Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet136/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   296
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
98 
Milliy an‘analarni o‗rganish, targ‗ib etish bilan bir qatorda to‗y-marakalarni, odat va 
udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdababozlikka yo‗l qo‗ymaslikka 
alohida e‘tibor qaratish darkor.
Ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Jamiyat 
taraqqiyotining asosi, - degan edi, - uni muqarrar halokatdan qut-qarib qoladigan yagona kuch - 
ma‘rifatdir»
1
. «Tarix - xalq ma‘naviyatining asosidir».
Qadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ma‘naviy-axloqiy tarbiya va ma‘rifiy ishlar»ga 
alohida e‘tibor berilgan. yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy 
madaniytarixiy an‘analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan 
samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni 
tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta‘minlanadi
62. 
Umumiy hamda 
pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma‘rifiy ishlar 
takomillashtirilib boriladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor 
ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an‘ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‗z 
ta‘siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‗z manfaati yo‗lida
foydalanishga intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar.
Shu ma‘noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan 
har bir inson, avvalo, unib-o‗sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi 
baquvvat, iymoni butun bo‗lib voyaga yetishi uchun keng jamoatshilik va aholimiz o‗rtasida 
ma‘naviy-ma‘rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko‗tarishning ahamiyati beqiyosdir».
1999 yil 3 sentabrda tuzilgan «Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat kengishini 
qo‗llabquvvatlash to‗g‗risida»gi Prezident Farmonida kengashning asosiy maqsadi ham - 
«Jaholatga qarshi ma‘rifat» g‗oyasiga tayangan holda o‗zbek xalqining ongini va qalbini 
mustabid o‗tmish asoratlaridan forig‗ etish, barkamol avlod, komil insonni kamol toptirishdan 
iborat qilib qo‗yildi. «Biz barcha mamlakatlarda bo‗lganidek, g‗oyaga qarshi g‗oya bilan 
kurashish tarafdorimiz», - degan edi Yurtboshimiz. (Karimov I.A. Asarlar. 8 - tom, 24 - bet).
Demak, madaniyat va madaniy - ma‘rifiy muassasalar mafkurani shakllantirish va xalqimiz 
ongiga singdirishda katta imkoniyatlarga ega. Bunda kutubxona, teatr, klublar, madaniyat uylari 
va saroylari, istirohat bog‗lari, muzeylar va boshqa muassasalar faoliyatidan keng foydalanish, 
kishilar dunyoqarishini yuksaltiradigan, odamlarga ruhiy-ma‘naviy oziq beradigan tadbirlar 
majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.
Bu dargohlarda turli anjumanlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar, uchrashuvlar 
uyushtirish, milliy istiqlol mafkurasining mazmun-mohiyatini har bir ijtimoiy qatlamga
tushunarli tarzda izohlab beradigan qo‗llanma va tavsiyalar tayyorlash ayniqsa muhim.
Madaniy-ma‘rifiy muassasalar yoshlarni haqiqiy san‘at, chinakam badiiy go‗zallik ruhida 
tarbiyalash maskanlari bo‗lmog‗i lozim.
Madaniyat va san‘at sohalari faoliyatining butunlay tijorat asosida tashkil etilishiga, 
g‗oyaviy-badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarimizga yot asarlarning yetakchi o‗rinni egallab 
olishga yo‗l qo‗ymaslik muhim ahamiyatga ega.
Turmushimizni ommaviy axborot vositalarisiz, xususan radio, televideniye, gazeta, 
jurnallarsiz tasavvur qilish qiyin. Odamlarni butun dunyoda ro‗y berayotgan murakkab 
ijtimoiysiyosiy jarayonlardan, yurtimizda sodir bo‗layotgan o‗zgarishlardan xabardor qilish, 
hozirgi kunning dolzarb muammolari bo‗yicha jamoatchilik fikrini bilish va shakllantirish
ma‘naviymafkuraviy o‗zgarishlarni, ma‘rifatni yetkazish matbuot xodimlarining muhim burchi 
hisoblanadi.
Shu o‗rinda ta‘kidlab o‗tish joizki, milliy g‗oyani shakllantirishda, uning asosiy 
xususiyatlari, tamoyillarini xalkimizga atroflicha tushuntirishda va milliy istiqlol g‗oyasini, 
uning asl mohiyatini yoritish va ularni yoshlarga yetkazishda matbuotning o‗rni juda kattadir.
1
Karimоv I.A. Biz kеlajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T.: «O‘zbеkistоn», 1999, 135, 146–bеtlar.
62
Barkamоl avlоd – O‘zbеkistоn taraqqiyotining pоydеvоri. –T.: «SHarq», 1997, 55- bеt.


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
99 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling