Uluqov Nosirjon


Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana23.08.2023
Hajmi2.43 Mb.
#1669466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
941541547 Н.Улуқов

 
 
 
 


13 
2.2. Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga 
qo‘yiladigan talablar 
Magistrlik dissertatsiyasi tuzilishi va mazmuni 
Magistrlik dissertatsiyasi magistrlik dissertatsiyasi ish bo`lib, 
nazariy ahamiyati, mavzuning dolzarbligi va olingan natijalarning 
amaliy ahamiyatga molikligi bilangina emas, balki umumiy uslubiy 
tayyorgarlik darajasi va rasmiylashtirilishiga ko`ra ham baholanadi. 
Dissertatsiyaning tuzilishi, mazmuni, ilmiy ahamiyati kafedra 
professor-o`qituvchilari tomonidan muhokama qilinadi, uning mazmuni 
bo`yicha ayrim tuzatishlar kiritilishi va kamchiliklari ko`rsatilishi 
mumkin. 
Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishida quyidagilar 
alohida-alohida qismlar sifatida rasmiylashtiriladi:
– dissertatsiyaning titul varag`i (3- ilovaga qarang);
– ikki tildagi (o‘qitish tili va ingliz tilida) dissertatsiyaning 
qisqacha annotatsiyasi;
– dissertatsiya mazmunining mundarijasi (4 -ilovaga qarang);
– kirish; 
– dissertatsiyaning asosiy qismi (2-3 bobdan iborat bo‘lishi tavsiya 
etiladi); 
– xulosa; 
– foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati; 
– ilovalar (agar zarurat bo`lsa).
Umuman magistrlik dissertatsiyasi yakuniy ichki yaxlitlikka ega 
bo`lgan va tanlangan mavzuni to`la yoritish hamda natijalarini ifoda 
etuvchi magistrlik dissertatsiyasi ishi ko`rinishida bo`ladi. 
Dissertant magistrlik dissertatsiyasida olingan axborotni matn 
shaklida berish orqali uning ilmiy va amaliy ahamiyatini asoslaydi. 
Magistrant mavzuga doir tarixiy manbalar, adabiyotlar va nazariy 
muammolarni yorituvchi adabiyotlarni o`rganib, ularni tahlil qilib 
dissertatsiyaning tegishli boblariga asos sifatida kiritadi. Titul varag`i 
dissertatsiyaning birinchi beti hisoblanadi va qat`iy qoidalar asosida 
to`ldiriladi. Titul varag`idan keyin dissertatsiyaning mundarijasi 
joylashtiriladi. Mundarijada boblar, paragraflar va magistrlik disser-
tatsiyasining barcha boshqa qismlari, asosiy matndagi sarlavhalar va bet 
raqamlaridan boshqacha shaklda yoki izchillikda va shuningdek
qisqartirib berilishi mumkin emas. Mundarijadagi sarlavhalar asosiy 
matndagi sarlavhalar bilan bir xilda bo`lishi shart. Boblar va paragraflar 


14 
nomi, shuningdek ularning izchilligi dissertatsiya matni bilan to`liq mos 
kelishi shart. 
Magistrlik dissertatsiyasi zarur hollarda arxiv manbalari, respubli-
kamiz va xorijda chop etilgan adabiyotlar tahlili asosida yozilishi kerak. 
Yig`ilgan hamda tahlil qilingan materiallar magistrantga hal qilinadigan 
masalalar, muammolarni aniqlash va shunga muvofik xulosa chiqarish 
imkonini beradi. Shunday qilib, rejaga muvofiq tuzilgan boblar 
magistrlik dissertatsiyasi mazmunining asosiy g`oyasini ifodalaydi. 
Xulosa qismi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining
10-15 foizni tashkil qiladi. Tadqiqot natijasida olingan xulosalar va 
takliflarning eng muhimlari ishning oxirida, ya`ni xulosa qismida aks 
etadi. 
Dissertatsiyaning titul varag‘i, annotatsiyasi, mundarijasi va 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatining namunaviy shakli mazkur 
Nizomning 2-, 5-ilovalarida keltirilgan. 

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling