Umum ped na amal-O`um 13-14
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
100 undagi Ota-onaning farzand tarbiyasida mas‘uliyati yanada oshdi, deb aytishga to‗la asosimiz bor. Shaxs ma‘naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e‘tiqodiga aloqador ko‗nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma‘noda oila - haqiqiy ma‘naviyat o‗chog‗i, mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‗giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi. ―Har bir inson uchun, - deb ta‘kidlagan edi I.A.Karimov, - Vatan tushunchasi, avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog‗liqdir. Oilaning jamiyatdagi o‗rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga milliy manfaat nuqtainazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz» 1 . Yurtboshimizning ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ asarida ham bu masalaga alohida e‘tibor qaratib: ―Har qaysi millatning o‗ziga xos ma‘naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‗rni va ta‘siri beqiyosdir‖ 2 , deydi. Binobarin, jamiyat faqat o‗z shaxsiy manfaatini ko‗zlaydigan odamlar yig‗indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash, kishilarning jamiyat bo‗lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e‘tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‗ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o‗tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu sababdan ham jamiyat a‘zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‗lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O‗zining Vatan deb atalmish ulug‗ bir oilasiga mansubligini his etish tuyg‗usi o‗z-o‗zidan paydo bo‗lmaydi, balki muttasil va izchil mafkuraviy tarbiya samarasi o‗laroq, yuzaga keladi 3 . Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat hislatlari uluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning g‗oyat xilmaxil qatlamlarini umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o‗rtasida hamjihatlik totuvlik, o‗zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi. Davlat, nodavlat tashkilotlarning o‗rni. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o‗tish» g‗oyasini bugun amalga oshirish ma‘lim ma‘noda mafkuraviy ishlarimizning qat‘iy tizimi doirasiga bog‗liq. Shuningdek, o‗qitish texnologiyasi, darslik, ijtimoiy fan salohiyatiga, ularni amalga oshirish omillariga bog‗liq. Siyosiy partiyalar - o‗z faoliyati bilan fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilmaxilligiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etish g‗oyasining amalga oshishiga xizmat qiladi. O‗zbekistonda har bir partiya o‗z dasturiy qarash va maqsadlarini ro‗yobga chiqarish uchun barcha huquqiy asos va qonuniy kafolatlarga ega. Har bir partiyaning o‗z dasturiy g‗oyalarini hayotga tatbiq etish jarayonida milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillariga amal qilishi siyosiy hayotning bosh mezonidir. Chunki xalq manfaatlari, istiqlol g‗oyalari, qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat‘iy nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir. Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faoliyat ko‗rsatayotgan nodavlat tashkilotlar mafkuraviy jarayonlarda ham faol ishtirok etishi lozim. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashi bu boradagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirib borishi, Inson huquqlari milliy markazi, Ma‘rifatparvarlar jamiyati, Oila ilmiy markazi, Faylasuflar milliy jamiyati, O‗zbekiston Faylasuflari jamiyati, Ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar o‗z faoliyatini milliy istiqlol mafkurasi bilan uyg‗un holda tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, milliy g‗oya va milliy istiqlol mafkurasini joriy etishga moddiy, texnikaviy va ma‘rifiy jihatdan ko‗mak beradigan «Sog‗lom avlod», «Kamolot», «Umid», «Ulug‗bek», «Oltin meros», «Amir Temur», «Imom Buxoriy», «Ustoz», «Mahalla», «Iste‘dod» jamg‗armalari va boshqa jamoat tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanishga jiddiy e‘tibor qaratish zarur. 1 Karimоv I. Milliy istiqlоl mafkurasi – хalq e‘tiqоdi va buyuk kеlajakka ishоnchdir. --T.:O`zbеkistоn, 2000. –B. 23. 2 Karimоv I. Yuksak ma‘naviyat – еngilmas kuch. –T.:Ma‘naviyat, 2008. –B. 52. 3 Milliy istiqlоl g‘оyasining asоsiy maqsad va vazifalari. -T.:«Ijоd dunyosi» nashriyot uyi, 2002. –B. 9. UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 101 Demak, milliy istiqlol g‗oyasini yoshlar ongiga singdirish sohalari va yo‗nalishlari xilmaxil bo‗lib, ulardan samarali va to‗g‗ri, o‗rinli foydalanishni talab etadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur va muhimdir. Mafkura bo‗lmasa xalq, millat, jamiyat, davlat o‗z yo‗lini yo‗qotishi muqarrar. Mafkura jamiyat, xalq va millatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyotiga maqsad va yo‗nalish beradi. Milliy g‗oya, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishda: 1) Nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning imkoniyatlaridan to‗la foydalanish zarur. 2) Mustaqillikni mustahkamlab, ma‘naviy, ma‘rifiy-mafkuraviy ishlarni yanada jadallashtirish, yangi bosqichga ko‗tarish, bu sohadagi barcha ishlarni muvofiqlashtirib, yagona maqsad yo‗lida safarbar etishni taqozo etadi. Ayniqsa fuqarolarni kamol toptirishga yo‗naltirilgan va tuzilgan ma‘naviyat va ma‘rifat Respublika Kengashi targ‗ibot-tashviqot ishlarini uzluksiz olib borishni davr taqozo etmoqda. 3) Maktablar, litseylar, kollej va oliy o‗quv yurtlarida bevosita ma‘naviyat masalalari bilan shug‗ullanadigan mutassaddi mutaxassislar lavozimlarini joriy etib, ular hayotini yanada faollashtirish lozim. 4) Oila, mahalla, umumiy o‗rta, umumiy maxsus, kasb-hunar ta‘limi, maktabdan tashqari muassasalar, oliy ta‘lim tizimida bolalar, o‗smirlar, talaba yoshlar ongini yuksaltirish, ularni ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli xil tashkilot va to‗garaklar tuzish, ongni fikrlashga o‗rgatish, ularning tafakkurida bo‗shliq paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik lozim. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling