Umid nixolari


Download 138.51 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi138.51 Kb.
#1055157
Bog'liq
умид нихоллари


O’KUVChILARNING “UMID NIXOLARI”
SPORT MUSOBAKALARINI O’TKAZILIShINING
SAMARADORLIGI
1. Maktab bosqichi (sinflararo musobaqalar). Maktab darajasidagi musobaqalar yilning sentyabr oyidan boshlanib, 1-4, 5-9, 10-11-sinf o’quvchilari o’rtasida sportning belgilangan turlari bo’yicha o’tkaziladi. O’quv yili davomida o’tadigan sinflararo musobaqalarning muddatlari va mas’ul shaxslari aniq ko’rsatilib, tasdiqlangan taqvim asosida, may-iyun oyigacha davom etadi.
Sentyabr-oktyabr oylarida maktabning sport turlaridan yaxshi natijalarni ko’rsatgan, ko’nikma va mahorati yuqori 1-4, 5-9 va 10-11-sinf o’quvchilari orasidan terma jamoalar shakllantiriladi va ular keyingi bosqich-maktablararo-hudud bosqichi musobaqalarida qatnashadi.
Terma jamoa maktab sport klubi(jamoasining) qaroriga binoan tuzilishi, unga kirgan har bitta o’quvchining sportdagi yutuqlari barchaga ma’lum qilinishi va sport borasida boshqalarga o’rnak sifatida ko’rsatilishi lozim.
1-4, 5-9, 10-11-sinf o’quvchilarining sog’lomligini ta’min-lashga qaratilgan musobaqalar bosqichini ushbu tarzda belgilanishi tavsiya etiladi:
– o’quv yili davomida "Umid nihollari" sport musobaqa-larining bosqich o’yinlarida olti milliondan ortiq umumiy o’rta ta’lim tizimi o’quvchilarini uzluksiz, ommaviy sport harakatida ushlab turilishi va bu orqali ularning sog’lomlik darajasini yuqori fiziologik me’yorga etkazilishi;
– jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy, amaliy bilimlarni, uslub va ko’rsatmalarni musobaqalar orqali egallanishi, mustahkamlanishi va rivojlashtirilishi;
– sport turlariga katta qiziqishi bo’lgan yoshlar orasidan jamoatchi instruktor va hakamlarning etishtirib chiqari-lishi;
– yoshlarda sport turlariga bo’lgan qiziqishlarning oshishi, musobaqalarga ommaviy ravishda jalb qilinib, raqo-bat asosida ular orasidan iqtidorli sportchilarni selektsiya (tanlab olinishi) qilinishi;
– joylarda sport to’garaklarining ochilishiga va yoshlar-ning sportga bo’lgan ehtiyojlarining qondirilishi;
– sport sektsiyalari ishining faollashtirilishi, qizi-qarli va bolalar salomatligiga foydali bo’lishi;
– maktab va undan tashqari sport inshootlarini talab darajasiga keltirish, yangilarini qurish va ularni sport anjomlari va jihozlar bilan ta’minlanishi.
2. Hudud bosqichi (hudud ichidagi maktablararo musobaqalar). Noyabr-dekabr oylarida maktablarning 1-4, 5-9 va 10-11 - sinf o’quvchilaridan tashkil topgan maktab terma jamoalari o’rtasida o’tkaziladi.
Hudud bosqichini amalga oshirish kuyidagicha belgilandi:
– maktab bosqichi darajasida bolalar sportining haqiqiy holatining tahlili va uning asosida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi;
– maktab, maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sport turlari bo’yicha musobaqalarning, birinchi-maktab bosqichini uzluksiz ravishda o’tkazilishini, saralanib chiqqan yoshlar harakati va mahorati bo’yicha mazkur maktab darajasida amalga oshirilayotgan ishlarning yo’lga qo’yilishi;
– sport sektsiyalaridagi sport turlari, o’quvchilarning kundalik ommaviy musobaqalarda to’plagan tajriba va mahoratlarining ko’rilishi;
– maktab rahbariyati, jismoniy tarbiya o’qituvchilariga, sport sektsiyalarining haqiqiy faoliyatiga, mehnat qilayotgan mutaxassislarga baho berish mumkinligi;
– hudud darajasida eng kuchli maktab jamoasini, mahoratli va istiqbolli yosh sportchilarning aniqlanishi va hudud terma jamoalari tuzilishida inobatga olinishi.
Noyabr oyida (kuzgi ta’tilda) maktablarning 1-4-sinf terma jamoalari uchun hudud final o’yinlari o’tkaziladi.
Mazkur musobaqalarda hududlar g’oliblari aniqlanadi va shu bilan 1-4-sinf maktab terma jamoalarining final o’yinlari yakunlanadi. Ularning natijalariga binoan g’oliblar diplom va sovg’alar bilan taqdirlanadi.
1-4-sinf o’quvchilarining musobaqalar bosqichi ushbu tarzda belgilanishida kuyidagilar inobatga olinadi:
– boshlang’ich sinf o’quvchilarini jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ko’nikma va sport turlarining faqat ilk asosini bilishlari va jismoniy harakatga o’yin tarzi orqali birlamchi qiziqishlarining shakllanishi;
– musobaqalarda jamoa bo’lib qatnashib, bir maqsad sari birlashish tajribasining yo’qligi;
– murabbiy kadrlar va sport yo’riqchilari bilan ta’minlanmagani;
– mahorat darajasi etishmagani, boshqa hududlarga borib musobaqalashish salohiyati to’liq shakllanmagani;
– bellashuvlarning ommaviy tarzda tuman darajasiga olib chiqilishi maqsadga muvofiq emasligi, tashkiliy jihatdan hamda iqtisodiy tomondan samarasizligi.
3. Tuman bosqichi. Yanvar oyida (qishki ta’tilda) maktablarning 5-9- sinf o’quvchilaridan tashkil topgan hudud terma jamoalari o’rtasida tuman final bellashuvlari o’tkaziladi. Hududlararo musobaqalar bosqichida tumanda joylashgan bolalar va o’smirlar sport maktablarining sportchilari qatnashadi. Musobaqalar yakuniga asosan tuman chempioni aniqlanadi, g’oliblar diplom va sovg’alar bilan taqdirlanadi. Ushbu bosqichda maktablar 5-9-sinf o’quvchila-rining hudud terma jamoalari o’rtasidagi final o’yinlari yakunlanadi.
5-9-sinf o’quvchilarining musobaqalar bosqichini ushbu tarzda o’tkazilishini belgilashda:
– hududlarda joylashgan Bolalar va o’smirlar sport maktablarida sport turlari bilan shug’ullanayotgan yoshlarni musobaqalarda ko’rsatayotgan natijalari asosida u erda olib borilayotgan o’quv va amaliy mashg’ulotlarni sifati hamda sport bazasining haqiqiy ahvoli ko’rilishi;
-jamoalar safida qatnashayotgan o’quvchilarni sport musobaqalarida erishgan natijalari asosida joylarda ushbu yoshlar bilan shug’ullanayotgan jismoniy tarbiya o’qituvchilari va sport murabbiylarining bilimi va ishga munosabati aniqlanishi;
– maktab, maktabdan tashqari joylarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga moslangan sport bazasiga baho berilishi;
– jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan yondashuvni ilmiy va amaliy yoki maqsadsizligining ko’rilishi;
– hudud bosqichi darajasida bolalar sportining haqiqiy ahvoli va holati asosida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi;
– tuman darajasida eng kuchli hudud jamoasi, mahoratli va istiqbolli yosh sportchilar aniqlanishi va tuman terma jamoalariga nomzod sifatida belgilanishi nazarda tutiladi.
Tuman bosqichi o’yinlarida 8-9-sinf o’quvchilari orasidan yuqori natija ko’rsata olganlar, 10-11-sinf o’quvchilar terma jamoalari tarkibida hududlararo musobaqalarda qatnashish huquqiga ega bo’ladilar.
Yanvar-mart oylarida 8-11-sinf o’quvchilari hamda maxsus bolalar va o’smirlar sport maktablari sportchilaridan tashkil topgan hudud terma jamoalari o’rtasida bellashuvlar o’tkaziladi. Musobaqalar yakuniga asosan tuman chempioni aniqlanadi, g’oliblar diplom va sovg’alar bilan taqdirlanadi.
4. Viloyat bosqichi. Mart oyida (bahorgi ta’tilda) 8-11-sinf o’quvchilari, bolalar va o’smirlar sport, maxsus sport maktablarining sportchilaridan tashkil topgan tuman terma jamoalari o’rtasida viloyat final musobaqalari o’tkaziladi.
8-11-sinf o’quvchilarining viloyat darajasidagi musobaqalar bosqichini belgilashda qo’yidagilar hisobga olindi:
– tumanlarda faoliyat ko’rsatayotgan bolalar va o’smirlar sport maktabi, maxsus bolalar va o’smirlar sport maktab-larining faoliyati samaradroligi aniqlanishi;
– tuman darajasida bolalar sportining haqiqiy axvoli va holatining ko’rilishi, unga asosan tegishli xulosalar qilinishi va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi;
– viloyat darajasidagi musobaqalar orqali eng kuchli tuman jamoasining aniqlanishi va bellashuvlarda kuchli, mahoratli hamda istiqbolli yosh sportchilarning saralanishi;
– viloyat terma jamoasining shakllantirilishi.
Mazkur bosqichdagi musobaqalar viloyat va tuman markazlari hamda tuman ta’lim muassasalarining talabga javob beradigan sport bazalarida o’tkaziladi.
5. Mamlakat bosqichi. Aprel-may oylarida 8-11-sinf o’quvchilari hamda viloyat bolalar-o’smirlar va maxsus sport maktablari sportchilaridan tuzilgan viloyat terma jamoalari o’rtasida final musobaqalari o’tkaziladi.
Mamlakat darajasidagi final musobaqalari tartibini ishlab chiqishda ushbu tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiq deb hisoblandi:
– musobaqalarning kompleks ravishda o’tkazilishi;
– musobaqalarni "Hudud va guruh musobaqalariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish" Nizomiga binoan tashkil qilinishi;
– birinchi va ikkinchi yillarda o’tkaziladigan respublika final bosqichi musobaqalari jamoalarining mahoratini oshishiga turtki bo’lishi va ularning haqiqiy texnika darajasini aniqlashga qaratilishi;
– bitiruv imtihonlariga ta’sir qilmasligi;
– respublika finali musobaqalarining g’oliblariga oliy o’quv muassasalariga imtiyozli kirish huquqini faqat uchinchi yilda berilishi;
– yuqori mahoratli yosh sportchilarning respublika finaliga chiqishi va bellashuvlar natijasida kashf etilgan nufuzli sportchilarning mamlakat terma jamoalariga nomzod va a’zo sifatida qabul qilinishi;
– sport jamoalarini kompleks musobaqa o’tadigan joylarga borib kelishida masofani hisobga olgan holda hududlarning belgilanishi va bu orqali sarf xarajatlarning tejalishi.

2.2. "Umid nihollari" musobaqalari final bosqichini birinchi yil o’tkazish tartibi


"Umid nihollari" musobaqalari final bosqichi Nizom asosida, kompleks ravishda to’rtda hududda o’tkaziladi. Hududlar viloyat jamoalarining mahorat va imkoniyat darajasi asosida belgilanadi.


1. Birinchi hudud – Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari.
2. Ikkinchi hudud – Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari.
3. Uchinchi hudud – Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari.
4. To’rtinchi hudud – Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari.
Hudud tarkibidagi to’rtta viloyatlarda musobaqalar o’tkaziladi va ularning natijalariga asosan qatnashuvchilarning egallagan o’rni belgilanadi. g’oliblar diplom va sovg’alar bilan taqdirlanadi.
"Umid nihollari" musobaqalari final bosqichlarini ikkinchi yil o’tkazish tartibi
Ikkinchi yilda bo’lib o’tadigan "Umid nihollari" musobaqalarining bosqichlari birinchi yilda o’tkazilgan maktab, hudud, tuman va viloyat bosqichlarining tartibi asosida amalga oshiriladi.
Faqat ikkinchi yilda mamlakat darajasidagi final musobaqalarni o’tkazish tartibi birinchi yildagi tartibdan farq qiladi. Birinchi yilda mamlakat final musobaqalari 4 hududda o’tkazilgan bo’lsa, ikkinchi yilda esa ushbu musobaqalar 2 guruhda aprel-may oylarida o’tkaziladi.
Birinchi yildagi hudud musobaqalarida 1- va 2-o’rinni egallagan viloyat jamoalari birinchi guruh davrasida, 3-4 o’rinni egallagan viloyat jamoalari esa ikkinchi guruhda o’zaro bellashadilar.
Guruh tarkibida o’tkazilgan musobaqalarning natijalariga asosan har bitta viloyat jamoasining egallagan o’rni belgilanadi. G’oliblar diplom va sovg’alar bilan taqdirlanadi.
Birinchi guruhda mutlaq g’olib bo’lgan jamoa, uchinchi yilda Respublika final bosqichida ikkita jamoa bo’lib qatnashish huquqiga ega bo’ladi.
"Umid nihollari" musobaqa bosqichlarini uchinchi yil o’tkazish tartibi
Uchinchi yilda bo’lib o’tadigan "Umid nihollari" musobaqalarining bosqichlari ikkinchi yilda o’tkazilgan maktab, hudud, tuman va viloyat bosqichlari tartibi asosida amalga oshiriladi.
Uchinchi yilda mamlakat darajasidagi musobaqalar finali bir guruhda Vazirlar Mahkamasining "O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida" gi qarori bilan tasdiqlangan rejada belgilangan viloyatda aprel-may oylarida o’tkaziladi.
1, 2, 3-o’rinni egallagan viloyat terma jamoalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg’asi va Respub-lika Tashkiliy qo’mitasining diplomlari bilan taqdirlanadi. Shaxsiy va jamoa musobaqalarida 1, 2 va 3-o’rinlarni egallaganlar oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlanadi.

2.3. "O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini boshkarishni taxlili


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli qarorida ko’proq yoshlar sportini ommaviy ravishda rivojlantirishga qaratilgan hamda ommaviy-sport tadbirlarini tashkil qilishga yo’naltirilgan.


Shu sababli, sport mashg’ulotlariga o’quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb qilishni tashkil etish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yili 3 iyunda "O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida"gi 244-sonli qarori qabul qilindi.
Prezident Islom Karimov boshchiligida ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’lim modeli asosida, o’quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga uzluksiz jalb qiladigan, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" ommaviy sport musobaqa-larini o’z ichiga olgan uch bo’g’inli yagona tizim tashkil qilindi.
2000 yildan boshlab uzluksiz sport musobaqalari tizimi asosida talabalar o’rtasida “Universiada”, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida “Barkamol avlod” va o’quvchilarning “Umid nihollari” sport musobaqalari o’tkazila boshlandi.
Mazkur sport musobaqalarini asosiy maqsadi, o’sib kelayotgan yosh avlod qalbida sportga muhabbat tuyg’ularini kamol toptirish, ularni sportda erishgan natijalarini namoyish etish, yoshlarda sog’lom turmush tarzi tamoyillarini, mustahkam iroda, vatanparvarlik va el-yurtga fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, sport bilan shug’ullanish uchun zamonaviy talablar darajasidagi shart-sharoitlarni yaratish, yoshlar ongida yuksak olimpiya tamoyillarini qaror toptirishdir.
O’quvchi-yoshlarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb qilishni boshqarish quyidagi dasturiy yondashuv asosida shakllantirildi:
G’
Mazkur jarayonlarni samarali boshqarishning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar belgilangan:
– uzviylik va davomiylik;
– maqsadlilik va samaradorlik;
– tarmoq va xududiy imkoniyatlar asosida o’z-o’zini mablag’ bilan ustuvor ta’minlash;
Ommaviy sport o’yinlarini dasturiy yondashuv asosida boshqarishning yuqoridagi tizimi oxir-oqibatda mazkur tadbirlarning uzviyligi va davomiyligini ta’minlaydi.

Yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish tizimi
Yuqoridagi yo’nalishdagi tizimning amalga oshirilishi bu boradagi vazifalarning ijobiy hal etilishiga quyidagilar ta’sir etadi:
Birinchidan, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida o’quvchi-yoshlarni sportga jalb qilishning yagona tizimi yaratilgan, o’quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, ommaviy sport harakatining ommaviyligini ta’minlash asosida barcha yoshdagi o’quvchilar sog’ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirish va sport turlari bo’yicha iqtidorli yoshlardan mamlakat jamoalarini shakllantirish tizimi yaratiladi.
Uchinchidan, bolalar-o’smirlar sport maktablari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari faoliyatini samarali nazorat qilish va baholash tizimini yaratish ta’minlanadi.
To’rtinchidan, joylardagi sport bazalarini yanada rivojlantirish, mavjud tizimlarni takomillashtirish, kadrlar saviyasini oshirish, sog’lom muhit yaratish imkonini beradi.
Beshinchidan, keng miqyosda sport kiyimlari va anjomlarini ishlab chiqarish tizimlarini yaratishga, mavjudlarini kengaytirishga yordam beradi.
O’quvchi-yoshlarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb qilishda uzviylik va doimiylik, maqsadlilik va samaradorlik tamoyillariga asoslangan.
Yoshlarda sog’lom turmush tarziga intilishini shakllantirish, yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish tizimini yaratish bo’yicha quyidagi chora – tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi:
1. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida va oliy yuquv yurtlarida sog’lom turmush tarziga o’quvchi-yoshlarni ehtiyojini shakllantirish;
1.Jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish tizimini takomillashtirish;
2. Jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, ommaviy-sport ishlarini va sportning milliy turlarini rivojlantirish;
3. Jismoniy tarbiya hamda sportni ilmiy-uslubiy va tibbiy ta’minlash;
4. Jismoniy tarbiya va sport tizimi imkoniyatlarini rivojlantirish;
5. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mablag’ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, nodavlat


Download 138.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling