Уйғониш даври фалсафаси


Download 0.71 Mb.
bet25/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

2- masala .Sotsiologiyada deviant xulk-atvor tushunchasi. Deviatsiya (lotincha chetga og`uvchi fe`l-atvor degan ma`noni beradi) ko`pgina hollarda sotsial sanktsiyalarga muhtoj bo`ladi. Deviatsiyaning shunday ko`rinishlari borki, ular odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar normalarining buzilishi bilan bog`liq bo`lib, jamiyatga jiddiy zarar etkazmaydi. Ular ijtimoiy fikr va o`zaro munosabatlar qatnashchilarining o`zlari tomonidan boshqariladi.

Deviatsiyaning pozitiv va negativ ko`rinishlari mavjud. Pozitiv deviatsiya hollari normalar eskirib, talabga javob bermay qolganda va ulardan og`ish tizimning rivojiga, fe`l-atvorning mavjud konservativ standartlarini o`zgartirishga yordam berishi mumkin bo`lganda uchraydi. Negativ deviatsiya sotsial patologiyadir va uning ko`rinishlari konkret shaxsga va butun jamiyatga jiddiy zarar etkazadi.

Buugungi kunda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida adminstrativ boshqaruv tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan va kutilgan natijalarni bermayotgan ilgarigi fe`l-atvor normalarining deval`vatsiyasiga olib keluvchi sifatga xos o`zgarishlar ro`y berayotgan davrda deviatsiya muammosi dolzarb masala bo`lib qolmoqda. Bozor munosabatlariga o`tish, eski iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy munosabatlarining buzilishi, odamlarining moddiy ahvolida negativ aks etayotgan ishlab chiqarishning stabil` bo`lmagan rivojlanishi bilan bog`liq muammolar, kutilgan natija va reallik o`rtasida qarama-qarshiliklarga, jamiyatda jiddiylikning va odamlarning o`z fe`l-atvori o`zgartirishga va mavjud normalar chegarsidan chiqishga moyilligiga olib keldi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling