Уйғониш даври фалсафаси


Referent va a`zoli guruhlar


Download 0.71 Mb.
bet18/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

Referent va a`zoli guruhlar. Kichik guruhlarni o`rganishning jihatlaridan biri bo`lib, «referent guruh» termini amerikalik sotsial psixolog Mustafo Sherif tomonidan kiritilgan. «Referent guruh» termini (inglizcha so`z, «mansub bo`lish» degan ma`noni anglatadi) individ ongli ravishda kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, kasbiy) nisbatan ishlatiladi.

Shaxsning «guruh normalariga» munosabati belgilariga muvofiq guruhlar referent guruhlar yoki «etalonli» (o`lchovli) guruhlarga bo`linadi. Referent guruhlar, kichik guruhlar hamda katta guruhlar - sinf yoki ijtimoiy tabaqa bo`lishi mumkin.



«Referent guruh» termini to`rt xil ma`noda qo`llaniladi:

  1. Individ xatti-harakati uchun namuna, etalon yoki mezon bo`lib xizmat qiladigan guruh.

  2. Individ o`z harakatlarini shu guruhga yo`naltiradigan guruh.

  3. Idivid a`zo bo`lishiga intilayotgan guruh.

  4. A`zolarining qadriyat va fikrlari bevosita shu guruh a`zosi bo`lmagan kishi uchun o`ziga xos taqqoslash o`lchovi, sotsial «o`lchov doirasi» sifatida xizmat qiladigan guruh.

Real hayotda «referent guruh» nazariyasi shaxsning turli sotsial muhitlarga moslashuv jarayonida, sotsial harakatlarni o`rganishda qo`llaniladi.

Referent guruhlar real va ideal guruhlarga bo`linadi. Real referent guruhning shaxsga qulay sotsial norma va qadriyatlarni egallashi uchun etalon bo`lib xizmat qiladigan alohida kishilar yoki kishilar birligidir.

Ideal referent guruh - bu ma`lum bir guruhning qadriyatli va normativ yo`l-yo`riqlarining inson ongida aks etishidir. Shaxs bu guruxga o`z tasavvurlari va harakatlari bilan moslashishga harakat qiladi.

Masalan, muhandis o`zini real hayotda muhandislar guruhiga mansub deyish bilan birga o`zini guruh sifatida mavjud bo`lmagan «ma`naviy elita»ga mansub deb hisoblaydi.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling