Ularni tozalash usullari


Moyli urug‘larni aralashmalardan ularning aerodinamik xususiyatlariga qarab tozalash


Download 26.28 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi26.28 Kb.
#1053843
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOYLI URUG‘LARDAGI ARALASHMALAR VA

2.Moyli urug‘larni aralashmalardan ularning aerodinamik xususiyatlariga qarab tozalash. Malumki elakli sirtlarda urug‘ tarkibidagi aralashmani to‘liq ajratish mumkin emasshu tufayli ikki usulni qo‘llash lozim bo‘ladi.

Qattiq zarrachalar o‘zlarini havo oqimida turlicha tutadi, ya’ni biron bir havo yo‘naltirilayotgan truba ichida bir dona qattiq zarracha bo‘lsa, uch xil holatni ko‘rishimiz mumkin.


Q- zarracha og‘irligi


P P-kuch


1) Q > P

2)Q < P


Q 3) Q = P

Havo oqimi

1- holatda zarracha og‘irligi Q havo oqimining (og‘ir) bosimidan katta bo‘lgani uchun zarracha pastga tushadi.

2 - holatda esa zarracha havo oqimi bilan olib ketiladi.

3 - holatda esa zarracha og‘irligi hamda unga ta’sir qiluvchi kuch P ga teng bo‘lgani uchun zarracha havo oqimida muallaq turib qoladi. Texnologik nuqtai nazardan 3-holat ahamiyat kasb etib, bu kuchning qiymatini Nyuton formulasi bilan aniqlash mumkin:

P = k . V2 . /g

Bu yerda P- zarracha xarakatiga havo oqimining qarshilik ta’sir kuchi;

k - zarrachaning havo oqimiga qarshilik ko‘rsatish koeffitsenti;

F - zarrachaning havo oqimiga nisbatan proeksion yuzasi;

V- havo oqimi tezligi;

 - havo zichligi (solishtirma og‘irligi);

g- erkin tushish tezlanishi;


Ushbu tenglamani o‘zgartirish natijasida havo tezligini topish mumkin


Ushbu tenglamadan aniq bir gaz yoki havo uchun o‘zgarmas qiymatga ega, G‘ esa doimo o‘zgaruvchan qiymatga ega, shu tufayli yuza o‘zgarish ta’siri ostida koeffitsent K ham o‘zgarib boradi.

Agarda P = Q deb olsak, va desak, u xolda

bo‘ladi.


Bu yerda Kp - (koeffitsent parus) uchuvchanlik ifodasini bildiradi, hamda bu yo‘l bilan aniqlangan havo oqimining tezligi zarrachaning kiritik tezligiga teng deb xisoblanadi.
Zarrachaning kritik tezligi deb shunday havo oqimining tezligiga aytiladiki, bu vaqtda zarracha havo oqimidan tushib ketmaydi, ya’ni zarracha havo oqimida bir xil tebranish holatida bo‘lib aylanib turadi. Ifodalangan fikrlar turli zichlikka ega bo‘lgan moddalarni havo oqimida o‘zlarini qanday tuta bilishini ko‘rsatadi va zarrachalarning bu xususiyatlari ularning aerodinamik xususiyatlari deb tushiniladi, ya’ni biron bir tezlikka ega bo‘lgan havo oqimi kritik tezligi katta bo‘lgan zarrachalarni uchirib keta olmaydi. Kritik tezligi kichik bo‘lgan zarrachalarni osonlikcha uchirib ketadi. Qattiq moddalarning bu aerodinamik xususiyatlaridan foydalanib, yog‘-moy sanoatida ishlatilayotgan havo separatori qo‘llaniladi.

Bularga: ZSM; KDP; POP; ChSP; USM uskunalar kiradi.




Download 26.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling