UGLERODNING KIMYOVIY XOSSALARI
Uglerod galogenlardan faqat ftor bilan reaksiyaga kirishadi:
С + 2F2 = CF4.
Kislorod bilan qizdirilganda reaksiyaga kirishadi:
2С + О2 = 2СО,
С + О2 = СО2,
Metallmaslar bilan ta’sirlashadi. Oltingugurt bilan ta’sirlashadi:
С + 2S = CS2.
Azot va fosfor bilan ta’sirlashnaydi.
Vodorod bilan nikel katalizatori ishtirokida reaksiyaga kirishib metan xosil qiladi:
C + 2H2 = CH4.
Metallar bilan ta’sirlashadi:
Ca + 2C = CaC2.
Suv bilan ta’sirlashadi
Suv bug’lari maydalangan ko’mirdan o’tkazilganda uglerod (II) oksid va vodorod xosil bo’ladi:
C + H2O = CO + H2.
Qaytaruvchilik xossalari
Ko’plab metallar va ularning oksidlarini qaytaradi:
2ZnO + C = 2Zn + CO2.
Konsentrlangan oltingugurt va azot kislotalari qizdirilganda uglerodni uglerod (IV) oksidgacha oksidlaydi:
C + 2H2SO4 = CO2 + 2SO2 + 2H2O;
C + 4HNO3 = CO2 + 4NO2 + 2H2O.
Do'stlaringiz bilan baham: |