Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani” bо‘yicha sillabus


Download 135.17 Kb.
bet1/7
Sana06.10.2023
Hajmi135.17 Kb.
#1693446
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BT tarbiya sillabus 1 курс 2023 йил 3


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


QО‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor
___________ N.M. Babayeva
_____ _________ 2023 yil

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TARBIYA FANI”


BО‘YICHA


SILLABUS

Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim


Ta’lim sohasi: 110000- Ta’lim
Ta’lim yо‘nalishi 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim

Qо‘qon -2023


Modul / FAN SILLABUSI
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yо‘nalishi


Fan nomi:

Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani

Fan turi:

Majburiy

Fan kodi:

BTTF105

Yil

4

Semestr

1

Ta’lim shakli

Kunduzgi

Mashg‘ulotlarga shakli va semestrga ajratilgan soatlar

150

Ma’ruza

30

Amaliy mashg‘ulotlar

30

Laboratoriya mashg‘ulotlari

-

Seminar

-

Mustaqil ta’lim

90

Kredit miqdori:

5

Baholash shakli

Imtixon

Fan tili

О‘zbek



Fan maqsadi (FM)

FM 1

Talabalarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalashda innovatsion tarbiya texnologiyalarini, qonuniyatlarini, jahon tarbiya konsepsiyalari namunalarining qiyosiy tahlilini, ta’lim muassasalarida tarbiya fanini o‘qitishning shakl, metod va vositalarini o‘rgatishdan iborat.




Fanni о‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar

1

Mutaxassislikka kirish (MK110)

2

Mediasavodxonlik va axborot madaniyati (MSAM105)

3

Umumiy psixologiya (UmPsix110)




Ta’lim natijalari (TN)

Bilimlar jihatidan

TN1

“Tarbiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: Tarbiya fani ijtimoiy zarurat sifatida, tarbiya fanini o‘rganishning qonuniyatlari, jahon tarbiya konsepsiyalari namunalari, tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalar haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi kerak;

TN2

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlarning o‘rnini, pedagogik diagnostikaning o‘ziga xosliklarini bilishlari lozim;

TN3

ta’lim muassasasining ijtimoiy institutlar bilan hamkorligini tashkil etishni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;

TN4

talabalarga tarbiya fanini o‘qitishda ta’lim-tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-amaliy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;




Ko‘nikma jihatidan:

TN5

Boshlang‘ich talim tarbiya fanini o‘qitishda modulli, muammoli, kreativ ta’lim, didaktik – o‘yinli, hamkorlikda o‘qitish hamda an’anaviy ta’lim texnologiyalarini, loyiha texnologiyalaridan; ta’lim-tarbiyaning dolzarb muammolari fanini o‘qitishda zamonaviy
axborot texnologiyalari vositalaridan, multimedia texnologiyalaridan foydalana oladi.

TN6

O‘quvchilarni kichik guruhlarda o‘qitish, ularda ijodkorlik izlanuvchanlikni shakllantirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ishlashni shakllantirish usullarini biladi.

TN7

Ilmiy, ilmiy-metodik jurnallarda nashrdan chiqqan va o‘quv adabiyotlarida bor bo‘lgan, internet orqali berilgan o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan tarbiyaning masalalari haqidagi maqolalarni hamda axborotlarni mustaqil o‘rganib, tahlil qilish hamda ularni amaliyotda qo‘llay oladi.

TN8

O‘z pedagogik faoliyatlarini tahlil qila olishga, baholashga o‘rgatish.





Download 135.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling