Uglevodorodlar


Download 116.5 Kb.
bet5/7
Sana19.04.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1365689
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2233 Uglevodorodlar

Ishlatilishi. Metan sanoatda va turmushda keng ko'lamda ishlatila-di. Metan yonganda ko'p issiqlik chiqarganligi sababli (36 000 kJ/m1), u yoqilg'i sifatida ham ishlatiladi. Hozirgi vaqtda metandan juda ko'p xomashyolar olinadi. Masalan, metandan, maxsus qurilmada, havoni kamroq berib 1500° gacha qizdirilganda vodorod va uglerod (bu aralashma qorakuya holida bo'ladi) olinadi: 192
CH4->C + 2H2

Hosil qilingan bu qorakuya esa avtopokrishka ishlab chiqarishda qimmatbaho xomashyodir. Metan, metanol, sirka kislota, sintetik kauchuk, sintetik benzin va juda ko'p boshqa qimmatbaho mahsulot-larolishda dastlabki xomashyodir. Yuqorida ko'rsatilgan mahsulotlar-ni sanoatda sintez qilishda sintez-gaz deb ataluvchi gazdan [hajmiy (molyar) tarkibi bir hajm uglerod (II) oksid va ikki hajm vodo-roddan iborat (CO + 2H2)| foydalaniladi. Sintez gazni gazogenera-torlarda metandan olish mumkin.


Sintez-gazni metandan olishda, odatda, 800 — 900 °C da sodir bo'ladigan va katalizatorlar (Ni, MgO yoki A12O3) ishtirokida bora-digan ikki jarayondan foydalanadi:

t, katalizator


a) CH4+H,0 -> CO + 3H2
t, katalizator

2CO + 2H,

b) CH4 + CO,
Ishlab chiqarishda, ko'pincha, ikkala reaksiya bir vaqtda o'tkaziladi.
Metanning xlorli hosilalari katta amaliy ahamiyatga ega.
Masalan, xlormetan CH3C1 — gaz, oson suyuqlanadi va bug'la-tilganda juda ko'p miqdor issiqlik yutadi. Shunga ko'ra, u sovitgich inshootlarida ishlatiladi. Dixlormetan CH2C12, trixlormetan (xloro-form) CHC13 va tetraxlormetan (uglerod tetraxlorid) CC14 suyuqliklar bo'lib, erituvchilar sifatida ishlatiladi.
Etil bromid jarrohlikda milkni vaqtincha og'riq sezmaydigan holatga keltirish uchun ishlatiladi.
Gomologik qatorning o'rta a'zolari (C7 — CI7) erituvchilar va mo­tor yonilg'ilari sifatida ishlatiladi. Yuqori molekulali alkanlar — yog' kislotalar, sintetik yog'lar, surkov moylari va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling