Umum ped na amal-O`um 13-14


Ta‘lim tarbiya tizimida milliy g‗oyani rivojlantirish imkoniyatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet134/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   296
Ta‘lim tarbiya tizimida milliy g‗oyani rivojlantirish imkoniyatlari. Ta‘lim 
muassasalari O‗zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasi, o‗zbek xalqining buyuk davlat 
barpo etish borasidagi maqsad-muddaolari, milliy istiqlol g‗oyalarini yoshlar qalbi va ongiga 
singdirishning ustuvor yo‗nalishlariga xizmat qiladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha 
sohalarini qamrab olish, ta‘-lim-tarbiya, targ‗ibot-tashviqotning samarali usul va vositala-ridan 
oqilona foydalanish taqozo etiladi. Bunda Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi asosida o‗quvchi-
talabalar ongida milliy g‗oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz tarzda 
olib borish, ta‘lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol 
mafkurasi-ni singdirishda differensial pedagogik-psixologik dasturlar yaratish, o‗quv dasturlari, 
darslik va qo‗llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g‗oyalarini teran aks ettirish, maktab, litsei, 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
96 
kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya-ni bugungi kun talablari darajasiga 
ko‗tarish, pedagog kadrlar-ning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish muhim 
ahamiyatga ega yo‗nalishlardir.
Ta‘lim-tarbiyaning har bir bosqichi, o‗z navbatida, milliy g‗oyalarni yoshlar qalbi va 
ongiga singdirishning o‗ziga xos omil-larini nazarda tutadi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalari. Bu o‗rinda har bir ota-ona-ning o‗z farzandining 
maktabgacha tarbiyasi uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr 
uzluksiz ta‘lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishiga erishish zarur. Bunda 
oilaning maktabgacha ta‘lim muassasalari tizimiga izchil uyg‗unlashuviga erishishni nazarda 
tutish kerak Bu davrdagi barcha maktabgacha ta‘lim-tarbiya muassasalari bolalardagi umumiy 
savodxonlik va maktabdagi ta‘lim-tarbiyaga tayyorlash jarayonining muhim va zaruriy bosqichi 
sifatida qaralishi lozim.
Bevosita ta‘lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‗quv 
yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‗choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan 
mafkuraviy ta‘lim jarayonida, barcha o‗quv qo‗llanmalari va darsliklar, qo‗shimcha 
adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahami-yat kasb etishi lozim. Shu bilan birga, Vatanga 
sadoqat tuyg‗usini shakllantirish; ona tilimizga muhabbat uyg‗otish, milliy qad-riyatlarni hurmat 
qilish va e‘zozlash, ezgulik timsoli bo‗lgan ayolni ulug‗lash, oilaning vatanparvarlik hissini 
tarbiyalashdagi rolini ko‗rsatish, mahallaning demokratiya darsxonasi va o‗z-o‗zini boshqarish 
maktabi ekanini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, umuminsoniy 
qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‗rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‗or 
madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini uqtirish, din va dunyoviy bilimlarning o‗zaro qarama-
qarshi emasligini anglatish, ma‘rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi 
imkoniyatlari kengligini isbotlovchi dalillar kel-tirish, siyosiy va huquqiy madaniyat sog‗lom 
dunyoqarashning mu-him omili ekanligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni ko‗paytirish bu boardagi 
zarur bilimlarni o‗zlashtirishga yordam beradi.
Ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‗lmay-di. Shuning uchun ham 
mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta‘lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‗rgatish 
ti-zimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e‘tibor qaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish jarayonida maktab ta‘limi, ayniqsa, umumta‘-lim 
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e‘tiborni kuchaytirish kun tartibidagi 
eng muhim va jiddiy masalaga aylangan edi. Hozirgi kunda istiqlol davrida barpo etilgan, barcha 
shart-sharoitlarga ega bo‗lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‗quv yurtlarida 
tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma‘rifat sirlarini o‗rganayotgan, hozirda ikki-uch 
tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‗quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‗z 
iste‘dodi va salo-hiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlar misolida ma‘naviyat-ning 
yuksalishini kuzatish mumkin va tabiiyki, bunday sharoit-da goyaviy tarbiya mezonlari ham 
davrga muvofiqlashib boradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling