Уйғониш даври фалсафаси


- masala. Sotsiologiyaning evropada fan sifatida vujudga kelishi


Download 0.71 Mb.
bet9/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

3- masala. Sotsiologiyaning evropada fan sifatida vujudga kelishi

Sotsiologiyani «kuzatishga asoslangan fan darajasiga» kutarish talabini frantsuz utopisti Sen-Simon, Sharl Fur`e va Robert Ouenlar ilgari surgan. Ular XVIII asr 2-yarmida va XIX asr birinchi yarmida bu fanning ba`zi masalalari xususida o`z fikr-mulohozalarini bildirganlar.

Sotsiologiyaning fan sifatidagi asosiy rivojlanish boskichlari: klassik, noklassik, marksistik va XX asr Amerika sotsiologiyasi kabi sohalarga bo`linadi. Kuyida ana shu sohalarga qisqacha to`xtalamiz:

1) Klassik sotsiologik, falsafiy qarashlar:

Nemis klassik fasafasida ijtimoiy taraqqiyot nazariyasi ilgari surildi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri sifatida tan olingan I. Kant (1724–1804) dialektika goyalarini qayta tiklagan mutafakkir. Kant o`zining tabiiy-ilmiy qarashlari bilan tabiatni metofizik tarzda tushinishga chek kuydi. Falsafaning borliq, axloq va din kabi muammolari bilan shugullanishdan avval insonning bilish imkoniyatlarini aniqlab olish lozim, deydi. Kant kishini o`rab turgan tashqi dunyodagi narsalarni 2 ga buladi: a) o`z -o`zida mavjud bo`lgan narsalar dunyosi; b) sezgilarimiz aks ettirgan narsalar, hodisalardir. Inson bilish jarayonida hodisalar dunyosiga tartib kiritadi, uni ma`lum vaqt makon bilan bo\lab o`rganadi.

2) G.F.Gegel` (1770–1831). Nemis klassik falsafaning vakili, uning ta`limoticha, barcha mavjud narsalarniig asosida «mutloq goya» (ruh) ning rivoji yotadi. Oldin mutloq goya «sof borliq» sifatida mavjud bo`ladi. Keyinchalik u rivojlanib mazmun jihatdan biridan biri boy bo`lgan tushunchalarni vujudga keltiradi. Inson ongi rivojlangan sari goya moddiylikdan qutilib boradi. Oxiri mutloq goya oldingi holatiga qaytadi.

3) L.Feyerbax (1804-1872). Nemis klassik falsafasining so`nggi vakili bo`lib, falsafada materialistik yo`nalishga mansubdir. U Gegelning mutloq goyasiga qarshi chiqadi. Feyerbax fikricha tafakkur insondan tashqarida, unga boglik bulmagan holda mavjud bo`lishi mumkin. Feyerbax: tafakkur, ong ikkilamchidir, materiyaning, tabiatning mahsulidir, deydi.

Ijtimoiy taraqkiyotning murakkablashuvi va ilmiy bilimlarning tabaqalanishi sotsiologiyaning falsafadan ajralib, mustaqil fanga aylanishini muqarrar qilib qo`ydi. XIX acpgacha sotsiologiya falsafaning tarkibiy qismi bo`lib keldi. Jamiyat haqida «pozitiv fan» (haqiqiy fan) yaratishga urinish XIX asr o`rtalarida yuzaga keldi. XIX asr boshlarida esa sotsiologiya o`ziga xos ilmiy metodlarga ega bo`lib, falsafadan to`la ajralib chiqa boshladi.

Lekin u mustaqil fan sifatida XIX asr 30-yillarida ilmiy muomalaga «sotsiologiya» atamasi, so`zi kiritilgandan so`ng shakllandi. Yangi fanga frantsuz faylasufi Ogyust Kont nom berdi.

Ogyust Kont (1798-1857). Frantsuz faylasufi, yangi fanga «sotsiologiya» deb nom berdi. Kont nuqtai nazariga ko`ra, sotsiologiya pozitiv mohiyatga ega fandir. «Pozitiv usul» ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usuli yordamida to`plangan empirik ma`lymotlapni nazariy tahlil qilishni ifodalaydi.

O. Kont tomonidan 1839 yilda «Pozitiv falsafa kursi» asarining uchinchi tomi nashr etilganligi natijasida birinchi marotaba u jamiyatni ilmiy asosda o`rganish sifatida sotsiologiya terminini qo`lladi va bu sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling