Ukrainadagi urushning Markaziy Osiyoga ta`siri


Download 9.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi9.65 Kb.
#1633667
Bog'liq
Ukrainadagi urushning Markaziy Osiyoga ta



Ukrainadagi urushning Markaziy Osiyoga ta`siri 
Amerikalik tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyo hukumatlari Rossiya bugun 
nimaga qodirligini yaxshiroq biladi. Ular tashqi siyosatini serqirralashtirish bilan 
ovora. Ukrainadagi qonli urush Moskva boshqa qo‘shnilariga va atrofdagi 
davlatlarga hamla qilishi mumkinligi haqidagi qo'rquvni kuchaytirgan.Nyu-
Yorkdagi Kolumbiya universiteti va Barnard kolleji professori Aleks Kuli Markaziy 
Osiyo davlatlarining birortasi Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralamasligidan 
ajablanmaydi. 2014-yilda Qrim bosib olinganida ham mintaqa Kremlga qarshi 
gapirmagan, deya eslaydi Kuli, AQSh poytaxtidagi Jorj Vashington universitetining 
Markaziy Osiyoga bag'ishlangan yillik seminarida so‘zlar ekan.Kuli 3-mart kuni 
BMT Bosh Assambleyasida Ukrainadagi urushni la‘natlovchi rezolyutsiyani 
mintaqada hech kim yoqlamaganiga ishora qilib, betaraflikka Xitoy va Hindiston 
kabi yirik davlatlar yetakchilik qilmoqda, deydi."Har birining o‘z strategik sabablari 
bor. Dunyo aholisining deyarli yarmi yashaydigan davlatlar Rossiya Ukrainadagi 
urushni darhol to‘xtatsin degan talabni qo'ymayapti", - deya tahlil qiladi. AQSh-
O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023 
Boshqa ko‘plab ekspertlar singari bu olim ham deydiki, AQSh 2021-yilda 
Afg'onistondan chiqib ketganidan beri mintaqa asosan Xitoy va Rossiya 
yetakchiligidagi bloklar ta‘siri ostida qoldi. G‘arb aloqalarni qanchalik 
jadallashtirmasin, Vashington bu borada Moskva va Pekin bilan tenglasha 
olmaydi.Markaziy Osiyo davlatlarining boshqaruv uslubi ham Xitoy va Rossiyadagi 
avtoritar tuzumlarga yaqin. Xavfsizlik deganda rahbariyatlar avvalo o‘zlari amalda 
qolishini ta‘minlashni nazarda tutadi va bu masalada bir-birini tushunadi. 
Anjumanda so‘zlagan mutaxassislar O‘zbekiston va Qozog‘istondagi rahbarlar 
o‘tgan yillarda e‘lon qilgan islohot dasturlari haqida Amerika hukumatichalik 
optimist emas. Siyosiy taraqqiyot, ochilish va qonun ustuvorligi tomon qadamlar 
sust, demokratik o'zgarishlar bag‘oyat sekin, deya baholashadi ular. Vashingtondan 
farqli o'laroq Moskva va Pekin mintaqa hukumatlariga demokratik islohotlar haqida 
maslahatlar bermaydi yoki xalqqa berilgan va‘dalarni bajaring, deya undamaydi. 
Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etgach, Pentagon O‘zbekiston, Tojikiston va 
Turkmaniston bilan terrorizmga qarshi yangi kelishuvlarga erishishga harakat qildi. 
Jumladan, AQSh bu davlatlar osmonidan Afg'onistonga dronlar uchira olishni 
istaydi. O‘zbekiston, xususan, bunga ko‘nmagan. Uning hududi hech bir davlat
ayniqsa qo‘shnilarga qarshi hujum qilish uchun qo‘llanishiga yo'l qo‘ymasligini 
bildirgan. 
Kuli deydiki, bu qarorlarda Rossiya rahbari Vladimir Putinning bosimi muhim 
rol o‘ynagan. Kreml hatto Xitoy u bilan bu masalada hamfikr ekanini iddao qilgan. 
Tahlilchi qayd etishicha, AQSh bilan xavfsizlik va harbiy hamkorlikda Markaziy 
Osiyo davlatlari oldindan Moskva pozitsiyas bilan hisoblashadi. 



Download 9.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling