Ultratovush usuli (ultratovushli rasxodometriya)


Download 90.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi90.29 Kb.
#1838914
1   2   3   4
Bog'liq
BD2

{/ = {/„ cos 2 ;zvrff 
Katta qon tomirlarida eritrotsitlarning tezligi ulaming o‘qqa nisbatan joylashishlari 
ga qarab turlicha bo‘ladi: “ O’q yaqinidagi eritrotsitlar katta tezlik bilan “devor 
yaqinidagi” lari esa kichik tezlik bilan harakatlanadi. UT toUqinlari turli xil 
eritrotsitlardan qaytishi mumkin, shu sababli Dopleming siljishi bitta chastota 
ko‘rmishida bo‘lmay, biror chastotalar oralig‘ida bo'ladi. Shunday qilib, Dopier effekti 
qon oqimining faqat o‘rtacha tezligini emas, balki qonning turli xil qatlamlari tezligini 
ham aniqlashga imkon beradi. 
Elektromagnit usul (elektromagnit rasxodometriya). Qon oqishi tezligini 
aniqlashning bu usuli harakat]anuvchi zarrachalar-ning magnit maydonida og'ishiga 
asoslangan. Masala shundan iborat-ki, qon elektr jihatdan neytral sistema bo‘lsa-da, 
musbat va manfiy ionlardan tashkil topgan. Shunday ekan, harakatlanayotgan qon 
zaryadli zarrachalar oqimi bo‘lib, uqon tezlik bilan harakatlanadi. Harakatlanayotgan 
q elektr zaryadiga induksiyasi В bo‘lgan magnit maydonida kuch ta’sir qiladi. 
Agar zaryad manfiy bo‘Isa, u holda kuch vektorlar ko‘paytmasi vqon x в ga teskari 



yo'nalgan. 
Magnit m aydoni tomonidan turli xil ishorali zaryadga ta’sir etuvchi kuchlar 3.16-
rasmda ko‘rsatilganidek, qarama-qarshi yo‘-nalgan. Qon tomiri devorining bir tomoni 
yaqinida ortiqcha musbat zaryad, ikkinchi tomoni yaqinida esa manfiy zaryadlar 
ko‘proq 
to‘planadi. Zaryadlaming tomir ko‘ndalang kesimi bo‘yiab bunday taqsimlanishi 
elektr maydonini yuzaga keltiradi. Bunday fizik hodisa Xoll effekti deb aytiladi. 
Ux kuchlanish (Xoll kuchlanishi) ionlar harakatining tezligiga, ya’ni qonning 
tezligiga bog‘liq. Shunday qilib, Ux kuchlanishni 0 ‘lchash bilan qonning tezligini 
ham aniqlash mumkin ekan. Qon tomiri ko‘ndalang kesimi S ni bilgan holda, qon 
oqishi hajmiy tezligini (m3/s) hisoblash mumkin: 
Ushbu usulda o‘zgaruvchan magnit maydonini qo'llash amaliy jihatdan qulaydir 
(3.17-rasm). Bu o‘zgaruvchan xol Ux kuchlani-shini yuzaga keltiradi, so‘ngra u 
kuchaytiriladi va o‘lchanadi. 
Chastotalan 20000 Hz (20 к Hz) dan 109 Hz (1G Hz) gacha diapazon oralig‘ida 
bo‘lgan elastik tebranishlar va toiqinlar ultratovush deb ataladi. Ultratovushning 1 G 
Hz dan 1000 G Hz gacha bo‘lgan chastotalar diapazoni gipertovush deb ataladi. 
Ultratovush chastotalari uchta diapazonga bo‘linadi: 
-Past chastotali ultratovush (20-100 kHz); 
-0 ‘rta chastotali ultratovush (0, 1-10 MHz); 
-Yuqori chastotali ultratovush (10-1000 MHz); 
Har bir diapazon tibbiyotda qoilanishining o'ziga xos 
xususiyatlari mavjud. 
Ultratovushning ikki muhit chegarasidan qaytishi shu muhitlar- 
ning to‘lqin qarshiliklari nisbatiga bogiiq. Masalan, ultratovush muskul suyak usti 
pardasida suyak chegarasidan, ichki organlar sirtlaridan va hokazolardan juda ham 
yaxshi qaytadi. 
Shu sababli bir jinsli boimagan jismlar (bezlar), bo‘shliqlar, ichki organlarinng va 
hokazolaming turgan o'mi va oichamlarini aniqlash mumkin (ultratovush lokatsiya 



usuli). Ultratovush lokatsiya usulida uzluksiz va impulsli nurlanishlar qoilaniladi. 
Birinchi holda ikki muhit chegarasidan qaytgan va tushuvchi toiqinlarning 
interferensiya-sidan hosil boigan turg‘un toiqinlar kuzatiladi. Ikkinchi holda qaytgan 
impuls kuzatilib, ultratovushning tekshirilayotgan obyekt-gacha va undan qaytib 
kelish vaqti oichanadi. Ultratovushning tarqalish tezligini bilgan holda, obyektning 
qanday chuqurlikda joylashgani aniqlanadi. 
Biologik muhitlaming toiqin qarshiliklari havonikiga nisbatan 3000 marta katta. 
Shu sababli UT-nurlatgichlar odam tanasiga qo‘yilsa, ultratovush tana ichkarisiga 
otmasdan nurlatgich va odam tanasi orasida hosil boigan yupqa havo ustunidan 
qaytadi. Havo qatlami hosil boimasligi uchun nurlatgichning sirti yuzasiga yupqa 
moy qatlami surtiladi. 
Ultratovush to'lqinlarinmg tarqalish tezligi va ularning yutilishi muhitning holatiga 
bog'liq:, shunga asoslanib moddalammg molekular xossalarini o‘rganishda 
ultratovushdan foydalaniladi. Bu turdagi tadqiqotlar molekular akustika foniga 
taalluqiid r. 
To'lqinlar intensivligi doiraviy chastota kvadratiga to‘g‘ri pro-porsional, shunga 
asoslanib nisbatan kichik amplitudali to‘lqin-lardan ham katta intensivliklarga ega 
bo‘lgan to'lqinlami hosil qilish mumkin. Ultratovush tolqinlari ta’siridagi zarrachalar 
tezlanishi juda katta bo‘lishi mumkin, bu esa katta ta’sir kuchlari paydo bo‘lishini, 
biologik obyektlar ultratovush yordamida nurlantiril-ganda ularga ham zarrachalarga 
shunday kuchiar ta’sir qilishini ko‘rsatadi. 
Ultratovush tarqalishida hosil boladigan zichlashish va siyraklashishlar suyuqliklar 
ichida uzilishlar hosil qiladi, bunga kavitatsiya deyiladi. 
Kavitatsiya uzoq vaqt ushlanib qolmay, tez yopiladi, bunda uncha katta boHmagan 
hajmda ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqib, moddalarning isishi va shu bilan birga 
molekulalaming ionizatsiyasi va dissotsiatsiyasi yuz beradi. 
Biologik obyektlarda ultratovush ta’siri bilan bog‘liq holda yuz beradigan fizik 
jarayonlaming asosiy effektlari quyidagilardan iborat: 
— hujayra va subhujayra darajasidagi mikrovibratsiyalar;
— biomakromolekulalami parchalash; 



— biologik membranalarini jarohatlash va ulaming joyla-nishlarini o‘zgartirish, 
membranalar o‘tuvchanligini o‘zgartirish; 
— issiqlik ta’siri; 
— hujayra va mikroorganizmlaming buziiishi. Ultratovushning 
tibbiy-biologik qo‘llanishlarini asosan ikki yo‘nalishga ajratish mumkin: birinchisi 
kuzatish va diagnostika usullari, ikkinchisi ta’sir etish uslublari. 
Birinchi yo‘nalishdagi usullarga asosan impulsli nurlanishlardan foydalanuvchi 
lokatsion usullar kiradi. Bu exoensefalografiya __ bosh miya o‘smalari va 
shishlarini aniqlash (5.8- rasmda “Angiodin EXO/U ’ ko‘rsatilgan); ultratovush 
kardiografiyasi — yurak o‘l-chovlarini dinamikada o‘lchash; oftalmologiyada —
ko‘z muhitlari kattaliklarini o‘lchash uchun ultratovush lokatsiyasi. Ultrato vushning 
Dopier effektidan foydalanib yurak klapanlari hara-katining xarakteri o‘rganiladi va 
qon oqish tezligi o‘lchanadi. Diagnostika maqsadlari uchun ultratovush tezligiga 
asosan о‘sib chiqqan va jarohatlangan suyaklaming zichliklari hisoblab topiladi. 
Ikkinchi yo‘nalishga ultratovush fizioterapiyasi taalluqlidir. 5.9-rasmda shu 
maqsadlarda qollaniluvchi apparat “ИОНТО COHO C2” ko‘rsatilgan. Ultratovush 
bilan bemorga ta’sir etish apparatning maxsus nurlatgich kallagi yordamida 
bajariladi. K o‘pincha terpa-pevtik maqsadlar uchun chastotasi 800 KHz, o‘rtacha 
intensivligi 1 W/sm2 ga yaqin va undan uzoq bo‘lgan ultratovushlardan foyda 
laniladi. 
Ultratovush terapiyasining birlamchi ta’siri mexanizmi uning to‘qimaga 
ko‘rsatadigan mexanik va issiqlik ta’siridir. 



2.ASOSIY QISM 
Operatsiyalarda ultratovush ham yumshoq, ham suyak to'qima-larini kesishga 
qodir bo‘lgan „ultratovush skalpeli“ sifatida foydala niladi. Ultratovushni suyuqliklar 
ichidagi jismlarni parchalab, emulsiya hosil qilish qobiliyatidan farmatsevtika 
sanoatida dori tayyorlashda foydalaniladi. Ultratovush ishtirokida tayyorlangan turli 
xil dorivorlar emulsiyalari o‘pka kasali, yuqori nafas yo‘llari katari, bronxial astma 
kabi kasalliklami davolashda qo'lianiladi. 
Hozirgi paytda shikastlangan yoki transplantatsiyalanuvchi suyak to‘qimalarini 
“payvandlash”ning yangi usuli (ultratovush osteosintezi) yaratilgan. 
Ultratovushning mikroorganizmiarga halokatli ta’sir ko‘rsati-shidan moddalami
sterilizatsiya qilishda foydalaniladi 



Ultratovushning ko'riar uchun qoMlanilishi qiziqarlidir. “Ori-yentir” kichkina 
asbobi hosil qilgan ultratovush lokatsiyasi yorda mida 10 m gacha uzoqlikdagi 
jismlarni bilib olish va ularning qanday xarakterda ekanligini aniqlash mumkin. 
Ultratovushning tibbiyot va biologiyada qo‘llanilishi borasida yuqorida keltirilgan 
misollar bu sohada qilingan barcha tadqiqot-lami o‘z ichiga ololmaydi, chunki 
ultratovushning qollanish sohasi rang-barang va uni kengaytirish istiqbollari kattadir. 
Yana ultrato vush golografiyasining tibbiyotga kirib kelishi va undan foydalanish 
yanada yang! diagnostika usullarining paydo bolishiga umid bog‘laydi. 

Download 90.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling