Udk raxmonova gulnora


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana07.05.2020
Hajmi1.02 Mb.
#103820
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
talim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlari


O’zaro bog’liqlik qonuni – ta’lim – tarbiya jarayonida ikkita ruhiy 
harakatning o’zaro bog’liqligidagi rivojlanish qonuni. Bu qonun bo’yicha ta’lim 
–  tarbiya  jarayoni  ta’lim  beruvchi va ta’lim  oluvchi  ruhining bir  yo’nalishdagi 
harakatini  taqozo  etadi.  Bu  qonunga  binoan,  ta’lim  –  tarbiya  jarayonini  tashkil 
qiluvchi ikki shaxsdan birining harakati ikkinchisiniki bilan mos kelmasa, ta’lim 
– tarbiya jarayoni sodir bo’lmaydi. Bunda darsni samarali tashkil  qilish va uni 
sifatli,  mazmunli  amalga  oshirish  uchun  pedagog  sinfda  yoki  auditoriyada  bir 
xildagi holatni, ya’ni, bilim berish va bilim olish holatini shakllantirish kerak; 

 
Mashq  qonuni  –  qonun  bo’yicha,  egallangan  bilimni  ko’nikma, 
so’ng malakaga aylantirishda, mashqni iloji boricha tez amalga oshirishni taqozo 
etadi; 

 
Intensivlik qonuni – bu qonun bo’yicha, mashqlar javobi qanchalik 
intensiv ravishda bo’lsa, shunchalik tez o’zlashtiriladi; 
                         
1
 
Ҳасанбоев Ж., Тўрақулов Х.А., Алқаров И., Усмонов Н.Ў., Исъянов Р.Г., Юзликаев Ф. Педагогика назарияси 
(Дидактика): Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Тошкент: Фан ва технологиялар, 2011. - 62 б 

 
 

 
Assimilyatsiya  qonuni  –  bo’yicha  har  bir  yangi  “turtki”  qaytar 
reaksiyani  vujudga  keltiradi,  deyiladi.  SHuning  uchun  egallagan  bilimni 
qaytarish yo’li bilimni “turtib” turish kerak, deyiladi; 

 
Natijaviy qonunda – reaksiya ijobiy bo’lsa, bilim mustahkamlanadi, 
agar salbiy bo’lsa, xotira uni o’chirib tashlaydi, deyiladi [1] . 
O’quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy 
tarziga  ikki  guruhga  ajratiladi.  Amal  qilinishiga  ko’ra  yaxlit  didaktik  tizimni  
qamrab  oladigan  qonuniyatlar  umumiy,    amal  qilinishiga  ko’ra  faqat  alohida 
tarkibiy qismlariga taalluqli bo’lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. 
I.P.Podlasiy
1
  ta’lim  jarayonining  quyidagi  umumiy  qonuniyatlarini 
ajratib ko’rsatadi: 
1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog’liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati 
va  darajasi,  jamiyatning  talablari  va  imkoniyatlari  hamda  pedagogika  fani  va 
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi. 
2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog’liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari 
va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o’quvchilarning yoshi 
imkoniyatlari,  ta’lim  nazariyasi  va  amaliyotining  rivojlanish  darajasi, 
shuningdek,  o’quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari. 
3.  Ta’lim  sifati  (samaradorligi)  quyidagilarga  bog’liq:  avvalgi  bosqich 
mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o’rganilayotgan material 
xususiyati  va  hajmi,  o’quvchilarga  tashkiliy-pedagogik  ta’sir  ko’rsatish  hamda 
o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti. 
4.  Ta’lim  metodlari  samaradorligi  quyidagilarga  bog’liq:  metodlarni 
qo’llashda  bilimlari  va  ko’nikmalari,  ta’lim  maqsadi,  ta’lim  mazmuni, 
o’quvchilarning  yoshi,  ta’lim  olish  imkoniyatlari,  moddiy-texnik  ta’minot 
hamda o’quv jarayonini tashkil etish. 
5.  Ta’limni  boshqarish  mahsuldorligi  quyidagilarga  bog’liq:  ta’lim 
tizimida  qayta  aloqalarning  intensivligi  va  tuzatish,  ta’sir  ko’rsatishlarning 
asoslanganliligi. 
                         
1
 
Подласый И.П. Педагогика. Новый курс. – Москва, Владос, 1999.
 

 
 
6.  Ta’limni  rag’batlantirish  samaradorligi  quyidagilarga  bog’liq: 
ta’limning  ichki  rag’batlari  (sabablari)  hamda  tashqi  (ijtimoiy,  iqtisodiy, 
pedagogik) rag’batlari. 
Zamonaviy  fanga  aniq  qonuniyatlar  ko’plab  soni  ma’lumdir.  Ular 
qatoriga quyidagilar kiradi:  
1. 
Didaktik qonuniyatlar.  
2. 
Gnoseologik qonuniyatlar.  
3. 
Psixologik qonuniyatlar.  
4. 
Kibernetik qonuniyatlar.  
5. 
Sotsiologik qonuniyatlar.   
6. 
Tashkiliy qonuniyatlar.  
Didaktik  tamoyillar  (didaktika  tamoyillari)  o’quv  jarayonining  umumiy 
maqsadlari  va  qonuniyatlariga  binoan  uning  mazmuni,  tashkiliy  shakl  va 
metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir. 
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, 
asosiy  boshlang’ich  qoidasi;  boshqaruvchi  g’oya,  faoliyatning  asosiy  qoidasi; 
umumlashtirilgan talab. 
Ta’lim  prinsiplari o’quv-tarbiya jarayoniga qo’yiladigan  ijtimoiy talablar. 
Ta’limni  tashkil  etish  va  boshqarishda  rioya  qilinadigan  qoidalar  sifatida  amal 
qiladi.  Ta’lim  prinsiplari  haqida  tasavvurlar    ikki  xil  yo’l  bilan  izohlanadi
1
:  1) 
tasvir  shaklida.  Masalan,  ilmiylik  prinsipi  fan  va  o’quv  predmeti  o’rtasidagi 
aloqadorlikka asoslanadi. Bu yerda ilmiylik prinsipi tasvir orqali bayon qilingan; 
2)  qoida  shaklida.  Masalan,  ta’limda  oddiydan  murakkabga  qarab  boriladi.  Bu 
jumlada tushunarlilik prinsipi qoidaga solingan, ya’ni normallashtirilgan. Ta’lim 
prinsiplari  qoida    shaklini  ollevergan  sari,  ulardan  amaliyotda  foydalanish 
imkoniyatlari ham kengayaveradi. 
   Mutaxassislar ta’lim prinsiplari xususiyatlarini, asosan, o’qituvchi  faoiliyatiga 
nisbatan  izohlashadi.  Shu  sababli  ko’pchilik  didaktik  qo’llanmalarda  “o’qitish 
prinsiplari”  iborasi  ishlatilgan.  Ta’lim  prinsiplari  talim  jarayonining  ikkala 
                         
1
 
O.Roziqov,B.Adizov, G.Najmidinova.  Umumiy didaktika. Buxoro., “Durdona”,  2012 й, 148 b 
 

 
 
sub’eaktiga- ham o’qituvchi, ham o’quvchiga daxldor. SHunga ko’ra biz ularni 
ta’lim  prinsiplari  deb  nomladik.  Ta’limni  tashkil  etish,  boshqarish  va  nazorat 
qilishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, qoidalar ta’lim 
prinsiplpri deb aytiladi. 
 Ta’lim  prinsiplari  mohiyati.  Didaktlar  ta’lim  prinsiplari  mohiyatini 
yoritishda  turli  nuqtai    nazarlarni  asos  qilib  olishgan.  K.  Sosinitskiyning 
fikricha.  Ta’lim  prinsiplari  umumiy  qonuniniyatlar  bo’lib,  ular    o’quv-tarbiya 
jarayonida  qat’iy  rioya  qilish  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi.  Uning  fikricha,  har 
bir  prinsip  ta’lim  jarayonining  muayyan  komponentiga  taaluqli:  ko’rsatmalilik 
prinsipi ta’lim vositalariga, bola shaxsini rivojlantirish prinsipi ta’lim maqsadiga 
bog’liq. 
    
Ta’lim  prinsiplarini  o’quv-  tarbiya    jarayoni    komponentlariga  bog’lab 
bayon  etish  tendensiyasi-  moyilligi    YU.  K.  Babanskiy  tadqiqotlarida  ham 
uchraydi:  ta’limning    ilmiyligi,  hayot  va  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liqligi, 
sistemalilik,  izchillik,  tushunarlilik  prinsiplari  ma’lumot  mazmuniga  ko’ra, 
onglilik  va  faollik    ta’lim  metodlari,  vositalarini  o’zaro  uyg’unlashtirish 
prinsiplari ta’lm metodlari hamda  vositalariga ko’ra, o’quvchilarning indivudial 
guruh  va  frontal  ishlarini  qo’shib  olib  borish  prinsipi  ta’lim  turlariga    ko’ra,  
bilim va maalakalarning puxtaliga prinsipi ta’lim natijalariga ko’ra belgilanadi. 
   
Ta’lim  prinsiplarini  o’quv-tarbiya  jarayonikomponentlari  mohiyatidan 
kelib    chiqib  belgilash  g’oyasi  ularga  yangicha  yondashishdir.  Ammo    ta’lim  
prinsiplarini    o’quv-tarbiya  jarayoni  komponentlari  asosida  belgilash  ularning 
umumiy  qodalar  ekanligini  inkor  qilishga  olib  keladi.  Zero,  ta’lim  prinsiplari  
o’quv-tarbiya  jarayonining  barcha  komponentlariga,  o’qituvchi  va  o’quvchi 
faoliyatiga,  barcha  o’quv  predmetlarini  o’qitish    masalalariga  daxldor  umumiy 
talablar, qodalardir. 
    
Ta’lim  prinsiplarini  o’quv-  tarbiya    jarayoni  qonuniyatlari  asosida 
belgilash g’oyasi ham  mavjud. N.A. Sorokni ta’limning rivojlantiruvchanlik va 
tarbiyalovchanlik xususiyatlarini qonuniyat sifatida belgilaydi va shular asosida 
ta’lim  prinsiplari  xususiyatlarini  bayon  etadi.    V.I  Zagvyazinskiy  ham  o’quv-

 
 
tarbiya  jarayonida  amal  qiladigan  qonuniyatlar  va  ta’lim  prinsiplari  o’rtasidagi 
aloqadorlikni hisobga olib keyingilarini, ya’ni ta’lim prinsiplarini tasnif etadi. 
   
 Prinsiplarni  ta’lim  jarayoni  qonuniyatlaridan  kelib  chiqib  belgilash, 
garchand  bu  ularga  yangicha  yondashish      bo’lsa-da,  u  mohiyat  bilan  bilan 
zaruriyatgi tenglashtirishga hatto almashtirishga olib keladi. Zotan qonuniyatlar 
kishiga,  uning  ongiga  bog’liq  bo’lmagan  holda  mavjud.Boshqacha  aytganda, 
ular narsaning o’zida, o’rganilayotgan jarayonining tarkibiga amal qiladi. Faning  
vazifasi    shu  qonuniyatlarni  izlash,  topish  va  izohlashdan  iborat.    Ta’lim 
prinsiplari,  birinchi  navbatda,  amaliyotga,  binobarin,  zaruriyatga  daxldor.  SHu 
tufayli  ular ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat etish mezonlari sifatida 
amal qiladi. 
  
 Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta’limning barcha turlari 
(individul, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang’ich, o’rta, professional, oliy), 
sub’ektlari  (o’qituvchi,  o’quvchilar  kollektivi),  o’quv-tarbiya    jarayonining 
hamma    komponntlari  (ta’limning  maqsadi,  vazifasi,  vositasi,  mazmuni, 
metodlari,  tashkiliy  shakllari,  natijalari)ga  daxldor  umumiy  qoidalardir. 
SHuningdek.  Ular  maktab  rahbarlari,  metodis  va  inspektorlar,  ilmiy-pedagogik 
izlanishlar  olib  boruvchi  shaxslar,  talabalar  uchun  ham  zarur.  Bulardan,  ta’lim 
prinsiplarini  pedagogik  faoliyat  bilan  mashg’ul  kishilarning  barchasi 
o’rganishlari lozim, degan xulosa kelib chiqadi.   
 
 
2. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi 
 
Ibtidoiy jamiyatda insoniyat o’sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni 
uzatish asosida amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O’sha davrdayoq ta’lim 
amaliy qoidalari ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan. 
Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an’analar tarzida umumlashtirilib,  
amaliy  ta’lim  masalalari  hal  etilgan.  Platon  va  Aristotellar  tavsiya  hamda 
qoidalar  to’plami  ko’rinishida  amaliyotiy  ta’lim  mohiyatini  umumlashtirishga 

 
 
uringanlar. 
Sharqdagi  Uyg’onish  davrida  (IX-XI  asrlar)  arab,  musulmon 
madaniyatining  Yaqin  va  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  moddiy  va  ma’naviy 
madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos – 
birlashish,  yaxlitlik,  qo’shilish)    madaniyat  birlashgan  turi  yuzaga  kelgan. 
Allomalar  Muhammad  al-Xorazmiy  (787-850  yillar),  Abu  Nasr  Forobiy  (870-
950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), 
Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037  yillar)  va  boshqalar  uning  asoschilari  sifatida 
mashhur bo’ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy 
Osiyo  hududlarida  joylashgan.  SHarq  mutafakkirlari  o’z  asarlarida  ta’lim 
usullari,  qoidalari,  tamoyillari,  metodlari  va  shakllari  asosida  ta’lim 
amaliyotining  mohiyatini  ifoda  etadilar.  Biroq  ta’lim  masalalari  bilan  ular 
maxsus  va  izchil  shug’ullanmaganliklari  bois  maxsus  didaktik  nazariya 
yaratilmadi.  Ta’limni  ular  fan  sifatida  emas,  boshqa  fanlarga  o’rgatish  san’ati, 
hunarmandchilik sifatida tushundilar. Sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan 
qoida,  usul  va  tamoyillarning  aksariyati  zamonaviy  maktablarda  ham 
qo’llanilmoqda. 
Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr 
Forobiy,  Al-Kindiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Muslihiddin 
Sa’diy,  Abdurahmon  Jomiy,  Alisher  Navoiylar  ham  ta’limning  ilmiyligi, 
ongliligi, 
ko’rgazmaliligi,  tushunarliligi,  ketma-ketligi, 
muntazamligi, 
moslashuvchanligi 
va 
mustaqilligi, 
shuningdek, 
bolaning 
individual 
xususiyatlari, 
layoqati 
va 
qobiliyatlarini 
hisobga 
olish, 
ta’limni 
insonparvarlashtirish  kabi  qoida  va  tamoyillarini  ifoda  etib  berganlari 
anglanadi
1
(1-ilovaga  qarang).    Ushbu    mutafakkirlarimizning  quyidagi 
tamoyillarni ilgari surganini ko’rishimiz mumkin: 
Al-Xorazmiy  (757-850 yillar) 
- Mustaqillik (ijodiy faollik); 
- kuzatilgan voqea va hodisalarni tushuntirishda muntazamlik, ketma-ketlik; 
                         
1
  Юзликаев  Ф.Р.  Педагогика  институтида  бўлажак  ўқитувчини  дидактик  тайёрлаш  жараёнини  жадаллаштириш.  – 
Тошкент, Фан, 1995.  

 
 
Al-Kindiy (800-871 yillar) 
- o’qitishning ilmiyligi va ongliligi; 
- anglash faoliyatini  faollashtirish; 
- mantiqiy fikrlash; 
- k´rgazmalilik; 
- tizimlilik, ketma-ketlilik va hokazolar 
Al-Forobiy (870-950 yillar) 
- amaliy va nazariy bilimlar ning hayot bilan bog’liqligi 
- ilmiy bilimning qulayligi (anglashning ilmiy metodi); 
- mantiqiylik va ketma-ketlik; 
 - ilmiylik, ko’rgazmalilik, tizimlilik (kuzatish va tajriba); 
Al-Beruniy (973-1050 yillar) 
- o’quvchilarni ilmiy ma’lumot bilan qurollantirish; 
- ilmiy amaliyot; 
- tajriba va kuzatish; 
- o’qishning qulayligi (yaqindan uzoqqa, ma’lumdan no’malumga va boshqalar) 
Ibn Sino (980-1037 yillar) 
- o’qitish tamoyillari: a) bolani birdaniga kitobga bog’lash mumkin emasligi; b) 
bola  bilan  o’tkaziladigan  mashqlar  me’yorlashtirilgan  va  kuchiga  mos, 
jamoaviy,  uning  jismoniy  mashqlarga  muvofiq,  bolaning  qobiliyatini  hisobga 
olishlik;  v)  o’qishda  yengildan  og’irga  muntazam  borish;  g)  ko’rgazmalilik 
tamoyili; d) bolaning alohida shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish metodlari: a) 
materialni  bayon  etishda  tizimlilik  va  ketma-ketlik;  b)mantiqiy  fikrlash; 
v)nazariya  va  amaliyotning  o’zaro  bog’liqligi;  g)umumiydan  xususiyga  o’tish; 
d)o’quvchilarning  mantiqiy  fikrlashi;  j)shaxsiy  kuzatish;  z)tajriba,  amaliyot  va 
boshqalar. 
Sa’diy (1184-1291 yillar)  
- bilimlarni amaliyotda qo’llash; 
- aqliy qobiliyatni rivojlantirish; 
- tizimlilik, bilimning tushunarliligi; 

 
 
- shaxsning faolligi tamoyili; 
- bilimning hayotiyligi amaliyot bilan bog’liqligi 
- mehnat ta’limi va boshqalarning yetakchilik roli 
Jomiy (1414-1492 yillar) 

  ilmiylik; 

  amaliylik; 

  tizimlilik; 

  muntazamlik; 

  qulaylik; 

  bilimni amaliyot bilan bog’liqligi 

  egallangan bilimlarni mustahkamlash,  amaliy ahamiyatliligi

 
o’qitishning insonparvarliligi va boshqalar. 
Alisher Navoiy (1441-1501 yillar)  
-bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish; 
-onglilik, faollikni rivojlantirish; 
muntazamlilik;  
materialni bayon etishning qulayligi; 
-o’qitishni insonparvarlashtirish; 
-inson rivojlanishininng ko’p tomonlamalililigi va boshqalar.  
XVII  asrda  pedagogika  amaliy  tabiatshunoslik  sifatida  biologiya 
qonuniyatlariga  bo’ysunishi  e’tirof  etilgan.  Pedagogikani  tubdan  to’la  qayta 
qurishni  chex  olimi  YA.A.Komenskiy  va  ingliz  pedagogi  Djon  Lokk  amalga 
oshirdilar.  
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko’ra guruhlaganlar: 
1. 
Ijtimoiy-tarixiy. 
2. 
Tabiiy-tarixiy. 
3. 
Psixologik.  
Keyinchalik  bir  guruh  ilg’or  pedagoglar  umumiy    tamoyillar  bilan 
qanoatlanmay,  didaktik  qonuniyatlarini  ifoda  etishga  uringanlar.  Xususan, 

 
 
YA.A.Komenskiy  didaktikaning  tematik  belgilariga  ko’ra    guruhlangan 
quyidagi qoidalar tizimini ilgari surdi: 
1.  “Ta’lim  va  oson  o’qishning  asosiy  qoidalari”  (“Buyuk  didaktika”  - 
XVII bob); 
2.  “Tabiiy o’qish va ta’limning asosiy qoidalari”; 
3.  “Fanlarga  o’qitish  san’atining  to’qqiz  qoidasi”  (XX  bob)  va 
boshqalar.  
Disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo’lib, ular muayyan 
loyihalarga  taalluqli  ekanligiga  ko’ra  guruhlarga  ajratadi  (birinchi  guruh  – 
o’qituvchiga  nisbatan,  ikkinchisi  –  dars  tashkil  etilayotgan  fanga  nisbatan, 
uchinchisi  –  o’quvchiga  nisbatan  va  hokazolar  tarzida).  SHu  bilan  birga 
Disterveg mazkur  qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi. 
Ta’lim prinsiplari   tizimi
1
.  Didaktika tarixida ta’lim prinsiplarini tartibga 
solish  masalasi  bilan  birinchi  marta    YA.A.Komenskiy  shug’ullangan:  “Buyuk 
didaktika”   kitobining XV-XVIII boblarida amaldagi prinsiplarning ko’pchiligi  
asoslangan  edi.  U  tabiatga  moslab  o’qitish  g’oyasidan  kelib  chiqib  
ko’rsatmalilik  (narsa-tana,  so’z  esa  kiyim,  narsa-don,  so’z-uning  po’stlog’i; 
shunday  ekan,  bilish  narsaning  o’zini    sezishdan,  o’rganishdan    boshlanmog’i 
lozim), tushunarlilik (u yoki bu o’quv predmetini o’qitishdan  oldin  bolalar uni 
o’rganishga  tayyor  bo’lishi  kerak;  o’quv  predmetini  o’rganishga    to’siqlik  
qiladigan  narsalarning    barchasi  bartaraf  etilsin),  izchillik  (tabiatda  narsa  va 
xodisalar  o’zaro bo’lganidek, ta’limda ham barcha  narsalarni bir-biriga bog’lab 
o’rgatish  lozim;  o’quv    mashg’ulotlarini  shunday  taqsimlash    kerakki,  unda 
oldin  o’rganilgan  bilimlar    keyingi    bilimlarga    yo’l  ochsin),  faollik  (qanday  
mashg’ulot    bo’lmasin,  unga    bolalarning  mehrini  oshirmoq    kerak);    bilim  
malakalarning  puxtaligi  (maktabda  hayot  uchun  yaroqli  narsalar  o’rgatiladi; 
o’qitiladigan  narsalarni    shunday    asoslamoq    kerakki,  unda  esdan  chiqarish, 
ikkilanishga    o’rin    qolmasin;  mohirona  takrorlash    va  mashq    qildirish  asosli 
o’zlashtirishga  olib  keladi)  kabi  ta’lim    prinsiplarining  maqomini  aniqlagan.  
                         
1
 
O.Roziqov,B.Adizov, G.Najmidinova.  Umumiy didaktika. Buxoro., “Durdona”,  2012 й, 149 b 
 

 
 
Garchand,  YA.A.Komenskiy  asarlarida  “o’qitish  prinsipi”,  “ta’lim  prinsipi”, 
degan    terminlar  ishlatilmagan  bo’lsada,  hozir  amalda  qo’llanayotgan 
prnitsiplarning ko’pchiligi  uchun zamin  yaratilgan edi. 
 
YA.A.Komenskiydan  keyin  ta’lim  prinsiplari  taraqqiyotiga  nemis  
pedagogi  Adolf  Disterveg  muhim  hissa  qo’shdi.    1835    yilda  chop  etilgan 
“Nemis  o’qituvchilarini  tayyorlashga  doir  qo’llanma”    nomli  asarida    ta’lim 
prinsiplari  ma’lumot  mazmuni  hamda  o’qituvchi  va  o’quvchilar  faoliyati 
xususiyatlaridan    kelib  chiqib  tizimga  solingan  A.Distervegning  pedagogik  
merosida ko’rsatmalilik, tushunarlilik, izchillik, mustaqillik prinsiplari bilan bir 
qatorda    sistemalilik  (o’quv  predmeti  tabiatidan  tizimni    tanla),    ilmiylik 
(ta’limning mazmuni  hozirgi zamon fani erishgan nuqtaga yo’naladi), ta’limda 
bolalarning    individual  xususiyatlarini    hiosbga  olish  (o’qitishni  qiziqarli  va 
maroqli  o’tkazishga    intil),    faollik  (maktabda  “o’lik”    narsalar  emas,  balki 
hayot,  tafakkur  barq  urib  yashnasin)    kabi  prinsiplar  ham  o’rin  oldi. 
A.Distervegning  xizmati  shundaki,  u  ko’rsatmalilik,  tushunarlilik,  faollik  kabi 
prinsiplarni o’ziga xos termin-atamalar bilan nomladi. 
“Ta’lim qonunlari: 

 
O’zaro  bog’liqlik  qonuni  –  ta’lim  –  tarbiya  jarayonida  ikkita  ruhiy 
harakatning o’zaro bog’liqligidagi rivojlanish qonuni. Bu qonun bo’yicha ta’lim 
–  tarbiya  jarayoni  ta’lim  beruvchi va ta’lim  oluvchi  ruhining bir  yo’nalishdagi 
harakatini  taqozo  etadi.  Bu  qonunga  binoan,  ta’lim  –  tarbiya  jarayonini  tashkil 
qiluvchi ikki shaxsdan birining harakati ikkinchisiniki bilan mos kelmasa, ta’lim 
– tarbiya jarayoni sodir bo’lmaydi. Bunda darsni samarali tashkil  qilish va uni 
sifatli,  mazmunli  amalga  oshirish  uchun  pedagog  sinfda  yoki  auditoriyada  bir 
xildagi holatni, ya’ni, bilim berish va bilim olish holatini shakllantirish kerak; 

 Mashq  qonuni  –  qonun  bo’yicha,  egallangan  bilimni  ko’nikma,  so’ng 
malakaga aylantirishda, mashqni iloji boricha tez amalga oshirishni taqozo etadi; 

 Intensivlik  qonuni  –  bu  qonun  bo’yicha,  mashqlar  javobi  qanchalik 
intensiv ravishda bo’lsa, shunchalik tez o’zlashtiriladi; 

 
 

 Assimilyatsiya qonuni – bo’yicha har bir yangi “turtki” qaytar reaksiyani 
vujudga  keltiradi,  deyiladi.  Shuning  uchun  egallagan  bilimni  qaytarish  yo’li 
bilimni “turtib” turish kerak, deyiladi; 
Natijaviy qonunda – reaksiya ijobiy bo’lsa, bilim mustahkamlanadi, agar salbiy 
bo’lsa, xotira uni o’chirib tashlaydi, deyiladi
1
 
Ta’lim prinsiplarini  belgilash o’lchovlari
2
. U yoki bu didaktik xodisaga 
oid  qarashlarni  didaktik  prinsiplar    qatoriga  kiritishning  o’ziga  xos    mezonlari 
mavjud. Ularga  quyidagilar kiradi: 
Umumiylik.  Ta’lim  prinsiplari  o’quv-tarbiya  jarayonining  barcha 
komponentlariga  –  ta’limning  mazmuni,  vositalari,  usullari,  tashkiliy  shakllari, 
natijalari  uchun    mushtarakdir.  Binobarin,  bolalarning  real    bilish 
imkoniyatlariga  mos    keladigan  ta’lim  mazmunini  belgilashda,  ta’limning  turli 
normativ  modellarini  (o’quv  dasturi,  darslik  o’quv  qo’llanmalari)  yaratishda, 
ta’limning  tashkiliy    shakllari,  vositalari,  usullarini    tanlashda  ta’lim 
prinsiplariga rioya  qilinadi. 
Amaliyot  uchun  yaroqlilik.    Ta’lim  prinsiplari  –  pedagogik  amaliyotga 
yo’nalgan. Ta’limni hozirgi zamon talablari darajasida tashkil etish,  boshqarish 
va    nazorat    etish  ehtiyojlariga    mos  bo’lmagan  qarashlarni,  qoidalarni  ta’lim 
prinsiplari    qatoriga    kiritish  mumkin    emas.  Ta’lim  prinsiplariga  ko’ra  o’quv- 
tarbiya  ishlari  ta’lim-tarbiya  birligi,nazariya  bilan  amaliyotning  yagonaligi, 
ta’lim  vositalari,  usullari  va  sh.k  optimal  tanlash,  ta’lim  mazmunining  bola 
shaxsiga yo’nalganligi kabi qator g’oyala amalga oshiriladi. 
Ta’limning  samaradorligini  oshirishga  yo’nalganlik.    Ta’lim 
prinsiplarining  barchasiga  rioya  qilish  va  ularni  amalga  oshirish  yo’li  bilan  
o’quv-tarbiya jarayonining  samaradorligi  oshiriladi.   
 
Ta’lim  mazmuni,  vositalari,  usullari,  tashkiliy  shakllarini  maktab  oldiga 
qo’yilgan    ijtimoiy  talablarga    muvofiqlashtirish,  bolalarning  eng  yuqori 
darajadagi    taraqqiyotini  ko’zlab  ta’limni  tashkil  etish,  o’quvchilarning  
                         
1
  Ҳасанбоев  Ж.,  Тўрақулов  Х.А.,  Алқаров  И.,  Усмонов  Н.Ў.,  Исъянов  Р.Г.,  Юзликаев  Ф.  Педагогика  назарияси 
(Дидактика): Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Тошкент: Фан ва технологиялар, 2011.62 б 
2
 
O.Roziqov,B.Adizov, G.Najmidinova.  Umumiy didaktika. Buxoro., “Durdona”,  2012 й, 151 b
 

 
 
ma’lumot  mazmuni  va faoliyat usullarini  parallel egallashlariga   erishish kabi 
tadbirlarni  o’quv-tarbiya  jarayoniga  uzluksiz joriy etish yo’li bilan ta’limning 
natijasi,  uning  sifati  yaxshilanadi,  ta’lim  uchun  ajratilgkan    vaqtdan  unumli 
foydalanishga shart-sharoit tayyorlanadi. Ta’limning samaradorligini oshirishga 
oid tadbirlar va ularni o’quv-tarbiya jarayoniga  tadbiq etish  yo’li bilan qo’lga 
kiritiladigan yutuqlar ta’lim prinsiplari asosida oldindan belgilanadi. 
 
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling