Uluqov Nosirjon


Talabalarning huquq va majburiyatlari


Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana23.08.2023
Hajmi2.43 Mb.
#1669466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
941541547 Н.Улуқов

 
1.4. Talabalarning huquq va majburiyatlari 
19. Talabalar quyidagi huquqlarga ega: 
– ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa 
sohalarning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni 
olish; 
– oliy ta’lim muassasasining muhim masalalarini muhokama etish 
va hal qilishda bevosita ishtirok etish; 
– axborot-resurs markazidagi axborot resurslari, o‘quv, ilmiy, 
tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan oliy ta’lim muassasasining 
ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish; 
– ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferentsiya va simpoziumlarda 
ishtirok etish; 
– o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini nashrga taqdim etish
– oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi 
bo‘lgan taqdirda, ularning ustidan shikoyat qilish; 
– talabalar uchun belgilangan tartib va miqdordagi stipendiya, 
shuningdek Davlat stipendiyalari hamda o‘qishga yo‘llagan yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan tayinlagan stipendiyalarni olish. 
Talaba qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega 
bo‘ishi mumkin. 
20. Talabalarning majburiyatlari: 
– oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o‘quv rejada nazarda tutilgan 
bilimlarni egallash;


10 
– o‘quv rejada nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini, 
shuningdek dissertatsiyani belgilangan muddatda bajarish
– oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari va 
talabalar turar joylari qoidalariga rioya etish. 
Talaba zimmasida qonun hujjatlarida belgilangan boshqa 
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
 
II. Dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilishga 
qo‘yiladigan talablar 
 
2.1. Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni 
tayinlash 
Dissertatsiya talabaning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishni 
yakunlovchi va o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari 
asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. 
Dissertatsiyalarning mavzulari oliy ta’lim muassasasida shartnoma 
va loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bir 
qismi bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin. 
Dissertatsiya mavzusi dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki 
aniq 
amaliy 
vazifani 
yechishga 
bag‘ishlangan, 
shuningdek, 
mutaxassislikka mos bo‘lishi lozim. 
Dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasasi professori, 
fan doktori, dotsenti yoki fan nomzodi, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari 
va ilmiy markazlar olimlari hamda boshqa tashkilotlarning tajribaga ega 
bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Dissertatsiya mavzusi va dissertatsiyaga ilmiy rahbar (ilmiy 
maslahatchi) talabaning dissertatsiya mavzusini tasdiqlash va ilmiy 
rahbarni tayinlash to‘g‘risidagi arizasi hamda tegishli kafedra 
taqdimnomasining fakultet ilmiy kengashi (o‘quv-uslubiy kengashi) 
tomonidan ko‘rib chiqilishi natijasiga ko‘ra 1-o‘quv yilining oktyabr-
noyabr oylarida oliy ta’lim muassasasining rektori buyrug‘i bilan 
rasmiylashtiriladi.
Mutaxassis tayyorlovchi kafedrada har uch yilda magistrlik disser-
tatsiyalari mavzulari ishlab chiqiladi, fakultet ilmiy-uslubiy kengashida 
muhokama qilinadi va tasdiqlash uchun universitet Ilmiy Kengashiga 
taqdim 
etiladi. 
Ilmiy 
Kengashda 
tasdiqlangan 
magistrlik 


11 
dissertatsiyalarining mavzulari magistrantga tanlash uchun tavsiya 
qilinadi. 
Magistrlik dissertatsiyasi muvaffaqiyati uchun quyidagi omillar 
muhim ahamiyatga ega: 
– qiziqarli, hali chuqur o`rganilmagan, O‘zbekiston va jahon 
tarixining ajralmas qismi bo`lgan muammoli mavzuni tanlash; 
– tanlangan mavzu yoki shu mavzuga yaqin ilmiy ishlar olib 
borgan, o`zining ilmiy tajribasini o`rgatishga tayyor rahbar tanlash; 
– mavzu bo`yicha rahbar bilan kelishilgan holda kengaytirilgan ish 
rejasiga ega bo`lish; 
– mavzuga oid adabiyotlar va manbalarni chuqur o`rganish, 
qiyosiy tahlil etish; 
– tadqiqot mavzusini yoritish uchun tuman, shahar, viloyat, 
respublika miqyosidagi kutubxonalar, muzeylar, tegishli arxivlardagi 
manbalarga murojaat qilish; 
– tadqiqot bilan bog`liq muammo va yechimlar borasida ilmiy 
maqolalar yozib, viloyat, respublika gazeta-jurnallari hamda oliy ta`lim 
muassasasi (OTM) to`plamlarida chop etish; 
– tadqiqot yuzasidan OTM, viloyat, respublika, xalqaro miq-
yosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok etish.
Dissertatsiya mavzusi tavsiya etilgan mavzular ro`yxatidan, ilmiy 
rahbar bilan kelishgan holda, magistrant tomonidan tanlab olinadi. 
Dissertatsiyaga talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasidan 
boshqa tashkilotlardan ilmiy rahbar tayinlangan holda, kafedra 
a’zolaridan biri kafedra mudiri tomonidan mazkur talabaga ilmiy 
maslahatchi etib tayinlanadi. 
Ilmiy maslahatchi dissertatsiyani belgilangan talablar bo‘yicha 
bajarilishi uchun ilmiy rahbar bilan bir xilda mas’ul hisoblanadi. 
Bitta professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek bitta 
dotsent, fan nomzodi, mutaxassis yoki amaliyotchi uchtagacha 
dissertatsiyaga rahbarlik qilishi mumkin. 
Dissertatsiyalarning mavzulari tasdiqlangandan va ilmiy rahbarlar 
tayinlangandan so‘ng 1 oy muddatda ular haqidagi ma’lumot talabalar 
familiyasi, ismi, otasining ismi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha 
maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining 
rasmiy saytida e’lon qilinadi. 

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling