O‘ZBEK VA TURK TILSHUNOSLIGIDA EGA TALQINI
Zilola XUDAYBERGENOVA
Annotatsiya
O‘zbek va turk tillarining qiyosiy tadqiq etilishiga doir bir qator tadqiqotlar mavjud.
Biroq bu ishlar asosan qiyoslanayotgan tillarning leksik va morfologik
xususiyatlarining
tadqiqini o‘z ichiga oladi. O‘zbek va turk tillarining sintaktik xususiyatlari, xususan, ega,
eganing o‘zbek va turk tilshunosligidagi
talqini va tadqiqi, ifoda materiallari solishtirilib
o‘rganilmagan. Zero, turk tilshunosligida va o‘zbek tilshunosligida
eganing talqinida
tasniflanishida farqli yondashuvlar ko‘zga tashlandi. O‘zbek tilshunosligining rus tilshunosligi
ta’sirida, turk tilshunosligining g‘arb tilshunosligi, asosan fransuz
va nemis tilshunosligi
ta’sirida shakllanganligi natijasida gapning bosh bo‘laklarini, xususan, eganing talqini va
tadqiqida farqli yondashuvlarning tatbiq etilgani ko‘zga tashlanadi.
Turk tilshunosligida ega
vazifasida kelgan so‘zlar va so‘z birikmalarining leksik-semantik mazmuni, sintaktik qurshovi,
sintaktik vazifasi ham diqqatga olinadi. O‘zbek tilshunosligida ega vazifasida kelgan so‘zlar va
so‘z birikmalarining ko‘pincha jumladan ajratilgan holda o‘rganilganligi kuzatiladi. Bundan
tashqari , o‘zbek tilida eganing tuzilishiga ko‘ra turlari ham tasniflangan. Bu maqolda o‘zbek va
turk tilshunosligidagi eganing talqin qilinishi, eganing ifodalanish usullari qiyoslab o‘rganiladi,
ular o‘rtasidagi umumiylik va tafovutlar aniqlanadi. O‘zbek tilshunosligida
sintaktik birliklar
tadqiqida qo‘llanilgan usullarga asoslangan holda qiyoslanayotgan tillardagi ega, uning struktur
turlari, ifodalanish usullari o‘rganiladi. Eganing ifoda materiallari solishtirish jarayonida, bu
vazifada kelgan so‘z turkumlarining grammatik xususiyatlari ham tavsiflanadi.
Kalit So‘Zlar: O‘zbek Tili, Turk Tili,
Sintaksis, Ega, Eganing Tasnifi