Ularning mohiyati


O‘qituvchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari


Download 18.32 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi18.32 Kb.
#1557053
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

O‘qituvchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
Barcha kasbiy faoliyatda bo‘lgani kabi o‘qituvchining faoliyatida ham bir qator yo‘nalishlar ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir (2-rasm):

1. Metodologik yo‘nalish – ta’lim va tarbiya qonuniyatlarini, shaxsning yosh va psixologik xususiyatlarini bilish.
2. Ta’limiy yo‘nalish – ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim shakli, metod va vositalarini to‘g‘ri tanlay olish, ta’lim maqsadini aniq belgilash.
3. Tarbiyaviy yo‘nalish – tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim shakli, metod va vositalarini to‘g‘ri tanlay olish, tarbiya maqsadini aniq belgilash. 4. Metodik yo‘nalish – ta’lim va tarbiya jarayonlarini amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkillashtirish, maqsadning natijalanishiga erishish.
5. Texnologik yo‘nalish – ta’lim va tarbiya jarayonlarini ularning tarkibiy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro izchillik asosida mohirona tashkil etish.
6. Ijodiy yo‘nalish – har bir dars va muayyan tarbiya jarayoniga o‘ziga xos yondashish, orginal loyihalarni yaratish.
7. Tadqiqotchilik yo‘nalishi – mavjud pedagogik muammolarning yechimini topishga intilish, ular yuzasidan o‘ziga xos yechimlarni tavsiya etish. Demak, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tizimli tashkil etish yo‘lga qo‘yilgandan boshlab, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatga xos sifatlarga ega bo‘lishiga nisbatan ehtiyoj sezilgan. Bu ehtiyojning qondirilishi o‘qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etishga imkon beradigan sifatlar majmuiga, ya’ni pedagogik mahoratga ega bo‘lishi hisobiga qondirilgan. Bugungi kunda pedagogik mahoratga ega bo‘lish talabi faqatgina o‘qituvchilarga emas, shu bilan birga jamoa bilan, ijtimoiy sub’ektlar bilan ishlaydigan har qanday mutaxassislarga ham qo‘yilmoqda. Binobarin, tirik mavjud bo‘lgan shaxslarga ta’sir ko‘rsatish, ularni boshqarish oson kechmaydi. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning muayyan darajada pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari zarurligi taqozo etmoqda.
Download 18.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling