Udk raxmonova gulnora


-bob. Ta’lim-tarbiya  sifatini oshirishda didaktik  tamoyillarga


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana07.05.2020
Hajmi1.02 Mb.
#103820
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
talim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlari


3-bob. Ta’lim-tarbiya  sifatini oshirishda didaktik  tamoyillarga  
yondashish  mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari 
1. Umumiy o’rta ta’lim o’qituvchilarining didaktik  tamoyillardan 
foydalanish darajasi tahlili 
 
Ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik    tamoyillarga    yondashish 
yuzasidan tajriba - sinov ishlari quyidagi 3 bosqichda olib borildi: 
 
1.Tayyorgarlik bosqichi. 
 
2. Tajriba- sinov ishlarini bevosita tashkil etish bosqichi. 
 
3. YAkunlovchi bosqich. 
 
Tajriba  sinov  ishlarini  tashkil  etishda  asosiy  e’tibor  quyidagilarga 
qaratildi: 
1. Pedagogik kuzatuvni tashkil etish  
2.  Muammoning  nazariy  va  amaliy  jihatdan    o’qituvchilar  bilish    holatini 
aniqlash maqsadida suhbatlar tashkil etish. 
3. Anketa va test so’rovnomalarini o’tkazish. 
4. O’qituvchilar ishtirokida o’tkazilgan anketa va test, so’rovnomalar natijasida 
tadqiqot faoliyatini yanada boyitish. 
7. Ta’lim-tarbiya  sifatini oshirishda didaktik  tamoyillardan foydalanish  metod 
va vositalarini aniqlash. 
 
Tadqiqot  muammosi  ustida  izlanish  va  o’qituvchilarining  didaktik 
tamoyillarni  bilish  va  unga  amalda  rioya    qilishlarini  aniqlash    bevosita  va 
bilvosita pedagogik kuzatish, suhbat hamda pedagogik testlarni tashkil etish kabi 
metodlardan foydalanildi. 
 
Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida quyidagi vazifalar  hal etildi. 
1.  Amaliy faoliyat jarayonida o’qituvchilarda didaktiktamoyillarni bilish darajasini 
ifodalovchi ma’lumotlarni umumlashtirish. 
2.  Umumlashtirgan  materiallarni  matematik-statistik  metod  orqali  qayta  tahlil 
etish. 
3.  Matematik-statistik tahlil natijasiga ko’ra umumiy xulosalar chiqarish. 
Ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik    tamoyillarga    yondashish  

 
 
muammosining muvaffaqiyatli tadqiq etilishi mavjud adabiyotlarni nazariy tahlil 
etilishi,  ta’lim  muassasalari  amaliyotining  o’rganilishi  hamda  o’qituvchilar 
faoliyatining  mavjud  holatiga  baho  berilishiga  ham  bog’liq.  Binobarin,  ushbu 
urinish  muammoning  hal  etilgan  va  etilmagan  jihatlarini  aniqlashga  yordam 
beradi.  SHu  sababli  asoslovchi  tajriba  davrida  nazariy  tahlil,  hujjatlarni 
o’rganish,  pedagogik  kuzatish,  anketa,  test,  suhbat,  intervyu  metodlari 
yordamida 
umumo’rta  ta’lim  maktablari  o’qituvchilarining  didaktik  
tamoyillarni  bilim  va  ulardan    foydalanishning  mavjud  darajasini  baholashga 
alohida e’tibor qaratildi. 
Mavjud  adabiyotlarni  o’rganish  shundan  dalolat  beradiki,    ta’lim 
jarayonida  qator  tamoyillarga amal qilish ko’zda tutiladi.  Mavjud manbalarni 
nazariy jihatdan o’rganish, yangi turdagi ta’lim muassasalari faoliyatini bevosita 
tahlil  qilish,  ijtimoiy-gumanitar  fanlar,  shuningdek,  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar 
bo’yicha  mas’ul  shaxslar  bilan  tashkil  etilgan  muloqotlar  natijasi  mustaqillik 
yillarida  O’zbekistonda  umumta’lim  maktablarining  o’qituvchilarida  didaktik 
qonun  va  tamoyillarga  oid  yaxlit  manba  mavjud  emasligini  ko’rsatdi.  Garchi, 
o’qituvchilar fanlarni o’qitish, shuningdek, o’quvchilarga ta’lim muassasasining 
faoliyati  yo’nalishiga  muvofiq  kasbiy  bilimlarni  berishga  yo’naltirilgan  ayrim 
ixtisoslik  fanlari  doirasida  ta’lim  iamoyillariga    mal  qilsalarda,  ularning  ta’lim 
qonuniyat  va  tamoyillari  to’g’risidagi  nazariy  bilimlari  tizimli  emas.  Buning 
asosiy  sababi  bo’lg’usi  o’qituvchilar  va  yosh  o’qituvchilarning  didaktik 
tamoyillar  mohiyati  va ahamiyatini yaxshi bilmasligidadir. SHuningdek, ta’lim 
va  tarbiya  jarayonlari  o’rtasidagi  muvofiqlikning  mavjud  emasligi  ham  bunga 
sabab bo’lmoqda.  
Navoiy  viloyati  Karmana  shaxridagi  15-  o’rta  umumta’lim  maktabida  
tajriba  ishlarini  olib  borish  jarayonida  o’qituvchilarning  bir  qismi  ta’lim 
tamoyillari  mohiyatini chuqur bilmasligining guvohi bo’ldik. Ular bilan tezkor 
savol-javoblar  tashkil etdik (5-ilova). Bunda 40 nafar o’qituvchi  ishtirok etdi. 
Uning  20  nafari  nazorat  guruhida  va  20  nafari    tajribv  guruhida  ishtirok  etdi. 
O’qituvchilarning  ta’lim  tamoyillarini  bilish  va  amalda  unga  rioya  qilish 

 
 
darajasini  quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin (1-jadval).  
 
№  Ta’lim tamoyillari 
Nazorat 
guruhi 
Tajriba 
guruhi 
Nazorat 
guruhi 
Tajriba 
guruhi 
Eksperimentdan oldin 
Eksperimentdan keyin 
Bila-
di  
Rioya 
qiladi 
Bila-
di  
Rioya 
qiladi 
Bilad
i  
Rioy

qilad

Biladi  
Rioya 
qila-
di 
1. 
 
ta’limning 
ilmiy 
bo’lish qoidasi 
17 
15 
17 
14 
18 
16 
20 
19 
2. 
 
ta’limning  tizimli  va 
izchil bo’lishi qoidasi 
16 
14 
16 
15 
17 
15 
19 
18 
3. 
 
ta’lim  va  tarbiyaning 
birligi qoidasi 
19 
16 
17 
15 
19 
17 
20 
18 
4. 
 
ta’limda  
nazariyaning 
amaliyot bilan boglab 
o’qitish qoidasi 
18 
15 
16 
14 
18 
16 
19 
18 
5. 
 
ta’limda onglilik
faollik va mustaqillik 
qoidasi 
16 
13 
15 
12 
17 
15 
19 
17 
6. 
 
ta’limda 
ko’rsatmalilik qoidasi 
20 
18 
19 
18 
20 
18 
20 
19 
7. 
 
ta’limning 
o’quvchilarga 
mos 
bo’lishi qoidasi 
18 
15 
17 
14 
18 
16 
19 
18 
8. 
 
ta’limda 
bilim, 
ko’nikma 
va 
malakalarni  puxta  va 
mustahkam  o’rganish 
qoidasi 
17 
15 
17 
14 
18 
16 
19 
17 
9. 
 
ta’limda o’quvchiga 
xos xususiyatlarni 
hisobga olish qoidasi 
 
19 
15 
18 
15 
19 
16 
20 
16 
 
Shu  narsa  aniqlandiki,    ta’lim    tamoyillaridan  ta’limda    nazariyaning 
amaliyot  bilan  boglab  o’qitish  qoidasi,  ta’limda  onglilik,  faollik  va  mustaqillik 
qoidasi  hamda    ta’limda  o’quvchiga  xos xususiyatlarni hisobga  olish  qoidasiga  
ko’pgina o’qituvchilar rioya  qilishmayapti. 
 
Biz  tajriba  guruhlarida  ta’lim  tamoyillari    mohiyatini  chuqur  tushuntirib 

 
 
berishga harakat qildik, ularning har biri  haqida  keng va prezentatsiyali shaklda 
tushuncha berdik (2-ilova).  
Pedagoglardan  ta’lim  tamoyillariga  to’liq  amal  qilinmaslkning    asosiy 
sabablari nimada ekanligi so’ralganda ularning umumiy javoblarida quyidagilar 
qayd etildi:  
-  Didaktik  tamoyillar  mohiyatini  ochib  beruvchi  manbalarning  yetarli 
emasligi;  
-  pedagoglarning  didaktik  tamoyillarni  tizimli,  izchil,  uzluksiz  tashkil 
etish malakalarining yuqori darajada emasligi;  
-  ta’lim  tamoyillaridan  foydalanishni  ilmiy  asosda  samarali  tashkil 
etishga oid metodik manbalarning yetishmasligi; 
-  didaktik    tamoyillarning  ta’lim-tarbiya  beruvchi  imkoniyatlardan 
oqilona foydalanilmayotganligi va boshqalar. 

«Shaxsan  siz  o’z  faoliyatingizda  ta’lim  tamoyillariga  e’tibor 
qaratasizmi?»  degan  savolga  pedagoglar  tomonidan  qaytarilgan  javoblar 
miqdori  ko’rsatkichlarda  ba’zan  e’tibor  qarataman  degan  javoblar  ko’proq 
uchraydi.  
Asoslovchi  tajriba  davrida  sinov  ishlarida  ishtirok  etgan  pedagoglar  ular 
e’tiborlariga  havola  etilgan  savollarga  javob  qaytarar  ekanlar,  ta’lim-tarbiya 
jarayonida  didaktik  tamoyillarga  amal  qilishni  kuchaytirishga  oid  quyidagi 
takliflarni ilgari surdilar: 

O’qituvchilarni didaktik  qonuniyatlar va tamoyillar haqidagi nazariy 
manbalar bilan; 

pedagogik jamoalar o’rtasida didaktikaning dolzarb masalalariga oid 
umumiy yoki alohida maxsus seminarning tashkil etilishiga erishish; 

ta’lim tamoyillaridan foydalanishda  yuqori samaralarga erishayotgan 
rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalaridan samarali foydalanish; 

ta’lim  muassasalarida  ta’lim  tamoyillari  bshyicha  to’plangan  ilg’or 
tajribalarni  umumlashtirish  va  ularning  respublika  miqyosida  targ’ib  etilishiga 
erishish va boshqalar. 

 
 
O’qituvchilarda  ta’lim  tamoyillarini  bilish  darajasining  tahlili  ularda  va 
unga amal qilish bugungi kun talablari darajasida emasligini tasdiqladi. Bu holat 
ularning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlashga qaratilgan anketa so’rovlari 
savollariga qaytargan javoblarida aks etadi.  
O’qituvchilar  e’tiboriga  anketa  so’rovlaridan  tashqari  og’zaki  savollar 
ham  havola  etildi.  Bundan  ko’zlangan  maqsad  ularning  ta’lim  tamoyillari 
to’g’risidagi shaxsiy qarashlarini o’rganishdan iborat edi.  
Asoslovchi  tajriba  –  sinov  jarayonida  anketa  so’rovlari,  maxsus  test 
so’rovlari, bevosita  va  bilvosita  pedagogik  kuzatish, o’qituvchilarning didaktik 
tamoyillarni bilish va unga amal qilish darajasini tahlil qilish   asosida quyidagi 
jadval shakllantirildi: 
O’rta umumta’lim maktab o’qituvchilarida didaktik tamoyillarni bilishning  
mavjud darajasi (2-jadval) 
Tajriba 
bosqichlari 
Tajriba guruhi 
O’qituvchilar soni –  
20 nafar 
Nazorat guruhi 
O’qituvchilar soni –  
22 nafar 
Past 
O’rta  
Yuqori 
Past 
O’rta  
Yuqori 
Tajriba 
boshida 
10 


10 


 
O’rta umumta’lim maktab o’qituvchilarida didaktik tamoyillarni bilishning  
rivojlanish darajasi (3-jadval) 
Tajriba 
bosqichlari 
Tajriba guruhi 
O’qituvchilar soni –  
30 nafar 
Nazorat guruhi 
O’qituvchilar soni –  
32 nafar 
Past 
O’rta  
Yuqori 
Past 
O’rta  
Yuqori 
Tajriba 
oxirida 

15 


11 

Jadval  ko’rsatkichlaridan  anglanadiki,  tajriba-sinov  ishlariga  jalb  etilgan 
o’qituvchilar  didaktik  tamoyillar  mazmuni,    nazariy  va  amaliy  mohiyatlarini 
talablar darajasida yoritib yoki o’z xatti-harakatlarida aks ettirib bera olmadilar. 
Bu  esa o’z-o’zidan tajriba-sinov  ishlarining navbatdagi  bosqichlarida ularga  bu 
borada  ham  puxta  nazariy  bilimlarni  berish  maqsadga  muvofiq  ekanligini 
tasdiqladi. 

 
 
2. Umumiy o’rta ta’lim o’qituvchilarining didaktik  tamoyillardan 
foydalanishini takomillashtirish shakl va metodlari. Tajriba-sinov ishlari va 
uning  samaradorlik darajasi 
 
Tadqiqot  olib  boriladigan  ta’lim    muassasalaridagi  o’quv    va  tarbiyaviy 
ishlarni o’rganish va tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilarga  turli metod 
seminarlar,    ma’ruzalar,  davra  suhbatlari,  munozaralar  shaklida  ta’lim-tarbiya  
sohasidagi yangiliklarni, didaktika  sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama 
qilib  borish  lozim.  Bundan  tashqari      maktablardagi  ilg’or  o’qituvchilar  
tajribalarini, aynan, didaktika  sohasidagi ommalashtirib borish  ko’zda tutilishi 
lozim.   
 
Ushbu    tashkil  etilgan      tadbirlarda    ta’lim    tamoyillari  mohiyati  va 
mazmunining chuqur anglanishiga erishish lozim.  
 
Tadqiqot ishimizda maktab  o’qituvchilari bilan  seminarlar,  ma’ruzalar, 
davra  suhbatlari,  munozaralar  tashkil  etib,  ularga  didaktik    tamoyillar  
tushuntirib borildi.  
 
O’qituvchilarga quyidagi tavsiyalar berildi: 
 
Ilmiylik  tamoyilini  amalga oshirish uchun quyidagilarga amal qiling: 
-  O’quvchininig  o’quv  materialidagi  qonuniyatlarni  tushunishi  va 
o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish.  
-  Nazariy qoidalarni tushunarli tarzda, sodda shaklda yetkazib berish. 
-  Nazariy  ma’lumotlar  tizimini  shy  ma’lumotlarda  tevarak-  atrofdagi 
dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan o’rgatish.  
-  O’quvchilarga  o’rganish  uchun  ilmiy  jihatdan  ishonarli,  amalda  sinab 
ko’rilgan ma’lumotlarni  berish.  
-  Ta’lim  jarayonida  o’quvchilarni  hozirgi  zamon  fan-texnika  taraqqiyoti 
darajasiga  muvofiq  keladigan  ilmiy  bilimlar  bilan  qurollantirish, 
yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borish. 
-  Ta’lim  jarayonida  fan-texnika  yutuqlaridan  foydalana  oladigan  o’qitish 
usullarini ham  takomillashtirib borish.  
Ta’limning  tizimli  va  izchil  bo’lishi  qoidasini    amalga  oshirish  uchun 
quyidagilarga amal qiling: 
-  O’quvchilarning    bilimlarni  o’zlashtirishini    ta’minlash  uchun  sxema, 
rejalardan    foydalaning.  O’quv    materiali  mazmunini  mantiqan 
tugallangan qismlarga ajrating, ularni ketma-ket amalga oshiring. 
-  O’quv  predmeti-fanning  kichraytirilgan  nusxasi.  O’quvchilarga  uning 

 
 
tizimini  ko’rsating,  o’z  predmetingiz  to’g’risidagi  tushunchani  fanning, 
real borliqning bir zarrasi sifatida  shakllantiring. Fanlararo aloqalardan  
foydalaning. 
-  Mantiqan  elementar  va  sodda  bo’lsada,  ongli  o’zlashtirish  ko’pincha  
qiyin kechadigan tushunchalarni o’quvchi ongiga  sinchkovlik  bilan joriy  
qiling. 
-  O’qitishda  tizimlilik  va  izchillikni  ta’minlash  uchun  o’zlashtirilganlarni 
tez-tez takrorlang. 
-  YAngi  o’quv  materialiga  oddiy,  oson,  tabiiy  kirishib  ketadiganlardan 
tashqari hech narsa qo’shmang. 
-  O’zquvchilaringizni  mustaqil  ishlashga    muntazam  o’rgatib  boring, 
borgan  sari  qiyinroq  narsalarni    qiyinroq    narsalarni  mustaqil  yechish 
uchun imkoniyat yarating. 
-  YA.A.Komenskiyning  nasihatini  unutmang:  “Hamma  narsa  ketma-
ketlikda  shunday  olib  borilishi  lozimki,  bugungilarning  hammasi 
kechagilarni mustahkamlasin va ertangilari uchun  yo’l ochib bersin”   
 
Ta’limda  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  puxta  va  mustahkam 
o’rganish qoidasini  amalga oshirish uchun quyidagilarga amal qiling: 
- Mavzuning muhimligini tushuntiring va qiziqarli holatda yetkazing. 
-O’quvchilarning  kuchini  qimmati  kam  bo’lgan    materiallarni  eslab 
qolishga  sarflamang, o’quvchilarning ortiqcha  zo’riqishiga  yo’l  qo’ymang. 
-Dangasalikka    qarshi  kurashing,  yangilikni  o’rgatishdan  oldin, 
yangilikka qiziqish va unga nisbatan ijobiy  munosabatni shakllantiring. 

Darsda 
qiziqarli 
“chekinishlar”, 
eksperimentlardan  
foydalaning.Bolaga  pand-nasihatdan  ko’ra  rivoyat,  afsona,  masal  yaxshi 
samara berishining unutmang. 
-Bilimlarni mustaqil takrorlashdan keng  foydalaning. 
- O’quvchilar xotirasini rivojlantiring. 
-O’quv  materialiga    tabaqalashtirilgan  yondashuvdan    foydalaning,  har 
bir  o’quvchining  o’rganilayotganlarning  hammasini  emas,  balki,  asosiysini 
ongli, chuqur va mustahkam o’zlashtirish to’g’risida g’amxo’rlik  qiling.  
-Bola    qalbiga  zo’rma-zo’raki  kiritilgan  bilim  mustahkam  bo’lmasligini 
unutmang. 
-  O’rganilganlarni  takrorlash  va  mustahkamlashni  shunday  o’tkazingki, 
bunda  o’quvchilarning  faqat  xotirasiga  emas,  balki  tafakkuri,  sezgisi  ham 
faollashsin.  
-Mustaqil takrorlashlarni tashkillashtiring va rahbatlantiring.  
Ta’lim  da  tarbiyaning  birligi  qoidasini    amalga  oshirish  uchun 
quyidagilarga amal qiling: 

Maktab o’quvchilariga ta’lim berishni tarbiyalash va ularning umumiy 
rivojlanishlari bir butunlikda amalga oshiring.  

O’quv  fanlarining  har  biri,  xatto,  ayrim  mavzu  va  mavzuchalari  ham, 

 
 
shubhasiz, 
tarbiyalovchilik 
harakteriga 
ega, 
bundan 
unumli 
foydalaning.  

Ta’lim  jarayonida  mavzularning  mazmunidan  kelib  chiqadigan 
tarbiyaviy    tomonlarini  to’g’ri  belgilang  va  uni  ta’lim  bilan  birga,  bir 
butunlikda amalga oshirishni ta’minlang. 

Tabiy  fanlarni-matematika,  ximiya,  biologiya,  astronomiya  va  boshqa 
fanlarning ham tarbiyaviy imkoniyatidan  foydalaning.   

Maktab ta’limidagi gumanitar fanlarning ham tarbiyaviy mohiyati juda 
muhimligini    unutmang.  Ayniqsa,  ta’lim  bilan  tarbiyaning  birligini 
ta’minlamoq uchun:  
a)  bayon  qilinayetgan  o’quv  materiallarining  mazmunini  ham  ilmiy,  ham 
g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qiling;  
b) t’lim jarayonida hadislardan foydalanishni tashkil eting;  
v)  bayon  qilinayotganlarning  puxta  va  mustahkam  o’zlashtirilishiga  va 
turmushda unga amal qilinishiga erishing;  
g) ta’limda muammoli jaryonni vujudga keltiring, o’quvchilarning qiziqishlari, 
faollik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborni kuchaytiring;  
d) ta’lim jarayonida o’quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni 
sezish, o’zaro yordam xislarini tarbiyalashni ta’minlang.  
Tajriba-sinov 
ishlarining 
ikkinchi 
bosqichi 
quyidagi 
tadbirlarning 
o’qituvchilarda  didaktik  tamoyillarni  bilish  rivojlanishini  tasdiqladi:  «Ta’lim-
tarbiya  samaradorligini  oshirish  vositalari»,  «Didaktik    tamoyillarning 
o’quvchilar  bilim  va  kshnikmalarini  rivojlantirishdagi  o’rni»,  «Zamonaviy 
sharoitda  ta’limni  tashkil  etish”  kabi  mavzularda  tashkil  etilgan  suhbat  va 
munozaralar.  
Shuning  uchun    o’qituvchilarni  didaktik    tamoyillarni  to’liq 
o’zlashtirishini  ta’minlash maqsadida quyidagi talablar ishlab chiqildi. Ular: 
-  ta’lim-tarbiya  tizimidagi,  pedagogika    fanidagi  yangiliklarni  
o’qituvchilarga o’rgatishni  aniq reja asosida tashkil etish; 
- ularni amalga oshirish metodikasini ishlab chiqish;  
- ta’lim-tarbiyadagi sifat o’zgarishlarini aniqlash; 
-  mashg’ulotlar  va  tarbiyaviy  tadbirlarni  innovatsion  texnologiya  usullari 
asosida tashkil etish; 
     - didaktik  qonunlarni to’liq o’zlashtirish va ulardan o’rinli foydalanish. 
Kuzatishlar  natijasida  o’qituvchilar  faoliyatida  ayrim  kamchiliklar 
mavjudligi  ko’zga  tashlandi.  Bular:  o’qituvchilarda  pedagogika  fanini  yaxshi 

 
 
bilmaslik,    pedagogik  mahoratli  yetarli  shakllanmaganligi,  ta’lim  tamoyillarini 
chuqur  bilmaslik,  tamoyillardan  ta’lim-tarbiya  samaradorligini    oshirishda  
foydalana bilmaslik va boshqalar. 
Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichi quyidagi tadbirlar o’qituvchilarni 
didaktik    tamoyillar  bilan  qurollantirishdagi  ahamiyati  katta  ekanligini 
tasdiqladi:  ”Ta’lim  qonuni  –ta’lim-tarbiyaga  e’tibor  namunasi”,  “Haqiqiy 
o’qituvchi  qanday 
bo’lishi  kerak?”,  “Pedagogik  mahorat  qanday 
shakllantiriladi?”,  “Ta’lim  tamoyillari:  jahon  tajribasi  g’oyalari”,  “Ta’lim-
tarbiya    samaradorligini    oshirishda  o’qituvchi  va  texnologiyalarning  roli”, 
“Didaktik tamoyillarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati”, “Didaktika va 
metodikadagi  eng  so’nggi  yangliklar”,  mavzularida  suhbat,  bahs-munozara, 
davra  suhbati,  ko’rik-tanlov,  kecha,  haftalik,  axborot-targ’ibot,  forum,  amaliy 
trening, ma’ruza, konferensiya, uchrashuv hamda muzey ekskursiyalari.  
Bundan  tashqari  o’qituvchilar  bilan  turli  treninglar  tashkil  etdik,  blits   
so’rovlar  o’tkazdik.  Ta’lim  prinsiplari  va  ularni  qo’llashga  oid  muammoli 
topshiriqlarni    tajriba  guruhidagi    o’qituvchilar  bilan  muhokama  qilib, 
yechimlarini topdik.  
Tajriba    ishlari  davomida  kuzatilgan  holatlar    tadqiqotimizning 
mazmunini  kengaytirish,    ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik  
tamoyillarga  yondashish  mexanizmini ishlab chiqish vazifasini yukladi. 
 
Uchinchi bob bo’yicha xulosa 
 
Uchinchi  bobda  bildirilgan  fikrlar  asosida  quyidagi  xulosaga  kelish 
mumkin:  
Pedagogik 
yo’nalishda 
amalga 
oshiriluvchi 
tadqiqotlarning 
samaradorligini  ta’minlashda  muhim  ahamiyatga  ega  shartlardan  biri  –  bu 
maxsus  metodikani  ishlab  chiqish  sanaladi.  Shu  sababli  tadqiqot  davrida 
umuta’lim  maktablari  o’qituvchilarida  didaktik    tamoyillarni  bilish  va  amalda 
ularga  rioya    qilishini  takomillashtirishga    oid    metodikani  ishlab  chiqishga 

 
 
alohida  e’tibor  qaratildi.  Amaliy  faoliyat  natijalarining  ko’rsatishicha,  tajriba-
sinov  ishlarini  quyidagi  metodikaga  muvofiq  amalga  oshirish  ilmiy  izlanish 
samaradorligini  ta’minlaydi:  «Ta’lim  tamoyillari  va  uning  mohiyati»  nomli 
anketa  so’rovi,  «Ism-sharifi"  usuli,  «Didaktika  va  ta’lim  tamoyillari»  nomli 
tzkor  savol-javob,  turli  treninglar  va  ta’lim  prinsiplari  va  ularni  qo’llashga  oid 
muammoli topshiriqlar yechish. 
Tajriba-sinov ishlarining ushbu  metodika asosida tashkil etilishi ularning 
samaradorligini  ta’minlab,  tadqiqotning  muvaffaqiyatli  kechishiga  ham  zamin 
yaratadi.  Olingan  natijalar  maxsus  metodikaga  muvofiq  amalga  oshirilgan 
tajriba-sinov ishlarining samarali yakunlanganlini tasdiqladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
  XULOSA 
 
Ta`lim  tizimimizdagi  eng  muhim  vazifalardan  biri  –  O’zbekistonning  
ta`lim  tizimini  istiqlol  ruhi  bilan  takomillashtirish,  uni  o’zimizning  mumtoz 
pedagogik an`analarimiz bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilg’or jihatlarni 
o’zlashtirish, yangi-yangi samarali o’quv predmetlarini  ta`lim tarkibiga  kiritish 
bilan jahondagi  ilg’or  pedagogikalardan biriga  aylantirishddan iboratdir.  
Shu  mulohazalardan  kelib  chiqqan  holda  ta'lim  va  tarbiya  tizimidagi  
muvaffaqiyatlar    bevosita  ta'lim  qonuniyatlari  va  tamoyillari  bilan    bog’liq 
ekanligini  ta’kidlash  lozim.    O’qituvchi  faoliyatining  muvaffaqiyati  avvalo  u 
didaktik prinsip (qonuniyat) larni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. 
Ta’lim  prinsiplarining  barchasiga  rioya  qilish  va  ularni  amalga  oshirish 
yo’li bilan  o’quv-tarbiya jarayonining  samaradorligi  oshiriladi.   
 
Ta’lim  mazmuni,  vositalari,  usullari,  tashkiliy  shakllarini  maktab  oldiga 
qo’yilgan    ijtimoiy  talablarga    muvofiqlashtirish,  bolalarning  eng  yuqori 
darajadagi    taraqqiyotini  ko’zlab  ta’limni  tashkil  etish,  o’quvchilarning  
ma’lumot  mazmuni  va faoliyat usullarini  parallel egallashlariga   erishish kabi 
tadbirlarni  o’quv-tarbiya  jarayoniga  uzluksiz joriy etish yo’li bilan ta’limning 
natijasi,  uning  sifati  yaxshilanadi,  ta’lim  uchun  ajratilgan    vaqtdan  unumli 
foydalanishga shart-sharoit tayyorlanadi. Ta’limning samaradorligini oshirishga 
oid tadbirlar va ularni o’quv-tarbiya jarayoniga  tadbiq etish  yo’li bilan qo’lga 
kiritiladigan yutuqlar ta’lim prinsiplari asosida oldindan belgilanadi. 
 
Mustaqil  Respublikamizda uzlukiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan 
islohatlar milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan 
uyg’unlashtirilgan, jahon andozalari  darajasiga mos «milliy  modelni» hayotga 
tadbiq qilishga, ma`naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan. 
 
Har  bir  o’qituvchi  shuni  anglab  yetishi  muhimki,  o’quv  jarayonini 
samarali  qurish  –  bu,  ishda  o’zini  oqlagan  pedagogik  qonuniyatlar,  qoidalar, 
didaktik  qoidalarni  hozirgi  zamon  sharoitidagi  yangi  masalalarni  hal  qilishda 
ijodiy  foydalangan  holda,  ulardan  butunlay  va  o’zaro  aloqada  foydalanish 
demakdir.  

 
 
Ta’lim  mazmunining  yangi  modeli  avvalo,  o’qitish  jarayonining 
tarbiyaviy  imkoniyatlarini  va  o’quvchida  hosil  bo’ladigan  bilim,  ko’nikma, 
malakalardan  ijtimoiy  hayotda  foydalana  olish  salohiyatini  kengaytirmog’i 
lozim.  
Umumta’lim  mazmunida taqdim etiladigan bilimlar bir butun yaxlit tizim 
sifatida  izchil  bayon  qilinishiga  erishish  lozim.  Bunda  mazkur  bilim  va 
tushunchalar  birinchi  navbatda,  muayyan  fan  tarmog’iga  hamda  ishlab 
chiqarishga xosligini nazarda tutish talab etiladi. 
O’qitishning  muqobil  tomonlarini  tanlash  uchun  butun  qonuniyatlar 
birligini va didaktik qoidalarini e‘tiborga olish zarur. 
Ta‘lim  prinsiplariga  o’tmishda  mashhur  allomalarimiz  ham  katta  e‘tibor 
berganlar. Masalan, Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar ushbu prinsiplar 
xususida  o’z  asarlarida  bayon  qilganlar.  Jumladan,  qomusiy  olim  Ibn  Sino 
asarlarida  ham  didaktikaning  prinsiplariga,  xususan  ko’rsatmali  o’qitishga 
qiziqish  bilan  qaragan.  Olim  inson  haqiqatdan  mavjud  narsalarni  yoki  ularning 
tasvirini ko’rib idrok etishi tufayli unda ob‘ektiv voqelikni to’g’ri aks ettiradigan 
tasavvur shakllanishini o’qtirgan. 
 O’qitish  qonuniyatlaridan  uni  samarali  tashkil  qilishga  nisbatan  muayyan 
muhim  talablar  kelib  chiqadiki,  buni  o’qitish  qoidalari  deb  ataydilar.  O’qitish 
qoidalarini  bilish  o’qitishning  zarur  usullarini  yanada  ishonchliroq  tanlashga 
imkon beradi.  
Pedagog  olimlarning  fikr-mulohazalarini  umumlashtirib  xulosa  sifatida 
aytishimiz mumkinki, o’qitish prinsiplari yosh avlodga ta‘lim va tarbiya berish 
maqsadlariga  muvofiq  o’qitishning  xarakterini  belgilaydigan  asosiy  yetakchi 
qoidalardir.   
 
 Xulosa 
qilib 
aytganda, 
didaktik 
 
tamoyillar 
ta’lim-tarbiya  
samaradorligini  oshirish    uchun  zarur.  Ta’lim-tarbiya    jarayonida    didaktik  
tamoyillarga amal qilish  quyidagi jarayonlarni faollashtirishga imkon beradi: 
-  fanning  muhim  g’oyalarini  ochib  berishda  muhim  ahamiyatga  ega 
bo’lgan o’quv fanlari asosiy jihatlariga o’quvchilar e’tiborini jalb etish; 

 
 
-  idrok  etish  masalalarini  murakkablashtirib  borib,  o’quvchilar  ijodiy 
tashabbuskorligi  va  o’quv  mustaqilligi  ko’lamini  kengaytirish 
aloqadorlikni samarali amalga oshirish uchun didaktik vositalarni turli 
xilliklarini qo’llash; 
-  didaktik    tamoyillarga  amal  qilgan  holda  o’quvchilarning  fanga  va 
mavzuga bo’lgan  qiziqishni shakllantirish; 
-  o’qituvchilar  va  o’quvchilar  o’rtasida  ijodiy  hamkorlikni  amalga 
oshirish; 
-  hozirgi  zamon  dunyoqarashi  muammolari  va  masalalarini  hayot  bilan 
hamohang asosda o’rganish. 
-  darsliklarda mavzulararo uzviylik ta`minlashga e’tibor qaratish lozim. 
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling