Umum ped na amal-O`um 13-14
vazifa bajaradi? degan savol sizni qiziqtirsa kerak
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
vazifa bajaradi? degan savol sizni qiziqtirsa kerak.
1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi. 2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o‘stirish funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o‘z bilim, iqtidor va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg‘onadi. 3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o‘quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi. 4. Тahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. O‘quv materiali yanada chuqur o‘zlashtiriladi. 5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib boradi. 6.Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o‘zgarishlarining me‘yori aniqlanadi. Nazorat jarayonida uning yozma, og‘zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og‘zaki so‘rash orqali o‘zlashtirishni nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so‘rash, frontal surash kabi turlari qo‘llaniladi. 3. Bunda Pedagogika kursi darsligining 128-134, Yu.Babanskiy kitobining 203-212-betlaridan foydalaniladi. Ta‘lim jarayoni o‘quvchida faol harakat va bilimga ishtiyoq uyg`otsagina samarali ko‘chadi. O‘quv faoliyatini bunday tashkil qilish uchun uning barcha usullaridan foydalaniladi. Bu usullarni 2 ga bo‘lish mumkin: o‘quvchilarning bilish ishtiyoqini uyg`otuvchi va ta‘limda burch va ma‘suliyat tuyg`usini shakllantiruvchi. Bolada o‘quv faoliyatini,uni mazmuni, shakli va amalga oshirish usullariga munosabatda ijobiy hissiyotni yuzaga keltirish lozim. Darsda qiziqarli vaziyatni yaratish ham ijobiy hissiyot paydo qiladi. Badiiy adabiyotlardan parchalar keltirish, o‘qituvchi nutqining badiiy yerkinligi ham hissiy vaziyat yaratadi. Bilishga doir o‘yinlar, o‘yin-bahslar ham o‘qishga qiziqishni uyg`otadi. O‘quvchida quvonch hissini yaratish ham havas oshiradi, ayniqsa muvoffaqiyat quvonchini boshdan kechirish. O‘quvchilar bilim malakalarini tekshirish, nazorat qilish, baholash ham o‘quvchida bilishga qiziqishni oshiradi. Talaba maktabga borib o‘qituvchining darsini kuzatganida uning ta‘lim qoidalari, metodlaridan qanday foydalanilganligiga e‘tibor berishga harakat qilish lozim. O‘qituvchi bolalarni qaysi yo‘llar bilan bilimga qiziqtirishni oshirdi, ularda ijobiy hissiyot paydo qila oldimi, shu o‘tilayotgan fanning yoki mavzuning o‘quvchi hayoti uchun zarurligini asoslab berdimi, o‘quvchida shu mavzuni o‘rganishga ehtiyoj, intilish paydo bo‘ldimi yoki darsda bu narsaga erishilmadimi, siz o‘qituvchi o‘rnida bo‘lsangiz shu mavzuni o‘tishda qanday yo‘l tutar edingiz, shu fikrlarga munosabat bildiring. Muammoli ta‘lim deganda o`quv materialini o`quvchilar ongida ilmiy izlanishga o`xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo`sinda o`rgatish tushuniladi. O`quvchining fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani obyektiv ravishda izlanishga va mantiqan to`g`ri ilmiy xulosalar chiqarishni organishga da‘vat etadi. Bunda dastlab muammoli-izlanish metodi haqida Pedagogika R. Mavlonova, O.To`rayeva, K.Xoliqberdiyev Darslik. Ikkinchi nashr. 284-295, Pedagogika /A.Munavvarov/ kitobi 97-100, Didaktika kitobi 107- Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling