Uglerodning eng muhim birikmalari


Download 411.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.10.2023
Hajmi411.36 Kb.
#1717970
  1   2   3
Bog'liq
9-sinf darsligidagi eng muhim ma\'lumotlar.



9-sinf darsligidagi muhim formula va ma’lumotlar. @gulistonkimyo
Uglerodning eng muhim birikmalari.
Soda - Na2CO3, magnezit- MgCO3, Dolomit- MgCO3 *CaCO3, karborund-
SiC, ditsian-(CN)2 ,alyuminiy karbid-Al4C3 , kalsiy karbid-CaC2, fosgen-
COCl2 , ohaktosh,bo’r,marmar,kalsit,stalaktit,stalagmit-CaCO3, ichimlik
sodasi-NaHCO3.
Kremniyning eng muhim birikmalari.
Qumtuproq- SiO2,kaolin -Al2O3*2SiO2*2H2O ,dala shpati -
K2O*Al2O3*6SiO2 , karborund-SiC,magniy silitsidi-Mg2Si,silan-
SiH4,metakremniy kislota-H2SiO3,oddiy shisha-Na2O*CaO*6SiO2.
Shishaga rang beruvchi oksidlar.
Kobalt (II)-oksid shishaga
ko‘k rang
, xrom (III)-oksid
yashil rang
, temir
(II)-oksid
to‘q yashil
rang, mis (I)-oksid
qizil rang
beradi. Oltin
qo‘shilsa, faqat qizil nurni o‘tkazuvchi rubin shishasini olish mumkin.
Metallar.
Yengil metallar
(litiy, natriy, kaliy, kalsiy, alyuminiy, magniy, titan va
b.). Eng yengil metall litiy bo‘lib, zichligi 0,5 g/cm3 .
Og‘ir metallar 
(kadmiy, nikel, simob, qalay, qo‘rg‘oshin, mis, kobalt va b.).
Eng og‘ir metall osmiy bo‘lib, zichligi 22,6 g/cm3 .
Nodir metallar 
(kumush, oltin, platina, palladiy va b.).
Noyob metallar
(aktinoidlar, lantanoidlar, molibden, volfram, vanadiy,
niobiy, tantal, radiy, toriy va b.).
Qotishmalar.
99 % mis va 1 % berilliydan tashkil topgan qotishma misdan 7 marta
qattiq bo‘ladi.50,1 % vismut, 24,9 % qo‘rg‘oshin, 14,2 % qalay, 10,8 %
kadmiydan iborat qotishma 65,5 °C da suyuqlanadi (vismut – 271,3 °C,
qalay –231,9 °C, kadmiy – 320,9 °C, qo‘rg‘oshin — 327,4 °C da
suyuqlanadi).Rux, mis, alyuminiy alohida bo‘lganda suvda erimaydi,
lekin 5 % rux, 50 % mis, 45 % alyuminiydan iborat qotishma odatdagi
sharoitda suv bilan ta’sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi.
Gomogen qotishmalar
— atom radiuslari o‘lchamlari yaqin metallar
orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib
joylasha oladigan qotishmalar (Cu—Au, Ag—Au, Na—K, Bi—Sb).
Geterogen qotishmalar
– atom radiuslari o‘lchamlari keskin farqlanuvchi
metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar
almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn—Al, Zn—Al).
Intermetall (metallararo) qotishmalar
— elektrmanfiylik qiymatlari bir-
biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo‘lgan qotishmalar. U larda
metallar turli ekvivalent miqdorlarda birikib, kimyoviy birikmalar hosil
qiladi (CuZn, Cu3Al, Cu5Zn8).



Download 411.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling