Umum ped na amal-O`um 13-14
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
114 tasavvur eta olmaydilar. Axborotlarning biz bilgan va bilmagan zararlaridan biri - shaxs ongini sezdirmay boshqarishidir ya‘ni manipulyatsiyadir. Manipulyatsiya – bu boshqa bir shaxsning ongi, idroki yoki xatti-harakatlarini o‗zgartirishga qaratilgan soxta yoki aniq bo‗lmagan harakatlar hisoblanadi. Axborotlar ayni kunlarda shaxs ongini ana shunday boshqarmoqda va hayotiy maqsadlarini aniqlab olishida to‗sqinlik qilmoqda. Aynan axborotlar manipulyatsiyasiga uchragan shaxslar kelayotgan axborotlarni tahlil qilishni istashmaydi, ularning xavfini qanchalik yuqori ekanligini his etmaydilar. Chunki, manipulyatsiya zo‗ravonlik emas, balki qiziqtirish, aldovdir. Shuning uchun unga nisbatan shaxsda immunitetni hosil qilish lozim. Eng muhimi shaxsning manipulyatsiya qurboniga aylanmasliklari uchun ularda e‘tiqod, mustaqil fikrlash, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish lozim. Ayniqsa, ularda sog‗lom e‘tiqodni shakllantirish orqali ularning jamiyatning faol a‘zosiga aylantirishimiz, hayotiy maqsadlarini amalga oshirishga ko‗maklashishimiz lozim bo‗ladi. Zero, ong va tafakkuri manipulyatsiyaga uchragan shaxslarda biror bir kasb doirasida bilim olish, kasbiy faoliyat bilan shug‗ullanish va kasbiy e‘tiqod shakllanmaydi. Bu esa ta‘lim muassasalarining faoliyatida ham talay muammolarni keltirib chiqarmoqda. YA‘ni aksariyat yoshlarimiz ta‘lim muassasalarida puxta bilim egallash, biror bir kasb-hunar bilan shug‗ullanish o‗rniga axborotlarga mukkasidan ketib, vaqt degan bebaho boylikning qadriga yetmayapdilar. Keyingi yillarda ushbu masala keng jamoatchilik, xususan, ota-onalar va pedagoglarni birdek tashvishga solmoqda. Amerikalik psixolog E. Fromm [282; 64-68-b.] ta‘kidlashicha, ijtimoiylashuv jarayonida odamda ijtimoiy tajriba, xulq-atvorning turli yo‗nalishlari shakllanib boradi. Darhaqiqat, E. Fromm ta‘kidlaganidek, axborotlashgan jamiyatda ijtimoiylashayotgan ayrim shaxslarda e‘tiqodning muayyan shakli namoyon bo‗lmaydi. Balki, ular faoliyatida ikkilanish, aniq bir maqsad asosida harakat qilishdan cho‗chish, iroda sustligi, ijtimoiy hayotda muhim bo‗lmagan narsa va voqea-hodisalarga ishonish, ergashish kabi illatlar kuzatiladi. Shunday ekan, bugungi kunda, shaxsning e‘tiqodini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib shakllantirish, ulardagi insonparvarlik g‗oyalariga amal qilishni o‗rgatish zaruriyati o‗ta dolzarb vazifa bo‗lib turibdi. Zero, milliy va umuminsoniy qadriyatlarda yuksak insoniy-axloqiy qoidalar o‗z ifodasini topgan bo‗lib, shaxs tarbiyasida faqat va faqat ularga tayanishimiz mumkin. Ayniqsa, qadriyatlarda shaxs e‘tiqodini shakllantirish masalasi asosiy o‗rinni egallaydi. Misol tariqasida birgina buyuk bobokalonlarimiz al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat kabilarning ilm va tanlagan yo‗liga qo‗ygan yuksak e‘tiqodi va fidoiyligini keltirishimiz mumkin. Bu kabi allomalarimiz o‗z aql-zakovati va ilmga bo‗lgan e‘tiqodi tufayli dunyo ahlini lol qoldirgan. Nomlari keltirilgan allomalarimizning e‘tiqodi ularning aniq bir ezgu maqsadga intilishi va bu maqsad yo‗lida qiyinchiliklarni yenga olishida, sabr-bardoshi, irodasi, sadoqatida ko‗zga tashlanadi. Shu bilan birga, aksariyat allomalarning yutuqlarida ularning shaxsi ham muhim ahamiyatga ega, chunki ular shaxs sifatida o‗z qarashlari, ideallari, qiziqishlari, e‘tiqodlariga ega bo‗lganlar. Jumladan, buyuk sarkarda Amir Temurning mustahkam e‘tiqodi, uning Chingiziylar ustidan g‗alaba qozonishiga va katta bir markazlashgan davlatni barpo etishiga sabab bo‗lgan bo‗lsa, Alisher Navoiyning xalq va ilmga bo‗lgan e‘tiqodi esa uni jahonga mashhur qildi. Umuman olganda e‘tiqod nafaqat bir shaxsga, balki, butun bir jamiyat, millatga xos bo‗lgan xususiyatlarni ham o‗zida qamrab oladi. Masalan, millatimizga xos bo‗lgan mehribonlik, yaxshilik, saxiylik, mehmondo‗stlik, mehnatsevarlik, halollik, to‗g‗rilik kabi insoniy fazilatlar xalqimizning qoni- qoniga singib, uning e‘tiqodiga aylangan. Va u milliy ongimizga chuqur singishib ketgan. Shaxsning e‘tiqodi yakka-yagonadir, ya‘ni e‘tiqodli inson bo‗lish – faqatgina bir g‗oyaga, ta‘limotga, dinga, axloqga amal qilib sodiq qolishdir. Uning aksi bo‗lgan ikkiyuzlamachilik, munofiqliq, tovlamachilik, beqarorlik, xoinlik, vatanfurushlik kabi illatlar barcha davrlarda xalqimiz tomonidan qoralanib kelinadi. E‘tiqod shaxsning ongi, ruhi va qalbiga singib ketib, axloqiy tushunchalar, ideallar, qadriyatlarga aylanib boradi. Shu boisdan, e‘tiqod shaxs axloqiy fazilatlarining bosh belgisi, deb e‘tirof etilishi zarur. E‘tiqod shaxs ma‘naviy olamining yuksakligi va qadriyatidir, chunki u shaxsning jamiyatda o‗z o‗rniga ega bo‗lishi, hayot qiyinchiliklarini yengishi, irodasi va sabr-bardoshini tarbiyalaydi. E‘tiqod shaxsning o‗ziga xos shunday xususiyatidirki, u fidoyilikni, maqsadni amalga oshirish yo‗lida faollikni yuzaga keltiradi. UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 115 Shaxs ma‘naviy olamini turli axborotlar va ta‘sirlardan asrash uchun ta‘lim-tarbiya jarayonida qanday yo‗l va usullardan foydalanish va qaysi jihatlarga e‘tibor qaratish kerak kabi muammo oldimizda turgan ekan, fikrimizcha, shaxsda e‘tiqod mustahkamligini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shaxsning turli axborotlardan kelayotgan yangiliklarga nisbatan tanqidiy-tahliliy munosabatini shakllantirish orqali e‘tiqod mustahkamligini ta‘minlashda g‗oya va g‗oyalar o‗rtasidagi farqni tushuntirish, ularni o‗zaro taqqoslash, turlarga ajratishga o‗rgatish muhimdir. Buguni kunda mavjud manbalar tahlili va amaliy kuzatishlarga ko‗ra shaxs e‘tiqodi shakllanganligini uchta turga bo‗lish mumkin. Bular: Shaxsning bilimlarga asoslangan holda shakllangan e‘tiqodi Shaxsning hissiy-emotsional, intellektual tuyg‗ularga asoslangan e‘tiqodi Shaxsning xulosa va tajribalarga asoslangan e‘tiqodi. Ushbu darajalarga to‗xtalib o‗tadigan bo‗lsak, har uchala turdagi e‘tiqod ma‘lum bir asosga egaligi bilan ajralib turadi. YA‘ni bu yerda bilim, intellekt, xulosa va tajriba shaxsning e‘tiqodi uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. Aslida shaxsda e‘tiqod bilimlarga asoslangan holda shakllanadi. Biroq, ijtimoiy hayotda ko‗pchilik shaxslarda e‘tiqod tajriba va hayotiy xulosalarga asoslanib ham tarkib topadi. Shuningdek, ayrim shaxslarda e‘tiqod intellektual tuyg‗ularga ko‗ra namoyon bo‗ladi. Bunday shaxslarda voqea-hodisalarga nisbatan teran mushohada yuritish, mantiqiy fikrlash ustun bo‗ladi. Ular aql kuchiga tayanib hayotda o‗z e‘tiqodlariga ega bo‗lib boradilar. Bunday shaxslarning qarashlarida boshqalarga ishonch, qat‘iyatlilik, maqsadga intiluvchanlik, talabchanlik kabi xislatlar kuzatiladi. Mazkur fikrlarga ko‗ra, shaxsdagi e‘tiqodning ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: E‘tiqod shaxsning individual, ijtimoiy-psixologik ko‗rsatkichi sifatida uning jamiyatdagi o‗rni, ijtimoiy erkinligi, qadriyatlari, ishonchi, maqsad va faoliyatdagi harakatini namoyon etishida ko‗mak beradi. E‘tiqod shaxsni boshqalarning manfaatlarini hurmat qilishga, axloqiy meyorlarga amal qilishga, o‗z xatti-harakatiga ma‘suliyat bilan yondoshishga da‘vat etadi. E‘tiqod shaxsda sobitqadamlik, dadillik, qat‘iyatlilik, o‗ziga bo‗lgan ishonch, tashqi ta‘sir va g‗oyalarga berilmaslik kabi xususiyatlarning namoyon bo‗lishida o‗z ifodasini topadi. Shaxs e‘tiqodi uning vatan, xalq, ota-ona va yaqinlari, do‗st va ustozlari oldidagi burchi, sadoqati, vafodorligini tarbiyalashga xizmat qiladi. E‘tiqodning mustahkamligi shaxsning bir kasbda uzoq va samarali, halol mehnat qilishiga hamda kasbini hayotining ajralmas bo‗lagi sifatida idrok etishiga yordam beradi. Sog‗lom e‘tiqodli shaxslarda dunyoqarash, ijtimoiy faollik pozitsiyasi shakllanadi, xususan ularda tevarak-atrof, jamiyatdagi voqea-hodisalar, kishilarning hatti-harakatiga nisbatan aniq tasavvur, xulosalar mavjud bo‗ladi. Shaxsda e‘tiqodning mavjudligi uni har qanday muammoli vaziyatlardan chiqib ketishga va o‗zini o‗zi boshqara olishga, to‗g‗ri va tezkor qaror qabul qilishga o‗rgatadi. Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarining jadal rivojlanishi vaqt va masofani qisqartirib, jahon sivilizatsiyasi bilimlariga kеng yo‗l ochib bеrmoqda. Bir vaqtlar fan, madaniyat, ta‘lim va biznеs sohasi uchun ma‘lum hududdagi kutubxonalardagi rеsurslardan foydalanilgan bo‗lsa, bugungi kunda ular foydalanishi mumkin bo‗lgan rеsurslar hajmiga Intеrnеt tarmog‗idagi barcha rеsurslarni ham kiritish mumkin bo‗ladi. Jamiyatda paydo bo‗layotgan axborot rеsurslari hajmining jadal ortib borishi axborot bo‗ronini vujudga kеltirmoqda. Bu rеsurslardagi ma‘lumotlarning barchasi ham ishonchli, aniq faktlarga asoslangan, jamiyat rivoji uchun xizmat qiladigan axborotlar dеgan fikrdan yiroqmiz. Jamiyatda hosil bo‗layotgan axborot bo‗ronidan jamiyat a‘zolarini, ayniqsa, jamiyatning kеlajagi bo‗lgan yoshlarni himoya qilishda, ularda axborot madaniyatini shakllantirish o‗ta dolzarb muammo hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling