Ulug’bek xazinasi” romani


Asarning g’oyaviy badiiy o’ziga xosligi


Download 30.14 Kb.
bet2/8
Sana12.03.2023
Hajmi30.14 Kb.
#1265258
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bznxmmx

Asarning g’oyaviy badiiy o’ziga xosligi:
Buyuk olim , davlat arbobi Ulug’bek hayotiga ko’p adiblar murojaat etganlar. Ulug’bek siymosi yaratilgan sarlar orasida M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” fojiasi alohida ajralib turadi. Ulug’bekdan so’z ochgan har bir qalamkash bu ajoyib asarni chetlab o’tishi mumkin emes.Odil yoqubov ham Maqsud Shayxzoda tajribalaridan bahramand bo‘lgan.Roman bilan fojia orasida talay mushtarakliklar mavjud. Chunonchi , roman ham xuddi fojia kabi Ulug’bek hayotining so’nggi davrini hikoya qilishdan boshlanadi. Fojiadagi ko’pgina hodisalar romanda ham tilga olinadi, bir qancha tarixiy shaxslar bu yerda ham ishtirok etadilar. Shu bilan barobar “Ulug’bek xazinasi” tarixiy hodisalar va shaxslarning badiiy talqini, o’zining uslubiy, g’oyaviy- badiiy yo’nalishi , poetikasi jihatidan “Mirzo Ulug’bek” asaridan keskin farq qiladi.
Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
“Qora kuchlar” ning “davri-davroni”, ma’rifat ahlining esa “qora” kunlari boshlanadi. Romanning ikkinchi qismi ana shu mudhish kunlar tasviri va badiiy tahliliga bag’ishlangan.
Ma’lumki ko’p asarlar odatda bosh qahramonning o’limi, halokati bilan tugaydi. Bunday asarlardan farqli o’laroq “Ulug’bek xazinasi” dagi eng hayajonli, shiddatli voqealar bosh qahramon halokatidan keyin ro’y beradi. Yozuvchining mahorati ayniqsa shu voqea- hodisalar ifodasida yaxshi namoyon bo’lgan.
Bir tomonda- Abdullatif boshliq qora guruhlar; ularning ma’naviy rahnamosi, shayx Nizomiddin Xomush, Salohiddin zargar, amir Jondor ayg’oqchi Qashqir. Ikkinchi tomonda- Ulug’bekning sadoqatli shogirti Ali Qushchi boshliq ma’rifat fidoyilari…Ulug’bek xazinasini o’sha tahlikali kunlarda qora guruhlar nazaridan , tahdid va ta’qiblardan himoya etish uchun ketgan shiddatli , xatarli kurashda keng xalq ommasivakillari- madrasa talabasi Muram Chalabiydan Tortib xalq orasidan chiqqan shoir Qalandar Qarnoqiygacha , oddiy temirchi Usta Temur Samarqandiydan tortib ma’rifatli ayol Xurshida bonugacha – barchasi ishtirok etadi.
Qushbegi, qushchi - tarixiy ata-ma. Oʻrta asrlarda podsho va xonning ovchi qushlari (qushxonasi) va ov hayvonlarining mutasaddisi; ov begi (amiri shikor). U hukmdorning ovini tashkil qilish va oʻtkazishga javobgar boʻlgan.
Bu bilan yozuvchi muhim g’oyani- Ulug’bek ma’naviy merosi xalq boyligi, mulki ekanini ta’kidlaydi.
O’sha og’ir sinov paytida maslakdosh shogirtlar orasida ham saralanish yuz beradi. Chunonchi , Mavlono Muxiddindek olim mudhish voqealar girdobida dovdirab, o’z ustozidan yuz o’giradi, fanga, e’tiqodiga xiyonat qiladi.Biroq Mavlono Muxiddin – murakkab shaxs. Yozuvchi uni bir yoqlama xiyonatkor deb qarashdan qochadi. Uning chigal ruhiy holatini butun ziddiyatlari bilan ko’rsatadi. Mavlono Ustozi Ulug’bekdan ko’p yaxshiliklar ko’rgan. Bir tomondan , u bu yaxshiliklarni unutolmaydi.Ikkinchi tomondan , shu ustozi pushti kamaridan bo’lgan Abdullaziz tajovuzi tufayli ko’zining oqu qorasi, yakkayu- yagona qizi Xurshida bonu baxtiqaro bo’lib qolgan. Shu tufayli u Ulug’beklar oilasidan, qolaversa ustozidan yuz o’giradi.Asarda ikki o’t orasida , iztiroblar olovida qovrilib, telba bo’lib qolgan Mavlononing ruhiy drammasi zo’r mahorat bilan ochilgan.
Umuman, bu roman personajlar ruhiy dramasi tasvirijihatdan adabiyot- imizda muhim yangilik. Yozuvchining bu sohadagi mahorati Ulug’bek, Mavlono Muxiddin, ayniqsa Abdullatif obrazi ifodasida yorqin namoyon bo’lgan.



Download 30.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling