Uglyevodlar, monosaxaridlar


Download 103.5 Kb.
bet3/3
Sana23.03.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1289526
1   2   3
Bog'liq
polisqharitlar

Selluloza. Selluloza kraxmalga qaraganda ham ko‘p tarqalgan uglevod. O'simlik hujayralarining devorlari asosan sellulozadan tarkib topgan. Yog‘ochda 60% gacha, paxta va filtr qog‘ozda — 90% gacha selluloza bo‘ladi.
Sof selluloza — suvda va odatdagi organik erituvchilarda erimaydigan oq qattiq modda, mis (II) gidroksidning ammiakdagi eritmasida (Shveytser reaktivida) yaxshi eriydi. Bu eritmadan kislotalar sellulozani tolalar holida (gidratselluloza) cho'kmaga tushiradi.
Kraxmal kabi sellulozaning tarkibi ham (С6Н 10О5)я formula bilan ifodalanadi. Sellulozaning ba’zi turlarida n ning qiymati 40 mingga, molekular massasi esa bir necha millionga yetadi. Uning molekulalari esa ham chiziqsimon, ham tarmoqlangan strukturaga ega. Kraxmalning sellulozadan asosiy farqi ana shundadir.
Bu moddalarning tuzilishida ham farq bor: kraxmal makromolekulalari a-glukoza molekulalarining qoldiqlaridan, selluloza makromolekulalari esa — (3-glukoza molekulalarining qoldiqlaridan tarkib topgan. Selluloza makromolekulasining hosil bo'lish jarayonini ushbu sxema bilan tasvirlash mumkin:
Molekulalarning tuzilishida ozgina farq borligi polimerlarning xossalaridan ancha farq bo'lishiga olib keladi: kraxmal — ovqatlanish mahsuloti, sellulozani esa ovqat sifatida ishlatib bo'lmaydi.
Bular sellulozaning ishlatilishiga doir ayrim misollargina, xolos. Paxta, zigir vakanop tolaholidagi sellulozagazlamalar - ipgazlama va zig‘ir tolali gazlamalar tayyorlashga sarflanadi. Ko‘plab miqdorda selluloza qog‘oz ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qog‘ozning arzon navlari ignabargli daraxtlar yog‘ochidan, yaxshi navlari — zig‘ir yoki ip-gazlama parchalaridan tayyorlanadi. Sellulozani kimyoviy qayta ishlab, bir necha xil sun’iy ipaklar, plastmassalar, kinoplyonka, tutunsiz o ‘q-dori, loklar va ko‘pgina boshqa mahsulotlar olinadi.

Kraxmal protoplazmada ko`p to`planadigan muhim ozika moddadir. U ayniқsa o`simlik donlarida ko`p tugshanadi. Masalan, sholida — 80 foiz, burdoyda — 60-70 foiz, kartoshkada - 20 foiz kraxmal bo`ladi. Kraxmal fotosintez jaraenida vujudga kelgan glyukoza va saxarozaga aylanadi (chunki suvda eriydigan moddalar hosil bo`ladi) va o`simliklarning turli organlariga tarkaladi. Xujayraning extiyojidan ortib kolgan miqdori polimerlanib, kraxmalga aylanadi va zaxira xrlda to`planadi. Bunga esa ikkilamchi kraxmal deyiladi. Kraxmal o`simlik xujayrasida donachalar xrlida uchraydi. Uni yod ta`sirida aniklash mumkin. Chunki suyulti-rilgan yod ta`sirida kraxmal donachalari kuk rangga bo`yaladi. Xar xil o`simliklarning kraxmal donachalari bir-biridan xajmi va shakli bilan farqkiladi. Ularning kattaligi 2-170 mmk. gacha bo`ladi.



Gemitsellyulozalar ham xujayra pustining tarkibiga kiradi. Suvda erimaydi. Ishkoriy eritmalarda yaxshi eriydi. O`simliklarning yoroch Қismida kup uchraydi.
Tsellyuloza ham o`simliklarda ko`p bo`lib, xujayra pustining asosini tashqil etadi. Bargning 15-30 foiz, yegochning 50 foiz, kanop poyasining 70 foiz, chigit tolasining 90 foizgachasi tsellyulozadan iborat. Tsellyuloza suvda erimaydi.
Pektin modtsalari ham polisaxaridlarga kiradi. Ular ko`proқ. mevanarda, ildiz mevalarda, poyalarda uchraydi. Xuayralarning bir-biri bilan birikishida ham ishtirok etadi. Erimaydigan pektinlar mevalar pishishi-da eruvchan pektinga aylanadi va seret қismining yetilishiga sabab bo`ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g.
2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g.
3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g.
4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y.
4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004
5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.
6. www.ziyonet.uz
Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling