1-Misol. Kadmiy tuzlari eritmasiga ishqor qo‘shilsa, kadmiy gidroksid Cd (OH)2, vodorod-sulfid qo‘shilsa, kadmiy sulfid CdS cho‘kmaga tushadi
Download 51.18 Kb.
|
1 2
Bog'liqamaliyot 1
Koordinatsion birikmalar. Qo‘shaloq tuzlar bilan koordinatsion birikmalar farqlash, oksidlanish-qaytarilish, almashinish, sifat reaksiyalarini yozish. Kompleks birikmalarning tuzilishi va nomenklaturasini o‘rganish. Amaliy mashg’ulot1-Misol. Kadmiy tuzlari eritmasiga ishqor qo‘shilsa, kadmiy gidroksid Cd (OH)2, vodorod-sulfid qo‘shilsa, kadmiy sulfid CdS cho‘kmaga tushadi. Tarkibida 0,1 mol/l KCN bo‘lgan 0,05 M K2[Cd(CN)4] eritmasiga ishqor qo‘shilganda cho‘kma hosil bo‘lmasdan, vodorod sulfid qo‘shilganda kadmiy sulfidning cho‘kmaga tushishi sababini izohlang. Kompleks ionning [Cd(CN) 4]2- beqarorlik konstantasi qiymati 7,8 · 10-18. Yechish: Cd (OH) 2 va CdS cho‘kmalarining hosil bo‘lish shartlari: [Cd2+][OH-]2 > EK (Cd (OH) 2) = 4,5 · 10-15; [Cd2+][S2-] > EK (CdS) = 8 · 10-27. Berilgan sharoitda kompleks birikma eritmasidagi kadmiy ionlari konsentratsiyasini hisoblaymiz:[Cd (CN) 4]2- Cd2+ + 4 CN-; Kadmiy gidroksid cho‘kmasi hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan OH- ionlari konsentratsiyasini hisoblaymiz: Demak, eritmada OH- ionlarining konsentratsiyasi 1 mol/l dan kam bo‘lsa, cho‘kma hosil bo‘lmaydi. Quyidagi reaksiyada muvozanat kompleks ion hosil bo‘lish tarafiga siljigan bo‘ladi: [Cd (CN) 4]2- + 2 OH- Cd (OH) 2 + 4 CN-. Kadmiy sulfid cho‘kmasi hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan sulfid ionlari konsentratsiyasini hisoblaymiz: 2 · 10-12 juda kichkina son, demak eritmada ozgina sulfid ionlarining bo‘lishi cho‘kma hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi reaksiyada muvozanat cho‘kma hosil bo‘lish tarafiga siljigan bo‘ladi:[Cd (CN) 4]2- + S2- CdS↓+ 4 CN-. 1. K2[Ni (CN) 4] ning 0,1 m eritmasida Ni2+ ionlari konsentratsiyasini hisoblang. Kbeq[Ni (CN) 4]2- =3·10-26 Javob: 1,64 · 10-6 mol · l. 2. K2[Cu (CN) 4] ning 1 l 0,1 m eritmasiga 1 l 0,002 m kaliy sianid eritmasi qo‘shilsa, mis ionlarining konsentratsiyasi qanday o‘zgaradi? Kbeq[Cu (CN) 4]2- =5·10-28 Javob: 2,8 · 1010 marta kamayadi. Download 51.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling