Uglerod Uglerod (lotincha: lot. Carbo — kumir, lotincha: Carboneum), C


Download 355.58 Kb.
bet20/22
Sana16.06.2023
Hajmi355.58 Kb.
#1511604
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Adolat kimyo uglerod elementi

Muhim birikmalari: Ammiak NH3 tabiatda oqsil moddalarning chirishidan hosil bo‘ladi. Ammoniy tuzlariga kuchli asoslar ta‘sir etganida ham ammiak hosil bo‘ladi; masalan:
2NH4Cl + Ca(OH)2 → CaC12 + 2NH3+ 2H2O
Ammiakli suv – novshadil spirtni qizdirish yo‘li bilan ham (laboratoriyada) olinadi.
NH4OH → H2O + NH3
Sanoatda ammiak olish uchun asosiy xom – ashyo erkin holatdagi vodorod bilan azotdir. Bu ikki moddadan ammiak sintez qilinadi: N2 + 3H2 ↔ 2NH3
Ammiak o‘ziga xos o‘tkir hidli, rangsiz gaz. Uning kritik harorati nihoyatda yuqori (+ 132 0C) bo‘lganligi sababli u juda osonlik bilan suyuq holatga o‘tadi.Ammiakning qaynash harorati – 33,40C, qotish harorati - 780C ga teng. 00C da 1 l suvda 1150 l, 200C da esa 700 l NH3 eriydi. 25% li ammiak eritmasining zichligi 0,9 g/sm3 ga teng. Harorat ko‘tarilganda ammiakning suvda eruvchanligi kamayadi; eritma qaynatilganda ammiak eritmadan batamom chiqib ketadi. NH3 molekulasi uchburchakli piramida shakliga ega ekanligi aniqlangan.Ammiak molekulasidagi azot piramida cho‘qqisida turadi. Ammiak 200C haroratda 8,5 atmosfera bosimida suyuq holatga o‘tadi. Suyuq ammiak rangsiz suyuqlik bo‘lib, elektr tokini o‘tkazmaydi.

1.Ammiak molekulalari metallarning tuzlari bilan birikib, ammiakatlar hosil qiladi.
2. Ammiakning suvdagi eritmasi asos xossasiga ega; uni ammoniy gidroksid deb ataladi.
NH3 + H2O ↔ NH4OH

  1. Ammiak kislotalar, kislorod va xlor bilan turlicha reaksiyaga kirishadi:

NH3 + HCl → NH4Cl 4NH3 + 3O2 → 2N2 + 6H2 O
4NH3 + 5O2→ 6H2O + 4NO
8NH3 + 3Cl2 → N2 +6NH4Cl NH3 + NaOCl → NaON + NH2Cl
Gidroksilamin NH2OH ammiak molekulasidagi bir vodorod atomining OH guruhga almashinish mahsulotidir. Gidroksilamin nitrat kislota eritmasini simob yoki qo‘rg‘oshin katod yordamida elektroliz qilish orqali olinadi; bu vaqtda katodda azot qaytariladi:
HNO3 + 6N → NH2OH + 2H2O
Gidroksilamin 33,10 C da suyuqlanadigan rangsiz kristall modda; 1000 C dan yuqorida portlab parchalanadi. Gidroksilamin molekulasida xuddi ammiakdagi kabi erkin (band bo‘lmagan) elektron jufti borligi sababli, u suvda eritilganda suvdan o‘ziga bir protonni tortib olib, kuchsiz asos xossalarini namoyon qiladi.Natijada gidroksilamin gidrati NH2OH∙H2O hosil bo‘ladi. Bu asos kislotalar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi:
[NH3OH]OH + HCl → [NH3OH]Cl + H2O
Gidroksilaminda azotning oksidlanish darajasi – 1 ga teng. Gidroksilamin va uning hosilalari qaytaruvchilar hisoblanadi.
Gidrazin N2H4– ammiakning chala oksidlanish mahsuloti bo‘lib, nihoyatda katta amaliy ahamiyatga ega. N2H4 da azotning oksidlanish darajasi – 2 ga teng.
Gidrazin hosil qilish uchun ammiak 50 atm bosimda 1800 C da natriy gipoxloritga ta‘sir ettiriladi:
NaOCl + 2NH3 → N2H4 + NaCl +H2O
Gidrazinning suyultirilgan eritmalarini olish uchun ishqoriy muhitda natriy gipoxloritni karbamid bilan 100 0C da qizdiriladi:
CO(NH2)2 + NaOCl + 2NaOH → N2H4 + NaCl + N2CO3 + H2O
Toza gidrazin +1,40C qotadigan va 113,5 0C da qaynaydigan suyuqlik.
Azid kislota HN3 (azot-imin) gidrazinning nitrit kislota bilan reaksiyasidan hosil bo‘ladi:
N2H4+ HNO2 →2H2O + NN3
Azid kislota – 80 0C da qotadigan va + 360C da qaynaydigan o‘tkir hidli rangsiz suyuqlik; u kuchsiz kislota hisoblanadi. Texnikada uning natriyli tuzi olinadi. Buning uchun natriy amidi azot (I) – oksid bilan birgalikda 1900C gacha qizdiriladi:
NaNH2 + N2O ↔ NaN3 + H2O
Azid kislota 3000C dan yuqorida kuchli portlab parchalanadi:
2HN3 → 3N2 + H2
Lekin azid kislotaning suvdagi suyultirilgan eritmalari barqaror bo‘lib, eritmadagi HN3 quyidagicha dissotsilangan bo‘ladi:
HN3 ↔ H + + N3–


Download 355.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling