«Ulug’ ajdodlarimiz»


Download 284.95 Kb.
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi284.95 Kb.
#203157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Asil


Toshkent Davlat Transport Universiteti

EE-4 guruh talabasi Abdukarimov Asilbekning

tayyorlagan taqdimoq ishi

«Ulug’ ajdodlarimiz» Qomusiy olim al Xorazimiy mavzusida mustaqil ish.

Xorazmiy, Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva – 850, Bag’dod) – matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma’lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bo’lib shakllangan. Bunda arab istilosidan so’ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy rol o’ynagan. Xalifa Horun ar Rashidning o’g’li va uning Xurosondagi voliysi al Ma’mun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bag’dodni egallagan al Ma’mun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Farg’oniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o’zi bilan olib ketib, o’ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa – „Bayt ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar bo’lgan. U shu davrdan boshlab Bag’dodda al Ma’mun (813–833), so’ng al Mo’tasim (833–842), al Vosiq (842–847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.


Download 284.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling