Gazifikasiyalash – qazilma ko’mirni organik qismini yuqori temperaturada (1000 – 2000oC) oksidlovchilar (O2, havo, suv pari, CO2) bilan o’zaro ta’sirida yonuvchi gazlarga aylantirish.
Bunda ko’mir deyarli to’liq generator va suv gazlariga aylanadi (qattiq qoldiq – kul).
Gazifikasiyalash uchun qo’ng’ir ko’mirdan va toshko’mirni qayta ishlash mahsuloti – koksdan foydalaniladi.
Ko’mirni gazifikasiyalash - gazogeneratorlarda amalga oshiriladi : koks qatlamidan (qalinligi 3 m gacha) pastdan yuqoriga qarab navbati bilan havo – issiq purkash va suv parlari – sovuq purkash o’tkaziladi.
Issiq purkashda ekzotermik jarayon boradi :
2C + O2 2CO ∆H = -220 kDJ
Chiquvchi gazlar – N2 va CO(havodan) ; bunday aralashma generator yoki havo gazi deyiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati v 300 kDJ/m3, tabiiy gazning issiqligiga qaraganda (38000 kDJ/m3) juda kam, shuning uchun generator gazi faqat metallurgiya ishlab chiqarishida va koksokimyoviy zavodlarda ishlatiladi.
Sovuq purkalganda endotermik jarayon boradi :
C + H2O CO + H2 ; ∆H = 132 KDJ
CO va H2 aralashmasi suv gazi deyiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati 11500 kJ/ m3
Suv gazi ko’pchilik sanoat sintezlarida, masalan metanol va ammiak olishda foydalaniladi.
Quydagi sxemada toshko’mir pirolizi sxemasi keltirilgan.
REFERAT
Mavzu: Uglevodlarning Tabiiy Manbalari Tabiiy va Toshko'mir
Bajardi: Shamsiddinova Dilfuza
Tekshirdi: __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |