Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet160/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   296
 
1-mavzu:
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA‘LIM TIZIMI. «TA`LIM TO‘G‘RISIDA»GI QONUN VA «KADRLAR 
TAYYORLASH MILLIY DASTURI» MOHIYATI. PEDAGOGLIK KASBI VA UNING VAZIFALARI 
 
Reja 
1. Ta‘lim-tarbiya sohasida islohotlar o‘tkazish zarurligi. 
2. «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun, uning tuzilishi, mohiyati. 
3. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsad, vazifalari, uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari. Kadrlar 
tayyorlash milliy modeli. 
4. «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun va milliy dastur asosida ta‘lim tizimi va turlari. Ta‘lim sohasidagi islohotlarning
borishi. 
5. Pedagoglik kasbi va uning vazifalari 
Mashg‘ulotning borishi: 
1.Savol. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yo‘nalishlari haqida fikrimiz. 
2. Savol. Biz barpo etayotgan jamiyatning nazariy asoslari qaysi asarlarda yoritib berilgan? 
3. Savol. Tub islohotlar bevosita I.A. Karimov nomi bilan bog‘liqligini tushuntiring 
4. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ―Harakatlar strategiyasi‖dagi ta‘lim-tarbiya masalalarining mohiyati nimada? 
1. Talabalar mashg‘ulotga tayyorlarlikni boshlashda «Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» asarini 
tuliq o‘rganib chiqishadilar. Nutqda ko‘rsatilgan ta‘lim-tarbiya sohasidagi kamchiliklar, muammolar va bulardan kelib 
chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar haqidagi fikrlar o‘rganiladi, muhokama etiladi. Bundan 
tashqari 1999 yil nashr etilgan «Barkamol avlod orzusi»kitobining 11-20, 39-45, 56, 58, 64-66-betlaridan foydalanib, 1-
savolga javob qaytarishlari mumkin. 
2. 1997 yil 29- avgustida qabul qilingan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining 
poydevori» kitobi yoki ma‘rifat gazetasi, «Xalq ta‘limi» jurnalida e‘lon qilingan qonun asosida o‘rganib chiqiladi. 
Qonunning 5-bob 34 moddadan iborat ekanligi, boblarning nomlari va qonunning mohiyat moddalari asosida yoritib 
beriladi. 
3. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham shu manbaalar asosida o‘rganiladi va tahlil etiladi. Dastlab ta‘lim tizimidagi 
kamchilik va muammolar, isloh qilish omillari haqida gapiriladi. Keyin dasturning maqsad va vazifalari, uni ro‘yobga 
chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning milliy modeli (shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab 
chiqarish) masalalari yoritib beriladi. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga ham tuxtalib 
o‘tiladi. 
4. «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunning II-bo`limi (―Ta‘lim tizimi va turlari‖) 9-19 moddalari va milliy dasturning 3-
bobidagi «Uzluksiz ta‘lim tizimi va turlari» bo‘limi chuqur o‘rganib chiqiladi, ta‘lim turlari haqida to‘liq tasavvur hosil 
qilinadi. So‘ngra esa qonun va milliy dastur asosida ta‘lim-tarbiya tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar, olib borilayotgan 
ishlar haqida fikrlar bildiriladi. Shu talablar asosida DTS ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilayotgani, ta‘lim 
mazmuni tubdan yangilanganligi, nodavlat ta‘lim muassasalarining rivojlanib borganligi, akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlarining yuzaga kelishi va yildan-yilga ko‘payib borayotganligi, oliy ta‘limda ikki: bakalavriyat va magistratura 
bosqichlari amalga oshirilayotganligi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifat va samaradorligi oshib 
borayotganligi haqida o‘z qarashlarini bayon etadilar. 
Keys 
1. 
O‘zbеkistоn milliy istiqlоlgа erishgаndаn kеyin 1992 yil iyul оyidа birinchi «Tа`lim to‘g‘risidа»gi qоnun qаbul 
qilindi. Bu qоnun 1997 yilgа kеlib tаlаbgа jаvоb bеrmаy qоldi. Nimа sаbаbdаn qоnun shunchаlik tеz «eskirdi»? Uzоq 
muddаtgа mo‘ljаllаb ishlаb chiqilsа bo‘lmаsmidi?. 
2. 
1997 yil аvgustidа «Tа`lim to‘g‘risidа»gi yangi qоnun qаbul qilindi. Qоnun bilаn birgа «Kаdrlаr tаyyorlаsh 
milliy dаsturi» hаm ishlаb chiqildi. Bu ikki hujjаtni ishlаb chiqilishidа qаndаy mа`nо bоr. Sizningchа bu hujjаtlаr 
O‘zbekistоndа tа`lim tаrаqqiyotigа qаndаy tа`sir ko‘rsаtаdi, pеdаgоgikа rivоjigаchi? 
3. 
Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturidа kаdrlаr tаyyorlаsh milliy mоdеli ishlаb chiqilgаn. Undа - shахs, dаvlаt vа 
jаmiyat, uzluksiz tа`lim, fаn vа ishlаb chiqаrish uzviy bоg‘liqlikdа fаоliyat yuritishi qаyd etilgаn. Milliy mоdеlning bu 
5 kоmpоnеntlаri оrаsidаgi bоg‘lаnishni izоhlаng. Chizmа hоligа kеltiring. Аgаr аhаmiyatigа ko‘rа qаytа jоylаshtiring 
dеyilsа qаndаy tаrtibdа jоylаshtirgаn bo‘lаr edingiz?. 
4. 
«Tа`lim to‘g‘risidа»gi qоnun vа Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi sаkkiz yildаn bеri hаyotgа tаtbiq etib 
kеlinmоqdа. Erishilgаn nаtijаlаr judа yuqоri. Yanаdа sаmаrаli bo‘lishi uchun tа`lim sоhаsidа qаndаy o‘zgаrishlаr 
qilishni mа`qullаgаn bo‘lаr edingiz? Barkamol shaxs kamol topishiga va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni 
solishtiring va ular o`rtasida bog`liqlik, farq va o`xshashlikni aniqlang. Sizning nazaringizda qaysi omilning ta'siri 
shaxs kamolotiga kuchliroq bo`ladi, biror omilni kuchliroq dеyish mumkinmi?
2. SEMINAR MASHG`ULOTLARI 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
118 
5. Pedagoglik kasbining mohiyati, paydo bo‘lishi va ravnaq topishi haqida to`xtab o`tish lozim: Har bir 
jamiyatda, oldingi tuzumlarda ham o‘qituvchi ustoz muallim oldiga eng muhim vazifa jamiyat kelajagi bo‘lgan 
yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi qo‘yilgan. 
Hatto ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlaridayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda ancha 
tajribali, hayotni ko‘rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. 
Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Gretsiyada 
bolalarni o‘qitadigan kishini didaskal ("o‘qitaman", "o‘rgataman") deb ataganlar. O‘g‘il bolalarni maktabga qullardan 
biri boshlab borgan, bunday qul pedagog (("payne") bola, "agogeyn" yetaklab bormoq) deb atalgan.
Har bir jamiyatda ham pedagoglarga o‘qituvchi tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan 
qarab kelingan.
Ayniqsa bizning mustaqil O‘zbekistonimizda o‘qituvchiga hurmat e‘tibor va unga qo‘yiladigan mas‘uliyat ham 
nihoyatda oshib bormoqda. 
2. Sharq mutafakkirlari va G‘arb pedagoglari tomonidan pedagoglik kasbi ijtimoiy ahamiyatining baholanishi 
masalasida quyidagilarga e‘tibor qaratiladi: SHarq mutafakkirlari va allomalarining ijodiy meroslarida o‘qituvchi 
tarbiyachi mahorati, ustozlik - shogirdlik shartlariga ham alohida o‘rin berilgan.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling