Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   296
 
 
 
13-mavzu:
JAMOA TARBIYA OB‘YEKTI VA SUB‘EKTI SIFATIDA 
R E J A: 
1. «Inson», «shaxs», «individ» tushunchalari. 
2. Jamoaga qo‘yilgan umumiy talablar. 
3. Sinf jamoasini jipslashtirish va shakllantirish yo‘llari. 
4. Jamoaning bolalar tarbiyasiga ta‘sir ko‘rsatish shakl va usullari. 
Tayanch so`z va iboralar 
Shaxs, individ, indiviruallik, jamoa, jamoaga qo‘yilgan umumiy talablar, sinf jamoasi, sinf rahbari, jamoani
jipslashtirish va shakllantirish yo‘llari, jamoa tashkil etish, jamoatchilik topshirig‘i, jamoaning bolalar tarbiyasiga 
ta‘siri, sinfda ijobiy an‘analar, yagona talablar, sinf faollari.
Ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub‘ekti bo‘lmish individga shaxs
deyiladi. (Mazkur qo‘llanmaning « Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi» mavzusida shaxs to‘g‘risida fikr 
bildirib o‘tgan edik.) Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam 
shaxsga - voqelikni biluvchi hamda faol o‘zgartiruvchi sub‘ektga aylanadi. Odamning insonlik jinsiga mansubligi
individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Xo‘sh, shaxs va individ bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? degan savolga 
fikr bildiraylik. 
«... Normal odamlarni ham, chaqaloqlarni ham, tilni va oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan telbalarni ham
individ deb atash mumkin. Biroq bulardan faqat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mavjudot hisoblanadi, ijtimoiy 
munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol qatnashuvchi odamgina shaxs deb ataladi»,- deb ta‘kidlashadi
A.V. Petrovskiy, L.S. Rubinshteyn, A.Ya. Kolomenskiylar. 
«Ijtimoiylashuv- bu chaqaloqning boshqa odamlar bilan muloqatga kirishish orqali o‘zini anglaydigan, o‘zi 
tug‘ilgan madaniyatni tushunadigan aqlli mavjudotga aylanish jarayoni». 
Zigmund Freyd o‘z asarlarida bayon qilgan nazariyaga ko‘ra, bola agar atrof-muhitning talablari va ong ostidagi 
qudratli mayllarni muvozanatda ushlab tura olsagina, mustaqil mavjudotga aylanadi. Bizning o‘zimizni anglashga 
bo‘lgan qobiliyatimiz ongsizlik xurujlarini bosish yo‘li bilan rivojlanadi.
J.G. Mid fikriga ko‘ra bola boshqalar uning o‘ziga nisbatan o‘zlarini qanday tutayotganliklarini ko‘rib, o‘zini 
alohida mavjudot sifatida anglay boshlaydi. Keyinroq, o‘yinlarda qatnashib, o‘yin qoidalarini o‘rganib bola 
«umumlashtirilgan o‘zga»- umumiy qadriyatlar va madaniy me‘yorlarni tushuna boshlaydi.
Jan Piaje bolaning dunyoni ongli idrok etish qobiliyatining rivojlanishida bir nechta asosiy bosqichlarni ajratib 
ko‘rsatadi. Har bir bosqich yangi bilish qobiliyatlarini o‘zlashtirish bilan tavsiflanadi va oldingi bosqichning
muvaffaqiyatliligiga bog‘liq bo‘ladi. Piaje fikriga ko‘ra, kognitiv rivojlanishning bu bosqichlari ijtimoiylashuvning 
umumiy xususiyatlari hisoblanadi.
Ijtimoiylashuv agentlari- bu eng muhim ijtimoiylashuv jarayonlari yuz beradigan tuzilmaviy guruhlardir. Barcha 
madaniyatlarda bola ijtimoiylashuvining asosiy agenti oila hisoblanadi. Bundan tashqari, tengdoshlar guruhlari
maktab, ommaviy axborot vositalari ham ijtimoiylashuv agentlaridir.


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
71 
Shuni ta‘kidlash joizki, ijtimoiylashuvda jamoaning o‘rni beqiyosdir. «Jamoa ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb 
etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyat uchun jipslashgan o‘quvchilarning guruhidir»
Quyidagi
chizmada mavzuga oid kategoriyalarning tahlilini keltiramiz: 
2-19. chizma 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling