Уйғониш даври фалсафаси


Download 0.71 Mb.
bet21/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

3-masala. Sotsial tashkilotlar, ularning tarkibi va asosiy elementlari. Sotsial institutlar singari sotsial tizim amal qilishini ta`minlaydigan ijtimoiy strukturaning asosiy «hujayra» laridan biri sotsial tashkilotlardir. Sotsial institutlardan farqli ravishda, sotsial tashkilotlar odamlarning ish jarayonida muayyan vazifalarni bajarishdagi ixtiyoriy yoki majburiy uyushmasi tushuniladi. «Tashkilot» atamasi ijtimoiy birlashuvlarning shakli sifatida qo`llaniladi. Tashkilot a`zosi bo`lgan odamlarning manfaatlari umumiyligi tashkilotning ideal holiga ega, tashkilotning maqsadi uning barcha a`zolari maqsadi bilan muvofiq kelishi ko`zda tutiladi. Sotsial tashkilotning boshqa sotsial guruhlashuvlardan farqi shundaki, uni tashkil etuvchi individ qat`iy ravishda muayyan sotsial rol` va pozitsiyalarni ijro etishlaridadir. Jamiyat sotsial tashkilotlarni turli xildagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va goyaviy maqsadlarga erishish vositasi deb qaraydi. Sotsial tashkilotlar individlarning ehtiyoj va manfaatlarini ma`lum bir qat`iy me`yorda qondirilishiga xizmat qiladi. Bu me`yor odamning mazkur sotsial tashkilotda qabul qilingan sotsial norma va qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy maqomi bilan belgilangan bo`ladi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling