  rivojlantirish  uchun 
quyidagilarni amalga oshirish lozim: 
Birinchidan,  oliy  ta’lim  muassasalari  uchun  professor-o’qituvchi  kadrlar 
tayyorlash  shu  jumladan,  chet  ellardagi  yetakchi  o’quv  va  ilmiy  markazlarda 
tayyorlash; 
ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o’zgarishlar o’tkazish; 
uchinchidan,  oliy  ta’lim  muassasalari  boshqaruvini  takomillashtirish,bu 
muassasalarning  mustaqilligini  kuchaytirish,  vasiylar,  kengashlari,  jamoat 
nazorat kengashlari shaklidagi jamoat  boshqaruvini joriy etish; 
to’rtinchidan,  ta’limning  fan  va  ishlab  chiqish  bilan    integratsiyasi 
ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
beshinchidan,  o’qishni,  mustaqil  bilim  olishni  individuallashtirish  va 
distansion  ta’lim  tizimi  texnologiyasi  va  vositalarini  ishlab  chiqish  va 
o’zlashtirish; 
oltinchidan,  yangi  pedagogik  va  axborot  texnologiyalari  tayyorgarlikni 
modul tizimidan foydalanib, talabalarning o’qitilishini takomillashtirish; 
eettinchidan,  xalqning  boy    ma’naviy  va  intellektual  me’rosi  va 
umumbashariy  qadriyatlari asosida ta’limning yo’nalishini ta’minlash. 

 
 
Oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  jamiyatning  oliy  malakali  ilmiy  va 
ilmiy-pedagog  kadrlarga  bo’lgan  ehtiyojlarini  qondirishga    shaxsning  ijodiy 
ta’lim kasb-hunar manfaatlarini  qanoatlantirishga qaratilgan. 
Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  ta’lim  tizimining 
alohida  turi  hisoblanib,  u  mutaxassislarning  kasb  bilimlari  va  ko’nikmalarini 
yangilash  hamda  chuqurlashtirishga  qaratilgan.  Kadrlar  malakasini  oshirish  va 
ularni  qayta  tayyorlash  ta’lim  muassasalaridagi  o’qish  natijalariga  ko’ra  davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi. 
Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  tizimini  tashkil 
etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur: 
Birinchi  kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  tizimi 
faoliyatini  yangicha  tarkib,  mazmun  hamda  bu  tizimni  boshqarishni 
shakllantirish; 
ikkinchi,  yuqori  malakali  o’qituvchi  mutaxassis  kadrlar  tayyorlash  va 
sohani ular bilan to’ldirib borishni ta’minlash; 
uchinchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining 
bu  sohada  raqobatga  asoslangan  muhitini  shakllantirishni  va  samarali  faoliyat 
olib borishni ta’minlovchi normativ bazasini yaratish; 
to’rtinchi,  kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  ta’lim 
muassasalarining  davlat  attestatsiyasi  va  akkreditatsiyasidan  o’tkazish  tizimini 
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
beshinchi,  iqtisodiyotning  davlat  va  nodavlat    sektorlari,  mulkchilikning 
turli shaklidagi tashkilot va muassasalarining talab ehtiyojlariga muvofiq kadrlar 
va  mutaxassislarni  ildam  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirishni 
ta’minlovchi  davlat  va  nodavlat  ta’lim  muassasalarini  tashkil  etish  va  rivojiga 
ko’maklashish; 
oltinchi,  professional  treningning  ilg’or  texnologiya  va  uskunalarini, 
shuningdek  murakkab  fan  yutuqlarini    talab  qiluvchi  texnologiya  jarayonlari 
imitatorlarni ishlab chiqish, yaratish va amaliy o’zlashtirib olishdan iborat. 

 
 
Maktabdan  tashqari  ta’limga  nazar  tashlasak,  u  bolalar  va  o’smirlarining 
ta’limiga bo’lgan, yakka tartibdagi ortib boruvchi talab – ehtiyojlarini qondirish 
ularning  bo’sh  vaqtini  va  dam  olishini  tashkil  etish  uchun  o’rnatiladi,  jamoat 
tashkilotlari  shuningdek,  boshqa  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  madaniy-estetik, 
ilmiy,  texnikaviy,  sport  va  boshqa  yo’nalishlarda  maktabdan  tashqari  davlat  va 
nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar. 
Maktabdan  tashqari  ta’limni  rivojlantirish,  uning  tuzilmasi  va  mazmun-
mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish kerak: 
Birinchidan,  ta’lim  berish  va  kamol  toptirishga  yo’naltirilgan  xizmatlar 
ko’rsatuvchi muassasalar tarmog’ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini 
ko’paytirish; 
Ikkinchidan,  milliy-pedagogik  qadriyatlarga  asoslangan  va  jahondagi 
ilg’or tajribani inobatga oluvchi  dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish; 
Uchinchidan,  o’quvchilarning  bo’sh  vaqtini  tashkil  etishning,  shu 
jumladan,  ommaviy  sport  va  jismoniy  tarbiya-sog’lomlashtirish  tadbirlarining, 
bolalar  turizmining,  xalq  hunarmandchiligining  mavjud  turlari  va  shakllarini 
tiklash hamda amaliyotga joriy etishdan iboratdir. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» amaliyotga tadbiq etilayotgan hozirgi 
sharoitimizda quyidagilarni o’ta muhim deb topdik:  
a)  Milliy  dasturning    maqsad  va  vazifalarini  amalga  oshirish  jarayoniga 
jamoat  birlashmalari  va  markazlari,  Respublika  aholisining  tarbiya  jarayonida 
faol ishtirokini ta’minlash; 
b)  professor  va  pedagog  kadrlarni  rivojlangan  mamlakatlardagi  yetakchi 
ta’lim muassasalarida  tayyorlash malakasini oshirish; 
v)  uzluksiz  ta’lim  tizimida    Respublika  jamg’armasi  faoliyatini  yanada 
kuchaytirish; 
g)  uzluksiz  ta’lim  sohasi  o’qituvchilari  va  pedagog  kadrlarini  ijtimoiy 
himoya  qilish  va  qo’llab  quvvatlash,  ularni  mehnatiga  haq  to’lash  va 
rag’batlantirish tizimini kuchaytirib borish; 

 
 
d) o’quv jarayonini insonparvarlashtirish o’ta muhimdir; 
e)  ta’limni  axborot  bilan  ta’minlash  tizimini  shakllantirish  va 
rivojlantirish,  uni  jahon  axborot  tizimi  bilan  bog’lash,  ommaviy  axborot  
vositalarining ta’lim sohasidagi faolligi va erkinligini ta’minlash; 
j)  kasb-hunar  ta’limi  sohasida  kadrlarga  bo’lgan  talab    va  taklifni 
o’rganishni,  ta’lim  xizmatlari  ko’rsatish  va  kasbiy  mexnatning  raqobatga 
asoslangan  bozorini  hamda  kadrlar  tayyorlash  sohasidagi  marketing  faoliyatini 
kuchaytirish  joizdir. 
Zero,  kasb-hunar  ta’limi  sohasida  kadrlar  tayyorlashda  kelgusida 
ishsizlikning  ko’payishiga  olib  keladigan  sharoitlarining  yaratishga  yo’l 
qo’yilmaslik zarur va lozimdir. 
Shuningdek,  hozirgi  davrda  kasb-hunarga  yo’naltirish  vazifasi    o’ta 
muhim  bo’lib,  bunda  bolaga  erkinlik  berish  va  yo’l-yo’riq  ko’rsatish  va  shu 
bilan birga qiziqtirish talab etiladi. 
Shu  o’rinda  ushbu  hayotiy  ma’lumotlarni  fikringizga  havola  qilamiz. 
2000  yil  talabalar  o’rtasida  olib  borilgan  so’rovlarda  shular  ma’lum  bo’ldiki, 
talabalarning 55%i o’z xoxishi bilan qiziqqan kasbi bo’yicha oliy o’quv yurtida 
o’qimoqda,  qolgan  45%  i  esa  kelajakda  oliy  ma’lumot  haqidagi  diplomga  ega 
bo’lish maqsadidagina o’qishga kirishganligini  bildirishdi. Bu esa o’z navbatida 
hozirgi kunimizdagi ayrim va kelajagimiz uchun zararli  kamchiliklardan biridir. 
Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturini  amalga  oshirishda  shunga  alohida 
e’tibor berish kerak, ya’ni ilgari sobiq Sovet hukumati xukmronligi yillarida 9-
yillik  to’liqsiz  o’rta  maktablarni  tugatganlarning  keyingi  taqdiriga  alohida 
e’tibor  qaratish  kerak.  Bu  xususida  Prezidentimiz  ta’limni  isloh  qilish 
arafasidagi  nutqida  batafsil  to’xtalib  o’tgan  edi.  YA’ni  o’tish  davrida 
Respublikamizda  taxminan  5  million  200  ming  maktab  o’quvchisidan  9-sinfni 
bitirganlar 450 ming nafar bolani tashkil qilgan bo’lsa, ularning 250 ming, ya’ni 
55  foizi  10-sinfda  o’qishni  davom  ettirganlar.  Taxminan  100  ming  nafar  bola 
hunar-texnika  yoki  maxsus  o’quv  yurtlariga  kirishi  mumkin,  qolgan  100  ming 
nafar bola umuman kasb-hunarsiz ko’chada qolmoqda edi.  

 
 
 11-sinfni tugatgan o’quvchilarning esa taxminan 20-25 ming nafari, ya’ni 
hammasi bo’lib 10 foizi oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishi mumkin bo’lgan.    
Qolgan 90 foizi esa na bir aniq ixtisosli na bir ertaga hayotga kerak bo’ladigan 
malaka va na bir kasb-hunarni egallab olmasdan qolib ketardilar. 
1
 
Hozirgi  kunda  esa,  o’sha  davrda  9-sinfni  bitirib,  hunar-texnika  bilim 
yurtida yoki 10-11 sinfda o’qishini davom ettira olmagan, buning natijasida esa 
na  bir  hunarning  na  bir  kasbning  egasi  bo’lmasdan,  ko’chada  qolib 
ketganlarning  ta’lim  olishlarini  tashkil  qilish  lozim,  ya’ni  ularning  kasb-hunar 
kollejlarida ta’lim olishlari uchun shart-sharoit yaratish lozim.  
Kadrlar  tayyorlash  Milliy  Dasturining  "Ta’lim  sohasida  ijtimoiy  
kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash"
2
 
deb nomlangan qismining oxiriga - "Ayniqsa, alohida e’tiborga muhtoj bo’lgan 
hududlardagi  bolalarning  ta’lim  olishlariga  alohida  e’tibor  qaratiladi.",  deb 
qo’shimcha kiritish zarur. 
Bu  esa  albatta  ta’lim  sohasida  inson  xuquqlariga  qay  darajada  katta 
ahamiyat bilan qaralayotganligidan dalolat beradi.  
Birinchi bob bo’yicha xulosa 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  g’oyalarini  amaliyotga  tadbiq  etish 
Respublika  ta’lim  tizimida  olib  borilayotgan  islohotlar  muvaffaqiyatini 
ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, 
ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham 
bog’liqdir. 
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda 
qadimdan  ushbu  faoliyatga  jamiyatning  yetuk  kishilari  jalb  etilgandir.  Mazkur 
holat  yosh  avlod  tarbiyasi,  uning  tashkil  etilishi  mazmuni  nafaqat  shaxs 
kamoloti,  balki  jamiyat  taraqqiyotini  ham  belgilashda  muhim  ahamiyatga  ega 
ekanligini anglatadi. 
                         
1
 И.А.Каримов. "Баркамол авлод орзуси". -Т., "Ўзбекистон миллий энциклопедияси". 2000 й.  
2
 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. -Т., "Адолат", 1998 й, 18-сон. 32-33 бетлар.  

 
 
O’zbekiston  Respublikasida  o’qituvchi  kadrlarning  ma’naviy  qiyofasi, 
aqliy  salohiyati  hamda  kasbiy  mahoratiga  nisbatan  jiddiy  talablar  qo’ymoqda. 
CHunonchi,  bu  borada  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 
quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-
idrokini  o’stirish,  ma’rifat  ziyosidan  bahramand  qilish,  haqiqiy  vatanparvar, 
haqiqiy  fuqaro  etib  yetishtirish  uchun,  eng  avvalo,  tarbiyachining  ana  shunday 
yuksak  talablarga  javob  berishi,  ana  shunday  buyuk  fazilatlarga  ega  bo’lishi 
kerak»
1

YUqorida  qayd  etilgan  fikrlardan  bugungi  kun  o’qituvchisi  shaxsiga 
nisbatan  qo’yilayotgan  talablar  mazmuni  anglaniladi.  O’qituvchi  (pedagog) 
pedagogik,  psixologik  va  mutaxassislik  yo’nalishlari  bo’yicha  maxsus 
ma’lumot,  kasbiy  tayyorgarlik,  yuksak  axloqiy  fazilatlarga  ega  hamda  ta’lim 
muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.  
Ta’lim  jarayonini  muvaffaqiyatli  tashkil  etish  unga  ta’sir  etuvchi 
omillarga bog’liqdir. Bu omillar ichki va tashqi omillardir. 
Ichki  omillarga  diqqat  va  ustanovkalar,  qiziqish  kiradi,  ya’ni  ta’lim 
jarayonida  o’qituvchining  o’quvchilar  diqqatini  tashkil  qilishi,  turlicha  diqqat 
xususiyatlaridan  foydalana  olishi,  diqqatning  barqarorlik  va  ixtiyoriylik 
xususiyatini 
shakllantirishdagi 
usullardan 
foydalanib 
talaba 
diqqatini 
rivojlantirib  borishdir.  Shuningdek,  o’quvchilarni  ham  o’ziga  jalb  qilish, 
o’zlashtirishda qiynaladigan, diqqati tarqoq talabalar bilan o’zaro munosabatlar 
o’rnatishi ta’lim muvaffaqiyatini belgilaydi. 
O’quvchi  har  qanday  ta’lim  jarayonida  ham,  u  o’quvchini  qiziqtiradimi, 
zeriktiradimi  undan  qatiy  nazar  dastur  mazmunini  egallashga  tayyor  turishlari, 
ustanovkalar ko’p jihatdan o’qituvchi shaxsiga bog’liqdir. 
Shuningdek,  ichki  omillarga  bolaning  dangasaligi,  sustligi,  o’z  irodasini 
tashkil qila olmasligi, layoqatining pastligi ham kiradi. 
Tashqi  omillarga  o’quv  materialining  mazmuni  va  shaklini  maqsadga 
yo’naltirish darajasi, talabaning bir sinfda yoki kursda ikki yil qolishi, bir ta’lim 
                         
1
  Каримов  И.А.  Буюк  келажагимизнинг  ҳуқуқуий  кафолати.  –  Тошкент,  Шарқ  нашриёт-матбаа  концерни  Бош 
таҳририяти, 1993, 27-28-бет. 

 
 
muassasasidan  ikkinchisiga  ko’chib  o’tishi,  o’qituvchilarni  o’zgarib  turishi  va 
ularni  o’quv  jarayoniga  munosabati,  talabaning  kasal  bo’lib  qolishi  kabilar 
kiradi.  Bular  talabalarning  bilimlarni  o’zlashtirishi  va  uni  uqib  olishiga  ta’sir 
qiladi va hatgo, o’zlashtirish jarayonini pasayishiga sabab bo’ladi. 
Ta’lim-tarbiya  sifatinini  oshirish ham  avvalo, o’qituvchiga, uning bilimi 
va  mahoratiga,  ta’lim-tarbiya    jarayoniga  ilg’or  pedagogik  va  axborot 
texnologiyalarni  qo’llay olishiga bog’liqdir.  Shuning  uchun har bir o’qituvchi 
o’z  ustida  tinmay  ishlasho’i  va  o’zida    pedagogik    mahoratni   shakllantirib  va 
rivojlantirib borishi lozim.   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
II-bob.  Didaktik  tamoyillar mazmuni, mohiyati va turlari  
1. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari 
 
Ta’limning  quyidagi  qonuniyatlari  mavjud:  tarbiyalovchining  tarbiya 
qonuni;  har  qanday  ta’lim  faqat  o’qitilayotgan,  o’qiyotgan  va  o’rganayotgan 
ob’ektning  ma’lum  bir  maqsadga  o’zaro  ta’siri  yordamida  amalga  oshiriladi; 
ta’lim  faqatgina  ta’lim  beruvchining  faoliyatiga  va  o’y  –  fikirlariga  muvofiq 
ravishda  ta’lim  oluvchilarning  faol  faoliyatlari  davomida  yuz  beradi;  o’quv 
jarayoni ta’lim beruvchi hamda ta’lim oluvchining maqsadlariga muvofiq kelgan 
holda yuz beradi; alohida bir shaxsni u yoki bu faoliyati o’rganishga yo’llash uni 
ushbu faoliyatga jalb etish orqali erishiladi; ta’limning maqsadi, bilim olishning 
mazmuni  va  ta’lim  metodlari  orasida  doimiy  bog’liqlik  mavjud  bo’ladi; 
ta’limning maqsadi ta’lim mazmunini va metodini belgilab beradi. 
“Ta’lim qonunlari
1


 
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling