Uglerodli asbobsozlik po‘latlari Legirlangan asbobsozlik po‘latlari
Download 203.01 Kb.
|
Asbobsozlik materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Legirlangan asbobsozlik po‘latlari
Uglerodli asbobsozlik po‘latlari tarkibida 0,6 - 1,4 % uglerod bor. Kesuvchi asbob toblangan (suvda 7600 dan – 8200S gacha) va bo‘shatilgan (1600 - 1800S ) xolatlarda qo‘llaniladi. Toblash va bo‘shatishdan so‘ng qattiqlik 60 - 63 HRC ga teng bo‘ladi.
Uglerodli asbobsozlik po‘latlari nisbatan past yeyilishga chidamlilikka va issiq-bardoshlikka ega bo‘lib, kichik kesish tezliklarida ishlashi mumkin. Bu gurux po‘latlar suvda toblanadi, natijada ularda mikroyoriqchalar hosil bo‘lishi mumkin. jadval
Legirlangan asbobsozlik po‘latlari (7-jadval) uglerodli asbobsozlik po‘latlardan tarkibida legirlovchi elementlar - xrom, volpfram, vanadiy, marganets, molibden va boshqalar borligi bilan farq qiladi. Volpfram yeyilishga chidamlilikni va issiq-bardoshlikni oshiradi. Vanadiy zarrachalarning maydadonaligini taominlaydi. Xrom - qattiqlikni, chuqur toblanishni va yeyilishga chidamlilikni taominlaydi. Kremniy toblashga bo‘lgan moyillikni oshiradi. Marganets toblashdagi deformatsiyalanishni kamaytiradi. jadval
Xromli po‘latlardan (0,4-0,7% Cr) yumshoq materiallarga ishlov berish uchun qo‘l metchiklari, zenkerlar tayyorlanadi. SHuningdek yirik egovlar tayorlash tavsiya etiladi. 9XC markali po‘lat (0,95 - 1,25% Cr, 1,2 - 1,6% Si) yaxshi toblanadi va yuqori issiq-bardoshlikka ega,(qattiqligi 60HRC dan kam emas, 2500 – 2600C gacha qiziganda o‘zining turg‘unligini saqlab qoladi). XVG markali po‘lat (0,90 - 1,20% Cr, 1,20 - 1,60% W, 0,80 - 1,10% Mn) eng yuqori toblanuvchanlikka ega, toblanganda ham deformatsiyalanadi va yumshoq materialga ishlov beruvchi yirik va uzun sidirgichlarni tayorlash uchun qo‘llaniladi. XVSG markali po‘latda kremniy miqdori bir oz ko‘proq bo‘ladi (0,65-1,0% C, XBG markali po‘latda 0,15 - 0,35% C) chuqur toblanuvchanlikka va issiq-bardoshlikka ega bo‘lib ulardan yumaloq plashkalarni, yirik sidigichlarni, razvertkalarni tayyorlash uchun tavsiya etiladi. Download 203.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling