Ularni tozalash usullari


I. Moyli urug‘larni aralashmalardan ularning


Download 26.28 Kb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi26.28 Kb.
#1053843
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOYLI URUG‘LARDAGI ARALASHMALAR VA

I. Moyli urug‘larni aralashmalardan ularning
o‘lchamlariga qarab ajratish usuli.

Bu usul bilan xom ashyo tozalanganda asosan turli ko‘rinishdagi elakli sirtlardan foydalaniladi. Elakli sirtlar tekis aylanma shaklda, ko‘p qirrali barabanli shaklda bo‘lishi mumkin. Qaysi tur ishlatilishidan qat’iy nazar bir elakli sirtdan ikkita fraksiya, ya’ni elak ustidan tushuvchi fraksiya va elak orasidan o‘tuvchi fraksiya (proxod) hosil bo‘ladi.

Mahsulot

Elak ustidan o‘tuvchi fraksiya

Elak ostidan o‘tuvchi fraksiya

Elakli sirtlarda bir yoki bir necha bor mahsulot tozalanishdan qat’iy nazar asosiy


1 Фракция
mahsulot o‘rtacha o‘lchamga teng bo‘lgan aralashmalar mahsulot tarkibida qolaveradi. Bu qoldiq aralashma tozalangan xom ashyoning qoldiq iflosligini deb ataladi. Shu tufayli xom ashyoni tozalashda faqatgina elakli sirtlar ishlatilmay bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket aerodinamik separatorlar va elektromagnit separatorlar ham ishlatiladi. Xom ashyoni elakli sirtlar yordamida unumli tozalash uchun xom ashyo tarkibidagi komponentlarning o‘rtacha uzunliklarini yoki o‘rtacha diametrini bilish lozim. Laboratoriya doirasidan yoki maxsus spravochniklarda mahsulotning va uning ichidagi aralashmalarni o‘lchamlari o‘zgarishini ko‘rsatuvchi variatsion egri chiziqlar grafigi bo‘ladi. Bu grafiklarga qarab, mahsulotni aralashmadan to‘liq ajratish uchun kerak bo‘lgan elak diametrlari aniqlanadi.

1 – holda. Asosiy mahsulot va aralashmalarning variatsion egri chiziqlari bir-biri bilan kesilmaydi. Bu holda agar elakning o‘lchamlari d2; d3; d4 va d5 ga teng qilib olinsa, mahsulot aralashmadan deyarli to‘liq ajratiladi.

2 – holda. Elakning o‘lchamlari d2; d3; d4; d5 larga teng bo‘lganda asosiy aralashmalarni to‘liq ajratilmaydi, ya’ni mahsulotning bir qismi mayda aralashmalar ichida, yana bir boshqa qismi yirik aralashmalar ichida qoladi, shu bilan birga aralashmaning bir qismi ham mahsulot tarkibida qoladi.

3 – holda. Elakning hech bir o‘lchami d1; d2; d3; d4 mahsulotni aralashmadan ajratishga imkon bermaydi.


Asosiy xomashyo

Yirik Mayda aralashma

aralashmalar

3) %

ММ
dddd2



Xom ashyodan aralashmalarni ajratish uchun metallik shtamplangan elaklar hamda tuqilgan elaklar ishlatiladi.
M
L=1050 мм
etallik elaklarning teshiklar formasi doiro shaklida yoki cho‘ziqroq shaklida bo‘lishi mumkin. Doira shaklidagi teshikdan xom ashyo o‘zining kengligi bo‘yicha o‘tadi. O‘zunchoq shakldagi teshiklardan qalinligi bo‘yicha o‘tadi.

L v a


Kungaboqar urug‘i a-kengligi, 1 – o‘zunligi, b -eni

Doira shaklidagi teshikli elaklar sanoatda keng qo‘llaniladi va umuman olgandan metalli shtamplangan elaklar o‘zining chidamliligi bilan uzoq muddatda foydalanish imkonini beradi, lekin metall elaklarning foydali yuza koeffitsientlari unchalik katta emas va 50-60 % atrofida

K = 0,5-0,6.

Doira shaklidagi elaklarning o‘lchamilari 0,8-4,0 mm gacha bo‘ladi. O‘zunchoq formadagi teshiklarning o‘lchamlari esa b = 0,5-1,0 mm, l = 10-50 mm

To‘qilgan elaklar temir, mis, kapron, neytron yoki oddiy iplardan to‘qilgan bo‘lishi mumkin. Teshiklarining shakli esa bu holda kvadrat bo‘ladi va to‘qilgan elaklarning avzalligi ularning foydali yuza koeffitsienti

K = 0,5-0,85, o‘lchamlari esa 0,6-0,9 mm bo‘ladi.

Ammo to‘qilgan elaklarning mexanik chidamliligi past va tez uzilib ketganligi sababli sanoatda kam ishlatiladi, undan tashqari qattiq elanayotgan mahsulot ta’sirida to‘qilgan iplarning siljishi tufayli teshiklarning o‘lchamlari turlicha bo‘lib qoladi. Sanoatda ishlatilayotgan barcha turdagi elakli yuzalar 4 xil turda xarakatlanishi bilan xarakterlanadi:

1) Mahsulot xarakati yo‘nalishi bo‘yicha old va orqa tomonga yo‘nalgan xarakat.

mahsulot yo‘nalishida elak xarakati

2) mahsulot xarakati yo‘nalishiga ko‘ndalang ravishda old va orqa tomonga bo‘lgan elakning xarakati.


elak

3)Elakning aylanma bo‘ylab xarakati bunda mahsulot esa spiral yo‘nalishida bo‘ladi.

4) Elakning vertikal yo‘nalishda yuqori chastotali tebranma xarakati

Ko‘rilgan turdagi elak xarakatidan eng ko‘p (1) va (4) holatlari ishlatiladi. Qaysi turdagi elak ishlatilishidan qat’iy nazar mahsulotning yo‘nalishi elakning bir tomonidan ikkinchi tomoniga siljishi bilan borishi uchun elaklarning gorizontal tekislikka nisbatan qiyaligi 8-14oC da olinadi.





Download 26.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling