Uglerod Uglerod (lotincha: lot. Carbo — kumir, lotincha: Carboneum), C


Azot, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi


Download 0.52 Mb.
bet19/21
Sana30.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1406914
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Adolat kimyo uglerod elementi

Azot, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi.
Azot- N atom massasi 14,0067 (Z = 7) ga teng. Tabiatdagi uning 2 ta barqaror izotoplari 14N (99,6%) va 15N (0,365) bor. Elektron konfigurasiyasi 2s2 2p3. Azotning mavjudligini 1772 yilda D. Rezerford aniqladi. 1774 yilda Lavuaze bu elementga «azot» deb nom berdi va uning mustaqil element ekanligini isbotladi. Azot tabiatda erkin va birikma holda uchraydi. Erkin azot N2 molekula holida, asosan, atmosferada, Chili selitrasi (NaNO3), hind selitrasi (KNO3) va oqsil tarkibida uchraydi.
Tabiatda uchrashi: Azotning eng katta manbai havo bo‘lganligi sababli uni havodan olish mumkin. Buning uchun avval havoni quritib nam yo‘qotiladi; karbonat angidrit esa kalsiy gidroksid yoki ishqor eritmasiga yuttiriladi; shu tariqa tozalangan havo cho‘g‘langan mis ustidan o‘tkazilganda mis kislorodni o‘ziga biriktirib oladi, azot va inert gazlar esa ajralib qoladi. Texnikada azot olish uchun suyuq havoni fraksiyalab haydash usulidan foydalaniladi. Suyuq havo asosan azot va kisloroddan iborat. Azotning qaynash harorati – 195,80C bo‘lib, kislorodniki (- 1830 C) dan pastdir; binobarin, suyuq havodan avval azot, olish uchun keyin kislorod bug‘lanadi.
Olinishi: Laboratoriyalarda toza azot olish uchun ammoniy xlorid va natriy nitritning to‘yingan eritmalari aralashmasi qizdiriladi:
NH4NO2 → N2 + 2H2O
Azot ammiakni xlorli ohak bilan oksidlash natijasida olinadi:
2NH3 + 3CaOCl2 → N2 + 3H2O + 3CaCl2
Fizik-kimyoviy xossalari: Odatdagi sharoitda azot rangsiz va hidsiz gaz. Azot suyuq va qattiq holatlarda ham rangsiz. Azotning kritik harorati juda past (- 149,90 C); uni suyuq holatga aylantirish ancha qiyin. Azotning qaynash harorati – 195,80C, qotish harorati - 2100 C ga teng. Azot suvda juda oz (hajm jihatidan 2%) eriydi.Azot kimyoviy reaksiyalarga kirishmaslik jihatidan inert gazlardan keyin birinchi o‘rinda turadi; lekin ba‘zi metallar (masalan, litiy) bilan salgina qizdirganda birikib nitridlar (litiy nitrid Li3N) hosil qiladi.
Azot, kalsiy, alyuminiy va kremniy bilan faqat yuqori haroratda reaksiyaga kirishadi. Og‘ir metallar (titan, sirkoniy, xrom, niobiy, tantal, toriy, uran) ham azot bilan nitridlar hosil qiladi; lekin bu nitridlar (ayniqsa, toriy nitrid) suvda gidrolizlanmaydi.
Ammiak NH3, gidrazin N2H4va azid kislota NH3 azotning vodorodli birikmalaridir. Gidroksilamin NH2OH ham azotning vodorodli birikmalari qatoriga kiradi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling