Mavzu: Uglerodli konstruksion materiallar
Reja:
Uglerodli po‘latlarning tasnifi va markalari
Konstruksion po‘latlarning markalanishi
Sifatli konstruksion po‘latlarning markalanishi
Ko‘p uglerodli po‘latlarning markalanishi
Legirlangan po‘latlar tasnifi va markalari
Uglerodli konstruksion materiallar.
Uglerodli po‘latlarning tasnifi va markalari. Odatda, uglerodli po‘latlar ishlab chiqarish usuliga, oksidlardan elementlarni qaytarilganlik darajasiga, kimyoviy tarkibiga, sifatiga, ishlatilish joylariga va strukturasiga ko‘ra bir necha turga ajratiladi. Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra konvertorlarda, marten va elektropechlarda olingan, qaytarilganlik darajasiga ko‘ra qaytarilmagan, chala qaytarilgan va to‘la qaytarilganlarga, kimyoviy tarkibiga ko‘ra uglerodli va legirlanganlarga, sifatiga ko‘ra oddiy sifatli, sifatli va yuqori sifatlilarga, ishlatilish joyiga ko‘ra konstruksion, asbobsozlik va maxsus xossali po‘latlarga, strukturasiga ko‘ra ferritli, perlitli, ferritperlitli, perlit-ferritli va perlit-sementitli po‘latlarga ajratiladi.
Quyidagi 5-jadvalda A guruhga kiruvchi oddiy sifatli, В guruhga kiruvchi sifatli po‘lat markalari va ishlatish joylariga misollar keltirilgan V guruh haqidagi ma’lumotlar jadvalda keltirilmagan. Shuni ham qayd etish zarurki, GOST 380-71 da A guruhga kiruvchi po‘latlarning asosiy mexanik xossalari beriladi, kimyoviy tarkibi berilmaydi, В guruhga kiruvchi po‘latlarni kimyoviy tarkibi beriladiyu mexanik xossalari berilmaydi, V guruhga kiruvchi po‘latlarni esa mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi beriladi.
Konstruksion po‘latlarning markalanishi. Konstruksion po‘latlar markalaridagi St-harflar po‘latligini, undan keyingi raqamlar tartib nomerini bildiradi. Raqamlar ortishi po‘latdagi uglerod miqdorining ortganligini bildiradi.
Markalar oldidagi masalan, В harfi po‘latni Bessemer konvertorida olinganligini bildiradi. Markalar raqamlaridagi indekslar (SP, PS va KP) po‘latlarni ulardagi FeO dan temirni qaytarganlik darajasini bildiradi. Masalan, St3sp da bu markali po‘latda – 0,22% uglerodi bo‘lgan to‘la
qaytarilgan po‘latdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |