FIZIK XOSSALARI
Uglerod (II)oksid –is gazi, rangsiz va hidsiz gaz, havodan engil, suvda kam eruvchan (100 gr suvda 2,32 ml, 20 °C), spirt va benzolda eriydi. Тqay = -192 °C; Тsuyuq = -205 °C. Zaharli. Qondagi gemoglabinni qayta tiklanmaydigan boshqa birikmaga aylantiradi.
KIMYOVIY XOSSALARI
Kimyoviy reaksiyalarda – inert modda. Tuz hosil qilmaydigan, suv bilan ta’sirlashmaydi. Ammo qizdirilganda ishqor suyuqlanmalari bilan ta’sirlashadi va chumoli kislota hosil qiladi:
CO + NaOH = HCOONa,
Bu reaksiyaga ko’ra is gazini chumoli kislota angidridi deb qarash mumkin. Lekin, chumoli kislota is gazini suvda eritib olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |